#Fanfic Autor: #𝓑𝓪𝓫𝔂_𝓞𝓼𝓾𝓷 #Final - Part 2 Struggle for survival
~ Qizalogʻim, endi Men aytgan oʻyin boʻyicha oʻynaymiz...)- Namjoonning jirkanch tabassumi shundoq ham ich ichidan titrayotgan qizni yanada seskantirib yubordi. Jenniening miyyasi butunlay ishlashdan toʻxtaganga oʻxshardi. Hayoliga vaziyatdan chiqish uchun hech bir arzigulik narsa kelmasdi.
Jungkook qoʻllari ortiga boʻglangan xolatda yerda tis choʻkib oʻtirarkan, koʻzlari bilan atrofni oʻrgana boshladi.
~ Undan qurolini olib qoʻying)- Namjoonni buyrugʻi bilan soqchilaridan biri Jennie tomonga yaqinlasha boshladi. Bu orada Jungkook Jenniening narigi tomonida turgan soqchisi bilan koʻz urishtirib oldi. Yigit boshligʻi nima demoqchiligini darxol tushundi. Ikkisi birov ilgʻamas tarzda bosh silkib olgandan soʻng, Jungkookning soqchisi oʻzining ortida turgan yigitning burniga boshi bilan zarba berdi. Jungkook esa Jenniening qurolini olish uchun kelgan soqchini abjirlik bilan oyogʻiga zarba berib, allaqachon yechishga ulgurgan qoʻlini oldinga choʻzib yigitning qurolini qoʻliga oldi.
Birdan otishma boshlanib ketdi. Jungkook Jennieni tanasi bilan toʻsgancha atrofdagi soqchilarni birma bir oʻqdan oʻtkazarkan, uning askarlari ham Namjoonning odamlari qoʻlidan birma bir qutulib chiqip Jennieni oʻrab ola boshlashdi.
~ Jungkook!! Jennie!!)- Jennie Namjooning Jiyeonning boshiga toʻpponcha tiraganini koʻrib qichqirdi. Jungkook ular tomonga nazar tashlab, darxol soqchilariga otishdan toʻxtashni buyurdi.
~ Otmang!! OTMANGG!!!- Yigitning baqirgan ovozi hammaga birdek yetib bordi. Soʻng Jungkookning taxdidli nigohlari sekin Namjoonnikiga qoʻndi. - Yaxshilik bilan soʻrayotganimda, uni qoʻyib yubor qariya. Agar soʻchidan bir tolasi ham sen tufayli toʻkilsa, yer yuzidan urugʻ aymogʻingni qirib yuborishga soʻz beraman.
~ Oh, waow! Juda ta'sirli soʻzlar boʻldi! Rostan ham etim junjikib ketdi. Ammo, nega u uchun bu qadar fidoyilik qilmoqchiliging qiziq? Sababi aslida u Jiyeon boʻlgani uchunmi?)- Jenniening koʻzlari Namjooning gapidan kattalashib ketdi.
~ Nima?)- Jungkook qovoqlarini osgancha Namjoonga aqldan ozgan insonga qaragandek tikildi.
~ Xa yigitcha! Bu opa singil ayyor tulkilar roʻllari yaxshi oʻynashdi, shunday emasmi? Xatto seni ham bu oʻyinlariga ishontira olishgan)- Namjooning gaplaridan Jungkookning qoshĺari yanada bukilib, Namjooning qoʻlostida hech qanday xissiyotsiz sovuq qiyofada turgan qizga qaradi. Soʻng sekin oʻgirilib ortidan qoʻrquvdan vahimaga tushgan qizga qaradi.
~ Sen... Jenniemisan?
~ Jungkook, biz shunchaki hazillashmoqchi edik. Vaziyat bunday tus olishi sira hayolimizga kelmagandi! Senga barchasini batafsil tushuntirib beramiz...)- Jennie shoshib tushuntirishga kirishib ketdi. Uning koʻzyoshlari gapirishi barobarida koʻzlaridan tirqirab oqardi. Uning gaplarini Namjooning jirkanch kulgu ovozi boʻlib qoʻydi.
