#new_minifanfic #by_Osun #2_qism Forever Yours
~ Hoy!!! Jungkook!!!) - Ovqatlanish joyida faqat qoshiqlarning likopchalarga urulayotgan ovozi orasida yangragan qizning baqirigʻi hammaning e'tiborini tortdi. U esa hech kimga etibor bermay baland boʻyli va keng yelkali yigit qarshisiga dunyodagi eng axmoq odamdek koʻringancha yurib bora boshladi. Oʻz ismini eshitgan yigit qizga qosh chimirib tikilib turarkan, Jennie uni toʻxtatish uchun yoʻlini toʻsgan odamni jerkib tashlagancha yigit tomon oʻzini otdi. Maxbus odamdan bunday jasoratni kutish gʻirt axmoqlik aslida. Chunki buning oxiri qanday tugashini Jenniedan boʻlak atrofdagi hamma tushunib turardi.
U Jungkookning oldida turarkan oʻziga qilinayotgan ogohlantirishlarga qaramay chuqur chuqur nafas olgancha uning koʻzlariga uyatsizlarcha qaradi.
~ Jungkook, meni eslaysanmi? Men Jennieman! Esladingmi?? Yoʻqmi?... Boʻpti, Eunwoonichi? Uni eslaysanmi?? Eunwooning amakivachchasiman!... Xullas, maqsadga oʻtaman! Manavilar meni bu yerga adashib olib kelishdi. Endi esa maxbus sifatida ushlab turishibdi. Menga bu yerdan ketishimga yordam berasanmi???)- Jennie qosh chimirib, kiprik pirpiratgancha yuziga tushayotgan quyosh nuridan zoʻrgʻa yigitning baland boʻyiga tikilib gapirarkan, Jungkook pinagini ham buzmay unga oʻsha tushunmagan qiyofada tikilib turaverdi.
~ Tushunmadim, bu nimalar deyapti?)- Jungkook biroz avval kulishib gaplashib oʻtirgan erkakning bir onda qalin va tartibsiz qoshlari bukilib, bir vaqtda Jungkook bilan Jenniega yutib yuborgudek qaradi.
~ Shunchaki... valdirayapti. Men bu qizni tanimayman.
~ Nima?)- Jenniening oxirgi tomchi sabri ham yerga toʻlilgandek qoshlari koʻtarilib ketdi. Jungkookning yonidagi haligi odam esa qoʻlini yana Jungkookning yelkasiga tashlab bor ovozda baqirib kula boshladi.
~ Xoy! Koreys koʻringan hamma ham sening tanishing boʻlavermaydi! Hiylang bizga oʻtmaydi makkora! Buni olib borib aqlini kiritip qoʻyinglar. - U atrofini oʻrab turgan soqchilarga boshi bilan ishora qildi. Soʻng yana qax- qax otib kula boshladi - Axaxaxaa... Men eslaysanmimush! Oʻylab topgan xiylasini qara!
Soqchilar Jenniening gangib qolgan holatidan foydalanib sudrab keta boshlashdi. Ular bir ikki qadam qoʻyishgandan soʻnggina Jennie nimalar boʻlayotganini anglab qolgandek, soqchilar qoʻlida tipirchilay boshladi.
~ Meni qoʻyib yuboringlar!!! Qoʻyib yuboringlar dedim!! Menga tegmaa!!! Men barbir qochib ketaman! Meni qoʻyib yuborrrr!!)- U joni azoblangancha tishlari orasidan irrillab gapirarkan, yuziga oʻzinikidan 2 baravar katta keladigan kaft bilan kelib tushgan shapaloq uni bir onda jim qilib qoʻydi. Shapaloq zarbidan Jennie yerga oʻtirib qoldi. Butun umri davomida malikalardek asrab avaylab oʻstirilgan, xatto oyogʻiga zirapcha kirmasligi uchun doimo enagalar e'tiborida boʻlgan qizning ilk bora yeyayotgan tarsakisi edi bu. U achishayotgan yuziga etibor bermay ogʻir yutinib koʻzida yoshi toʻlgancha Jungkook tomonga qaradi va yigitning nigohida xatto achinish ham paydo boʻlmay beparvolarcha hali odam bilan ortga burilib ketayotganini kordi...
