February 6, 2025

Taqdir

— Juda yaxshi, lekin kech bo‘lib qoldi. Uyga qaytishing kerak emasmi, Shirin?
Shirin o‘zini noqulay his qildi, lekin bir narsani sezdi: Mironning nigohlari ko‘proq Diyorni kuzatayotgandek edi.
Miron Shirin bilan Diyor o‘tirgan partaning yonida biroz turib qoldi, keyin gapni qisqa qildi:
— Shirin, endi ketish kerak. Kech bo‘ldi.
Shirin unga hayron qarab:
— Hali vazifamiz tugamadi.
Miron qoshini chimirib:
— Qolganini keyin davom ettirasan. Hozir seni uyga olib boraman.
Shirin uning qattiqqo‘l ovozidan qarshilik qila olmadi. Diyor esa vaziyatni tushunib, o‘rnidan turib:
— Hammasi yaxshi bo‘lsa, men darsni yakunlab qo‘yaman. Shirin, ertaga ko‘rishamiz.
Shirin jilmayib bosh irg‘adi:
— Mayli, rahmat, Diyor.
U sumkasini yig‘ishtirib, Miron bilan birga sinf xonasidan chiqdi. Yo‘lak bo‘ylab ketishayotganda, Shirin Mironga qarab dedi:
— Nima uchun meni olib ketishga shunchalik shoshilding? O‘zim qaytsam bo‘lmasmidi?
Miron uning savoliga javob bermadi. Ko‘zlarini oldinga tikib yurishda davom etdi. Mashinasiga yetib borgach, Shiringa eshikni ochib:
— O‘tir, — dedi qisqa.
Shirin uning noxush kayfiyatini sezib, sukut saqladi va mashinaga o‘tirdi. Yo‘l bo‘ylab Miron indamadi, Shirin esa nigohini oynadan tashqariga qaratib, undan biror so‘z chiqarishga harakat qilmasdi.
Bir payt Miron gap boshladi:
— O‘sha bola bilan nima uchun bunchalik yaqin eding?
Shirin hayron bo‘lib unga qaradi:
— Qaysi bola?
Miron tormozni bosib, mashinani chetga to‘xtatdi. U yuzini Shiringa burib, unga sinchkov qaradi:
— Diyor. O‘sha sen bilan bir partada o‘tirgan bola.
Shirin kulib yubordi:
— Miron, bu shunchaki dars! Nima uchun buni bunchalik katta masalaga aylantirding?
Miron lablarini mahkam qisib, qattiq ohangda dedi:
— Bu mening masalam emas. Faqat... ehtiyot bo‘l.
Shirin unga kinoya bilan jilmaydi:
— Ehtiyot bo‘lishimni aytyapsanmi? Menga qiziqib qoldingmi, Miron?
Miron unga o‘tkir nigoh tashladi, lekin javob bermadi. Shirin uning bu nigohida qandaydir qiziqish va ehtirosni payqadi.
Mashina yana harakatlanib, Shirin uyiga yaqinlashdi. Miron uni kuzatib qo‘yarkan, xayrlashmay, faqat dedi:
— Ertagacha oʻzingni ehtiyot qil.
Shirin esa jilmayib mashinadan tushdi:
— Miron, sen g‘alati odamsanda. Lekin rahmat.
U ichkariga kirib ketdi, Miron esa bir muddat joyida turib, uning ketidan uzoq tikilib qoldi.
Ertasi kuni Shirin o‘qishga bordi. Kuni odatdagidan ko‘ra iliqroq edi, ammo uning ichini kechagi holat tinch qo‘ymayotgandi. Qo‘shimcha dars boshlanishidan oldin Shirin Mironni universitet oldida kutib turganini ko‘rdi.
— Miron? Bu yerda nima qilyapsan? — dedi Shirin, hayratlanib.
Miron unga yaqinlashib, ohista kuldi:
— Seni ko‘rgani keldim.
Shirin qo‘llarini ko‘ksida chalishtirib, unga bir qadam yaqinlashdi:
— Ha, kechagi rashkdan keyin shunchaki tasodif deb aytmoqchimisan?
Miron yuziga kulgi aralash jiddiy ifoda berdi:
— Men rashk qilmadim.
— Ha, albatta! — dedi Shirin kinoya bilan. — Diyor bilan bir partada o‘tirganimni ko‘rib, menga qanday qaraganingni unutdim deb o‘ylaysanmi?
Miron yelkasini qisib, e’tiborsiz ko‘rinishga urindi:
— Balki, bu sening o‘zingning xayollaringdir.
Shirin yuzini unchalik jiddiy tutolmay, boshini sarak-sarak qildi:
— Qiziq, demak, sen mendan qayta so‘raganing ham shunchaki tasodif edi?
Miron unga yana bir bor qarab, biroz jim qoldi:
— Men... faqat nima qilayotganingni bilmoqchi edim. Rashk emas.
Shirin unga tikilib qaradi va tabassum qildi:
— Xo‘p, rashk emas bo‘lsa, nima ekanligini keyinroq tushuntirasan. Lekin men endi darsga kirsam yaxshi bo‘ladi.
U qadam tashlab, universitet binosiga kirib ketdi. Miron esa uzoqdan unga qarab, yuzidagi tabassumni yashirishga urindi.

