June 27, 2025

#Fanfic Autor: #Mey_Osun One step to death #4_Qism

Tuni bilan bugun sodir boʻlgan voqealarni oʻylab bezovtalanib yotdim. Umrimda hech narsa meni bu qadar oʻylantirishga majbur qilmagandi. Xatto oʻz onamning nega bizni tashlab ketgani ham. Bugun sodir boʻlgan voqea uyqimni mutloq tortip oldi...

Bir - biriga oʻylab oʻtirmay tashlanishlar, koʻzlarning ichida alanga bordek yonishiyu, hayvon kabi irrillashlar. Bu odamlarga nima boʻlgan oʻzi??

~ Yoʻq, yoʻq. Men bunday yasholmayman. Kelganimdan nohushliklarga oʻralaship qoldim. Bunaqasi ketmaydi. - Osun shiftga qarab yotip oʻziga oʻzi gapirdi va boshini burib tungi chirogʻi ostida turgan soatga koʻz tashladi. 1: 23. Qiz endi nega boshi yorilip ketgudek ogʻʻriyotganini xis qildi. Qanday qilib bir narsa haqida shu qadar uzoq oʻylash mumkin??? - Bunaqasi ketmaydi - u qatiyroq ohang bilan yana takrorladi. Soʻng choʻzilip qoʻliga soatini oldi va uni odatdagi turish vaqtidan biroz kechroqga burib qayta joyiga qoʻydi. - Men yaxshisi bulardan uzoqroq yurganim ma'qul - qiz tungi chirogʻini oʻchirib, koʻrpasini boʻynigacha tortdi va koʻzlarini yumdi. U endi rostakamiga uxlashga qaror qildi.

Ammo nimadur Osunni ortiga oʻgirilib qarashga ich ichiday undayverardi. Qiz yostiqda sokin nafas olib eshik tomonga yuzlashib yotarkan, ichki xissiyotlari unga uni kimdur kuzatayotganini aytardi. Oxir oqibat u chiday olmay boshini keskin burib ortidagi derazaga qaradi. Hech narsa yoʻq....

Faqatgina hovli oʻrtasida ekilgan ulkan daraxt...

~ Jinni boʻlip qolish mumkin)- Qiz qoʻli bilan peshonasini sqip oʻzini qayta yostiqqa tashladi. Bir muddat shunday turgach, yana qayta eshik tomonga oʻgirilib koʻzlarini bu safar rostakamiga yumdi.

*

Boshiga qaytarma qalpoq tashlab olgan qop qora kiyimli yigit qizni uyquga ketganini sezib, namoyoshkorona daraxt ustida oyoq uchida yurib uning derazasi yoniga qayta joylaship oldi. U qizning yotoqda yotgan nozik qomatiga tikilib qararkan, uning olovrang koʻzlari qorongʻulikda porlayotgan yagona yorugʻlikga oʻxshardi. Tunlari hech qachon uxlamaydigan bu yigitga qizning uyqudagi holatini tomosha qilish allaqachon sevimli mashgʻulotga aylanib qolgandi. Uning uyqusida qanday oʻngdan chapga agʻanashi, ba'zan qorqinchili tush koʻrib bosinqirashi yoki oʻzi bilmagan holda gapirishi, barcha barchasini u tong otgunga qadar kuzatardi. U endi daraxtga qulayroq joylashish uchun gavdasini egayotganda, daraxt tepish zarbidan kuchli silkinib ketdi. Jimin buni xatto kim qilganiga qarab ham oʻtirmay hafsalasi pir boʻlgancha tishlarini yalongʻochladi.

Pastdagi yigit daraxtni yana tepishga shaylanayotgandi. 2 soniya ham oʻtmay daraxt ustida turgan yigit shamol tezligida uning qarshisida paydo boʻlib yoqasidan oldi.

