
Lablariga endigina qizil boʻyogʻini tortgan qiz eshik ochilishi bilan yuragida ogʻriq bilan oʻsha tomonga qaradi. Bejizga emas edi. Eshikning har ochilishi qiz uchun tungi tushdek qoʻrqinchili hodisaga aylanib qolgan.

~ Qizalogʻim, endi Men aytgan oʻyin boʻyicha oʻynaymiz...)- Namjoonning jirkanch tabassumi shundoq ham ich ichidan titrayotgan qizni yanada seskantirib yubordi. Jenniening miyyasi butunlay ishlashdan toʻxtaganga oʻxshardi. Hayoliga vaziyatdan chiqish uchun hech bir arzigulik narsa kelmasdi.

Tuni bilan bugun sodir boʻlgan voqealarni oʻylab bezovtalanib yotdim. Umrimda hech narsa meni bu qadar oʻylantirishga majbur qilmagandi. Xatto oʻz onamning nega bizni tashlab ketgani ham. Bugun sodir boʻlgan voqea uyqimni mutloq tortip oldi...

~ Hoy!!! Jungkook!!!) - Ovqatlanish joyida faqat qoshiqlarning likopchalarga urulayotgan ovozi orasida yangragan qizning baqirigʻi hammaning e'tiborini tortdi. U esa hech kimga etibor bermay baland boʻyli va keng yelkali yigit qarshisiga dunyodagi eng axmoq odamdek koʻringancha yurib bora boshladi. Oʻz ismini eshitgan yigit qizga qosh chimirib tikilib turarkan, Jennie uni toʻxtatish uchun yoʻlini toʻsgan odamni jerkib tashlagancha yigit tomon oʻzini otdi. Maxbus odamdan bunday jasoratni kutish gʻirt axmoqlik aslida. Chunki buning oxiri qanday tugashini Jenniedan boʻlak atrofdagi hamma tushunib turardi.