~ Tomoshangizni keyin davom ettirasiz... Ya'ni nargi dunyoda...)- U toʻpponchani Jiyeonning boshiga kuchliroq tiradi. Jiyeonning koʻzlarida zarracha ham qoʻrquv yoʻq bir paytda, Jennie yuragi yorulgudek oldinga otilib chiqdi. Jungkook esa hozirgina eshitgan habaridan mutloq shock holatiga tushib qolgandi. U tinmay bu barchasi boshidan shu holatda boʻlgan yoki yoʻqligi haqida oʻylardi. Aslida u kimni sevgan? Jiyeonnimi yoki Jennieni?
~ Opamni qoʻyib yubor!!! - Jennie Namjooning yuziga qarab qichqirdi.
Uning kutilmaganda himoya ichidan otilib chiqishi Jungkookning odamlarini shoshirib qoʻydi. Singlining axmoqona qiligʻidan Jiyeonning koʻzlari kattalashib ketdi. Namjooning tabassumi esa quloqlariga qadar choʻzildi.
Keyingi soniyada erkak 1 daqiqa ham oʻylab oʻtirmasdan Jiyeonning boshiga tiralgan toʻpponchani Jennie oʻqtardida tepkini bosib yubordi. U quchogʻida singlisining qotip qolgan qiyofasini yerga qulayotganini koʻrib tipirchilayotgan Jiyeonni boʻynidan yanada qattiqroq quchib quloqlariga shivirladi.
~ Sen ham buni xis qil taviya! Oʻz jigarbandingni koʻz oldingda jon berishi qanday boʻlishini xis qil va umring oxirigacha bu manzarani eslab qol. Seni u qora tun kabi taqib qilsin, toki oʻz oʻlimingni oʻzing istab qol...
Namjoonning soʻzlari Jiyeonni jon joniga qadar achishtirib, qiz erkakni oʻzi bilan birga orqaga yiqitdi. Koʻzyoshlari allaqachon yuzini namlagan qiz uning qoʻllaridan otilib chiqib qoʻllaridagi arqondan qutulishga urundi. Bu vaqtda Jungkookning odamlari va Namjooninkilar orasida yana otishma boshlangan edi. Jiyeon qoʻllaridagi arqondan bir amallab qutilgach, ikkilanib oʻtirmay yerda yotgan toʻpponchani qoʻliga olib, endi oʻrnidan turishga ulgurgan Namjooning peshonasiga qarab ketma ket 3 martta oʻq uzib yubordi. Erkak miyyasidagi teshildan qon oqgancha koʻzlari ochiq holda yerga quladi.
Jiyeon topponchani yerga qoʻyib, sekin qoʻli bilan ogʻziga bogʻlangan bogʻichni tortdi. Yuragini achishishidan ichidan otilib kelayotgan koʻzyoshlarini sira toʻxtata olmasdi. U ortiga oʻgirilib qarashga jurati yetmay qoʻli bilan koʻzlarini yopdi. Qizning unsiz yigʻidan tanasi kuchli silkinardi. U ich ichidan ortiga qaraganda Jenniening unga sogʻ omon qarab turganini koʻrishni istardi. Ammo bu endi hech qachon amalga oshmasligini ham bilardi. Chunki Namjoon qizning qoq yuragini koʻzlab otganini u koʻrdi. Jenniening yuzi yuragiga kutilmaganda kelib qadalgan oʻqdan qanday burishib ketganini ham koʻrdi...
U ogʻir yutunib, zoʻrgʻa boshini koʻtargancha ortiga oʻgirildi va lablari titragancha singlining yerda yotgan jonsiz tanasi tomon harakatlandi.
Jennie sokin uyquda edi goʻyo. U uyqusida yoshbola kabi begʻubor va goʻzal koʻrinardi....