~ Mendan nima istaysan Kim?!!! Hmm? Nega ha deb burnimning tagida paydo boʻlaverasan??
~ Toʻgʻrisini aytadigan boʻlsam qirilip ketishingizni istardim - Jiminning qoʻllari orasida turgan Taehyung uning boʻynidan hech kim bogʻmayotgandek bemalol turib, yuzini burishtirgancha gapirdi. Jiminning nigohlari yanada alanga oldi. - Lekin ota bobolarim tuzgan qonunga amal qilishga majburman. - Taehyung hafsalasi pir boʻlgandek Jiminning qoʻlini sekin yoqasidan olib tashladi va bu gal u ham nigohi yonib Jiminning koʻzlariga chuqur qaradi. - Endi oʻzing ayt, nima uchun bu qizning ortidan qolmay ergashyapsan? Yangi oʻljami? Bunga hech qachon yoʻl qoʻymayman.

Taehyungning gaplaridan Jiminning qoshlari koʻtarilib ketdi va yigit kula boshladi. Taehyung qarsida telba turganiga sira shunba qilmay yuzini burishtirdi. Xuddiki Jimin bu olamdagi eng jirkanch narsadek. Garchi yigit goʻzallikda har qanday insonni ortda qoldirsa ham.

~ Boʻldi. Telbalikni bas qil va uyinga yoʻqol. Bu qizni atrofida oʻralashayotganingni yana koʻrsam boʻyningni sugʻirip olaman Jimin.
~ Senga tushuntirib oʻtirmayman Kim. Shunchaki bu qizga nisbatan yomon niyatim yoʻq. - Jimin nihoyat oʻzini xotirjam xis qilib javob berdi.
~ Meni shu uydirmaga ishonadi deb oʻylaysanmi? Sen qonni koʻrsa aqldan ozadigan yirtqichsan. Soyali sudraluvchi - Taehyung unga bergan tarifidan oʻzi mamnun kulib yubordi.

~ Shunday ekan menga uydirma toʻqima. Vampirlarda xissiyot boʻlmaydi. Ukang ham kimnidur sevip qolgani haqida uydirmalar toʻqigandi. Sen kabi qizning ortidan telbadek taqib qilardi. Keyin nima boʻlgani oʻzingizga ma'lum, shunday emasmi Jimin? - Taehyungning oʻtmishni yodga olishidan Jiminning qoni qaynay boshladi. Ukasi haqidagi xotira u va oilasi uchun azobli edi.- Oʻsha qizni hech kim koʻrmadi. Dom daraksiz yoʻqoldi...Ukang qizni oʻldirib qoʻydi. Tanasida soʻngi tomchi qoni qolmaguncha uni soʻrib bitirgandur ehtimol. Sen va oilang esa jasadni yashirishda unga yordam bergansiz, shundaymi?
~ Eunwoo bu uchun oʻzi joni bilan badal toʻladi!!!)- Jimin toʻfondek qichqirib Taehyungning qarshisiga bordi. Yigit uni shu yerning oʻzida titip tashlashga tayyor edi. Shubhasiz Jimin bunga qodir. Yigitning tana kuchi koʻrinishidan koʻra koʻproq.
Ammo Taehyung ham unga boʻlgan nafratini jilovlay olmay Jiminni xuddi oʻzi kabi qarshi oldi.
~ U qonxoʻr hayvon bunga loyiq edi. Qonga qon, Jonga jon Jimin.

Taehyungning gaplari Jiminni mutloq aqldan ozdirib, yigit uning boʻynidan tutib yoʻlning narigi betiga qarab uloqtirdi. Taehyung oʻrmon bilan tutashib ketgan daraxtlar oldiga yiqilib, oʻzini oʻnglab olgunga qadar Jimin qichqirgancha uning ustiga bostirib keldi va yigitni boshi uzra koʻtarib yanaham ichkariroqga uloqtirdi. Taehyung goʻyo jonsiz qoʻgʻirchoq kabi oʻrmoq ichiga uchib kirib ketip yerga gursillab tushdi. Bu uning kuchsiz ekanligini anglatmaydi. Biroq Jiminning kuchi har qanday jonzotnilidan oʻn barobar koproq.