Shu kundan buyon Jennie Jungkookga qayta yaqinlashmadi. Unga faqat uzoqdan, olayib qarar va bu dunyoda hech kimga suyanmaslik kerakligiga ishonch xosil qilgandek xis qilardi oʻzini. Jungkook uni eslay olmagani aniq. Chunki u qizga faqat begonaga qaragandek tikilib, unga nisbatan hech qanday nafrati yoki rahm shavqati borligini bildirmasdi.
Xuddi shunday ovqatlanish kunlarining biri edi. Jennie hamma qatori safdoshlari bilan birga tinchgina ovqatlanar, ammo qizning qalbida hamon qochib ketish umidi borligi tufayli atrofni sinchkovlik bilan oʻrganishni davom etardi.
Terror guruhining boshligʻi ham tashqarida Jungkook bilan ovqatlanib turib, yigitning Jenniega qarab turganini koʻrdi va tomoq qirdi.
~ Eshitishimcha tanish ekansizlar)- U bosiq ovozda gapirdi. Jungkookning diqqati darxol qayta unga qaratildi va kinoyali jilmaydi.
~ U shunday deb oʻylayapti. Aftidan koreysligimdan foydalanmoqchi boʻlgan. Aqilli qiz.)- U lablari burchagida jilmayib qoʻyib oʻzi uchun qadaxda suzilgan vinoni ichdi.
~ Ammo soqchilarim qiz seni Jungkook deb ataganini aytishdi. Bu yerda senga hech kim asl ismim bilan murojat qilmaydi. Kelganiga hech qancha boʻlmagan qiz haqiqiy ismingni qayerdanam bilsin?)- Erkakning nigohi yana oʻtirkirlashdi. Bu Jungkookning tabassumini yoʻqotdi.
~ Men rostan ham bu qizni tanimayman. Ehtimol u meni bilar. Ammo men emas. Agar bilganimda eslab qolardim. Yaxshi xotiram bor. Buni juda yaxshi bilasiz)- Jungkookning gaplarida qatiy turib oʻtkir ovozda gapirgani erkakni biroz oʻylantirib qoʻydi. Soʻng yana keng jilmayib u bilan qadax yrushtirishni taklif qildi.
~ Juda yaxshi Jk. Unday boʻlsa... hamkorligimiz bardavom boʻlsin!
Uni taklifiga Jungkook ham tabassum bilan javoban qadaxini urushtirdi va vinosini qayta Jennie tomonga yuzlangancha icha boshladi. Bu vaqtda Jennie ham Jungkookga qovoq solgancha tikilib turardi va koʻzlarini undan uzmay lablari orasidan sekin shivirladi.
~ Sotqinn! Seni yordamingsizam qochib ketaman. Menga hech qaysingiz kerak emassizlar!)- Jennie nafasi ostida shivirlab ovqatini chaynashda davom etdi. Soʻng u yoq buyoqga qaragancha stol ustida u uchun qoʻyilgan nonni sekin choʻntagiga soldi va hech narsa boʻlmagandek ovqatini chaynashda davom etdi.
Modomiki qochishni reja qilgan ekan, unga yegulik zarur boʻlishi aniq....
Tunda hamma yoq har doimgidek sokin edi. Faqat chigirtkaning chirillashi va navbatchi qoʻriqchilarning u yoqdan bu yoqga yurayotgan qadam tovushi eshitilardi. Shu payt kulbalardan biridan boshiga va yuzlariga qora romol oʻralib faqat koʻzlarigina ochiq qolgan qiz yelkasiga yoʻl xalta ilgancha oʻrmalab chiqdi. U yoʻl xalta bu yerga yangi qizlarni olib kelishganda e'tiborsiz qoldirgan soqchilarning biridan oʻmarishga ulgurgan edi.
Qiz bir kulbadan boshqasining ortida yashirinib turib ichida sanay boshladi.
~ 1...2...3...4...5!!)- yoʻl ochildi. Ayni shu vaqtda soqchilar almashish vaqti edi va Jenniening qochib qutilish uchun bor yogʻi 1daqiqa imkoniyati bor edi. Shu tufayli qiz bor kuchi bilan oʻrnidan turib yugura boshladi. Jon achchigʻida qattiq yugurar, biroq oyoq osti qum bolganligi uchun uning qadam tovushi u qadar qattiq yangramas edi. Qiz oʻsha atrofi panjaralar bilan oʻralgan joydan otilib chiqib uni ortga qoldirib borgani sari yuragidagi vahima sekin asta susayib oʻrnini quvonch egallay boshladi.
