Taqdir
Ertasi kuni erta tongda Usmon va Miron Sabina va Shirinnikiga kelishdi. Sabina allaqachon uyg‘onib, oshxonada nonushta tayyorlab bo‘lgandi. Oshxonadan chiqqan yangi pishirilgan nonning hidi uyga yoyilgan, choynakda choy qaynab turardi.
Shirin esa hali ham o‘z xonasida, issiq ko‘rpa ostida yotgan edi. Qorong‘i xonada faqat Shirinning yengil nafas olish ovozi eshitilardi. U o‘ziga yoqimli uyquni qizg‘onib, uyg‘onishni istamay yotardi.
Sabina oshxonada turgan Miron va Usmonga qarab:
— Sizlar hamma narsani olib kelibsizlar, lekin qani yordam? Nonushta stolga o‘zi chiqqan deb o‘ylayapsizlarmi? — dedi hazillashib.
Miron stulda yastanib o‘tirarkan, yarim tabassum bilan:
— Nonushta tayyor ekan, Shirin-chi? Hali ham uxlayaptimi? — dedi, ko‘zlarini Sabinadan xonaga qarata.
Sabina jilmayib qo‘ydi:
— Ha, hali uyg‘onmagan. Sen uyg‘otib kelasanmi? — dedi, gapini kulgu bilan tugatib.
Miron turib o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
— Ko‘ramiz, “uxlagan malika”ni uyg‘otish oson bo‘larkanmi, — deb xonaning eshigi tomon yurdi.
Miron Shirinning xonasi eshigini asta ochdi. Eshikning g‘iychillagan ovozi Shirinning yengil nafas olishiga qo‘shilib, xonani to‘ldirdi. U ostonada turib, bir lahza Shirin tomon tikildi. Ko‘rpa ostida yarim yuzi ko‘ringan Shirin hali ham beparvo uxlab yotar edi.
Miron bir qadam tashlab, xonaga kirdi va ohista ovozda:
— Shirin, uyg‘onasanmi? Nonushta tayyor, biz seni kutyapmiz, — dedi.
Shirin esa javob bermay, ko‘rpani boshiga tortdi. Miron lablarini tishlab, jilmayib qo‘ydi. U biroz yaqinlashib, yengil ohangda:
— Yaxshi, unda seni o‘zim uyg‘otaman, — deb ko‘rpani chetga tortdi.
Shirin darhol ko‘zlarini ochib, unga qaradi:
— Nima qilyapsan?! Qo‘lingni tort! — dedi, yostiqni olib Mironga otarkan.
Miron yostiqni ushlab qoldi va kulib:
— Hali qarshilik qilasanmi? Hamma seni kutib o‘tiribdi, qani, tur endi, Zahar qari, — dedi hazillashib.
Shirin uning gapiga jahl bilan javob berdi:
— Meni nima deb atading?! Hali meni tinch uxlatmay, endi yana masxara qilasanmi?!
Miron xonadan chiqib ketar ekan, eshik oldida to‘xtab, kulib:
— “Zahar” dedim, lekin shirinligingni ham unutmayapman, — deb, bir lahza o‘girilib qaradi va eshikni yopdi.
Shirin esa ko‘rpani boshiga tortib, yuziga tabassum yugurtirib qo‘ydi.
Shirin majburlikdan yotoqdan turdi. U hali ham uxlab turish niyatida edi, lekin Mironning hazillari uni bezovta qilib yubordi. Qahraton sovuqdan sal qochib, issiq paypoq kiyib oldi va sochlarini betartib bir bog‘lab, oshxonaga yo‘l oldi.
Oshxonaga kirganda, Usmon va Sabina kulib gaplashayotganini, Miron esa stolda o‘tirib, telefoniga termulib turganini ko‘rdi. Miron uning kirishini payqab, jilmaydi:
— Nihoyat, uxlayotgan qirolichamiz uyg‘ondi!
