#Fanfic #5_qism Angel's slave
Lablariga endigina qizil boʻyogʻini tortgan qiz eshik ochilishi bilan yuragida ogʻriq bilan oʻsha tomonga qaradi. Bejizga emas edi. Eshikning har ochilishi qiz uchun tungi tushdek qoʻrqinchili hodisaga aylanib qolgan.
Jungkook ichkariga sekin yurib kirib kelayotganini koʻrgan qiz ulkan qoʻlidagi lab boʻyogʻini maxkam siqib oynadan unga qadalgan nigohini sira uzmadi.
~M..Men... bugun hech narsani istamayman. Iltimos meni oʻz holimga qoʻy. - qiz oʻrindigʻidan sekin turib Jungkookni be'etibor qoldirayotgandek harakat qilib uni aylanib oʻtmoqchi boldi. Jungkook uni hayratda qoldirgan qizning ortidan achchiq kulib qoʻydida ortida keskin ogirilib qizning qoʻlidan maxkam ushlab uni hozirgina siljigan oynasi oldiga qayta qadab qoʻydi. Oyna oldidagi narsalar qizning tanasi qattiq urilgani uchun shovqin chiqargancha pastga tushib ketdi. Jungkook qizning yuziga yaqin kelib uni siqdi.
~ Men hech ruxsat soʻraganmanmi??
Jungkookning koʻzidagi oʻlik sovuqlik qizni bir vaqtda qoʻrqitar va ichida nafrat uygʻotardi. U yigitning koʻzlariga qarab turib lablari titrab koʻzlari yoshga toʻldi. U koʻzyoshlarini koʻrsatgani sari yigitning yuzidagi qaxri qattiqlashib uni keskin ortga oʻgirdida oyna oldida teskari holda yotqizib, qizning shimini pastga tortdi. Ortidan ozinikini ham tushirib, Jiyeon bilan aloqa qilganiga hech qancha boʻlmaganiga qaramay, allaqachon kattalashib qolgan a'zosini* uning ichiga tiqib yubordi. Qiz yigitning qoʻpol azosini xis qilishi bilan chinqirdi. Jungkook bir ikki bor qattiq silkingandan soʻng lablarini qon ketguncha tishladi. Yoqimli nolalar chiqarishni boshladi. Juda yoqimlilarini...
~ Jiyeonga ham buni oʻrgatish kerak...
Jungkook silkinishda davom etarkan koʻzlarini yumib hozir aloqa qilayotgan qizini oʻrniga Jiyeonning shunday nolalar qilishi mumkinligini tasavvur qildi va telbalardek kuldi.
~Bu qanday yoqimli boʻlardi...
Jungkook ich ichidan koʻtarilib kelayotganini xis qildi. Yoʻq u chidolmaydi. U Jiyeonni keyingi gal s*kishgacha kutolmaydi. Bu yana qancha vaqt olishi mumkin???
~ Imhh~ juda ogʻriqli! Juda yomon!!!
Jungkook tishlari orasidan gʻirilladi. Aslida u Jiyeondan istaganicha foydalanishi mumkin. Lekin Jungkook qizni choʻchitib yuborishni istamaydi xolos...
Qizning baland nolasi Jungkookni hayollaridan olib chiqib, ostidagi quz allaqachon marraga yetganini angladi. Oʻzi ham marraga yetish uchun katta tezlikda harakat qilayotgandi. Sal oʻtmay u kuchli silkinish bilan a'zosini chuqur botirgancha qizning ichiga boʻshanib yubordi.
Jungkook orqaga chekindi, kiyimini to‘g‘rilab, unga yuqoridan qaradi. Lablarida yengil tabassum bor edi, lekin u tabassum ko‘zlariga yetib bormasdi.
~ Hali ham bir kun mendan farzand tug‘ib berishingga umid qilaman.
~ Sen… - qizning ovozi zo‘rg‘a chiqdi. - Sen pastkashsan.
Jungkook boshini qiyshaytirdi.
~Shu tilingdan bir vaqtlar boshqa gaplar ham chiqqanini unutma.
Qiz asta o‘rnidan turdi.
~O‘sha paytlar men akangning xotini emas edim.
~ To‘g‘ri -dedi Jungkook. -O‘sha paytlar sen faqat menga tegishli eding.