Dafn marosimi oxiriga yeta boshlaganda, Jenniening qabri teppasiga yigʻilgan doʻstlari birin ketin uni tark eta boshladilar. Ular orasida qiz uchun koʻzyosh toʻkmaganlari yoʻq edi. Chunki qiz bu dunyoni bu holatda tark etish uchun oʻta sodda va yaxshi inson edi...
Barcha qabrni tark etganda ham, qizning bir tomchi suvdek oʻziga oʻxshash qiyofasi uni tark etmadi. Jiyeon qabr toshiga Jenniening keng kulib turgan suratiga tikilib, roʻmolchasi uchi bilan qizargan burnini artib qoʻydi. Birozdan soʻng ortidan kelib, yelkalariga oʻralgan qoʻllar uni singlisi haqida hamma oʻy hayollardan qutqargandek boʻldi.
~ Jiyeon... - Jungkook muloyim ovozda sekin shivirladi - uyga qaytishimiz kerak. Kasal boʻlib qolasan.
Jiyeon bir muddat boshini egib turib, soʻng sekin bosh silkidi. Jungkook esa uning yelkasidan quchgancha mashina tomonga yetaklab ketdi.
Uyga qaytishgandan soʻng Jiyeon kiyimlarini alishtirish uchun xonasiga kirib ketdi. Jungkook esa qizni oʻziga kelib olishi uchun achchiq qaxva tayyorlamoqchi boʻldi. U qaxvani tayyorlab, yuqori qavatdagi zalga chiqganida Jiyeon allaqachon kiyimlarini alishtirgan holda kamin tepasidagi suratga qarab tik turardi. U Jennie ikkisining bolalikda birga tushgan suratlari edi. Oʻshanda ham Jennie tishlarini koʻrsatib yoqimli tabassum ulashar, Jiyeon esa zoʻrgʻa jilmayib turardi.
Jungkook xonaga kirganini sezgan qiz sekin shivirladi.
~ U bu olamni bu tarzda tark etish uchun juda begʻubor edi...
~ Bilaman...)- Jungkook qaxvalarni stol ustiga qoʻyib sekin shivirladi.
~ Men uning oʻlimiga tayyor emasdim. Jennie oʻlish uchun hech qanday ayb qilmagandi...
~ Oʻlim faqat aybi borlarni tanlamaydi Jiyeon. Bazan taqdirga qarshi bora olmaymiz.
Jungkookning bu gaplaridan soʻng oraga biroz skunat choʻkdi. Jiyeon bir hecha bor burnini tortib olgach, yana gapirishga qaror qildi.
~ Xoʻsh, bularning barchasiga kim aybdor??)- Qizning sovuq va achchiq ohangdagi gapi Jungkookni yuziga shappati solgandek boʻldi. U Jiyeon nimaga sha'ma qilayotganini darxol tushunib qoshlarini biroz chimirdi.
~ Sen.. bularga meni aybdor qilmoqchimisan?
~ Xaxaxxx- Jiyeon koʻzlari hamon singlisining suratida qolgancha achchiq kuldi. - hali ham oʻzingni aybdor deb xis qilmasliging gʻalati- U shundan soʻng keskin ortida oʻgirildi. Qizning qiyofasida hech qanday xissiyotni ifodalamas, qoʻlida Jungkookga oʻqtalib turgan toʻpponcha bor edi. - Barchasi sen hayotimga kirib kelgan kundan boshlandi. Boshimga nima tushgan boʻlsa bariga sababchi sensan. Seni deb koʻp odam yoʻqotdim Jungkook. Boshqa bunday boʻlmaydi.)- Jiyeonning gaplari va unga bunday topponcha oʻqtab yurishi Jungkookni yuragiga xanjar suqilgan kabi achishtirdi. Biroq yigit shunda ham oʻzini bosib, qizning holatini tushunishga harakat qildi.