Jennie kamida 1 soatcha toʻxtovsiz yugurdi. Qiz 1 soatlik masofa yetarlicha emasligini va uni yoqolganini sezgan onlaridayoq qidirishga chiqishsa uni topib olishlarini bilardi. Shu sababli toʻxtash haqida biror marotaba boʻlsa ham oʻylamadi. Ammo u rostan ham qarorgohdan yetarlicha uzoqlashgach, oyoqlari tola boshladi. Tomogʻi qurib, koʻziga uyqu kelardi. Ulkan choʻlda qayoqqa ketayotganini bilmasada, toʻngda biror manzilga yetaman degan umidda yurishni davom etdi. Ammo keyin uxlash haqidagi fikr butun ongini egallab oldi. Chunki qiz bunday katta urunishdan keyin judayam qattiq toliqqan edi.
Jennie yon atrofga qarab, yaqinroq joydagi ulkan toshlar panasida tunab qolishni tanladi. Qiz tosh panasiga oʻtirarkan, biror jonzot yoʻqligiga yaxshilab ishonch xosil qilib qulay joylashdi. Yoʻl xaltasiga oʻzi bilan solib olgan choyshabini ustiga yopib boshini sekin oʻsha toshga tiradi va koʻzlarini yumdi. U shu qadar qattiq toliqgani tufayli koʻzlarini yumgan onidayoq uyquga ketib qoldi.
Tongda koʻzlarim daxshatdan ochilib ketdi. Yotogʻimdan shu qadar chuqur nafas olish bilan uygʻondimki, goʻyo yuragim boʻgʻzimga tiqilib qolgandek boʻldi. Barchasi shu qadar daxshat edi...
Keyin sekin atrofga koʻz tashlab, yotogʻimda ekanligimni koʻrdim. Oʻz uyimda, Seolda, oʻz yotogʻimda turardim...
Koʻzlarimga ishonmay, sekin choyshabimni nari surib oyoqlarimni yotogʻimdan pastga tashladim va Pol ustidagi momiq gilamni shu qadar yaxshi xis qildimki... Shundagina men angladim.
Ha, men uydaman! Boʻlib oʻtgan barcha voqealar, nahotki tush boʻlsa??? Birdan tashqaridan ovoz eshitila boshladi. Dadamning ovozi. Tushunishimcha soqchilar boshligʻiga baqirayotgandi.
Sekin oyogʻimga shippaklarimni ilib pastga tushishga qaror qildim.
Tezroq onamga qanday boʻlmagʻur tush koʻrganimni aytmoqchiman...
Pastga tushganim sari otamning jazavaga tushgan qomati yaqolroq koʻrinib bordi. Lekin yaqinida boʻlmaganim uchun soqchilar boshligʻi bilan nima haqida baxslashayotganini anglamasdim. Odatdagidek, ularga e'tibor bermay, yonlaridan oʻtayotib oyimni chaqira boshladim.
~ Oyi??! Oyiii~??)- Keyin birdan dadamning qulogʻimga chalingan gapi meni joyimda toʻxtashimga majbur qildi.
~ Jennie qayerda?! A?? Uni topish kerak!! Jennieni topinglarr!!
Sekin qosh chimirgancha ortga oʻgirilib, dadam tomonga qadam tashladim.
~ Dada? Nimalar deyapsiz?... Nega meni qidiryapsiz? Axir shu yerdamanku...
~ Xaa!!! - otamning men tomonga keskin burilishidan qòrqib ketdim. U oʻzining jazavaga tushgan yuzi bilan men tomonga katta katta qadamlar tashlab kelib, birdan bilagimdan tutdi. Tutgandayam shu qadar qattiq siqib qoʻydiku, ogʻriqdan chinqirib yubordim - Seni topdimm!!! Topdimmm!!! Qochib qutilmoqchi boʻldingmi??
~ Dada nimalar qilyapsiz?! Qoʻyib yuboring! Ogʻriyapti axir!! Dadaaa~
~ Topdimmm!!! Seni topdimm!!