Ertasi kuni oʻqishning birinchi parasi tugab universitet va litsey oʻquvchilari tanafuzga chiqishdi shu vaqt Miron oʻzi bilan 3 4yosh atrofidagi bolani yetaklab olib kirib kelayotgan edi hammani koʻzi Miron va oʻsha bolachada edi
Buni koʻrgan Sabina Shirinni turtib
—Qara oʻgʻli bormi Mironni
—Qoysangchi Sabi qanday qilib 4kurs oʻquvchisini 3 4yosh atrofidagi bolasi boladi dedi sohta kulgu bilan bu gaplariga hattoki oʻzi ham ishonman edi
Unversitet karidorida pichirlashlar boshlandi hamma qizlar haytarda bolasi bor deb oʻylab baʼzilari yigʻlab ham yuborishgan
Miron esa keng tabassum bilan Usmonni oldiga borib koʻrishdi koʻp gaplashib turmay Shirin tomonga keldi
—Salom qizlar qani opalarga salom berchi shumtaka
-Salom
—Voyy bu buncha asalcha boʻlmasa deya yuzidan chimchiladi Sabina
—Bolani qiynama qani shirinim menga kelchi deya Shirin uni koʻtarib oldi
Hozir hammani oʻylantirayotgan savol oʻgʻlimi?
Shu on Miron gap boshladi
-Bu mani ukam Temur bugungi kunni birga oʻtkazmoqchi edik dedi Miron kulib
—Haa meni ham qoʻshilaman boʻladimi Temurchik
—Albatta birga parkka boramiz sizga shiyin paxta olib beraman dedi
—Hopda asalim darsdan keyin boramiz hoʻp deya yuzidan oʻpib qoʻydi
Darslar tugab hamma ketayotgan edi
Temur bilan Miron Shirinni kutib mashinaga suyanib turishar edi
—Shiyin opcha
—Hov janim
—boramizmi?
—Men hazillawgan edim bugun vaqtin yoqroq edi ertaga boʻladimi
—Yoq men buni jiddiy aytgan edim borasiz men bilan deya labini shishirib qovogʻini solib oldi
—Hop asalim boraman yur deya koʻtarib oldim biz orqaga oʻrnashdik Miron esa mashinani boshqardi
Temur meni yelkamga boshini qoyib yotib olgan edi orqa oʻrindiqda uni oʻyinchoqlari sochilib yotardi
Biz parkka yetib keldik Temur esa bolalar oʻyingohiga kirib ketdi men bilan Miron uni kuzatib turar edik
—Ukangga oʻxshamaydi-ku
—Opamni oʻgʻli chet elga dam olishga ketdi Temurni bizga tashab ketdi
—Haa oʻziyam hamma qizlar olov boʻlib yondi uni korib sani oʻgʻling deb oʻylashdi
—Ular qatorida sen ham bormi dedi Miron ozini kulgidan zoʻrgʻa tiyib
—Yoq yur u ovqatlanib olaylik Temur chiqquncha
—Gapni zoʻr boshqa joyga burasanda
—Menda u endi
—Ha sen sen ensa qotirib dedi
—Shu ensa qotiryotganingda koʻzinga qoʻlimni tiqvosamde
—Men uchun koʻz boʻlasanmi keyin achchiq qalampirim
—Yoq dedim ustidan kulib
—Shunday qilsang xotin qilib olaman yurasan koʻr erim bor deb
—Olib turibmanda senga turmushga chiqaman deb dedi Shirin ensa qotirib
—Saniyam koʻzingni oʻyib olaymi ikkita koʻr birga boʻlamiz dedi kulib Miron
—Haa koʻzin koʻrku manikini o'yolmisan koʻzing koʻrmidimi dedi ustidan kulib Shirin
—Shiyin opcha ochqadim
—Yur janim nima yeging kelyapti
—Pizza yeylik
—Men yoʻq odamman shundaymi bu yerda dedi Miron
—Yur sen ham Miron biz bilan
Pizza yeb uyga qaytdik qaytishda Temur boshini yelkamga qoʻyib uhlab qolgani uchun birinchi uni uyga tashlab oʻtishga toʻgʻri keldi keyin Miron bilan oʻzimiz qoldik
—Bugungi kun uchun raxmat ancha yordam berding menga
—Arzimaydi endi qachon koʻrishamiz Temur bilan
—Ertaga oyisi qaytadi keyin oʻzim ham koʻrmasam kerak
—Ha mayli

