March 9

yiglab turish kerak

yogʻlangan soch, qizil lab boʻyoq dogʻi qolgan vetrovka, bittagina sunʼiy gul koʻtarib olgan loʻli qizaloq. homilador ayol, unga joy bergan koʻzi kichkina bolakay. chayon rasmli tatiurovka, nomsiz barmogʻida tirnogʻi yoʻq qiz, qizil ust kiyim kalta soch kepka oʻziga yarashgan sepkillar chiroyli converse, tikilib turgan yashil rang koʻzlar.

menimcha 3-4 yoshdagi qizaloq chaqaloq o'rta yoshli erkak chaqaloqni ko'tarib olgan chaqaloqqa kerakli narsalar ayolni qo'lida. yana uzuk ham. yurganda ovoz chiqaradigan oyoq kiyim chiroqlari ham bor

metrogacha uzoq yo'l. yo'ldagi g'alati rang gullar, har 3 nafar qizdan 2 tasida gul, uchinchisi o'zi gul hoynahoy, huddiki menga qiziq sening ertalab nechida uyg'onganing. aslida bu gaplashish uchun bahona bilaman, lekin hozir qiziq emas. kim bilandir gaplashish kerakdir. balki kerakmas. lekin kerak ruhingdagi so'zlarni kim bilandir bo'lishish. eng kerakli odamlar allaqachon dunyoda mavjud, keraksizi men. bu dunyoda hamma o'z joyida, bu men ishonadigan yagona narsa. yashashdan ma'no yo'qligini ancha avval anglab o'lganman, o'zimni o'ldirmasligimga sabab o'limdayam ma'no yo'qligi. lekin menimcha mano topyapman, ikkinchisi uchun. kelajakdagi qizalog'im barmoqlarini tasavvur qilish yaxshiroq albatta, lekin munosibmanmi, axir hayot o'z o'rnimga solib qo'ygan. u barmoqchalar azobda qolishini istamayman axir

uyqu zarur narsa. huddi sen kabi. nega sen desa shaxsni tushunishadi axir balki u umuman mavjud narsamasdir, masalan mehr. men ishonaman dunyoda ota onalar mavjud. to'g'ri ular juda kam. lekin mavjud. men ota bo'la olamanmi. bo'lolarman, lekin bunga munosibmanmi. ichimdagi yaralar sabab ko'z yoshlari ham kelmay qolganiga ancha bo'ldi. yig'lab turish kerak. yig'laydigan odaming bo'lsa yig'lash ayni muddao. boradigan joying bo'lsin. yig'laydigan joying. bu hayotdami, yo o'lgandami farqi yo'q. bilmadim, yana so'zlarim tugab qoldi