Shirin unga kinoya bilan qarab:
— Men uyg‘onmasam, sizlar nonushta qilolmay qolasizlarmi? — dedi va o‘tirishga joy izladi.
Sabina:
— Ha, Shirin, nonushtani ham Miron bilan birga qilmasang, uning kun tartibi buziladi, — deb kulib gapni Mironga qaratdi.
Miron jilmayib:
— Men unchalik injiq emasman, lekin Shirinning ertalabki kayfiyatini ko‘rish juda qiziq, — dedi.
Shirin unga e'tibor bermaslikka harakat qilib, Sabinaga qaradi:
— Ovqat bormi? Hali hamma gapirayotgan bo‘lsa, demak, oshxonada ovqat qolmagan.
Sabina unga non va choy qo‘yarkan:
— Ha, bor? sening kelishingni kutgandik, — dedi.
Shirin xafa bo‘lib:
— Juda rahmat! Erta tongdan yig‘ilishlar o‘tkazadigan bo‘libsanlar, men esa bu yerda faqat mehmon, — deb, bir piyola choyni qo‘liga oldi.
Miron esa uning so‘zlaridan keyin biroz jiddiylashib:
— Hozir kunni buzma, sening kulishingiz butun kunimizni yoritadi, — dedi.
Bu gapdan Shirin jilmayib yubordi, lekin tezda o‘zini jiddiy qilib oldi. Nonushta davomida suhbat o‘ynoqi, lekin sirli ruhda davom etdi. Har bir gapda o‘tmishning iliq xotiralari va bugunning yangi voqealari o‘z o‘rnini topardi.
Kun juda yaxshi o‘tdi. Qorli tepaliklarda o‘ynab, bolalarcha kulgular, tasodifiy hazillar va bir-biriga uyg‘un vaqt. Hammalari dam olishning mazasini tuydilar. Lekin kun ham tugadi, uyga qaytish vaqti yetib keldi.
Usmon va Sabina birga qaytishga qaror qilishdi. Sabina:
— Biz bilan qaytasizlarmi yoki o‘zlaring birga ketasizlarmi? — deb Shirin va Mironga qaradi.
Miron esa jilmayib, qo‘shib qo‘ydi:
— Men bilan Shirin birga ketamiz.
Shirin unga bir qarash tashlab, ko‘zlarini qisdi:
— Rahmat, men o‘zimni boshqarishdan oldin sening hazillaringdan qanday qutulish haqida o‘ylayman.
Usmon:
— Miron, ehtiyot bo‘l, uni bezor qilma. O‘zingni bilasan, u shunday javob qaytaradiki, bir umr esingda qoladi, — dedi kulib.
Sabina va Usmon o‘z yo‘llariga ravona bo‘lishdi. Miron va Shirin esa o‘zlariga xos jimlikda yo‘lga tushishdi. Miron mashinaga o‘tirgach, ataylab og‘ir ohangda gap boshladi:
— Bu safar jim bo‘lish niyating bormi yoki meni butun yo‘l davomida savollar bilan qamrab olasanmi?
Shirin:
— Agar sen qiziqarli bo‘lishni bilsang, jim bo‘lishimga sabab topilar. Ammo seni tanigan bo‘lsam, yana butun yo‘l davomida o‘zingni «shoir»dek tutasan, — dedi.
Miron kulib qo‘ydi va ichida uning bu o‘tkir gaplari uni tobora o‘ziga tortayotganini his qildi. Yo‘l davomida ular o‘tmishni eslashar, kelajak haqida hazillashar va vaqt qanday o‘tganini sezmay qolishardi.
Mironning qora rangli mashinasida jimlik hukm surardi. Shirin yon o‘rindiqda o‘tirar, lekin qulay joylashishga qiynalayotgan edi. Miron unga bir ko‘z tashlab:
— O‘zingni noqulay his qilyapsanmi? O‘rindiqni sozlab ol.
Shirin o‘zini bosishga harakat qilib:
— Yo‘q, hammasi joyida. Faqat tezroq hayda tezroq yetib boraylik.
