Taqdir
Darslar sekin asta tugay boshlagan ohirgi parada Shirin zerikib Sabinaga gapirishni boshladi
— Sabi, tog‘ga chiqmaymizmi ertaga? Dam olish kuni, qor yog‘ibdi, mazza qilib qor o‘ynab kelardik — dedi Shirin, ko‘zlari hayajon bilan yonib.
Sabina yelka qisib:
— Bilmayman, Usmon qo‘ymasa kerak...
Shirin esa qoshlarini chimirib, gapni qistirib yubordi:
— Erini quli, o‘shandan so‘rab o‘tiradigan dovdir bo‘lsangmi?
Sabina pichingni sezib, jilmaydi:
— Kecha yarashdik, yana urushib qolish niyatim yo‘q.
Shirin qo‘lini silkitib, keskin ohangda dedi:
— Qara, o‘sha bola bir kun kasalxonaga tushib qolsa, mendan emas.
Sabina boshini irg‘ab qo‘yib, kinoya bilan jilmaydi:
— Palakat, boraman!
— Yaxshi! Bugun darsdan keyin ketamiz, ertaga kechga qaytamiz, — deb Shirin rejani tuzib bo‘ldi.
— Hop, — dedi Sabina, oxirgi so‘z Shiringa qolishini bilib.
Kechga yaqin Sabina va Shirin reja bo‘yicha o‘zlarini tayyorlab olishdi. Tog‘ga chiqish uchun sumkalarini yig‘ib, o‘zlariga qulay kiyimlarni kiyishdi. Usmon esa Sabinaning ketishini yoqtirmayotgan bo‘lsa-da, o‘zini ko‘rsatmaslikka harakat qildi.
— Sabina, qayoqqa ketyapsan? — dedi Usmon g‘amgin ovozda.
— Shirin bilan tog‘ga chiqamiz. Qor o‘ynab, ozgina dam olib kelamiz, kechga qaytamiz, — deya qisqa javob qaytardi Sabina.
Usmon bir lahzaga indamay turdi, keyin:
— O‘zingni ehtiyot qil, yaxshi dam olib kel, — dedi.
Shirin deraza yonida turib, ularning suhbatini kuzatardi. U kulimsirab, Sabinaga qarab dedi:
— Ko‘rdingmi? Yaxshi gapirsang bo‘ldi. Erkaklarni shunaqa o‘zingga qaratasan.
Sabina boshini chayqadi:
— Sen ham qachondir kimnidir o‘zingga qaratasan, Shirin. Faqat uslubing o‘zgacha bo‘lsa kerak.
Shirin kulib yubordi:
— Kim biladi deysan. Hozircha esa tog‘dan zavqlanaylik.
Shu tariqa ular yo‘lga chiqishdi. Tog‘ga yetib borishganida, qor oppoq yorgan edi. Shirin bolaligini eslab, bolalarcha xursand bo‘ldi:
— Sabi, qara! Bunchalar go‘zal manzara!
Sabina ham qoyil deganday ishora qildi, lekin ichida Usmonni o‘ylayotganini yashira olmadi.
Ular qor ustida o‘ynab, yurib, ko‘ngil yozishayotgan paytda, Sabina birdan to‘xtadi va:
— Shirin, qara, tepadan kimdir kelayapti, — dedi.
Shirin nigohini yuqoriga qaratib, ko‘zlarini qisdi. Tez orada, baland tog‘ yo‘li bo‘ylab bir guruh yigit pastga tushayotganini ko‘rdi. Ularning orasida Miron bor edi.
Shirin xijolat bo‘lib, o‘zini tuta olmadi:
— Sabi, bu yerda Miron nima qilyapti?
Sabina jilmayib dedi:
— Qiziq-ku, hayot shunday tasodiflarga boy.
Shirin o‘zini xotirjam tutishga urindi, lekin yuragi tez-tez ura boshladi...
Shirin ketayotgan Usmonni ko‘rdi va kinoya bilan kuldi:
— Saniki shu yerda ekan-da, dum bo‘lib kelibdi senga.