~ Iltimoss, bunday qilmang.. ogʻriyapti...)- Otam jonimga bosim oʻtkizgani sari kòz oldim xiralashib bordi. Nafas olishim qiyinlashib, xushimni yoʻqotayotganimni xis qildim.
Keyin... keyin esa koʻzlarim haqiqatdan ham ochilib ketdi va 3- 4 ta soqolli erkakni atrofimda oʻralashayotgani, ulardan biri esa bilagimdan maxkam siqib olgancha, koʻzimga chaqchayib qarab, oʻzining chala ingliz tilisida tinmay, Seni topdim, deyotganini koʻrdim.
~ Meni topishdi...)- Shu soʻz bilan bor jonim bogʻzimdan chiqib ketgandek boʻldi goʻyo. Kòzlarimni kòzyishi qoplab, ichim yona boshladi....
Barchasi tush emas, balki men uyda ekanligimni tush koʻribman... Oyimga boshimdan kechirgan hayotim haqida gapirishga ham ulgurmadim...
~ Tùr òrningdan!!)- Qoʻlimdan tutib olgan erkak bir siltab tortish bilan oyoqlarimga qalqitib qoʻydi. Men esa jon achchigʻida uni bilagimni siqib olgan qoʻliga yopishdim.
~ Qoʻyib yubor!!! Ogʻriyaptiii! Meni qoʻyib yuboringlarr!!)- Dod solib yigʻlagancha oyoqlarim bilan yerga tiralib olib, yana oʻsha daxshatli joyga qaytishga qarshilik qila boshladim. Tabiiyki uning kuchi menikidan koʻp edi. U meni mitti jussamni harakat qilmasdan ham mashinaga chiqarib qoʻya olardi. Ammo u yuzim aralash qulogʻim bilan menga tarsaki tushirib, bira toʻla ovozimni oʻchirib qoʻyishni tanlay qoldi. Xush, bexush aralash uning qoʻllarida osilib qoldim. Koʻzyoshim hamon koʻzlarim burchagidan oqip tushardi... Oʻlim... ayni dadamda bu dunyodagi ajoyib yutuqdek koʻrinayotgandi u menga...
Meni qarorgohga qaytarib olib kelishdi. Bularning barchasiga bosh kimsaning qarshisida aybdirdek tizzalab oʻtqizgancha, tepamda men tushunmaydigan tilda uzoq vaqt baxs olib borishdi. Ustimdan qanday hukm chiqarishni gaplashishayotganini tushunmasamda xis qilib turardim...
Oʻlimmi? Endi oʻlim haqidagi fikrdan qòrqmayotgandim. Aksincha, ular meni oʻldirishlarini ulardanda koʻproq oʻzim istayotgandim.
Biroq unday boʻlmadi. Ular meni shunchaki turtqilagancha qaytarib, oʻz kulbamga olib borishdi va ichkariga uloqtirishdi. Bu borada menda avvaldan tajriba qolgani tufayli, oʻzimni ushlab qolib, yiqilmaslikga harakat qildim va qizlarning barchasini menga qarab turganini koʻrdim. Ular goʻyo ,,biz senga nima degandik,, deyayotgandek...
Ammo keyin Jehi sekin tabassum qildi.
~ Qaytganing bilan!... Bizni notogʻri tushunma. Shunchaki biz seni endi tirik koʻrmasak kerak deb oʻylagandik.
~ Undan koʻra oʻlganim yaxshi edi...)- Sekin yerga oʻtirib, tizzalarimni quchib oldim.
~ Unday dema. - birdan Osun yonimga kelib, yelkamga qoʻlini qoʻygancha menga dalda berishga urindi - Bu yerda bizga kuch bera oladigan yagona narsa bu umid! Uni ham yoʻqotsak, tirik murdaga aylanib qolamiz. Umidingni soʻndirmaslikga harakat qil.
~ Umid?? Qanaqa umid haqida gapiryapsan?? Men hozirgina soʻngi umidimni ishlatib kelyapman... Tushunyapsanmi? Meni oʻsha chodirga olib kirishganda, balki meni shunchaki otip tashlashar deya qattiq umid qildim.. Lekin boʻlmadi... Meni umidim qolmadi.. menga u haqida gapirmanglar!
