#Fanfic #6_Qism Angel's slave
Televizor yorugʻi qorongʻu xonada unga tikilib yotgan ikki juftlikning yuziga tushib turardi. Jiyeon Jungkookning qorin boʻshligʻiga boshini qoʻyib olgan. Yigit esa ikkinchi qoʻlida qoʻltiqlab olgan popcornni vaqti vaqti bilan qizni ogʻziga solib qoʻymoqda. Jungkookning oʻrta barmogʻi tasodifiy holda qiz ogʻziga popcorn bilan birga kirib ketdi. Jiyeon yigit barmogʻini tishlab qolib, uchini soʻrib, tili bilan oʻynab qoʻyib yubordi. Jungkook uning harakatidan ogʻir nafas chiqarib, labini jilmaygancha qattiq tishladi. Jiyeon yigitni yuzini koʻrish uchun boshini u tomonga burib qaraganda ikkisi birgalikda kulib yuborishdi.
~ Jasoratni qayerdan olyapsan bilmayman.
~ Men jasoratli qizman... sen buni koʻrmagansan xolos.
~ Rostanmi?
~ Imhmm
~ Bu menga yoqyapti)- Jungkook qizdan koʻz uzmay turib uning ogʻziga yana popkorn soldi. Ketidan egilib Jiyeonning labidan qisqa oʻpib qoʻydi va qayta ortga tisarildi.
~ Tez tez birga film ko'rib tursak bo'larkan. Vaqtni ajoyib otkazyapmiz.
~ Bu faqat senda hozir 🚩 davri bolgani uchun.
Jungkookning javobidan Jiyeon ensasi qotip kulib yigitni yuziga yoqtiq bilan tushirdi. Jungkook unga muvofaqiyatli chap berip qolganda, Jiyeonning telefoni yana jiringladi. Xabar 2- 3 kundan beri kelishda davom etyapti. Qiz ehtiyotkorlik bilan telefonini qoʻliga olib ekranni ochib qaradi. Yana oʻsha qabul qilinmagan raqamdan kelgan xabar qizni biroz bezovta qildi.
Jungkookning ohangi sovuq chiqdi. Uning koʻzlari hali ham televizorda turgani uchun Jiyeon bunga ahamiyat qilmadi.
~ Ishdan. Ertaga suratga olish ishlarini ertaroq boshlashimizni aytishyapti.
Jiyeon shunday deb " Jiyeon, bir imkon ber" deya yozilgan xabarni telefonidan oʻchirib tashladi va qayta Jungkookning qorniga boshini qoʻydi. Jungkookning qoʻli beixtiyor qizning sochlariga oraladi.
~ Ishga borishing shart emas.
~ Yana boshladingmi?)- Jiyeon bu mavzudan allaqachon toliqib ketgani tufayli uf tortdi.
~ Modellik yengil ish emas. Modellarimni xoxlashlarini, ularga shaxsan oʻzim yordam berishimni iltimos qilib kompaniyamga kunida necha marotaba xabarlar joʻnatishlarini tasavvur ham qilolmaysan. Senga ham shunday qilishlarini istamayman! Oʻsha pulni senga Men beraman. Har oyda, undan koʻprogʻini ham beraman. Evaziga hamma vaqtingni yonimda otqazsang boʻlgani.
Jungkookning gapidan soʻng Jiyeonning yuragi ogʻrib oʻrnidan turdi. Yigitga qarab qovoqlarini osdi.
~ Foxishalarga beriladigan taklifni beryapsanmi menga?? Pul evaziga sevgan insonim yonida qolganimdan, sendan ketganim ma'qul. Istagan odamim shundoq ham meni pul evaziga sotib olishi mumkin!
Jiyeon jaxl bilan oʻrnidan turib narsalarini yigʻishtira ketdi. Jungkook ham uning ortidan oʻrnidan turib qizning qoʻlidan ushlab oʻziga qaratdi.
~ Nima qilyapsan?
~ Uyga ketmoqchiman. Oyim kasal!)- Jiyeon uni silkib tashlab ketishga urundi. Ammo Jungkook bu safar uni qorin boʻshligʻidan ushlab toʻxtatdi.
~ Seni himoya qilmoqchi boʻlganim uchun mendan hafa boʻlyapsanmi?)- Yigit qoshlarini chimirdi.