~ Sen hozir oʻzingda emassan. Shu uchun aljirayapsan. Azizam yaxshisu toʻpponchani menga beraqol. Ikkimiz bafurja gaplashib olamiz.
Jungkook Jiyeon oʻz qoʻllari bilan toʻpponchani beradi deb oʻylab qoʻlini oldiga choʻzgancha qiz tomon 1- 2 qadam tashlagandi hamki, Jiyeon kiprik ham qoqmay uning qorin boʻshligʻiga otip tashladi. Oʻq Jungkookning yuragi ostiga tegib yigit tekkan oʻq zarbidan bir seskanib ketdi. Soʻng rangi oqargancha tanasining teshilgan qismini qoʻli bilan ushlab yerga tizzasi bilan tushdi va boshqa qoʻli bilan polga suyanib qoldi. U Jiyeon hozirgina oʻq uzgan joyga bir qarab olib, zoʻrgʻa kuch topgancha Jiyeonning yuziga qaradi. Unda sira afsus koʻrinmasdi.
Jungkook zoʻrgʻa bogʻziga qadalgam soʻzini siqib chiqarib, yerga batamom yiqildi va xushini yoʻqotdi.
Jiyeon uning kuchsizlanib borayotgan tanasiga bir necha soniya tikilib turdi. Koʻzlarida toʻplanib qolgan koʻzyoshlarini siqip chiqardida, toppinchasini va devan ustida allaqachon ketish uchun taxlab qoʻygan sumkasini olib, uyni tark etdi.
Tun yarmiga yaqinlashib qolgandi. Bu mahalda xonasidagi javob burchagiga tiqilib olgan qiz, qoʻllari bilan qoʻrquvdan oʻziga boʻysunmayotgan ogʻzini maxkam berkitib olgancha dir dir titrab yigʻlardi.
~ Rosee~? Qayoqqa berkinding, kichkina qotil??
Taehyungning qizning ismini qoʻshiq kabi aytishi uni yanada vahimaga tushirib qiz koʻzlarini maxkam siqgancha qoʻrquvdan yanayam kuchliroq yigʻlay boshladi.
~ Mana qayerda ekansan!!!)- Taehyung Roseni javon burchagida siqilib olgan jussasini birdan yulib olib, qizni yotogʻi tomonga uloqtirdi. Rose yerga qattiq tushib endi dod solib yigʻlay boshladi.
~ Taehyungg~ Men bunday boʻlishini istamagandim. Lalisani oʻldirib qoʻyishni xoxlamagandimm
~ Oʻchir!!! Uning ismini tilinga ham olma! Bu meni aqldan ozdiryapti, bilasanmi?!!!)- Taehyung qizning yuziga keskin egilib kelarkan, Rose qoʻrquvdan qichqirib ortga tisarildi. Taehyung esa qizni qochib ketishiga yoʻl qoʻymay, boshini ortidan maxkam siqip qoʻlida tutib turgan pishogʻini uning yanogʻiga tiradi. Rosening nafas olishi tezlashib ketdi.
~ Seni qanday jazolasam ekan imm? Teringni etingdan ajratib olsammikan - u qizning yuz Teri boʻylab pichoqni yengil yurgizgancha naqshlar chizdi. - Yoki, koʻzlaringni oʻyib olsammikan?)- va u keskin pichoqni uning qoʻrquvdan kattarib ketgan koʻzlariga oʻqtadi. Rose esa dodlab uni oʻzidan itarishga urunardi.
~ Yoʻq yoʻq yoʻq!!!! Meni tinch qoʻy!! Men afsusdaman!! Qattiq afsusdaman..
~ Bu menga sevgilimni qaytarib beradimi? GAPIR QAYTARIB BERADIMI???!!!
~ Rosening oʻlimi ham senga endi Lalisani qaytarib bermaydi!)- Jiminning keng xonada yangragan ovozi Taehyung va Roseni bir vaqtda u tomonga oʻgirilib qarashga majbur qildi. Rose Jiminni bu yerda paydo boʻlganini koʻrib yana ham kuchliroq yigʻlay boshladi.