Koʻzyoshimni yengimga artib qizlardan yuz burdim. Osunning menga achinib qarayotganini sezib turardim. U men nihoyat tamom boʻlganimni tushundi shekilli, ortiq tushuntirishga harakat qilmadi.
Jennie qarorgohdan qochishga urunganidan buyon ham oradan sal kam 1 yarim oy vaqt oʻtdi. Shu vaqt ichida doim nimalarnidur boshlab yuradigan, yoki boshqalar orasida koʻzga tashlanib turadigan qizdan asar ham qolmagandi. Jennie nihoyatda sokin va befarq boʻlib, borligi ham yoʻqligi ham sezilmasdi uning. Uni tutib kelishgan kunda Osun tariflaganidek, tirik murdaga aylanib qolgandi u... Nafas oladi, yuradi, ovqatlanadi, biroq nega bularni qilayotganini bilmaydi...
U endi barchasiga qoʻl siltab qoʻygandi. Shuncha oylardan buyon uni izlab hech kim kelmaganining oʻzi qizning umid haqidagi tushunchasini batamom yoʻqotib yuborgandi.
Bu qarorgohda u faqatgina bir odamga reaksiya bildira olishi mumkin. U ham boʻlsa haftada 2 yoki 3 marotaba tashrif buyurib turadigan Chon Chonguk... Shunda ham xursandchilikdan emas, har gal qarorgohga kelganda yigitning qizga asabni buzadigan darajada tikilib qarashi Jenniening asablarini taranglashtiradi. Ichida bor yomon soʻzlar bilan yigitni humordan chiqgancha haqoratlaydi. U boʻlmagan kunlari esa yana xissiy, befarq murdaga aylanib qoladi.
Chongukga kelsak, u ham Jenniedagi oʻzgarishlarni darxol payqadi. Biroq boshqalarda shubha uygʻotmaslik uchun qizga nima boʻlgani haqida soʻramay qoʻya qoldi.
Tunga uxlash uchun chodirga kirayotgandik. Ammo soqchilardam biri men bilan qoʻltiqlashib kelayotgan Osunni tutib qolishdi va ish borligini aytib uni olib keta boshlashdi. Ketishni sira istamayotgan boʻlsada, ikkilana ikkilana oldinga yurib ketdi. Men esa usiz ichkariga kirdim.
Ochigʻini aytsam tunda uxlashim qiyin boʻldi. Oxirgi kunlar Osun bilan avvalgidan koʻra yaqinroq boʻlib qolgandik. U bilan uxlab qolishimdan oldin suhbatlashib yotish odatga aylanib qolgandi. Qiz qochib ketgan kunimdan buyon ortiq axmoqlik qilmasligim va jazolanmasligim uchun yonimdan 1 daqiqa ham ajralmay menga koʻz quloq boʻlib yurgandi. Hozir uning yoʻnimda yoʻqligi yaxshigina bilinayotgandi...
Oradan ancha vaqt oʻtdi. Osun kelavermadi. Mening esa koʻzim biroz uyquga ilashgandek boʻldi. Biroq toʻsatdan koʻtarilgan qichqiriq ovozidan qoʻrqib ketdim va sekin boshimni choyshabdan koʻtarib eshikdan tashqariga qaradim. Hech kim koʻrinmasdi.. Qichqiriq ovozi ham bir koʻtarilib qayta tinib qoldi... Bu vaxshiy yana kimning joniga zomin boʻlishayotgan ekan....
Oʻzimni e'tiborsizlikga olib qayta boshimni joyiga qoʻymoqchi boʻlganimda, hayolimga Osun kelib qoldi. Birdan yuragimni vahima qoplay boshladi. Nafas olishim tezladhib, peshonamdan ter chiqa boshladi.
~ Osun.. - Lablarim orasida shivirlab, yuragimni hovuchladim. Unga nimadur qilishgan boʻlsachi???
~ Yotib uxla. Bu birinchi marta olib ketishlari emas. Unga hech narsa qilmaydi
Jehining ovozini eshitib u tomonga darxol qaradim.
~ Chinqiriq uning ovozi boʻlsachi?!!
~ Yoʻq. Bu Osunniki emas. Shunchaki ba'zida yuk tashish uchun qizlarni yigʻib olib ketishadi. Osunni avaldan shunday ishlar uchun chaqirib turishardi havotir olma.