Miron jilmayib, ko‘zlarini yo‘ldan uzmasdan javob berdi:
— Sabrsizlanma Shirin. Balki yo‘lda bir oz suhbatlashib olishni xohlarsan?
Shirin yelka qisdi:
— Suhbatlashish uchun biror mavzuing bormi?
Miron ko‘z qirini unga qaratib:
— Mavzu juda ko‘p, lekin hozir senga bitta savol bermoqchiman.
Shirin qiziqib unga qaradi:
— Qanday savol?
Miron bosiqlik bilan javob berdi:
— Seningcha, nega men bugun Usmonga seni men olib borishimni aytdim?
Shirin yelkasini qisib, o‘zini sokin tutishga urindi:
— Balki yo‘lni yaxshi bilarsan, shunga.
Miron kulib, bosh chayqadi:
— Ha, balki. Lekin asl sababni bilishni xohlaysanmi?
Shirin shubha bilan unga qaradi:
— Asl sababni o‘zim taxmin qilishim mumkin, lekin baribir sening javobingni eshitishni istayman.
Miron qisqa sukunatdan so‘ng dedi:
— Chunki men sen bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohladim.
Shirin bu so‘zlardan hayron bo‘ldi, lekin yuzini sir saqlashga harakat qildi.
— Bu... kutilmagan javob boʻldi.
Miron jilmayib qo‘ydi:
— Men har doim kutilmagan bo‘lishni yoqtiraman va birinchisi ham.
Yo‘l bo‘ylab jimlik qayta hukm surdi. Shirin Mironning so‘zlarini o‘ylab, yuragidagi hislarni o‘zi tushunishga urinardi. Miron esa jilmaygancha mashinasini boshqarishda davom etardi.
Mironning mashinasi shaharga yaqinlashib kelar, yo‘l atrofidagi manzaralar esa tobora tanish tus ola boshladi. Shirin o‘zini sal tartibga solishga kirishdi. Sumkasidan pomadasini olib, oynani pastga tushirdi va sekin lablariga surta boshladi. Miron unga ko‘z qirini tashlab, xotirjam jilmayib dedi:
— Yo‘lni ham ko‘rsatmayapsan, o‘zingni bezashga kirishdingmi?
Shirin unga qarab qo‘ydi:
— Shaharga yetib kelyapmiz, yaxshi ko‘rinish kerak.
Miron jilmaydi-da, mashinani sekinlashtirib yo‘l chetiga to‘xtatdi. Shirin hayron bo‘lib unga qaradi:
— To‘xtatganing nimasi?
Miron unga yaqinlashib, ohista gapirdi:
— Pomada surib bo‘lganingni kutayapman, keyin davom etamiz.
Shirin qo‘lini ko‘tarib, pichirladi:
— Bekorga shuncha e’tibor qaratma. Bu shunchaki...
Miron birdan jilmayib, unga yaqinlashdi. U o‘zining odatdagi qat’iyati bilan, lekin muloyimlik bilan Shirin tomon engashdi. Shirin vaqtincha qotib qoldi, ammo o‘zini chetga ololmadi. Ularning lablari qisqa, ammo chuqur hislar bilan birlashdi.
Miron asta ortga qaytib, ko‘zlarini Shiringa tikdi.
— Endi pomada kerak bo‘lmasa kerak, — dedi u yarim kulgu bilan.
Shirin esa yalt etib qaradi va yuzlari qizarib, past ovozda:
— jinni boʻlib qolibsan telba — dedi-da, yuzini o‘girdi.
— Sangayam yoqdi tan ol dedi ozini kulgudan zoʻrgʻa tiyib
— Rosa yoqdi yana boʻlsa yoq demasdim dedi jahil bilan
Miron jilmayib, yana mashinani boshqarishga tushdi. Ularning orasidagi jimlik bu safar boshqa hislarni aks ettirar edi — ichki chalkashlik va yangi boshlangan o‘zgacha bir narsa.