~ Ammo alamimdan qutulishimga yordam beradi)- Taehyung doʻstining yuziga telbadek jilmayib qarab pichoqni yuqori koʻtarib Rosega sanchishga oshiqayotganda, Jimin qurolini otishga shaylab, Taehyungning boshiga tiradi.
~ Hoziroq oʻrningdan tur. Yoʻqsa seni oʻtip tashlayman. QANI BOʻLL!!!!)- Jiminning qichqirigʻidan soʻng Taehyung sekin Roseni qoʻyib yubordi. Qiz uning chalgalidan qutilishi bilan ortga tisarilib devorga qapishib oldi. Taehyung esa sekin oʻrnidan turib, Jiminga yuzlashdida, uning peshonasiga tirab turgan toʻpponchasini yuragiga qadadi.
~ Olov bu yerimda yonyapti. Shu yerga otsang uni oʻchirishing mumkin.
~ Taehyungg~ bularni bas qil iltimos. Bularning hech biri senga Lalisani qaytarib bermaydi. Rose uni oʻldirishni istamagan. U shunchaki qizni Madamga tutib olib borishni istagan.)- Jimin ingrab yuborgancha toʻpponchasini pastga tushirdi. Taehyungning qonga toʻlgan koʻzlarini koʻzyosh qopladi va tishlari orasidan doʻstining yuziga irrilladi.
~ Oʻlgan sening sevgan ayoling emas! U Jungkookniki ham emas! Ichimda qanday olov yonayotganini tushuna olmaysann!!!- Taehyung Jiminning yoqasidan maxkam tutib turib iŕrilladi va soʻzsiz qolgan doʻstini birozdan soʻng qoʻyib yubordi. - Hammangiz uning oʻlimiga sababchi boʻldingiz. Bunda hammangizni qoʻlingiz bor. Bizni shunchaki tinch va baxtli yashashimizga qoʻyib bermadingiz... Tugadi. Sen bilan oʻrtamizda hammasi tugadi. Bundan keyin qayerdadur toʻqnashib qolsak doʻst emas dushmaning boʻlaman... Jungkookga ham ayt, boshqa yoʻlimdan chiqmasin!)- Taehyung qizargan nigohlarini Jiminnikidan uzib, eshik tomonga qaratdi. Soʻng ogʻir qadamlar bilan hech bir soʻzsiz xonani tark etdi. Shundagina Jiminning diqqati xona burchagida oʻralib olib yigʻlayotgan Rosega koʻchdi.
U qizning oldiga yurib borib, toʻpponchasini yerga qoʻygancha uni qoʻyniga oldi. Rose Jiminning boʻyniga oʻralib olgancha qattiq yigʻlay boshladi.
~ Juda qoʻrqib ketdimm~
~ Bilaman, shirinim, bilaman - U Rosening uzun sochlarini silab orqasini uqaladi - Yoningda men borman. Seni hech kimga hafa qildirib qoʻymayman)- Jiminning gaplaridan soʻng Rose unga yana ham maxkamroq oʻralib oldi. Jimin uni shu holatda oʻziga kelib olmaguncha bagʻrida ushlab oʻtirdi.
Qor qalin yogʻayotgandi. Qaxvaxonadan biroz kechroq chiqgan qiz yaqin atrofda joylashgan uyi tomonga shoshilardi. Qishki kiyimlarda bunday qalin qor ichida harakatlanish qiyin. Ayniqsa ulkan qorning boʻlsa...
Jiyeon 30 daqiqa deganda uyiga yetib olib, kalitni sovuqdan qoʻllari qaltiragancha zoʻrgʻa eshikga tiqdi va eshikni ochishi bilanoq oʻzini ichkariga urdi. U oyoq ostida kichik poshnali oyoq kiyimini yechib, qalin palto va shapkasini kiyim ilgichka ildi va uy ichi boʻylab iliqlik tarqatayotgan kamin tomonga mamnun harakatlandi.