Sukunatdan zerikkan Miron to‘satdan Shirindan so‘radi:
— Shirin, sen o‘z hayotingda nimani orzu qilasan?
Shirin biroz o‘ylanib, so‘z boshladi:
— Orzular ko‘p, lekin o‘sha orzularning barchasi amalga oshishiga ishonish qiyin. Lekin… ba'zida oddiy va samimiy kunlarning o‘zi yetarli deb o‘ylayman.
Miron bu javobni diqqat bilan eshitib, kulimsiradi:
— Demak, sen oddiy narsalarni qadrlaydigan odamlardan ekansan. Yaxshi, balki bunday odamlar hozirgi dunyoda juda kamdir.
Mashina ichidagi sukunat romantik kayfiyatni o‘z ichiga olgandek edi. Shirin o‘zida sezmasdan:
— Miron, sen har doim shunday jiddiy gapirasanmi? — dedi yengil kulib.
Miron jilmaydi:
— Faqat sen bilan suhbatlashayotganda.
Shirinni uyiga yetib kelganda, Miron yana so‘radi:
— Xo‘sh, ertaga ko‘rishamizmi?
Shirin o‘zini beg‘am ko‘rsatishga harakat qilib:
— Temurning onasi kelsa, koʻrishimimiz. Balki san bilan ko‘rishishga sabab ham qolmas.
Mironning ko‘zlarida qiziqish paydo bo‘ldi:
— Demak, sabab topishim kerak bo‘ladi, shundaymi?
Shirin jilmayib:
— Balki… ammo faqat sabab topa olsangizgina, — dedi va mashinadan tushib ketdi.
Mironning nigohi uning ortidan kuzatib qoldi, ichida esa birinchi marta Shirinni yana ko‘rishga ishonch bilan to‘lgan istak uyg‘ondi.

Shirin odatdagidek darsga tayyorlanib universitetga jo‘nadi. Yo‘lda u har doimgidek Mironni ko‘rib qolishiga umid qildi. Lekin bugun u universitetga kirganida, Mironning hech qayerda ko‘rinmayotganini sezib, biroz hayron bo‘ldi.
— Miron bugun kechikyaptimi? — ichida o‘yladi u.
Do‘stlari bilan salomlashib, o‘z joyiga o‘tirdi. Odatda, birinchi juftlikda Miron doimo yon atrofda bo‘lardi. Bugun esa uning yo‘qligi Shiringa sezilarli darajada g‘alati tuyuldi.
Tanaffus paytida Sabina Shiringa yaqinlashib gap boshladi:
— Nima gap, Miron bugun yo‘qmi? Sen bilmasang, biz bilmaymiz-da.
Shirin yelka qisib, jilmayishga harakat qildi:
— Nega men bilishim kerak ekan? Men uning yordamchisimanmi?
Sabina ko‘zlarini qisib kulimsiradi:
— E, bo‘ldi-bo‘ldi, tushundim. Sen hali uni o‘ylayapsan, shundaymi?
Shirin gapga javob bermaslikka harakat qilib, Sabinani boshqa mavzuga burdi, lekin ichida Mironning yo‘qligi uni bezovta qilayotgan edi.
Tushlik vaqti yaqinlashganda, Shirin telefonining jiringlaganini sezdi. Noma’lum raqam qo‘ng‘iroq qilayotgan edi. U telefonga javob berdi:
— Assalomu alaykum eshitaman
—Va alaykum assalam
—Kim bu
— Men, Miron.
Shirin ovozini eshitib, bir oz yengil tortdi, lekin hayratini yashira olmadi:
— Miron? Sen qayerdasan? Bugun o‘qishga kelmading-ku!
Mironning ovozi sal charchagan eshitildi:
— Bugun kela olmadim. Temurning ahvoli yaxshi emas, isitmasi chiqibdi. Yordamga senga murojaat qilyapman. Kelolasanmi?
Shirin biroz ikkilanib, darhol javob berdi:
— Albatta. Manzilni yubor, boraman.
Miron xotirjam ohangda:
— Rahmat, Shirin.
Shirinning yo‘ldagi hayollari:
Telefonni qo‘ygach, Shirin ichida turli o‘ylar bilan band bo‘ldi.
— Temur juda mehribon bola. Nega Miron bir o‘zi qolibdi? Men yordam berishim kerak… Lekin… nega shunchalik shoshilyapman? Axir bu oddiy yordam-ku.
U o‘zini tinchlantirishga harakat qilib, Miron bergan manzilga borish uchun yo‘lga chiqdi.

