February 6, 2025

Taqdir

Taqdir

Taqdir – ehtiros, qasos va sevgining murosasiz kurashi!

Tadodiflar tasodifan bo‘lmaydi. Har bir uchrashuv, har bir qaror va har bir tanlov – ularning orqasida taqdirning qo‘li bor. Hayotda qiyinchiliklar, sinovlar va rad etilgan sevgilar bo‘lsa-da, ular bizni kimligimizni anglashimizga yordam beradi. Barcha tasodiflar, xoh ijobiy, xoh salbiy, bizni maqsadlarimizga olib boradigan bir izni qoldiradi. Har bir insonning hayotida o‘ziga xos taqdiri bor, va ular bizni kutilmagan yo‘llarga yetaklaydi.

Erta tong. Quyoshning dastlabki nurlari derazadan kirib, Shirinning yuziga urila boshladi. Uyqudan bazo‘r uyg‘ongan qiz ko‘zlarini ohista ochdi va birozdan so‘ng dushga yo‘l oldi. Yengil dush qabul qilib chiqqach, sochlarini fen bilan quritdi va yelkasiga yoyib qo‘ydi. U doimiy nafis didiga sodiq qolgan holda klassik uslubda kiyindi.
Shirin kalitlarni olib, mashinasiga mindi. Otasi va onasi chet-elda yashashgani uchun, u yakka o‘zi bu uyda turardi. Tinch va mustaqil hayotini o‘zi yo‘qsa ham, bugun uning yuragi g‘alati his bilan to‘lgan edi.
Universitetdan kelgan taklif xati uning oldiga yangi imkoniyatlar eshigini ochayotgandi. Bugun u universitetning tavsiyasi bilan ishxonaga hujjat topshirish uchun borishi kerak edi. Hayajon bilan yo‘lga tushdi, lekin hali uni qanday kutilmagan uchrashuv kutayotganidan bexabar edi...
Shirin mashinani boshqarib, katta shahar ko‘chalarida yo‘l oldi. Ich-ichida ozgina hayajon bor edi. "Yangi ish. Yangi imkoniyatlar. Balki bu taqdirimning burilish nuqtasidir," deb o‘ziga shivirlagancha, yo‘l davomida yangi ishxonasi haqida o‘ylardi.
Ishxonaning binosi zamonaviy va ulug‘vor ko‘rinar edi. Kiraverishda katta derazalar, ichkarida esa ish bilan band bo‘lgan odamlardan iborat sokin muhitni ko‘rish mumkin edi. Shirin bir necha soniya to‘xtab, chuqur nafas oldi. "Hammasi yaxshi bo‘ladi," dedi o‘ziga ishonch bag‘ishlagancha va ichkariga qadam tashladi.
Hujjatlarini topshirish uchun ko‘rsatilgan xonaga yo‘l oldi. Ichkariga kirganida, uni kutib turgan kutilmagan tanish qiyofa unga ko‘z tushdi. Bu Miron edi. O‘sha sovuq va jiddiy qiyofa, ammo har doimgidek o‘ziga tortuvchi. U Shirinni ko‘rib, bir lahza to‘xtab qoldi, ammo tezda o‘zini oldi.
— Shirin... Bu yerda nima qilib yuribsan? — deya Mironning ovozi o‘ziga xos ohangda, sovuqlik bilan yangradi.
Shirin esa o‘zini yo‘qotmadi.
— Hujjat topshirgani keldim. Hamma joyda o‘zingni ko‘rsataverasanmi? Yoki boshqa joy qolmadi? — dedi ohanrabo kulgi bilan.
Mironning yuzida nim tabassum paydo bo‘ldi. Ammo ichida bu uchrashuv tasodif emasligini his qilardi.
— Bu yerda ishlashni xohlayotgan bo‘lsang, hayoting qiziqarli bo‘lishini va’da beraman, — dedi Miron yengil istehzoli ovozda.
Shirin uning so‘zlariga ahamiyat bermasdan hujjatlarini uzatdi va shunday dedi:
— Kimdir o‘yin boshlashni xohlasa, bilib qo‘y, men ham o‘yinlarni yaxshi ko‘raman.
Bu uchrashuv, go‘yo taqdirning dastlabki qadami edi. Oralarida endi nimadir boshlanishi aniq edi...