~ Rostanmi?
~ Haa... tongda turganingda u shu yerda boʻladi. Ishonaver.
~ ... Yaxshi...
Jehiga rozilik bilan boshimni silkib sekin qayta oʻrnimga yotdim. Ammo baribir yuragim xotirjamlikni xis qilavermadi. Men bu vaxshiylarga ishonmayman...
Osunni tongda yonimda uchratishga katta umid bogʻlagancha sekin koʻzlarimni yumdim. Ammo oxirgi paytlarda umid menga pand berayapti. Bu gal ham pand bermasmikan???
Tongda gupurlagan qadam tovushi meni uygʻotib yubordi. Seskanib koʻzlarimni ochib, uyquga ketishimdan oldin miyyamda aylanayotgan havotir bilan darxol yonimdagi oʻringa qarab haliyam boʻshligini koʻrdim. Osun yoʻq edi. Tunda kelmapti...
Ichimda birdan olov yongandek boʻlib, oʻrnimdan turib ketganimni bilmay qoldim. Darxol Jehini tepasiga borib uni silkitgancha uygʻotdim.
~ Jehi!!! Tur! Jehii! Osun kelmapti- uni qattiqroq silkidim. - Eshityapsanmi?! Osun kelmapti deyapman!!
~ Nima?- Jehi avval bir koʻzini keyin boshqasini ochib sekin boshini koʻtardi va Osunning joyiga qaradi - Balki kelib yana chiqip ketgandur. Sen sezmagandursan.
~ Yoʻq! Unday boʻlsa sezardim! Kelmapti.
~ Yo xudoyim... yurchi)- Jehi sekin oʻrnidan turib eshik tomonga yoʻl oldi. Men ham hovliqib uning ortidan ergashdim. Lia chodirda qoldi.
Tashqariga chiqib hali koʻpchilik uygʻonmaganini koʻrdik. Chunki odam u qadar koʻp emasdi. Qurolli soqchilar orasida Osunni olib ketishganini payqab qolib u tomonga yugurdim.
~ Hey!! - Uni bir amallab oʻzimga qaratib oldim. - Bizning sherigimiz yoʻq. Kelmadi..
~ Nima? Kim? Kim yoʻq?
~ Osun! Kecha olib ketgandingizku! U qaytip kelmadi. Unga nimadur boʻldimi??)- Hovliqib soqchidan dugonam haqidagi tavsilotlarni soʻrarkanman, Soqchining qarashlari oʻzgarib yuzini shart burip ketmoqchi boʻldi. Uni qoʻliga endi yopishib toʻxtatay deganimda Jehi bilagimdan ushlab toʻxtatib qoldi.
~ Muammoni kattalashtirasan.
~ Qoʻl qovushtirib oʻtiraveramizmi?!
~ Yaxshiroq taklifing bormi?? Nima ham qila olardik.
~ Jin ursin!
Osunni boʻlinib qidirish taklifi bilan ikkimiz har tomonga tarqaldik. Sekin asta boshqalar ham chodirlaridan chiqip kela boshlashdi. Meni esa borgan sari vahima bosib borardi. Bu yaxshilik belgisi emas. Unga nimadur qilishgani aniq...
Birdan qichqiriq ovozini eshitib qoldim. Shartta boshimni oʻsha tomonga burib, bor kuchim bilan yugurdim va koʻpchilik qizlarni olamon boʻlib yigʻilib olishganini koʻrdim. Ularni har tomonga surgancha oʻrtaga yoʻl ochib borarkanman, yerda yuz tuban choʻzilib yotgan, egnidagi kiyimlari it talagan kabi yirtilib, butun tanasini tish izi qoplagan qizni koʻrdim. Uning uzun qora sochlari yuzini toʻsib turar, bechora zoʻrgʻa nafas olardi. Yuragimda vahima bilan darxol qizning oldiga choʻkkalab yuzini qoplagan sochini chetga surgancha unga qararkanman, Osunning ikkala koʻzlari ham koʻkarib shishib ketgan yuzini koʻrib chinqirib yubordim.