Qiz kiyimini to‘g‘riladi. Ko‘zlarida na iltimos, na umid qolgandi.
~ Endi meni tinch qo‘y. Men akang bilan baxtli bo‘lishni xohlayman.
Jungkook kulmadi.
~Menga farzand tug‘ib ber. Keyin seni tinch qoʻyaman.
Qiz birdan ovozini ko‘tardi.
~Men buni qila olmayman! Akangning xotini bo‘lib turib, qanday qilib senga farzand tugʻib beraman?!
Jungkookning yuzidagi sokinlik chil-parchin bo‘ldi.
~ Dori ichayotganingni bilaman, - dedi u tishlari orasidan. - Mendan shunchalik jirkanasanmi?
Qiz yig‘ladi.
~ Sen aqldan ozgansan… aynan shuning uchun ham akangni tanlagandim oʻshanda! Eng boshidanoq menga mehribon boʻlmagansan!!!
~ Seni bor vujudim bilan sevgandim!!! - Jungkook ham qizga javoban qichqirdi. - boylikdan koʻr boʻlgan koʻzlaring akam oilaning barcha merosiga ega chiqgach meni koʻrmay qoldi. Aslida shunday emasmi Winter? Seni koʻklarga koʻtarib, hech qaysi ayol zotiga koʻrsatmagan tomonlarimni koʻrsatdim. Mehr?? Senga uni ortigʻi bilan berdim, jin ursin!!
Asl masala mehrda emas... Seni eng boshidanoq pul qiziqtirgan. Kenja farzand boʻlganim uchun otam meni merosxoʻr qiladi deb oʻylaganding. Lekin men otamning sevimli farzandi emasligimni hisobla olmading... Meni tuygʻularimni oʻyinchoq qilding...Tugʻib berasan Winter. Tugʻib berasan... Yoʻqsa oʻsha mendan homilador boʻlmay deya ichayotgan dorilaringni sen uchun zaxar qilaman. Ogʻzingdan oʻz qoʻllarim bilan quyganimda meni toʻxtatib qola olmaysan. Shunda bu zaxar seni faqatgina mendan emas balki barcha erkaklardan farzandli boʻlolmaydigan nogiron qilib qoʻyadi. Shu paytgacha indamagan boʻlsam, bu senga boʻlgan rahm shafqatimdan. Bu dunyoda faqat senga rahm qilaman... meni aqldan ozdirma azizam)- Jungkook qizni yuzini qoʻli orti bilan silab qoʻygach xonadan chiqib ketdi. Qiz u ketgach qoʻli bilan qorin boʻshligʻini ushladida qattiq yigʻlashni boshladi. Bu yigʻi ogʻriqdan emas, balki umidsizlik yigʻisi edi..
Jungkook ish xonasida edi. Qo‘lida shampan to‘la qadah, ko‘ylagining yuqori tugmalari ochiq, oyoqlari beparvo holda ish stoli ustiga cho‘zilgan. U shiftga qarab jilmayardi, g‘alati xotirjamlik bilan.
~ Hatto Winter bilan bo‘lganimda ham… - u kulimsiradi, - u haqida o‘yladim. Uni tasavvur qildim.
U kulib yubordi.
~ Bunga ishonasanmi? Bu telbalik.
~Demak, qulog‘inggacha sevib qoldingmi? - dedi Kai.
Jungkook qadahni labiga olib bordi, sekin ichdi.
~Agar shunday bo‘lsa… - u qadahni stolga qo‘ydi va do‘stiga tikildi, - bu Winterdan keyin chinakam sevgan ikkinchi ayolim bo‘ladi.
Kai qoshini ko‘tardi.
~ Demak, endi Winterdan vos kechasanmi?
~ Hech qachon.- Jungkookning javobi o‘qdek tez va sovuq chiqdi.- Menga xiyonat qilganlarni men oson qo‘yib yubormayman. Winterning vazifalari hali koʻp. Uni va akamni hali xor qilaman.
Kai kulimsirab bosh chayqadi.
~ Senga dushman bo‘lishdan qo‘rqaman…- U shampanni ichib yubordi. Jungkook esa bu gapdan zavqlangandek, keng tabassum qildi.
