uzr,
kutdim, qanchadir oy bo'ldi, sodir bo'ladigan narsa faqat hayolimda ekanini tushunib olishimga. tushunmadim,
uzoq vaqtdan buyon izlab yurgan tuyg'umni topgandekman. qachondir yo'qotib qo'ygandekman. men aytaman, o'zi seniki bo'lmagan narsani yo'qotish mumkinmi
yana aytaman, nima seniki, qachon seniki bo'ladi o'zi. ataylab so'rov, undov belgilarini o'chirib chiqdim hozir. yo'q hissiyotlarni birovlarga yetkazib nega kerak
yo'q, menga yoqadigan odamlar ko'p emas, sen ular ichida borsan. balki faqat sen borsan. qalbimda bo'lsang, meniki bo'lib qolmaysanku, shuni o'zimga tushuntirish bilan bandman
yozuv qanchalik yaxshi ne'mat. hissiyotlarni ikkinchi boshqa odamga yetkazishing mumkin
meni dunyoim sen uchunmas. seni taklif qilmasligim sababi - bu yerda men yo'qman. doim kelganingda men yo'q bo'laman. men qornim ochganini soatga qarab biladigan odamman. seni baxtli qilolmayman, tushun yoki iltimos tushunma
hissiyotlarni jiddiy qabul qiladigan odamlar kamroq yashaydilar ekan. kim aytgan bilmayman. qanaqa qilib 'jiddiy qabul qilmaslikni' ham o'rgatinglar
harakatni o'zi aslida natija deyishardi. bilmadim, qanchalik natijadan uzoqman. bir kun o'lib qolsam yig'lang lekin. ozgina yoki ko'p - bilmayman. lekin yig'lang. meni o'lganim uchunmas, men yoqtiradigan odamlarim soniga sizni qo'shib hisoblay olmaganim uchun