U Taehyungning ustiga oʻljasiga tashlanishga shay yirtqich kabi birma bir qadam tashlab bostirib kelarkan, Taehyungning tomorlaridagi qoni qaynashni boshladi. Uning bu gal rostakamiga qattiq jaxl chiqdi. U qovoq osgancha tizzariga suyanib oʻtirarkan butun tanasi boʻylab yashin tezligida insoniyatga xos boʻlmagan tuklash paydo boʻla boshladi. Jimin yigitning qarshisiga kelganda esa uni oddiy odam emas balki, yunglari tun misoli tim qora, koʻzlari xuddi oʻziniki kabi olovrangda porlayotgan ulkan it qarshi oldi. It Jiminning koʻzlariga tik qararkan, boʻrilarga xos tarzda tinmay irrillardi. Jiminning ham xanjar tishlari shu zaxotiyoq yalangʻochlanib Taehyunga tashlanish uchun shaylandiyu, biroq kutilmagan oʻq ovozidan ikkisi ham toʻxtab, darxol yon tomonlariga oʻgirilib qarashdi.

~ Nima qilyapsizlar??!!- Erkakning boʻrondek qichqirigʻi ikkisini ham tanasidan qonni quvib yuborgandek boʻldi. Taehyung otasini gʻazab bilan miltiq ushlab turganini koʻrib darxol boʻri tusidan odam qiyofasiga qaytdi. - Aqldan ozdingizmi?? Necha yillardan buyon ajdodlarimiz saqlab kelayotgan tinchlikni siz ikkingiz buzishingizga yoʻl qoʻymayman tirranchalar! Bir sizni deb qancha inson jabr koʻrishini oʻylab koʻrdingizmi?! - Qabila boshligʻining qichqiriqlaridan ikkisi ham sekin xovuridan tushishni boshlashdi. Biroq hamon Agar imkon tugʻilsa bir birlariga tashlanishga shay turishardi. - Jimin uyinga bor!)- Qabila boshligʻi keskin buyurdi. Jimin esa yuzini burishtirdi ingradi.

~ Menga nima qilishni buyurmang)- U shunday deb bir ondayoq koʻzdam goʻyib boʻldi.

Endi zimiston oʻrmon oʻrtasida faqat Taehyung va otasi yuzlashib turishardi. Taehyung xato qilganini bilib dakki eshitmaslik uchun vaziyatni tushuntirmoqchi boldi.

~ Ota men...
~ Jim boʻl! - erkak darxol uning soʻzlarini kesib tashladi. - Gʻazabingni boshqarishni oʻrganmas ekansan, qanday qilib Qabila boshligʻi boʻlasan? Bugundan boshlab toʻdaga sardor emassan)- Otasining gaplari Taehyungning koʻksiga kutilmaganda suqilgan xanjar kabi ogʻriq uygʻotdi. Yigit koʻzlari kattalashib, otasiga ishonmay qaradi.
~ Nima? Birgina xatoni deb...
~ Bu senga jazo! - Otasi yana uning gapini boʻldi. - Qilgan ishing va sababchi boʻlib qolishing mumkin boʻlgan oqibatlar haqida chuqurroq oʻylab koʻrishing uchun.

Taehyung hamon otasiga hayrat bilan boqib turarkan, erkak uni ogʻiz ochishiga imkon ham qoldirmay bir onda Ulkan Kulrang tusdagi boʻriga aylandi va oʻrmon ichiga chopqillab ketdi.