Bu faqat boshlanish edi. Ikki qarama-qarshi dunyo, ikki qaysar xarakter bir-birini sinashga tayyor edi. Taqdir esa ularni tobora yaqinlashtirayotgan va... o‘tmishni eslatayotgan edi.
Shirin mashinasida uyga qaytayotganida, ko‘nglidan o‘tgan xotiralar uni ortga tortayotgandek edi. “Bu ovoz... bu qarashlar... qayerdandir eshitgandek, ko‘rgandekman,” dedi u o‘ziga. Lekin qayerdan ekanini aniq eslay olmasdi.
Miron esa kabinetida turgancha, oynadan tashqariga qarab o‘ylardi. Shirin bilan yuzma-yuz kelishi unda oldingi yaralangan g‘ururini eslatib yuborgandek edi. Birgina uchrashuvda u o‘tmishni butkul unutolmasligini tushundi.
— Yana bir bor uchrashuv... Tasodif bo‘lishi mumkinmi? — dedi u o‘ziga.
O‘tmishdagi tanish so‘zlar, harakatlar, ko‘z qarashlar taqdirning o‘z o‘yini borligini yana bir bor tasdiqlayotgandek edi. Va bu o‘yin hali tugamagan edi.

" Oʻtmish "

Shirin xonasida yostiqqa bosh qo‘ygancha Mironning bugungi nigohlarini o‘ylardi. Bu nigohlar unga qandaydir tanish edi. Ammo bu tanishlik qayerdan ekanini bilmasdi. O‘tmishni tiklash uchun esa uning xotirasi vaqtning changidan tozalanishi kerak edi.
Hammasi litseyda boshlangandi. Ikki qaysar xarakterning ilk to‘qnashuvi, kichik bir ixtilof va ketma-ket kelgan uchrashuvlar. Shirin o‘sha paytlarda litseyning eng faol, eng kuchli talabalaridan edi. Ammo uning o‘tkir tili va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ko‘p yigitlarni hayratda qoldirardi. Miron esa universitetning 4-kurs talabasi bo‘lib, litseydagi tanishtiruv marosimida qatnashgani kelgandi. Aynan o‘sha kuni ular ilk bor uchrashishgan.
Shirin qaysarligicha Mironga tanbeh bergan birinchi qiz bo‘lgandi.
— Hay, janob universitet talabasi! Shu yerda ham katta bo‘lib ko‘rinishga urinyapsizmi? — deb kesatgan edi Shirin Mironni.
Bu gap Mironning g‘ururiga qattiq tekkan. U kulimsirab, gap qaytarib qo‘ygan edi:
— Bu yer senga kichik bir o‘yingoh emas, qizaloq. Avval odobni o‘rgan, keyin gaplashamiz.
Shirin Mironga o‘qrayib qaradi-da, gapni ko‘p cho‘zmasdan:
— Odobni o‘rgan, dedinmi? Senga p***masmi? — dedi dag‘al ohangda.
Miron bunday javobni kutmagandi. Bir lahzaga dovdirab, keyin yuziga tabassum yugurdi.
— Oho, qiziq ekan-ku! Qanaqa qiz ekansiz? — dedi u masxaraomuz ohangda, qoshlarini chimirib.
Shirin esa qo‘lini yoniga tirab, o‘zini erkin tutgancha javob qaytardi:
— Sen qanday ekanimni bilishin kerak emas. Yo‘lingizda davom eting, janob universitet talabasi! — dedi va burilib ketdi.
Miron esa qizning orqasidan qarab qoldi. Bu qizning gap qaytarishi, dadilligi unga o‘ziga xos tuyuldi. Ammo bu ichki qiziqishni tan olish o‘rniga, o‘ziga shunday dedi:
— Ko‘ramiz, qizaloq. Endi men ham senga p****mas ekanman!
O‘sha kun ular orasida boshlangan sovuq jang, kelajakdagi tuyg‘ularning dastlabki uchquni edi