Taqdir

Shirin xonaga kirib kelganda, uning nigohi divanda yotgan bolaning betoqat harakatlariga tushdi. Bola biroz titrar, yuzi esa qizib ketgandi.
— Oyim ishda, — dedi Miron sokin ohangda. — Kela olmadi. Seni chaqirishdan boshqa ilojim qolmadi.
Shirin unga bir qarab qo‘ydi, keyin bolaning peshonasiga qo‘l tekkizdi. Issiqlikni his qilib, yuragi siqildi.
— O‘ylama, — davom etdi Shirib. — Unga hech narsa qilmagan, faqat issigi bor, biroz.
Miron chuqur nafas oldi. Qanday yo‘l tutish kerakligi haqida o‘yladi.
— Shu yerda qol bugun, — dedi Miron yumshoq ohangda.
Shirin bir lahzaga ikkilanib turdi. Lekin bolaning holatini ko‘rib, qarorini o‘zgartirdi.
— Mayli, faqat Temur uchun, — dedi u, so‘ng Temurning qo‘lini ushlab, uni yupatishga harakat qildi.
Miron yengil tabassum bilan unga qaradi.
— Rahmat, Shirin.
Miron javob bermadi, faqat Temurning yuziga tushgan notinch sochlarini sekinlik bilan silab qo‘ydi... Shirin kwyin Mironga uyni yigʻishtirishga yordam berdi birga kechlik qilishdi idishlarni yuvib bolib Mironni ishi chiqib qolgani uchun tepa qavatga chiqib ketdi Shirin esa mehmonxonada televizor korib qoldi.Miron bir lahza jim turdi. Shirin divanda boshini yelkasiga qo‘yib, charchoqdan ko‘zlarini yumgancha uxlab yotardi. Kechasi bilan Temurga qaragan bo‘lsa kerak, hushidan ketgandek tinch uxlardi.
Miron ohista egilib, unga tikildi. Yuzida charchoq alomatlari bilinib turardi, lekin shunda ham Shirinning qiyofasi iliqlik va mehr bilan yo‘g‘rilgandek edi.
U sekinlik bilan qo‘llarini uzatib, Shiribni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib oldi. Yengil, nozik... Uning yuragi beixtiyor tezroq ura boshladi, lekin bu hisni ich-ichiga yutib, yotoqxona tomon yurdi.To‘shakka yetib kelgach, Shirinni ohista yotqizdi. Uning qoshlariga tushib ketgan bir tutam sochini sekinlik bilan orqaga surdi. Shirin beixtiyor nimadir deb pichirladi, lekin uyg‘onmadi.Miron biroz turib, unga qarab qoldi. Nega bunday yumshoq munosabatda bo‘layotganini o‘zi ham tushunmasdi. Balki, charchoq, balki Temurga bo‘lgan mehr, balki... balki boshqa narsa.U asta o‘rnidan turib, chiroqni pasaytirdi va eshik tomon yura boshladi. Lekin xonadan chiqayotib, yana bir bor ortiga qarashni unutolmadi.Miron eshik tutqichini ushladi, ammo yuragi g‘alati hissiyot bilan to‘lib ketdi. Nimadir uni to‘xtatardi.U sekin ortga burildi va yotoqda yotgan Shiribga yana bir bor tikildi. Yuragi tezroq urayotganini his qilgancha, asta uning yoniga egildi. Qo‘llari beixtiyor harakat qildi… va Shirinni quchoqlab oldi.Qizning iliq tanasi bag‘riga yaqinlashganida, Miron ko‘zlarini yumdi. Bu his unga yoqardi. Uni shunchaki bir kechaga bo‘lsa ham shu yerda ushlab qolishni, hech bo‘lmaganda shu lahza hech narsani o‘ylamaslikni xohladi.
Lekin... yo‘q, bu noto‘g‘ri.
U chuqur nafas olib, asta Shirindan uzoqlashdi. Qiz hali ham sokin uxlardi, hech narsani sezmagan edi.
Miron unga oxirgi bor qarab, pichirladi
— Shirin tushlar, Shirin...
Keyin esa xonadan chiqib ketdi. Lekin yuragidagi g‘alati his uni tinch qo‘ymayotgan edi…