Tongda uyqudan turib, ovqatlanishga ishtaham boʻlmay kiyinishim bilanoq uydan chiqib toʻgʻri kollejga yoʻl oldim. Tunda yetarlicha uxlab olmaganim uchun oʻzimni biroz charchagandek xis qilardim. Bugun na Jimin bilan va na oʻzini mahalliy aholi deb ataydigan yovoyyilar toʻdasi bilan toʻqnashish niyatim yoʻq. Kollej oʻqish uchun yaratilgan. Men esa kelganimdan beri noxush sargʻuzashtlarni boshdan kechirib yuripman.

Kollej eshigidan ichkariga kirishim bilan Jimin bilan toʻqnash keldik. Men u bilan toʻqnash kelmaslikni tilab kelayotgan paytimda, u qarshimdan chiqib tursa. Qanchalik omadsizligim shu yerdan ham ma'lum...

Men kechagi voqealardan hamon asabiylashayotgan bir vaqtimda, u oʻzini juda xotirjam turardi va yuzida muloyim tabassumi bor edi.

~ Salom Osun.
~ Salom.

Men uning ovozidagi muloyimlikga chalgʻimaslikga harakat qilib, unga quruq javob qaytardim va uni kesib oʻtgancha oldinga yurishda davom etdim. Albatta hayron qolgani tabiiy. Chunki qizlar qachonki Jiminni koʻrishlari bilan axmoqona tabassum qilishni boshlasadi.

~ Biror muammo bormi?)- U darxol ortimdan yetib olib, Men bilan tengma teng yurib keta boshladi. Hamon ovozida bosiqlik bor edi.
~ Yoʻq)- Men boshimni silkib soxta tabassum yaratgancha uning koʻziga qaradim. Nihoyat.. uning koʻzlariga qaradim...

Koʻzlarimiz toʻqnashishi bilan u qoshlarini chimirib tabassum qilgancha menga savol nazari bilan qaradi.

~ Aniqmi?
~ Haa... yoʻq... - uni aldashdan foyda yoʻqligini va undan bir umr qochib yubormasligimni anglab, borini ochiqchasiga aytib qoʻya qolishni tanladim - Jimin, kechagi voqealardan soʻng Men chakashib ketdim. Sizlar kimsizlar, nega doim urushasizlar? Yana nega oʻzingizni gʻalati tutasizlar? Shu kabi savollar meni aqldan ozdirmasidan bu ishlardan yiroq boʻlganim ma'qul deb oʻyladim. Meni uchrashuvga taklif qilganing va oʻrmonni kezdirganing uchun raxmat)- Men unga vidovlashuv tabassumini berib yuzimni burishim bilan Jimin qoʻlimdan keskinlik bilan tutib qolib meni oʻziga oʻgirdi va ikki qoʻli bilan yelkamdan tutib meni oʻziga yaqinroq tortdi.

~ Seni shunchaki uchrashuvga taklif qildi deb oʻylayapsanmi? Agar seni osonlikcha tinch qoʻymasamchi?)- Uning ovoz ohangni bir vaqtda ham jiddiy ham taxdiddek tuyulib, butun tanamdan sovuq ter chiqib ketgandek boʻldi.
~ B..bu.. nima deganing?
~ Osun Men yengilishni yoqtirmayman. Qandaydur yovvoyilar oʻrtamizda barpo boʻlayotgan munosabatlarni barbod qilishiga sen ham yoʻl qoʻyma. Men seni har qanday vaziyatda ham himoya qila olaman. Buni unutma)- Jimin ketishidan oldin koʻzlarimga soʻngi bor tikilib muloyim jilmaydiyu mendan uzoqlashib, bir chiziqda qadam tashlagancha teskari tomonga ketdi. Men esa uning ortidan tikilib qoldim.

Oʻrtamizda rostan ham nimadur barpo boʻlayotganmidi? Unday boʻlsa u nima?

Jimin meni shunchasi kamdek yana millionlab hayollar ogʻushida qoldirgancha indamay ketdi. Men darsga qaytdim. Qanchalik diqqatimni jamlashga urunsamda ustozning biror gapi miyyamga kirdi deyolmayman. Oxiri diqqatimni jamlashga urunishdan charchaganimdan uff tortgancha kitobni yopib ustozdan tashqariga chiqib kelish uchun ruxsat soʻradim.