Jimlik bir muddat davom etdi. Mashina shaharga tobora yaqinlashib borar, ammo Shirin o‘zining joyida tinchgina o‘tirgan bo‘lsa-da, ich-ichidan hayajonini yashira olmas edi. Miron unga hech narsa demasdan, ko‘zlarini yo‘ldan uzmay haydardi. Shirin o‘zini dadilroq tutishga qaror qilib, jimlikni buzdi:
— Nega to‘xtatding? Pomada bilan vaqtimni bekorga sarflaganim uchun emasdir yana?
Miron boshini biroz egib jilmaydi:
— Yo‘q, shunchaki, ba'zan to‘xtab nafas olish kerak. Ayniqsa, yonimda kimdir ko‘nglimni buzmay, aksincha, tinchlantirsa.
Shirin unga tikildi:
— Hayotingda ko‘p charchaysanmi?
— Charchoq emas, lekin... hammasi bir xil. Birinchi marta sen bilan bunday his qilyapman, — dedi Miron ochiqchasiga, ovozi qat’iy, ammo samimiy edi.
Shirin unga javob qaytarmadi, faqat qarashlarini o‘zidan olib qochdi. Ichidan qandaydir iliqlik his qildi, ammo bu iliqlikni inkor qilishni ham istayotganday edi.
Shaharga yetib kelishgach, Miron mashinani Shiringa qulay joyda to‘xtatdi.
— Uyga kirib olguningcha kuzatib boraymi? — so‘radi Miron.
Shirin jilmayib bosh chayqadi:
— Kerak emas.
Miron yelkasini qisib, mashinadan tushdi va unga eshikni ochdi. Shirin uning bu odobli harakatiga e'tibor bermaslikka harakat qildi, ammo ichida bu unga yoqib ketayotganini his qildi.
Shirin uyga kirayotib, orqasiga bir marta qaradi. Miron mashinasining yonida turib, uni kuzatayotgan edi. Shirin o‘ziga o‘zi jilmayib qo‘ydi va ostonaga qadam qo‘ydi. Ammo uning ichida Mironning bugungi harakati haqida turli o‘ylar aylanardi. "Bu qanday boshlanish bo‘lishi mumkin?" — deb o‘yladi u.
Miron esa mashinada o‘tirarkan, o‘zicha pichirladi:
— Qiziq, yana qachon uchrashamiz, Shirin?
Yangi o‘quv kuni edi. Darslar tugagan, talabalar sekin-asta litseyni tark etishayotgan payt edi. Shirin va dugonasi Sabina yo‘lak bo‘ylab ketayotgan edi. Dugonalar hazil-huzul qilib, vaqtni chog‘ o‘tkazishga odatlangan edilar.
Sabina hazilomuz ohangda dedi:
— Shirin, bugun zerikarli kunni qiziqarli qilish uchun nimadir qilishing kerak!
Shirin qiziqib qaradi:
— Masalan?
Sabina kulib:
— Mana, qaragin. Narigi burchakda turgan o‘sha bolaga "Assalomu alaykum" deb aytib o‘t!
Shirin bir zum ikkilanib turdi, lekin o‘zini yo‘qotmadi. Doimo kutilmagan qiliqlari bilan ajralib turadigan Shirin bu vaziyatni qo‘ldan boy bermaslikka qaror qildi. U burchakda biroz o‘z ishlariga mashg‘ul bo‘lib turgan o‘sha bolaga yaqinlashdi.
— Assalomu alaykum! — dedi Shirin birdaniga, sal jiddiyroq ovoz bilan.
O‘sha bola boshini ko‘tardi va Shiringa hayron qaradi. Bir necha soniya davomida sukut saqladi, so‘ng sal jilmayib javob qaytardi:
— Vaalaykum assalom.
Shirin o‘zini jiddiy ko‘rsatishga harakat qilib, boshi bilan salom qaytarib, ortiga qaytdi. Sabina esa uzoqdan bu vaziyatni ko‘rib, kulib yubordi:
— Jinni! O‘zi kimligini ham bilmaysan-ku!