Sabina labini tishlab, jiddiy javob qaytardi:
— Yaxshiyam shunaqa dumim bor, hech bo‘lmasa biror kimdir mendan xavotir olib, yonimda bo‘ladi. Sen-chi, Shirin? Qachon o‘zing uchun biror "dum" topasan?
Shirin kulib qo‘l siltadi:
— Menga hech qanday dum kerakmas. O‘zim dum qilib boshqalarni ergashtira olaman!
Usmon ularning suhbatini eshitgandek orqasiga qaradi, lekin hech narsa demadi. Shirin esa xuddi bu gap bilan mag‘lub bo‘lmagandek, Sabinaga qaradi:
— Nima bo‘lsa bo‘lar, hayot qiziq o‘tishi kerak. Faqat sen Usmonni tinch qo‘y, qishda muz qattiq bo‘ladi, sirpanib tushib qolmasin!
Sabina kulib javob berdi:
— Yaxshi, Shirin. Qani, tog‘da sen kabi sho‘x bo‘lishni o‘rganaman.
Ular qorni sharaqlatib yurishda davom etishdi, lekin Shirinning nigohi va e'tibori boshqa tomonda edi – u Mironga qarab kelayotgan yigitlarda edi.
Shirin Sabina bilan hazil-huzul qilib ketayotganida, Mironning nigohi unga tushdi. Bir lahza o‘zini tuta olmay, yengil jilmayib qo‘ydi. Ammo tezda o‘zining odatdagi sovuqqon nigohini qaytardi.
Shirin Sabina bilan gaplashayotgan bo‘lsa-da, diqqatini undan uzolmayotgandi. Ichida beixtiyor hazil qilish istagi uyg‘ondi. Sabinaga past ovozda dedi:
— Qara-ya, o‘sha... "dum"ning do‘sti ham shu yerda ekan.
Sabina Miron tomonga qarab ko‘z qisdi:
— Ehtiyot bo‘l, Shirin. O‘sha "dum"ning do‘sti sen uchun dumga aylanib qolmasin!
Shirin kinoya bilan kuldi:
— Ha, aynan o‘zimga dum kerak bo‘lib turgandi!
Miron ularning shivirlashib gaplashayotganini sezib, qaddini tik tutdi va yaqinlashib, xotirjam ovozda gapirdi:
— Gapirayotgan bo‘lsangiz, ovozingizni balandroq qiling. Balki, meni ham qiziqishimni o‘ldirgandirsiz?
Shirin unga sovuq qarash bilan javob qildi:
— Qiziqishlaringizni o‘ldirmoqchi emasmiz, lekin ehtimol xayolingizni boshqa joyga burib qo‘yarmiz?
Miron yelka qisib qo‘ydi:
— O‘zingiz bilasiz. Lekin sizni ko‘rib xayollarim bir joyda turishi qiyinroq...
Bu so‘zlar Shirinni dovdiratib qo‘ydi. U darhol yuziga jiddiy qiyofa berdi va gapini yakunladi:
— Xayollaringizni o‘zingizga saqlang, janob. Qor o‘ynashga keldik, suhbatga emas!
Miron sezdirmay kulib qo‘ydi, lekin ko‘zlaridagi o‘yinkorlikdan Shirin ham, Sabina ham uning bu hazilga qiziqib turganini payqadi.
Narsalarni joylab bo‘lgach, hali qorong‘u tushmagani uchun qor o‘ynashga chiqdik. Sabina bilan bolalarcha quvnoq holda qorlarni bir-birimizga uloqtirib, zavq-shavqqa to‘lib ketgan edik.
Shu payt orqamga muzdek qor bo‘lagi kelib tegdi. Bir lahza qotib qoldim, keyin darhol Sabinaga qaradim. U esa qo‘llarini ko‘tarib:
— Men emasman, axir qara, hali otmadim ham! — deb o‘zini oqladi.
— Unda kim? — dedim, hayrat bilan atrofiga alanglab.
Orqamga qarasam, Usmon, Miron va yana uch-to‘rt nafar bola turardi. Ularning hammasi kulib, qorlarni qo‘llariga olib turishardi. Lekin Miron... u alohida ajralib turardi. Qor parchasidan yasalgan tabassum yuzida yaltirar, ko‘zlari esa xuddi nimadir qiziq voqeani kutayotgandek, o‘ynoqi edi.
— Ha, kimning ishi? — dedim unga qarab, bir qadam oldinga bosib.
Miron qo‘llarini yoniga yozib, xotirjam ohangda javob berdi:
— Shunchaki, diqqatni boshqa joyga jalb qilmoqchi edim. Hech qanday yomon niyat yo‘q!
— Ha, shunaqa bo‘libdi-da! — dedim kinoya bilan va yerga qarab turgan qor bo‘lagini olib, unga qarata otdim.
Miron chap berdi va kulib qo‘ydi:
— Hali shunchalik oson o‘ch olmoqchimisan? Kel, yaxshisi, jamoalarimizni tuzaylik, ko‘ramiz kim yutadi!
O‘yin boshlanishi bilan hamma o‘z jamoasini topdi. Sabina va men bir jamoa bo‘ldik, Miron esa Usmon bilan. Bu qiziqarli jangga aylangan edi: qorlar har tomondan uchib kelar, qahqaha esa tog‘ etagini to‘ldirib yuborgan edi.
Lekin Mironning nigohlari har safar menga tushganida, ichimda nimadir titrar, bu o‘yin oddiy o‘yin emasligini sezardim...
Qorlarni o‘ynab, zavqlanib ketgan edimki, bir payt belimdan kimdir ushladi. Cho‘chib ketdim, orqamga qaray desam, imkon bermadi.
— Bu nima qilganing?! — deb baqirayotganimni o‘zim ham sezmay qoldim. Ammo javob kelmadi.
Ko‘zlarimni yumib, keyin ochgunimcha, muzdek qorning ustida o‘zimni yotgan holda his qildim.
— Hoy, kim bu?! — deb qarasam, Miron tepamda turgan ekan. Uning yuzida quvnoq tabassum, ko‘zlarida esa allaqanday yengil yaramaslik bor edi.
— O‘yin bu, Shirin. Juda ham jiddiy qabul qilib yubording shekilli, — dedi u, qo‘lini cho‘zib, turishimga yordam berar ekan.
— Senga yoqadigan o‘yin emas ekan! — dedim qattiq ohangda, qo‘lini itarib. O‘zim mustaqil turdim va ust-boshimdagi qorlarni qoqib tashladim.
— Hmm, unda boshqa o‘yin taklif qilaymi? — dedi Miron, ovozidagi yengil kinoya bilan.
— Taklif kerakmas, meni yolg‘iz qoldir! — dedim keskin. Ammo ich-ichimda uning bu hazilidan ko‘ra ko‘proq narsani his qilayotgan edim.
Miron yelkasini qisdi-da, asta yonimdan ketdi. Lekin u qadam bosib uzoqlashgan sari, uning bu hazilidan yuzimni yashirib bo‘lmaydigan darajada yengil tabassum paydo bo‘la boshladi...
Shirin bir nafas olishi bilan qattiq sovqotganini his qildi. U tezda o‘zini uyga urdi, ichkariga kirib, eshikni yopib oldi.
— Huh, sovuq qotib ketdim — dedi u o‘ziga-o‘zi, ustki kiyimlarini yecharkan.
Qo‘llari muzlab ketganidan darhol oshxonaga o‘tib, issiq choy tayyorladi. O‘tirgancha, qo‘llarini chashka atrofiga o‘rab, issiqlikni his qila boshladi.
— O‘sha Miron... — dedi u ovoz chiqarib, lekin gapi o‘ziga yoqmagandek jim qoldi. Uning yuziga yana hozirgina sodir bo‘lgan holat yodiga tushdi: belidan ushlab, qor ustiga yotqizib qo‘yishi, keyin esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek qilig‘i...
— O‘zi shunaqa odamlarni qanday tinch qo‘yishadi? — dedi u, labini tishlab. Lekin ich-ichida Mironning bu hazillari nimagadir unga ta’sir qilayotganini inkor etolmasdi.
Issiq choydan yana bir qultum olib, derazadan tashqariga qaradi. Ko‘cha qorong‘ilashib, havo yanada sovigan, lekin tashqarida hali ham kulgi va hazillar eshitilib turardi. Mironning ovozi boshqa bolalar bilan qor o‘ynayotganini eslatib, uning hayolini yana chalg‘itdi.
— Ahmoq yigit... — dedi u o‘ziga o‘zi, ichidan qandaydir iliq tuyg‘ular kechayotganini payqab.
Shirin issiq choyini ichib bo‘lib, o‘zini biroz yaxshi his qildi. Lekin ichkarida tinchlana olmadi. Deraza yoniga kelib, tashqariga nazar soldi. Qor ostida o‘ynab yurganlarni ko‘rib, ko‘zi Mironga tushdi. U boshqalar bilan kulib, yana kimningdir ustiga qor uloqtirayotgan edi. Shirinning lablari beixtiyor kichkina tabassum bilan burildi.
— Bu bolada qandaydir g‘alati narsa bor... — dedi u ichida, lekin darhol o‘z fikrini o‘chirishga harakat qildi. — Shunchaki qo‘pol va o‘zini bilmas odam!
U ichkariga qaytib, televizorni yoqib vaqt o‘tkazmoqchi bo‘ldi, lekin xayoli tinchlanmasdi. Tasavvurida yana Miron paydo bo‘lar, uning bugungi qilig‘i beixtiyor miyasi orasida aylanar edi.
Oradan bir soatcha vaqt o‘tdi. Qorong‘i tusha boshlagan edi. Tashqaridan kimdir eshikni taqillatdi. Shirin yuragi biroz tez urib, kim ekanligini bilishga harakat qildi.
— Kim bu? — dedi u eshik tomon yurib.
— Och, sovqotyapman, — dedi tanish ovoz. Bu Miron edi.
Shirin bir lahza hayratda to‘xtadi, lekin baribir eshikni ochdi. Mironning yelkasiga qor bosilgan, u esa o‘zining odatdagidek tirjaygan holida edi.
— Nima kerak? — dedi Shirin sovuq ohangda.
— Issiq choy bor deb eshitdim, — dedi Miron, ichkariga o‘tishga ishora qilib.
— Boshqa joydan izla, — dedi Shirin, eshikni yopmoqchi bo‘lib.
Ammo Miron kulib, eshikni qo‘li bilan ushlab qoldi.
— Voy, endi menga shunchalik qattiqqo‘l bo‘ldingmi? Axir biroz sovuq o‘ynagan bo‘lsak...
Shirin yelkasini qisib, eshikni qo‘yib yubordi.
— O‘zing bilasan, lekin uzoq o‘tirma, — dedi u va ichkariga o‘tdi.
Miron ichkariga kirib, atrofga qaradi. U Shirin tomonga qarab jilmayib qo‘ydi.
— Issiq joying yaxshi ekan, — dedi u, qo‘llarini uqalab. — Lekin men hali sovuqni his qilyapman.
Shirin unga qarab, choy quymoqchi bo‘ldi, lekin ich-ichida Mironning nima uchun bu yerga kelganini bilishni xohlardi
Shirin choy tayyorlar ekan, ichida har xil savollar girdobida edi. Mironning bu yerga kelishi, uning tabassumi, o‘zini o‘ta erkin tutishi hammasi uni biroz asabiylashtirayotgan edi.
— Mana, choying, — dedi Shirin, choyni Mironning oldiga qo‘yib.
Miron bir zumda ichib, unga qaradi:
— Rahmat. Sovuqdan keyin aynan shunday choy kerak edi.
Shirin stolning narigi tomoniga o‘tib o‘tirdi va Mironning nigohidan qochishga urindi.
— Xo‘sh, nima uchun kelgansan? — dedi u sovuq ohangda.