Kollej hovlisiga chiqip yana yomgʻir yogʻayotganini koʻrdim. Bu yer osmonini qora bulutlar hech qachon tark etmaydi. Koʻngilni xira qiladigan...

Sekin hovliga olib chiquvchi kochik zinaning boshlangʻich pogʻonasiga joylashib atrofni sokinlik bilan kuzata boshladim. Umuman olganda yomgʻirning shitirlab tomchilasi koʻnglimni biroz tinchlantirgandek boʻldi.

Xotirjam nafas olayotib maydonning narigi tarafidagi hovliga olib chiquvchi eshik oldida sariq sochlarga koʻzim tushdi. Eng yomoni shundaki u menga xuddi bir umr izlagan dushmanini topgandek koʻzlarini uzmay tikilib turardi. U bir marta boʻlsa ham mijja qoqmadi ishonasizmi?

Bu yana kim boʻldi?? Sariq sochli qizga Men ham jasorat bilan javoban tikilishni davom ettirarkanman, uning menga bunday tikilishidan aslida ruhim tanamni tark etishga tayyor edi. Men umrimda bundanda qoʻrqinchiliroq nigohlarga duch kelmaganman...

Havoning sovuqligiga qaramay peshonamdan ter qochib, nigohimni undan bir muddat olib qochdim va unga qayta qaraganimda qiz oʻsha joyda yoʻq edi. U toʻsatdan gʻoyib boʻlib qoldi... Aynan shu damda Men ortga qaytishim kerakligini tushindim. Oʻsha nuqtadan hamon koʻz uzolmay sekin joyimdan qoʻzgʻalib ortga qadam tashladim. Soʻng oldinga burilib sinf tomonga yurib ketdim.

*

Lia ikkimiz tushlik vaqtida oshxonaga yoʻl oldik. Patnis koʻtarib ovqat uchun navbatda turganimizda boyagi voqeani Liadan soʻramoqchi boʻldim.

~ Lia, men boya hovlida bir qizni koʻrib qoldim. U menga bir insonni eslatib yubordi. Mobodo uni kimligini bilmaysanmi?
~ Koʻrinishi qanaqa edi?)- Dugonam ovqatlarni terishda davom etarkan, menga buralib ham qaramay soʻradi. Men esa zoʻr berib qizning tashqi koʻrinishi haqidagi detallarni eslay boshladim.
~ Boʻylari uzun, kelishgan, sochlari sariq, rangi esa juda oq, nigohi oʻtkir qilichdan ham oʻtkirdek...
~ Anavi qizdekmi?)- Dugonam boshi bilan imo qilgan tomonga burilib, Jimin bilan bir stolda oʻtirgancha keng tabassum qilib tepadan yigʻilgan sochlarini barmoq uchida oʻynayotgan qizni koʻrib darxol tanidim.

~ Haa. Huddi oʻzi...
~ Senga uni tanishtirgandimku. U Jiminning singlisi Rose. Juda ayyor qiz. U bilan qayerda toʻqnash kelding?
~ Hovlida.
~ Senga hech narsa demadimi?
~ Yoʻq. Shunchaki tikildi.
~ Qay yoʻl bilan?
~ Bu nima deganing?
~ Ya'ni yaxshimi yomonmi? E bu ahamiyatsiz! Nima boʻlganda ham Rose hech kimga oʻzidan oʻzi tikilmaydi. Demak sendan nimadur istaydi. Undan imkon boricha uzoqroq yur boʻptimi?)- Lianing qaygʻuga tushgan nigohidan bu qizning qanchalik havfli boʻlishi mumkinligini darxol anglab oldim.
Avval akasi, endi singlisimi? Shu yetmay turgandi.

Men Jimin va Rosedan koʻzimni uzmay sekin stolimga yaqinlashib bordim. Taomimni stol ustiga qoʻyib òrindigʻimga joylashayotganimda oshxonaning boshqa tarafida jagʻi ovqat chaynayotganidan bexabar koʻzlari menda qotip qolgan boshqa yigitni koʻrdim. Taehyung menga xuddi Men uni arpasini hom oʻrgandek tikilib ovqatini chaynashda davom etardi.

Ey Xudo! Bularga nima boʻlgan oʻzi? Bir kunda bunchalik ogʻir tikilishlar olish uchun nima qildim???

Axvolimni stol atrofidagi boshqa doʻstlarimga sezdirmaslikga harakat qilib shunchaki xoʻrsingancha ovqatimni tez tez aralashtirib ogʻzimga tiqishni boshladim. Menga tikilayotgan nigohlarga esa umuman e'tibor bermaslikga qaror qildim. Na Jimin, Na Rose va Na Taehyungga mening kayfiyatimni buzishlariga yoʻl qoʻymayman.


Barcha darslar tugagandan soʻng Kollejdan chiqip uyga eltishi uchun avtobus bekatiga qarab ketayotganimda qarshimda paydo boʻlgan Jiminning oppoq yuzlari meni toʻxtashimga majbur qildi. U qollarini muloyimlik bilan menikiga tekkizib, barmoqlarini barmoqlarimga oʻragancha sekin shivirladi. Yuzidagi tabassumi unga shu qadar yarashib turardiki, goʻyo butun dardim yuvilib ketgandek boʻldim.

~ Men bilan yur. - u muloyim jilmayishni davom etib meni sekin yetaklab keta boshladi.
~ Qayerga? - Men uning tashqi koʻrinishiga mahliyo boʻlib soʻrashni unutganim uchun mashinasi oldiga yetkanimizda shoshib soʻradim va atrofdagi barchaning bizga tikilayotganini koʻrdim.

~ Syurpriz)- U mashinasi eshigini ochib berib lablarini yengil yalab namlab olgancha menga jilmayib qarab turardi. Men ham unga qarab turganimni koʻrib qoshlarini koʻtargancha boshi bilan mashinaga oʻtirishimga imo qildi. Uning chiroyli koʻzlariga yana 2 soniya qarab turib lablarim burchagida jilmaygancha boshimni silkib mashinasiga oʻtirdim. Qanday manipulator!!!

Mashina yoʻlga tushib yoʻlning darxtlar osmonni yopib qoʻygan qismiga kirib borganimizdan soʻng yana bir bor omadimni sinab koʻrib undan qayerga borayotganimizni soʻrashga qaror qildim.

~ Qayerga ketyapmiz oʻzi?
~ Syurpriz dedimku)- u oʻzining shoyidek muloyim ovozi bilan gapirganida butun tanam jimirlab ketdi va darxol jim boʻldim.

Jimin menga juda kuchli ta'sir oʻtkazaypti. Qanday qilib bir insonning oddiy gapirishidan bunchalik ta'sirlanish mumkin?

Tanamdagi tik boʻlgan tuklarimga qaradim. Jimin ham buni payqamasidan darxol yengimni pastroq tortib uni berketdim.

Jimin ogohlantirishsiz mashinani toʻxtatganiga qaraganda manzilga yetib kelgandik. Mashinadan tushishdan oldin bir birimizga qarab oldik. U negadur keng jilmaydi. Men tushunmay qoshlarimni bukib uning ortidan mashinadan tushdim. Oldinga birin ketin bir ikki qadam tashlaganimizdan soʻng qarshimda turgan keng gulzorni koʻrib qoshlarim koʻtarilib ketdi. Hayratda edim. Jimin oldindan shunday xolatga tushishimni taxmin qilgani uning menga zavq bilan qarab turgan yuzidan koʻrinib turar edi.