Shirin burilib ketar ekan, yuragi g‘alati his qildi. Uni juda kam odam bunday gap bilan joyiga qo‘ya olardi, lekin bu bola... birinchi marta uning dag‘alligi javobsiz qolmadi.
Miron esa hanuzgina joyidan jilmas, qo‘llarini cho‘ntagiga solgancha, qizning ketib borayotganiga qarab turardi. Bu gaplardan keyin uning ichida qandaydir g‘urur uyg‘ongan edi. Lekin bu g‘urur emas, balki o‘ziga nisbatan kutilmagan qiziqish edi.
Ertasi kuni litseyning hovlisida yana uchrashishdi. Shirin doimiy odaticha qizlar orasida bo‘lib, kimnidir kuldirayotgan edi. Miron esa bu safar uzoqdan kuzatishni afzal ko‘rdi. Ammo ko‘ngli tinchimadi, oxir-oqibat yoniga bordi.
— Yana odobni o‘rgataymi? — dedi u istehzoli ohangda.
Shirin boshini ko‘tarib, unga o‘qrayib qaradi.
— Sen bilan gaplashishga vaqtim yo‘q, tushundingmi? Nega ortimdan yuribsan? — dedi u ovozini biroz balandlatib.
— Ortingdan yurayotganim yo‘q. Faqat kechagi gaplaring uchun "rahmat" aytmoqchi edim, — dedi Miron og‘ir ohangda.
— Shunchaki rahmatmi? Keyin mani tinch qo‘yasanmi?
— Tinch qo‘yamanmi? Bilmadim... Balki, yo‘q. Balki, men seni bir kun shunday joyingga qo‘yarmanki, o‘zingga o‘xshash odobli odam bo‘lasan.
Shirin unga yana bir o‘qrayib qaradi-da, burilib ketdi. Ammo ich-ichida bu bolaga nisbatan qandaydir qiziqish paydo bo‘layotganini sezdi. Bu qiziqishni tan olishni istamasdi, lekin Miron bilan bo‘lgan har bir uchrashuv uning yuragiga yangi bir iz qoldirayotgandek edi.

Shirin kun davomida Miron bilan bo‘lgan qisqa suhbatni unutishga harakat qilardi, lekin uning har bir so‘zi miyasi ichida aylana boshladi. Nega bu bola uni tinch qo‘ymaydi? Nega boshqa qizlar kabi e’tibor bermay, o‘z yo‘liga ketavermaydi?
Litsey hovlisidagi tanaffus vaqti Shirin bir chetda, do‘stlari bilan gaplashib o‘tirardi. Qah-qahalar va hazillar orasida, birdan Miron hovlidan o‘tib borayotganini ko‘rdi. U odatdagidan ko‘ra sovuqroq ko‘rinardi, ammo biror narsani qasd qilayotgandek, nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Shiringa tikildi.
— Kim bu bola? — dedi dugonasi Sabina Shiringa imo qilib.
— Kim bo‘lsin, asabimga teguvchi, — dedi Shirin e’tibor bermayotgandek.
— Qiziq, mendan ko‘ra ko‘proq senga qarayapti, — deb kuldi Sabina.
Shirin o‘zini xotirjam tutishga harakat qildi, ammo Mironning nigohi qizni tinch qo‘ymasdi. U yigitning yo‘liga qaramaslikka harakat qilib, yana suhbatga qaytmoqchi bo‘ldi, lekin bu muvaffaqiyatsiz chiqdi.
Kechki payt, Shirin uyga qaytayotganda, hovlisida Miron yana paydo bo‘ldi. U ko‘chadan velosiped haydab o‘tayotgan edi, lekin Shirin uni ko‘rib darhol qadamini tezlashtirdi.
— Tinchlikmi? — deb ovoz berdi Miron.
Shirin to‘xtamasdan javob qaytardi:
— Sen mendan yana nima istaysan?
— Hech nima. Shunchaki seni eslatib qo‘yayotgandim: sen bilan ishimiz hali bitmagan, — dedi u biroz sirli ovozda.
— Qanaqa ish?
— Bilasan, qanaqa ish. Odob masalasini o‘rganishga vaqtincha to‘xtatganmiz, xolos.
Shirin unga o‘girilib, keskin javob berdi:
— P****masmi senga? Odobni organamanmi yoʻqmi Yoʻqol uyinga
Miron jilmaydi. U Shiringa yaqinroq bordi-da, sekinroq gapirdi:
— Men faqat sening o‘zingni bilishni xohlayman, hech qanaqa o‘yin yo‘q. Shuncha sovuq ko‘rinsam ham, bu oramizdagi masofani saqlash uchun.
Shirin bu gaplardan so‘ng bir lahzaga hayratda qoldi. Ammo o‘zini tezda qo‘lga olib:
— Masofa? sendan hech kim so‘ramayapti,masofa saqla deb— deb keskin burilib ketdi.
Ammo ich-ichida u Mironning gaplaridan hayratga tushgan edi. Orasida paydo bo‘lgan o‘sha hislarning ildizi kundan-kunga chuqurlashayotganini tan olgisi kelmasdi.