~Yoʻq!! - darxol koʻzimni yosh qoplab, hiqqilab yigʻlay boshladim - Yoʻoʻq~ ... bu vaxshiylar senga nima qilishdi???)- Uni yuzini silab koʻzlariga tikilarkanman dugonamning mutloq jonsiz holatdaligini koʻrdim. U gaplarimni hozir eshitayaptimu yoki yoʻqmi bilmasdim.
Birdan tanamni kuchli gʻazab xissi qoplab, tomirlarimdagi qon qaynay boshladi. Uni tuni bilan zoʻrlab, soʻng keraksiz axlatdek tashqariga uloqtirishipti!!! Vaxshiylarr!!
Oʻrnimdan turib, u uloqtirilgan chodir eshigini tepib, eshik oldidagi soqchilar bilan yulisha ketdim.
~ Yaramaslar!!! - Soqchining yuziga sakrab, tirnagancha qoʻlimga ilashgan soqolidan bor kuchim bilan yulib oldim - Unga Nima qildinglar?? Vaxshiylar!! Lanat boʻlsin hammagizga! - Men urishayotgan soqchining yuzlarini shu qadar tirnab yulib tashlaganimdan u ozi bilan oʻzi ovorra boʻlib qoldi. Ammo Osunni bu axvolga solgan odamgacha yetib bormay, sochimdan maxkam sqimlab tortishganini xis qildim yigʻi aralash chinqirib, sochimdam ushlagan qoʻllarga yopishdim.
Haligi inson koʻzlarini chaqchaytirib yuzimga ikki soniya qarab turib, ayab oʻtirmay qulogʻim aralash yuzimga bor kuchi bilan tarsaki tortib yubordi. Bir koʻrishda jonim chiqib ketgandek boʻldi. Men ham zoʻrgʻa nafas olgancha Osunning yoniga yuz tuban yiqildim. Xushim sekin ongim tark eta boshladi. Oʻzimni zoʻrgʻa anglab turardim. Haliyam gʻazabidan tushmagan soqchi axvolimdan foydalanib, avtomatining dastasini yuqoriga koʻtargancha miyyamni yanchib tashlash uchun shaylandiyu, uni bor kuchi bilan pastga tushirayotganda, kimdur avtomatni qattiq ushlagancha toʻxtatib qoldi. Soqchi esa darxol uni toʻxtatib qolgan odamga qaradi.
~ Shart emas! Uni oʻzim jazolayman!
Chonguk???
Men bu ovozni aniq tanidim...
Yerda tuproqga deyarli qorishib jonsiz yotarkanman, qoʻltigʻim ostidan siltab koʻtarib oyoqqa qalqitishdi va katta tezlikda sudray boshladi. Meni esa ongim hali oʻzimga qaytib ulgurmagani uchun oyoqlarim chalkashib ketardi.
Keyin meni qorongʻuroq bir joyga olib kirishganini koʻrdim. Oʻzimni toʻliq anglab ulgurmay, qarshimda qoshlari burni ustida chimirilgan Chonguk paydo boʻldi. Yigitning nafrat ufurayotgan koʻzlari, mutloq jonsiz holatda koʻzlarim yoshga toʻliq tikilib turarkanman, ichimni faqat bir xissiyot kemirardi. Bu ogʻriqdan qutilish uchun ayni damda meni oʻlimga yetaklaydigan har qanday jazoga tayyor edim. Shunda bulardan baridan tezroq qutulardim...
Ammo keyin, Chonguk birdan qoʻltiq ostimdan koʻtarib meni stol ustiga oʻtqizdiyu, oyoqlarim orasiga kirgancha yuzimga yaqin kelib koʻzlarimga tikilib turdi.
~ Meni oʻldir...)- Boʻgzimdagi soʻzim toʻliq chiqib ulgurmasdan, u darxol jagʻimdan tutib, lablarini lablarimga qattiq bosgancha, meni oʻpa boshladi. Bir onga toʻk urgandek aqlimni yoʻqotib qoʻydim. Ammo keyin ichimni sekinlik bilan iliqlik qoplay boshladi. Anchadan buyon hech kim meni bu qadar erkalamagani tufayli, koʻnglim birdan toʻlib ketib, uning chuqur va iliq boʻsalari orasida yigʻlay boshladim. Chonguk, uni javoban oʻpishni boshlamagumnimcha bir onga boʻlsa ham lablarini lablarimdan uzmadi. Uning boʻynimdan quchib javob qaytarishni boshlaganimda esa yana ham chuqurroq oʻpdi. U tepa labimni kuchli soʻrib turgandan , soʻng pastki labimni sekin tishlab tortib, nihoyat boʻsani uzdi va peshonasini peshonamga tiragancha sochlarimni siladi. Men esa xuddi yosh boladek xiqillab yigʻlardim.