Uning yuziga qarab kulgancha gulzor ichiga yugurib ketdim. Ammo oʻrtasiga bormay toʻxtatim. Gulzor ichiga kirishim bilan ajoyib xid atrofimni oʻrab oldi. Bu gullardan tarqalayotgan ifor edi.

~ Qonli Lotus - gullarni kuzatayotib nafasim ostida shivirladim.
~ Toʻgʻri - Jimin darxol ortimda paydo boʻlib mening diqqatimni oʻziga tortdi. Men u tomonga oʻgirildim.
~ Meni kamyob gullar qiziqshtirishini qayerdan bilding?
~ Shunchaki barcha qizlar kabi atirgullar kayfiyatinga ta'sir qilmasligini taxmin qildim. Keyin butun gulzor turganda, bir nechtasini sovgʻa qilishni nima keragi bor?

Uning soʻzlaridan tabassum yuzimga balqib chiqdi. Gullarga yana bir bor hayajon bilan koʻz tashlab lablarimni tishladim.

~ Bu rostan ham ajoyib boʻldi Jimin. Tan olaman bunaqasini kutmagandim! - Xursandchiligim ichimga sigʻmayyotgan bir paytda Jiminning menga tikilib qarayotgan nigohini tutib olib, uning koʻzlariga qarab qoldim. U goʻyo nigohi bilan nimadur demoqchidek tikilardi menga..

~ Bular meni sevimli gullarim. Negaligini bilasanmi?- U sekin gulzordan bir gulni uzib olib menga yaqinroq keldi. Gulni chakkamga qistirish barobarida savoliga oʻzi javob berdi - Bu gul faqat tun qorongʻusida ochiladi. Men esa faqat tunda yashayman. Sen esa Osun... Mening tunimda ochilayotgan Gulsan. Mening qonli Lotusim)- U muloyim jilmayib ikkilanishlarsiz lablarimga qarab egila boshladi. Men ongli ravishda nima boʻlayotganini xis qilib turardim biroq Jiminning soʻzlari ruhimning oʻz tanam ixtiyorini tark etishiga allaqachon olib kelgandi. Va birdan lablarimiz tutashdi. Uning sovuq lablari muzqaymoq kabi meniki ustida eriy boshladi. Uzoq oʻpishib oʻtirmadik. Chunki mening koʻzlarim gʻayritabiiy bir xodisani payqab qolgandi.

~ Jimin, u yerda bizni kuzatishyapti)- Men oʻsha tomondan koʻzlarimni uzmay shivirlashim bilan Jimin mendan uzoqlashib darxol Men tikiliyotgan tomonga qaradi.

Meni eng yomon axvolga solgani esa oʻsha odam Jimin oʻgirilishi bilan havoga singib ketgandek gʻoyib boʻldi. Jimin bir necha soniya boʻshliqga chuqur tikilib turib qayta menga qaradi.

~ Kim edi?
~ Bilmayman. Bir erkak. Avval sira uchratmagandim.

Uning hozirgina tabassumdan yoyilib turgan qoshlari qayta chimirilib qoldi. Bir necha soniya oʻylanib turgach esa yelkalarimdan sekin tutib meni oldinga yetakladi.

~ Menimcha qaytish vaqtimiz boʻldi.
~ Darrova?
~ Seni yana olib kelaman. Soʻz beraman)- u bir onda yana oʻzining avvalgi holiga qaytib olib menga oʻzining yoqimli tabassumini ulasha boshladi.

Shu onda Men Jimin haqida bir narsani sezib qoldim. U ajoyib aktyor. Oʻtgan kunda Taehyung va uning toʻdasi bilan sodir boʻlgan voqeadan keyin ham oʻzini shunday tutgan edi.

Men u bilan oʻpishdim. Biroq bu yerda Men Jimin haqida bilmaydigan narsalarim koʻpga oʻxshaydi...

##Davomi_Bor