Maktab hovlisi odatdagidek shovqinli edi. Jiyeon Osun bilan yonma yon yurib borar, lekin uning diqqati atrofdagilarda emasdi. Ko‘ngli bezovta edi, sababi esa nomalum.
~ Hali ham o‘sha odam haqida o‘ylayapsanmi? - Osun biroz oldingina dugonasi boshi aylanib ilk tunini* birga oʻtkazgan gʻirt begona odam haqida soʻradi.
Jiyeon javob bermadi. U oldinga qarab qotib qoldi.
Yo‘lak oxirida bir erkak turardi.
Bo‘yi baland, yelkalari keng, nigohi esa… juda tanish.
Sehun.
Yuragi og‘riq bilan siqildi. Bu og‘riq qiz tashlab ketilganidan beri uni yuragini tark etmagan
~ Bu... Sehun emasmi?- dedi Osun past ovozda.
Jiyeon boshini qimirlatdi.
~ Ha.
Sehun ularni payqab qoldi. Bir lahza nimadur demoqchidek chuqur nafas oldi, so‘ng qizlar tomonga qadam tashlab keldi. Uning yuzida hayrat va noqulaylik aralash edi.
~ Jiyeon… - u qizga qaradi.
~ Sehun - dedi Jiyeon sovuqqina. - bu yerda nima qilyapsan?
~ Sen bilan gaplashib olmoqchi edim. Bunchalik tez topib olaman deb oʻylamagandim.
~ Haa, qaniydii... - dedi Jiyeon sokin, ammo o‘tkir ohangda.
Sehun jimib qoldi.
Sehun ikkisi bir biriga tikilib turarkan, Jiyeon birdan ortida kimningdur paydo boʻlib qolganini xis qildi.
Sehun nigohlarini koʻtarib Jiyeonning ortida turgan yigitga qaradi. Jiyeonning oʻzi ham ortiga qaradi.Havo o‘zgardi.
Jungkookning yuzi xotirjam edi, lekin ko‘zlarida bo‘ron bor edi. U Jiyeonga yaqinroq keldi. Juda yaqin emas, ammo yetarlicha yaqin.
~ Men seni kutyapman, - dedi u Jiyeonga, so‘ng nigohini Sehunga qaratdi. -Sen kimsan?
Sehun o‘zini tutdi.
~ Sehun. Jiyeonning… - u bir lahza to‘xtadi - sobiq yigiti.
~ demak, sensan, - Jungkook past ovozda gapirib yigitni boshdan oyoq kuzatdi.- U menga sen haqingda gapirib bergandi.
Jiyeon Jungkook keskin qaradi.
~ Nima qilmoqchisan?
~ Seni tashlab ketgan axmoq yigit bilan gaplashishga urunyapman.
Sehun qoshlarini chimirdi.
~ Bu sening ishing emas. Bizdan biroz nari tursang u bilan gaplashib olmoqchi edim.
~ A? Jiyeon hali bu haqida aytmadimi? U allaqachon mening ishimga aylanib boʻlgan.
~ Jungkook, bas qil!)- Jiyeon yigitga oʻqraydi.
~ Yo‘q - Sehun Jiyeonga keskin qaradi - Nima demoqchiligini eshitmoqchimoqchiman.
~ Aytsam, yuraging dosh bermaydi... - Jungkook gʻolibona shivirladi. Jiyeon uning oʻyin qilayotganini sezib ensasini qotirgancha Sehunga qaradi.
~ Vaqtim ziq, nima demoqchi eding?
~ Bu inson...
~ Men bilan gaplashgani keldingmi yoki u bilan?! Unda men keta qolay, ikkingiz gaplashinglar!- Jiyeon asabiy qichqirdi. Sehun bir Jungkookga bir unga qarab turib, sekin gap boshladi
~ Men xato qilganman… - Sehun gapni boshlaganidanoq Jiyeonning yuragi achishib, bogʻziga qattiq narsa tiqilib qoldi.
~ Yo‘q- Jungkook boshini sekin qimirlatgancha gapga aralshdi. Sehun va Jiyeon unga qarashdi - Sen toʻgʻri qilgansan - U Jiyeonga qaradi. Bu qarashda tahdid yo‘q edi.Faqat egalikni uqtirish bor edi- Endi u yolg‘iz emas.
Jiyeon shu zahoti gapirdi
~ Men hech kimniki emasman.)- U Jungkookga taxdidli qaradi. Jungkook ham unga tinch ammo boʻrondek nigohi bilan tikilishda davom etarkan,
Sehun Jiyeonni qayta òziga qaratdi.
~ Men kechirim so‘ramoqchi edim…
~ menimcha endi kech- dedi Jiyeon unga qarab - Sen ketganingda hammasi tugagan edi. Faqat baxtli xotiralar qoldi xolos. Oʻz yoʻlimizdan ketishda davom etaylik)- Jiyeon soʻngi soʻzini aytgandek, Sehundan nigohini uzib Jungkook tomonga burildi.
~ Ketdikmi? - Jiyeon bu qiligʻi bilan Sehunga oʻz tanlovini ochiqchasiga koʻrsatib qoʻymoqchi edi. Jungkook bir zum Sehunga qarab turdi. So‘ng sekin jilmaydi.
~ Ba’zan ketish eng katta yo‘qotish bo‘ladi)- dedi u mamnuniyat bilan. Keyin Jiyeonning qoʻlidan ushladi. Jiyeon ular shovqinidan chetda qolib ketgan dugonasiga qaradi.
~ Bugun oʻzing keta qol.
~ Albatta, keyinroq gaplashamiz.
Qizlar bir birlariga bosh silkishdi. Jungkook Jiyeonni qoʻlidan ushlab oʻzi bilan chiqish tomonga yetaklab ketarkan, Sehun va Osun ular ortidan qarab qolishdi.
Mashina oldiga yetganda qoʻllarni uzishdi. Jiyeon haydovchi yonidagi oʻrindiqga oʻtirdi. Chonguk oʻz oʻrnini egalladi. Divigatel qoʻshilmay turib, mashina ichida taranglik uygʻondi. Jiyeon Chongukning mashina roʻlini siqib turishini, keyib labi atrofini asabiy uqalashini va chuqur chuqur nafas olib turishini koʻz ostida befarqlik bilan kuzatib turdi.
~ U nega kelganini tushunmayapman)- dedi Jungkook ovozida biroz keskinlik bilan.
~ Nima deganini sen ham eshitding shekilli. Kechirim soʻramoqchi ekan.
~ Bu menga yoqmadi... u seni qachongacha bezovta qiladi?
~ Bilmayman! Bu seni nega bunchalik bezovta qilayotganini ham tushunmayapman!
~ Men seni undan qizgʻanaman!
~ Axir javobimni eshitdingku!
~ Bu yetarli emas!!!)- Jungkook bor ovozida baqirib yubordi. Jiyeon unga koʻzlarini ulkan ochgancha hayrat bilan tikilib qoldi.
~ Sen menga hech kim emassan... bir ikki marta sen bilan boʻlganim, menga egalik qilish huquqini bermaydi. Boshqa ovozingni menga koʻtarma. Ayniqsa meni sobiq yigitimdan rashk qilib baqirishga haqqing yoʻq. Sehun sendan oldin hayotimda boʻlgan! Va uning oʻrni hayotimda boʻshqacha boʻlib qolaveradi! Behuda rashking bilan hech narsani oʻzgartirolmaysan
~ Axx, Jiyeon - Jungkook qizning boʻyni ortidan changallab oʻziga tortdi - Men shunday qilamanki, bu yigit haqida o’ylashga ham jazm qila olmaysan!
Jungkook qizni qoʻyib yuborib mashinani keskin oʻt oldirdi. U mashinani shunchalik tez yurguzib ketdiki, Jiyeon oʻtirgan oʻrindigʻiga deyyarli yopiship qoldi.
~ Nima qilyapsan? Meni qoʻrqitmoqchimisan?! Koʻnglim shunday yoʻl topmoqchimisan?!)- Jiyeonning qichqirigʻiga Jungkook hech qanday reaksiya bildirmadi. Aksincha qoshlari yanada chimirilib, mashina tezligini yanada oshirdi. Jiyeonning qorquvdan nafasi boʻgʻziga tiqilib qoldi. Qiz Jungkookga mashinani sekinlatishini aytip yolvora boshladi. Ammo Jungkook unga zigʻirdek boʻlsa ham quloq solmadi. Jiyeonning barmoqlari o‘rindiq chetiga qattiq botib ketdi. Mashina shamolni yorar, yo‘l chiroqlar ko‘z oldida uzilib uzilib o‘tar, yuragi esa shu tezlikka yetolmay, ko‘ksiga urilardi.