Qiz kamin oldiga joylashtirilgan devanga oʻtirishdan oldin oʻziga qaxva tayyorlab oldi. Soʻng stakan bilan devan ustiga joylashkar, boshqa qoʻli bilan ancha kattarib ogʻirlashib qolgan qornini ushlagancha sekin oʻtirdi. U kaminga tikilib turib qaxvasini sokin icharkan, 7 oy oldin hayotida sodir boʻlgan barcha daxshatli voqealar birma bir hayolidan oʻta boshladi. Ammo doktor unga stressga tushmasligini qattiq tayinlagani tufayli, qiz ogʻriqli xotiralarini miyyasidan quvib yuborib, xoʻrsingancha qaxvasidan yana bir bor xoʻpladi. Shunda bir narsa uning diqqatini tortdi...
Uy ichi keragidan ortiq sokin... Jiyeon hayolidan oʻtkazib, sekin oʻrnidan turdi. U uyning har bir burchagiga diqqat bilan koʻz yugurtirib chiqarkan, sekinlik bilan quroli joylashgan tortma tomonga harakatlana boshladi. Ammo qoʻli tortmaga yetmay turib, bòyniga kuchli qoʻllar oʻralib, uni siqib qoʻydi va boshiga qattiq metal boʻlagi tiraldi.
Oʻrtidan yangragan muz kabi ovozdan qiz darxol yigitning quchogʻidan oʻzini tortib orqasiga oʻgirildi va unga tikilib turgan bir juft qora koʻzlarni koʻrib oh urib yubordi.
~ Qoʻrqib ketdingmi? - Jungkook sekin jilmaydi. - Menimcha ham qoʻrqganing ma'qul. Chunki bu yerga seni sogʻinganimdan kelmadim.
Jiyeon unga bir soʻz demadi. Shunchaki koʻz qonga toʻlgan yigitdan qochib qutulish choralarini oʻylay boʻshladi. U uyining har bir burchagiga nazar tashlan chiqargan Jungkook uning niyatini payqab qoldi.
~ Qochishga urunishing befoyda boʻladi. Bir qadam tashlashing bilan oʻylab oʻtirmay seni oʻtip tashlayman.
Uning soʻzlaridan soʻng Jiyeonning diqqati qayta Jungkookga qaratilib qiz ogʻir yutungancha qornini ushladi va ortga sekin tisarildi. Shunda Jungkookning koʻzlari sekin uning yuzidan qoʻliga koʻchib, qoʻli ostida shishib qolgan qornini payqadi.
~ Bu nima?- U toʻpponcha tutib turgan qoʻli bilan Jiyeonning qorniga ishora qildi. - SENDAN SOʻRAYAPMAN BU NIMA???)- Keyingi soniyada qichqirgancha qizning ustiga bostirib kela boshladi. Jiyeon qornini qoʻllari bilan toʻsgancha ortga tisarilib divanga yiqilib tushdi. Vaziyatdan foydalangan Jungkook esa qizning ustiga minib olib, u bilan kurashishga harakat qilayotgan qoʻllarini birzumda kafti ichiga siqimlab oldi va boshqa qoʻli bilan toʻpponchani uning qorniga tiradi.
~ Sen meni bunchalik tez unutolmaysan Jiyeon. Meni bunchalar tez unutib boshqasi bilan aloqa qilgan boʻlishing mumkin emas... - Jungkookning koʻzlari Jiyeonning boshqasini bilan boʻlganligi haqidagi hayoldan yana ham qonga toʻldi. - Sabab keltir. Hoziroq qorninga lanati qoʻrgʻoshinni joylamasligim uchun SABAB KELTIRRR!!!
~ men foxisha emasman... sendan keyin... hech kim bilan boʻlganim yoʻq.
Oradan oylar oʻtib koʻrishishganidan buyon Jiyeon ilk bora soʻz aytdi. Uning soʻzlari Jungkookning uning koʻzlariga tikilgancha qotip qolishiga olib keldi.