~ Men meni qoʻllap quvvatlashingni xoxlayman, Jungkook. Yoʻldan urib yoningda oʻynash kabi yetaklab yurishingni emas)- Jiyeon Jungkook qoʻlidan chiqib yigitning uyidan chiqib ketdi. Jungkook uni ortidan gʻazab va hayrat aralash tikilib qoldi. Keyin ayollarda 🚩davrida tabiatan jizzakilik yuzaga chiqishini esladi.
~ Boshqa xolat boʻlganda oʻlasi qilip doʻpposlagan boʻlardim!)- U tishlari orasidan shivirlab, egniga qalin jaketini oldida qizning ortidan uyidan chiqib ketdi. Jiyeon lift oldida liftni chaqirish tugamasini qayta qayta bosayotganini korib dadilroq qadam tashladi va ismini aytib baqirdi.
Qiz ortiga qarab qoʻyib, uni koʻrmagandek tugmani bosishda davom etdi. Lift eshigi ochilganda shoshilib ichkariga kirib lift eshigini yopish tugmasini bosdi. Ammo ulgurmadi. Jungkook eshik yopilayotgan chogʻida oyogʻini eshik oldiga tirab eshik qayta ochilgach lift ichiga kirib oldi.
~ Nima qilyapsan?!)- U qiz koʻziga asabiy qaradi
~ Uyga ketayotganimni aytdim shekilli??
~ Shu mahalda?? Menga zarda qilib yosh bolalarcha muammodan qochibmi???
~ Chunki hayotimni oʻzim hal qilishimga qoʻyib bermayapsan Jungkook!!- Jiyeon qayta qichqirdi - Men senga ishlashni istashimni aytdim! Bir birimizni xoxishlarimizni xurmat qilishimiz kerak deb oʻylagandim!
~ Sen hozir hayz davridasan. Bu masalada keyin gaplashamiz. Qani ortga qayt.
~ Buni nima daxli bor??? Hayzim otgandan soʻng ishlashni istamay qolamanmi seningcha??)- Jiyeon qovoqlarini ishonqiramay bukib lift tugmasini pastga tushish tugmasini indamay bosib yubordi. Jungkookning miyyasida ikkinchi Jungkook taranglashayotgan asabini lab tishlash va qoʻlini qattiq musht tugish bilan zoʻrgʻa tiyib turardi
~ Yaxshi - dedi u sokin ovozda - Seni uyinga kuzatib qoʻyaman.
~ Men ertaga modelikka boraman)- Jiyeon qatiyat bilan aytdi. Jungkook chuqur nafas olib qizni belidan ushlab oʻziga tortdi.
Jiyeon unga ishonqiramay qaradi. Yigitni taslim boʻlishga undaganida ishonolmay ich ichidan sevinip ketdi. Ammo buni Jungkookga sezdirmadi. Aslida undan minnatdor boʻlgandek, qolini yigitning belida aylantirib uni quchdi.
~ Mayda narsalar ustidan tortishmaylik. Sen bilan hafalashgim yoʻq)- Jiyeon yigit koʻksiga boshini qattiqroq koʻmdi.
~ Meni ham seni hafa qilgim yoʻq.
Toki lift pastki qavat yetib eshigi ochilgunga qadar yigitni qiz orqasini muloyim silab turdi. Shundan song ikkisi uning mashinasiga oʻtirib Jiyeonning koʻrimsizgina uyi tomon yoʻl olishdi. Mashinadan tushishdan oldin allaqachon odat tusiga kirgan boʻsani bir birlariga berishgach hayrlashishdi.
~ Ertaga ishlarim koʻp.
~ Meni ham...
~ Demak ertaga koʻrishmaymiz.
~ Ammo oʻrnimni bildirmayman, havotir olma)- Jungkook qizga kulib koʻz qisib qoʻydi.
~ Nima qilmoqchisan?
~ Oyinga salom aytttt!
Jungkook Jiyeon labidan tashnalik bilan yana bir bor oʻpgach qizni qoʻyib yubordi. Jiyeon suhbat shu yerda tugaganini sezib mashinadan tusha qoldi.
Qiz uyga kirgach telefoniga xabar kelib otirmay to'g'ridan toʻgʻri qoʻngʻiroq boʻldi. U ekranga qarab, qoʻngʻiroqni beetibor qoldirgach, ketidan xabar keldi. Jiyeon " uzoq vaqt qochib yurolmaysan. Men uyinga boraman" xabaridan soʻng oʻzi hovliqgancha yigitga qaytib chiqdi.
📱 Aqldan ozganmisan?? Nima istaysan oʻzi?
📲 Shunday desam qoʻngiroqni koʻtarishingni bilgandim. Senga ziyon yetkazmoqchimasman Jiyeon. Bir bora yuzma yuz gaplashib olsak yetarli. Oʻtgan safar anavi kalomdumogʻni deb uzoq suhbatlasha olmagandik.
📱 Sen bilan uzoq suhbatlashishga vaqtim yoʻq. Ishlarim koʻp.
📲 u qadar band emasligingni bilaman Jiyeon. Agar istasang vaqt topa olasan. Yoki yangi yigitingdan qoʻrqyapsanmi?... u senga tegmayapti toʻgʻrimi?
Sehunning savoli Jiyeonni terlatib yubordi. Qiz talvasa bilan boʻyni ortini siladi.
📱 N..nimani nazarda tutyapsan?
📲 kaltaklamadimi deyapman?
📱 Yoʻq, albatta. Bu gapni qayerdan olding?
📲 bilmasam, u menga ayollarni kaltaklab boʻysindirishni xoxlaydigan insondek tuyuldi... mayli hozir muhumi bu emas. Men bilan koʻrishgani kelasanmi?
Sehunning savolidan soʻng Jiyeon oʻylanib qoldi. Qiz ertangi kungi rejalarini boshdan oyoq tahlil qilib koʻrdi. Aslida suratga olishdan soʻng 1 soat vaqt ajrata olishi mumkin. Ammo suhbat bunga arziydimi yoki yoʻq deya labini tishlab turdi. Soʻng oʻzi va Sehun uchun ham yakuniy chora deya rozi boʻla qoldi.
📱 Ertaga kechki 7 da koʻrishishimiz mumkin.
📲 Seni har doim koʻrishadigan qahvaxonamizda kutaman.
📱 Yaxshi)- Jiyeon telefonni oʻchirib qoʻydi. Oʻchirgani zaxotiyoq oʻzidan oʻzi qattiq qoʻrqib ketdi. Qiz telefonini koʻksiga maxkam bosgancha deraza oldiga yugurdi va tashqariga qaradi. Jungkook mashinasini haydab ketgan koʻrinadi. Koʻchada hech kim yoʻq edi. Jiyeonni koʻngli gʻash boʻla boshladi. Qiz bu uchrashuv unga yaxshilik keltirmasligini xis qila boshladi.
~ Nega bunchalar qoʻrqyapman oʻzi?? Sehun bilan orani uzil kesil ochiq qilishim Jungkook uchun ham yaxshi boʻladi. Munosabatlarimizda uchinchi shaxs bosimi boʻlmaydi.
Qiz deraza pardasini qaytadan yopib, ortiga oʻgirilib xonasiga keta boshladi.
Xonasiga kirishidan oldin oyisi yotogʻini eshigini ochib uni allaqachon uxlab qolganini koʻrdi. Ichkariga kirib usti ochiq qolgan onasi ustini yoparkan xoʻrsinib qoʻydi. Soʻng ayol yuzidan oʻpib qoʻyib jilmaygancha oʻz xonasiga chiqib ketdi.
~ Jiyeon?? Nonushta tayyorladim!
~ Tobingiz yaxshimi? - Jiyeon oyisiga hayratlanib qaradi.
~ Axvolim yaxshimi yomonmi, har kuni ertalab och ketishingni kuzatib turolmadim. Turib nimadur tayyorlay dedim. Meni ham biror narsaga foydam tegsin.
~ Oyiii~ Nega unaqa diysiz? Aslida sizga koʻp vaqt ajrata olmayotganim uchun men hijolat boʻlyapman. Maktabni bitirib olay albatta birga nonushta qilamiz. Hozir ketmasam boʻlmaydi! - Jiyeon oyisi yuzini tezda oʻpib eshik tomonga yugurip ketdi. Kim xonim uni ortidan baqirgancha qolib ketdi.
~ Quloqsiz qiz! Shuncha ovqatni kimga tayyorladim??!!
Jiyeon maktabga bordi. 2-3 soat vaqtini maktabda oʻtqazib, Osun bilan tushlik qilgach agentligiga yugurdi. Yetib borishi bilanoq qizni bir dunyo ish kutib turgandek, yuziga boyoq chaplab, egniga kiyimlarini ila ketishdi.
Suratga olish ishlari koʻp vaqtni oldi. Qiz 2 soatlab maydonchada qiyshanglayverib allaqachon toliqgandi. Suratga olishning oʻrtasida unga yuborilgan ulkan guldasta esa hammasidan kutilmagan boʻldi. Gulni toʻgʻridan toʻgʻri Jiyeonning oyoqlari ostiga olib kelib tashlashgach, qizning ogʻzi qulogʻiga yetib quvonchdan qichqirdi. Gul ustidagi kichik konvertni ochib " kelolmadim, lekin oʻylayapman" deya yozilganini koʻrib hayajon bilan lablarini tishladi.
Aqlga sigʻmaydi. Jungkook qanchalik ajoyib odam! Uni kimgadur ozor yetkazishi mumkinligini oʻylash, axmoqlik albatta. Tanishganimizdan buyon u faqat va faqat meni koʻnglimni olish bilan ovorra. Shundan soʻng kayfiyatim 100% ga koʻtarilip ketdi. Suratga olish maydonchasida hech charchoqni xis qilmadim. Har gal gulga koʻzim tushganda qayta qayta sevinaverdim. Bunday kayfiyatdan soʻng suratlarim ajoyib chiqishiga shubha qilmayman.
Suratga olish ishlari tugagach gulimni yigitlar yordamida oʻzim bilan xonaga olib kirib ketdim. Yuzimdagi pardozimni tozalab kiyimlarimni alishtirish davomida ham qip qizil atirgullarimga qarab qayta qayta sevinaverdim. Toki menga qoʻngʻiroq boʻlmaguncha...
Bu Sehundan edi. Shundan soʻng u bilan koʻrishishimiz kerakligi yodimga tushib ketdi. Menga eslatib qoʻyishni istagan shekilli bir marta qoʻngʻiroq qilib qayta qilmadi. Koʻnglimda gʻashlik bilan uff tortib bu ish tugasa tugay qolsin dedimda sumkamni ilib Sehun bilan uchrashishga yugurdim.
Koʻchaga chiqganimdanoq ilk uchrab qolgan taksiga oʻtirib eski ishxonamga yaqin joydagi qaxva xona manzilini aytdim. Avvallari Sehun bilan uchrashib yurganimizda u yerga tez tez borib turardik. Menga u nima deyishi qiziq. Yana kechirim soʻraydimi?? Albatta, boshqa nimayam boʻlishi mumkin.
Jiyeon shunday hayollarda taksiga otirayotib, u agentlikdan chiqqanidan buyon unga tinmay signal chalayotgan Jungkookning mashinasini payqamay qoldi. Yigit ishlarini tezda bitirib bir onga boʻlsada Jiyeon yuzini koʻrib, yetkazilgan gullardan boshi falakka yetganiga ishonch bilan kelgandi. Ammo qizning shoshilinchda taksiga otirib ketishi uni bezovta qildi. Qoshlarini chimirgancha haydovchisiga ortidan haydashini buyurdi.
Jiyeon qahvaxona oldiga kelib mashinadan tushdi. Kichik qahvaxonacha ichida Sehun boshiga qaytarma qalpogʻini tashlab olgancha oyna oldidagi oʻrindiqda otirib olib uni kutardi.
Jiyeon unga nigohini qisib qarab turib bir chuqur nafas oldiyu, qahvaxona ichiga kirdi. Sehun uni kulib qarshi oldi. Qiz sumkasini stol ustiga qoyib uning qarsishiga otirdi.
~ Mana men! Nimani gaplashmoqchi eding?
~ Kelganingdan xursand boʻldim - Sehun unga jilmayib qaradi. Ayni damda yigitning kulib qarashi ham qizni koʻnglidagi gʻaxshlikka qoʻshimcha boʻlayotgandi.
~ Tezroq gapilashib, keyin ketsak yaxshi boʻlardi. Vaqtim tigʻizroq)- Jiyeon hovliqib qaradi. Sehun uning bezovtaligini payqab labini burdi.
~ Shu darajada oʻzgardingmi? Nega bunchalar bezovtalanayotganingni tushunaman. Lekin men oʻsha Sehunman. Mendan yomonlik kutasanmi?
~ Gap bunda emas Sehun... oʻrtamizda boʻlgan ish oddiy voqea emas. Sen meni birgina surat uchun tashlab ketding. Seni har gal kulib qarshilashimni kutmayotgandirsan? Seni sevardim. Sen esa nigoh ham qoqmay yoʻl oʻrtasida qoldirganding meni.
~ Bu juda yomon ish boʻlgandi. Sening chiroying hazil emas Jiyeon. Seni qattiq qizgʻangan edim. Rashkdan koʻzlarim koʻr boʻlgandan nima qilayotganimni oʻzim bilmay qoldim... oʻshandan keyin seni qattiq qumsab yurdim. Ammo qilgan ishimdan soʻng oldingga qaytish qanchalar toʻgʻri boʻlishi mumkin edi bilmadim. Shunga qaramay jasorat toʻplab oldinga borgan edim. Lekin ancha kech boʻlganga oʻxshadi... Xoʻsh u yigit rostan ham yangi yigitingmi? - Sehun Jiyeonga qarab jilmaydi. Jiyeon qollari koksi ustida bogʻlangancha uni gapini tinglab turardi. Shu holatda javob berdi.
~ Ha.
~ Janob, uni olib chiqaymi?
~ Yoʻq! Indama)- Jungkook haydovchisi gapini keskin kesdi. Mushti labi oldida gʻazabdan toʻplanarkan, koʻzlari Jiyeonning Sehun bilan suhbatida qotip turardi. Bu qayergacha borishi u uchun xavfli tarzda qiziq edi.
Keyin Jiyeon birdan qaddini koʻtarib negadur Sehun tomonga yaqinlashdi. Yigit esa ikkinchi soniyani kutib oʻtirmay, qiz tomonga choʻzilib, uning yanogʻidan siqgancha labidan oʻpa ketdi. Mashina salon8da Jungkookning daxshatli qichqirigʻi yangradi.
U bor ovozi bilan qichqirib, oldidagi oʻrdiqni mushtlab ura ketdi. Zarbalar shu qadar tez ediki, ikki soniyaga bormay oʻrindiq oldinga uchib ketdi. Haydovchi egasiga qoʻrquv bilan qararkan, Jungkookning koʻksidagi azobni bosish uchun mushtini tishlab boshqa azob yaratishga urunayotganini koʻrdi.
~ Xoʻ..xoʻjayin??
~ Hayda...HAYDAA! JIN URSIN, UNI BIRNARSA QILIP QOʻYMAY. HAYDAAAAAA!!!
Haydovchi dvigatelni darxol oʻt oldirip, mashinani shovqinli tarzda keskin haydab ketdi. Jungkookning qichqirigʻi esa mashina salonida uzoq vaqt eshitilib turdi.
~ Bu nima qilganing?! Nari tur!- Jiyeon Sehunni ortga itarib yuborib unga aqldan ozip qaradi.
~ Bilaman endi birga emasmiz. Ammo hozir buni qilganimdan agsusda emasman.
~ Bu yerga kelishim eng boshidanoq xato edi aslida!
Jiyeon Sehunga jirkanib qarab sumkasini stol ustidan yulib olgancha tashqariga otilib chiqip ketdi.
~ Yaramas!! Pastkash!!! Mendan foydalanganini!! Boʻynim qichishyapti deb oʻpib oldiya! Ablaxxx!!! Kayfiyatimni rasvo qildi. - Jiyeon oldinga yurib ketarkan, bir onda muzlab qoldi. U Jungkook yuborgan gullarni agentlikda unutib qoldirganini oʻylab uff tortdi. Shu ondayoq yoʻlda mashina toʻxtatib uni qayta ishxonasiga haydatdi.
Agentlikka yetib kelganida eshiklar allaqachon berkitilganini koʻrib lablarini tishladi. Qorovul bor yoki yoʻqligini koʻrish uchun atrofni aylanib chiqdi. Negadur u ham yaqin atrofda koʻrinavermasdi. Shu payt unga qoʻngʻiroq boʻldi. Qiz asabiylashib goʻshakni koʻtardi.
📱 Xa, Osun?!
📲 Jiyeon.. o..o..oying... oyinggg... - Osunning piqillaganini eshitib Jiyeonning butun tanasi muzlab ketdi. Qizning tomogʻi birdan qurib qoldi.
📱 N.nn..nima boʻldi?
📲 Tezroq yetip kell!!!