— Oddiygina, suhbatlashmoqchi bo‘ldim, — dedi Miron, kulimsirab. — Yoki sen bilan gaplashish uchun ruxsatnoma kerakmi?
— Gaplashadigan mavzu yo‘q, — dedi Shirin, stulni orqaga surib o‘rnidan turarkan. — Shunchaki ichib bo‘lsang, qaytib o‘ynashingga to‘g‘ri keladi.
Miron unga qarab, lablarini qisdi.
— O‘yin... Ha, o‘yin haqidagi fikringni eshitgim keladi, — dedi u o‘rnidan turib.
— Qanday fikr? — dedi Shirin, Mironning qadamlarini kuzatar ekan.
Miron asta yaqinlashdi. Unga juda yaqin kelib:
— Men haqimdagi fikring... Men haqiqatan ham yomon yigitmanmi?
Shirin bir lahza jim qoldi, lekin ichki jasoratini yig‘ib:
— Bilasanmi, ba'zida... — dedi va birdan o‘zini tuta olmay: — Sen juda bezorisan!
Miron kulib qo‘ydi.
— Bezori? Balki shundaydir. Lekin sening nazaringda qanday bezori ekanligimni bilishni xohlayman, — dedi u qo‘llarini cho‘ntagiga solib.
Shirin uning bu ishonchli ohangidan battar hayajonlandi, lekin o‘zini bildirmaslikka harakat qildi.
— Bu mening muammoim emas, — dedi u. — Endi ket.
Miron boshini chayqab, yana kulimsiradi:
— O‘zing bilasan, Shirin. Lekin sen bilan o‘yin hali tugamagan, — dedi va eshik tomon yurib ketdi.
Shirin uning ketidan qarab qoldi. Yuragi tez urar, boshidan o‘tgan voqea uni tobora chalkashtirib yuborardi. "Bu yigit o‘zi kim?" degan savol miyasi orasida aylana boshladi.
Miron eshikni ohista yopib, tashqariga chiqdi. Hovlida turgan Usmon unga qarab:
— Nima balo, ichkarida shunchalik uzoq qolib ketdingmi? Yo biror narsa qilib qo‘ydingmi? — dedi qoshlarini chimirib.
— Hech narsa, shunchaki choy ichdim va suhbatlashdim, — dedi Miron, yelka qisib.
— Suhbatlashding? O‘zini sovuq tutadiyu sen bilan gaplashib o‘tiradimi?
— Bilasanmi, Usmon, ba'zida qizlarning sovuqligi ham bir himoya. Ammo ularning ko‘zlaridan o‘qish mumkin.
— Ko‘zlaridan nima o‘qiyapsan? — dedi Usmon kulib.
Miron unga qarab jiddiylashdi:
— Bir narsani o‘qiyapman: bu qiz boshqa odamlardan boshqacha.
Usmon kulgusini tiyib, boshini chayqadi:
— Hali nimaga duch kelayotganingni bilmaysan, uka. Shirin o‘zi mustaqil, hech kimga bog‘lanmaydigan qiz. Unga yaqinlashishga harakat qilish ham qiyin.
Miron unga qarab:
— Qiyin narsalar har doim qiziqarli bo‘lgan. Ko‘ramiz, vaqt nima ko‘rsatadi, — dedi va chuqur nafas olib, qor bilan qoplangan tog‘ cho‘qqilariga qaradi.
Shu payt Sabina qo‘ng‘iroq qildi:
— Yaxshi o‘yin bo‘ldi! Hali Shirin senga qachon javob berishini ko‘ramiz, Miron!
— Menga javob berishga hali erta, — dedi Miron, telefonga qarab jilmayib.
Ichkarida esa Shirin eshik oldida turgan edi. O‘zi ham bilmasdan, Mironning ovozini eshitib qoldi. Yuragida nimadir silkinib ketdi. "Nega bu yigit men bilan shunchalik erkin gaplashadi?" deb o‘ylardi. Shu bilan hikoya ichida yana bir bog‘liq zanjir o‘zaro shakllana boshladi.