~ To‘xta, Jungkook! - ovozi titrab yolvordi.
Jungkook jim edi. Jag‘i qattiq qisilgan, ko‘zlari yo‘ldan uzilmasdi. Gaz pedalini bosgan oyog‘i titrab ketdi. G‘azabdanmi, nazoratni yo‘qotishdanmi, ajratib bo‘lmasdi.
~ Sen meni qo‘rqitib egallayman deb o‘ylayapsanmi? - Jiyeon nafasi uzilib uzilib gapirdi. - Agar shunaqa bo‘lsa, sen Sehundan ham battarsan.
Bu so‘z tasirli boʻldi. Jungkook rulni keskin burdi, mashina g‘iyqillab sekinlashdi. U nihoyat tormozni bosdi. Mashina yo‘l chetida to‘xtadi. Ogʻir sukut mashinani qopladi.
~ Koʻnglimni olmoqchi boʻlsang, odamdek harakat qil! Maxluq kabi qoʻrqitip emas. - Jiyeon koʻzida yosh aylangancha Jungkookga qarab qoldi. Jungkook ham Jiyeonga qaradida qizning yanogʻidan siqib ushlab unga sekin yaqinlashdi. Jazavaga tushgan qizni lablaridan qattiq, choʻzib oʻpib olgach, yuzini qoʻyib yubormay turib uzoqlashdi.
~ Ilk bora boʻlgani uchun seni ogohlantiraman. Ammo keyingi safar hayolimga kelgan ishni qilmay qoʻymayman. Ishon, sen meni bu tomonimni koʻrishni istamagan boʻlarding...
~ Asl yuzingnimi? - Jiyeonning yuzidan koʻzyoshi yumalab tushdi - aslida qanaqasan oʻzi? Asl yuzing qanaqa Jungkook?)- Jiyeon Jungkookning koʻzlariga qarab turardi. Jungkook esa qizning lablariga yaqin masofada shivirladi.
~ Sen tushlaringda ham koʻra olmaydigan darajada qoʻrqinchili... Men mexrimni koʻrsatayotgan yagona inson hozir sensan... uni yoʻqotganingda men koʻnglingni olish haqida oʻylab oʻtirmasligim mumkin, senga ozor bermaslik haqida ham oʻylamay qoʻyishim mumkin. Shunchalar vaxshiy odamga aylanamanki, senga qilishim mumkin boʻlgan ishlardan xatto oʻzim seskanib ketaman...
Jungkookning so’zlari Jiyeonni qo’rqitdi. Qiz imkon topsayu hoziroq bu yigitdan uzoqroqga qochib ketsa. Ammo bu dunyoda Jungkook uni topa olmaydigan biror burchak bormikan o’zi? Balki… balki u haqdir. Balki unga imkon berib ko’rish eng to’g’ri qarorlardan biri bo’lar?
Jungkook kabi havfli insonga duch kelmagan Jiyeon uchun bu katta tavakkal bo’lardi. Ammo uning ko’zlari… Ehtimol u Jiyeon unga dunyolarni sovg’a qilolishini faqat orzu qiladigan o’sha insondir.
Jiyeon Jungkookning uning yanog’ini tutib turgan qolini ustiga qo’lini qo’ydi va burnini achchiq tortdi.
~ yaxshi - dedi qiz, biroz avval berib qo’yishiga sal qolgan joni achchig’i bilan - men Jeon Jungkook mexr berayotgan yagona inson qanday bo’lishini ko’rmoqchiman. Sen bilan jiddiyroq munosabat qurib ko’rishim kerak.
Bu gap yigit qalbiga anchadan buyon kirishni istaydigan ishdan, kerakli javobni olgan kabi xursandchilik berdi. Qalbi deyarli muzlab qolgan Jungkook hayajondan jilmayib, changali ostidagi qizning lablariga qaytadan xujum qildi. Uni keskin va ehtirosli opib aqlidan ayirayozdi.