~ Demak... u menikimi? Bola menikimi???)- Jiyeon unsiz bosh silkishi bilan Jungkook kuyib qolgandek topponchani tashlab yubordi. U qizning ustidan qoʻzgʻalib, uning qorniga qaradiyu Oh urib yubordi.
~ Ancha ulgʻayib qolibdi. Tegsam maylimi?)- Jiyeon qaddini rostlab unga hech bir soʻzsiz tikilib turarkan, Jungkookning kaftlari uning qornini qoplab oldi. Uning iliqligi Jiyeonning tosh qotip qolgan tanasiga jon ato etgandek, qiz lablarini tishlab, koʻziga quyilib kelayotgan koʻzyoshini zoʻrgʻa qaytardi. U oʻtgan 7 oy Jungkooksiz qanday azopli boʻlganini hali unutgani yoʻq...
Jungkook qoʻli bilan bolani xis qilishga urunib, qizning qornini sekin silarkan, bolalay ham xuddi vaziyatni yumshatishda ota onasiga yordam berishni istagandek, oʻzini mitti oyoqchasini onasi qorniga tirab oldi. Buni kayflari ostida xis qilgan Jungkook beixtiyor kulib yubordi. Jiyeon ham lablarini tishlab turib tabassum qildi. Shunda Jungkook nigohini unga qaratib, qizning koʻzyoshga toʻlgan nigohiga duch keldi.
~ shunchaki meni kechirishingni soʻrayman - Jiyeon boʻgʻiq ovozda gapirdi - oʻzimda emasdim. Afsusdaman... men yolgʻiz ona boʻlishni istamayman Jungkook..)- Qiz ortiq koʻzyoshlarini tiyib turolmadi. Jungkookning tosh qotgan yuzidan koʻzyoshlari oqib tushdi. U oʻsha kechadagi ogʻriqni hali ham unutgani yoʻq. Oʻq zarbidanda achchiqroq ogʻriq unga oʻq uzgan insonning sevgan ayoli ekanligi edi. U 7 oy yuragida shu ogʻriq bilan yashadi. Ammo u Jiyeonni topganida uning homilador boʻlishini mumkinligini oʻylab koʻrganmidi?
Albatta yoʻq.
~ Jungkook meni...
~ Shshsh - Jungkook koʻzlarini yumib unga jim boʻlishini aytdi. Ammo bolakay qaxri qattiq otasidan biroz yumshashini soʻrayotgandek uning kafti ostidan yana tepib qoʻyishi uning yuziga tabassumni qaytardi. Jiyeon unga oʻtinch koʻzlari bilan qarab turarkan, Jungkook bir muddat unga tikilib qoldi.
~ Men seni sevganim uchun senga yaqinlashishni xoxlagandim. Singlingni oʻlimida hech qanday aybim yoʻq edi. Men faqat seni sevardim xolos...
~ Bilaman, bilaman - Jiyeon yigʻlab sekin oldinga talpinib, Jungkookning yuzidan tutdi. Unga oʻzining yuzini bosgancha boʻynidan quchib oldi. Jungkook dimogʻiga urilgan tanish ifordan aqldan ozgʻudek koʻzlarini yumdi. - Kechirilmas ayb qildim. Ammo men ham seni oʻlishingni istamadim. Shu uchun seni yuragingdan otmadim... Ikkimiz ayro yashasak barchasi joyiga tushib ketadi deb oʻylagandim. Ammo bu yerda seni sogʻinmagan 1 kunim ham boʻlmadi Jungkooook~ meni kechir)- Jiyeon uni boʻyniga yuzini koʻmib olgancha yosh boladek hoʻngrab yigʻlardi. Jungkook hech narsa demadi. U koʻzlarini yumib qoʻlini sekin koʻtargancha qizning ortidan yupatgandek silab turdi va tanasiga kuchliroq bosdi xolos.