~ Seni bu yerdan olib ketaman. Eshityapsanmi?? Men seni bu yerdan olib chiqaman!)- Uning gaplariga javoban boshimni tez tez silkidim. Shunda u peshonasini peshonamdan olib, koʻzyoshlarimni kafti bilan darxol artib tashladi.
~ Men seni esladim, manman qiz. Aslida ilk koʻrganimdayoq sevib qolgan insonimni hech qachon unutganim yoʻq. Faqat ular oldida biroz rol oʻynashga toʻgʻri kelgandi.
~ Meni.. kimligimni eng boshidan bilarmiding?
~ Albatta. Seni ilk koʻrishganimizdan beri bir onga boʻlsada unutganim yoʻq Jennie. Sen bilan bir kun qayta uchrashishimizni bilardim. Faqat bu vaziyatda emas.... Menga quloq sol - U sochlarimni quloqlarim ortiga oʻtkizib, yuzimni kaftlari ichiga oldi va koʻzlarimga chuqur tikildi. - Seni bu yerdan olib chiqaman. Soʻz beraman. Faqat Sen ham menga boshqa muammolarga aralashmayman deb soʻz ber. Bu kabi ishkallardan uzoq yurasan. Yoʻqsa seni bu yerdan olib chiqishim yanada ogʻirlashishi mumkin. Kelishdikmi???)- u koʻzlarimga birma bir qararkan, men oʻzimni xiqillashdan zoʻrgʻa toʻxtatib takror boshimni silkidim. U esa meni darxol oʻzining keng koʻksiga bosib, boshimdan oʻpdi. Anchadan buyon mexr qumsagan tanamga uning meni bunday erkalashi shu qadar yoqardiki...
~ Bir necha soatga shu yerda qolishing mumkin. Ular meni seni jazolayapti deb oʻylashadi...
~ Dugonamni koʻrishim kerak)- zoʻrgʻa gapirib uning koʻksidan uzoqlashdim. Chonguk esa soqchi meni urib koʻkartirgan yuzimga qaradi va nigohida bir zumda olov paydo boʻldi.
~ Bu uchun ularni qon qustiraman. Menga ishon! Hammalari birma bir tovon toʻlashadi!!! Faqat ozroq sabr qil va oʻzingni qattiq asra. Seni bu yerdan chalajon holatda olib ketishni istamayman.
~ Yaxshi)- Unga sekin bosh silkib, stol ustidan sirgʻalib tushdi. Chodirdan chiqishga oshiqayotganimda u qoʻlimdan ushlab, meni tanasiga qattiq bosdi.
~ Nega bunday qilyapti dema. Senga befarq emasman. Bu yerdan ketgandan soʻng bu mavzuda alohida gaplashamiz. Hozirgi vaziyatingda tuygʻularimni bayon qilib, seni yana ham qiynab qoʻyishni istamayman. Ammo bu meni senga qaygʻurmaydi degani emas... Takror aytaman, oʻzingni ehtiyot qil! Muammolardan uzoq yur. Shunda seni osonlik bilan bu yerdan olib keta olaman.
~ Yaxshi)- Unga bosh silkiganimdan soʻng u qollarini tanamdan tortdi. Ammo meni qoʻyib yuborishni istamayotgani shundoqgina koʻzlaridan koʻrinib turardi. Istamasada meni qoʻyib yuborishga majbur boʻldi. Men esa yana oʻzimni tirik xis qila boshladim. Haqiqiy insondek... qalbimga umid qaytdi. Jeon Jungkook menga uni qaytardi... Shuni angladimki, men oʻzgaribman, agar ilgarigi Jennie boʻlganimda uni sira oʻzimga yaqinlashtirmasdim ehtimol. Ammo...ammo hozir, u yana bir bor lablarimdan shunday iliq boʻsa olishi uchun oʻzimni qayta bagʻriga otishdan ham tab tortmayman.