Shirin yelka qisdi:
— Nima farqi bor? Salom berdim, tamom!
Ertasi kuni Shirin qo‘shimcha darsga bordi. Dars boshlanishiga biroz vaqt bor edi. U sinfga kirganida, oldingi kuni salom bergan bolani ko‘rib, bir zum hayratda qoldi. Endi u bola o‘zini tanishtirish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi:
— Kecha yo‘lakda salom berganingizni eslayapman. Mening ismim Diyor. Siz esa...?
Shirin biroz qizarib, jilmaydi:
— Shirin. Kechagi salomni zerikkanimdan bergandim, lekin sizni bu yerda uchrataman deb o‘ylamagandim.
Diyor samimiy kulib qo‘ydi:
— Demak, tasodiflar qiziq bo‘lar ekan. Endi tanishamizmi yoki yana salom bilan kifoyalanamizmi?
Bu gap Shiringa yoqdi, lekin o‘zini tutib javob qaytardi:
— Hozircha salom kifoya. Qo‘shimcha darsdan keyin ko‘ramiz.
Shundan so‘ng dars davomida ularning o‘rtasida ko‘z urishtishlar va kulguli jimliklar davom etaverdi.
Shirin va Diyor qo‘shimcha darsda bir partaga o‘tirib, muammolarni birgalikda hal qilishardi. Shirin qalamini tishlab, yechim topishga urinayotgandi, Diyor esa unga vazifaning osonroq usulini tushuntirmoqchi bo‘lib, daftariga yozib berayotgan edi.
Diyor kulib dedi:
— Ko‘rindingmi, aslida bu juda oddiy.
Shirin ko‘zlarini suzib:
— Oddiy deysanmi? Bir soatdan beri shuni tushunishga harakat qilyapman!
Diyor yana kulib qo‘ydi:
— Hechqisi yo‘q, sen mendan ko‘ra ko‘proq intilasan. O‘rganib olasan.
Shirin uning gapiga jilmayib qo‘ydi, ayni paytda tashqarida Miron ularga tikilib qarab turganini sezmasdi.
Miron dars xonasining derazasi oldidan o‘tib ketayotib, Shirinni Diyor bilan bir partada kulishib o‘tirganini ko‘rib, to‘xtab qoldi. Uning yuragida g‘alati hissiyot paydo bo‘ldi. Bu tuyg‘uni u nomlashni istamasdi, lekin ichida bir norozilik alangalanib, qadamlarini sekinlatdi.
"Shirinning yonidagi kim? Nega ular bunchalik yaqin?" deb o‘ylardi Miron, bir lahza ichida g‘azab va qiziqish aralash tuyg‘ularga chulg‘anib.
Shirinning Diyor bilan xotirjam va samimiy muloqoti Mironni o‘ziga tortardi, lekin ayni paytda undan yiroq bo‘lishni xohlardi.
Miron asta xona eshigini ochib, ichkariga kirdi. Shirinning nigohlari unga tushganda, u biroz dovdirab qoldi:
— Miron? Sen bu yerda nima qilyapsan?
Miron ko‘zlarini Diyor va Shirinning o‘rtasidagi masofaga qaratdi. Kulimsirab:
— Men... tasodifan o‘tib ketayotib seni ko‘rib qoldim. Faqat salomlashmoqchi edim.
Diyor ehtiyotkorlik bilan qo‘zg‘alib, Mironga qaradi:
— Siz Shirinning tanishimisiz?
Miron Diyorni sinchiklab ko‘zdan kechirdi va gap ohangini biroz o‘zgartirib:
— Ha, men uning... do‘stimman.
Shirin vaziyatdan chiqishga harakat qilib, tezda gapni bo‘ldi:
— Miron, bu Diyor. Biz birgalikda qo‘shimcha dars qilayotgan edik.
Miron bosh irg‘ab, qo‘pol ohangda dedi: