February 6, 2025

Taqdir

Taqdir

Ertalab quyosh nurlari derazadan xonaga tushar, yengil shabada parda chetlarini ohista tebratar edi. Shirin asta ko‘zlarini ochdi. Ko‘ngli g‘alati... g‘alati, lekin iliq hissiyotlar bilan to‘lgandi. U atrofga qaradi. Bu uning xonasi emas edi. Qayerda edi u? Birdan miyasi uyg‘ondi. Kecha... Temur... Miron... Ammo qanday qilib u yotoqda? Axir mehmonxonada divanda o‘tirib, televizor tomosha qilayotgandi.U tezda o‘rnidan turib, eshik tomon yurdi. Zalga chiqqanida, oshxonadan kelayotgan shovqinga quloq soldi. Miron Temurning oldida tizzalab, unga nonushta yedirayotgan edi. Shirin ularni kuzatib turarkan, nimadir yuragini qisib yuborgandek bo‘ldi. Bunday manzara unga yoqdi, lekin shu bilan birga, ichida tushuntirib bo‘lmas tuyg‘ular paydo bo‘ldi.
— Uyg‘ondingmi? — Miron nigohini unga qaratdi. Ovozida odatdagidan boshqacha yumshoqlik bor edi.
— Ha... — Shirin shoshilmay javob qaytardi. — Men qanday qilib...
— Kecha uxlab qolibsan. Men seni yotoqqa olib chiqib qo‘ydim.
Shirin ko‘zlarini katta ochdi. Ich-ichidan bir harorat yelib o‘tdi. Nimalarnidir so‘ramoqchi bo‘ldi, lekin Miron o‘zini go‘yo hech narsa bo‘lmagandek tutardi.
— Rahmat... — dedi u past ovozda.
— Nonushta qilasanmi? — so‘radi Miron xotirjam ohangda.
Shirin bir lahzaga ikkilanib turdi, so‘ng bosh irg‘adi. U Temurning yoniga o‘tirdi va bolaning qizargan yuziga qarab, yengil jilmaydi.
— Yaxshi bo‘lib qoldingmi?
— Ha, — dedi Temur sekingina jilmayib.
Miron qahva tayyorlayotganida, Shirin unga zimdan qarab qo‘ydi. Nega yuragi bunday tez urayotgandi? Kecha nimadir bo‘ldi, lekin u aniq bilmasdi – o‘zi o‘ylagandek oddiygina g‘amxo‘rlikmi yoki... boshqa narsa?U tezda bu o‘ylarni xayolidan chiqarishga harakat qildi. Axir bu faqat bir kecha edi, xolos. Lekin yuragidagi g‘alati tuyg‘u uni tinch qo‘ymayotgandi…

Taqdir

Kunlar asta o‘tib borardi. Miron esa o‘z hislarini tobora chuqurroq anglay boshladi. U Shirinni sevishini tan oldi. Avvallari buni o‘zi ham inkor etardi, lekin qizga bo‘lgan qiziqishi, uni hammadan qizg‘onishi va yonida bo‘lishni xohlashi haqiqat edi.Har safar Shirin beg‘am tabassum bilan kim bilandir gaplashganda, Miron yuragida allaqanday g‘ashlik sezardi. Buni rashk deb bo‘lmasa ham, ich-ichidan qizni o‘zinikidek his qilardi. Unga begona qarashlarni ko‘rishga toqat qilolmasdi.Shu sabab u qaror qildi – sevishini tan oladi. Endi ortga yo‘l yo‘q.Kechki payt Miron Shiringa qo‘ng‘iroq qilib, tayyor bo‘lishini aytdi. Uni restoranga olib borib, ochiqchasiga hislarini bildirishga bel bog‘lagandi. Kechki shahar chiroqlari mayin yaltirar, havoda esa bahor nafasi ufurardi.Shirin avtomobil oldida turib, Mironga qaradi. Yigit esa unga eshik ochib, ichkariga taklif qildi. Jimjitlik hukm surardi, ammo bu osoyishtalik ichida yashirin hayajon bor edi.Restoranda ular yengil ovqat buyurtma qilishdi. Miron anchadan beri bunday hayajonda bo‘lmagandi. Nihoyat, jasoratini yig‘ib, Shiringa tik qaradi.
— Shirin, men seni sevaman.
Qiz hayrat bilan ko‘zlarini katta ochdi. Bunday so‘zlarni eshitishga tayyor emasdi. Bir necha soniya davomida sukut saqlandi. Miron esa uning javobini intiqlik bilan kutardi.Shirin esa chuqur nafas oldi, bir lahzaga pastga qaradi, so‘ng sekin bosh chayqadi.
— Kechirasan, Miron… Lekin men buni qabul qila olmayman.
Mironning yuragi orqaga tortilgandek bo‘ldi. U bir zum gap topolmadi.
— Nega?.. — ovozi past chiqdi, deyarli shivirlab.
Shirin unga mahzun nigoh tashladi.
— Chunki men bunday hislarni his qilmayapman.
Miron nigohini stolga tikdi. Ichidan nimadir sinib ketgandek edi. Bu javobni kutmagan edi, lekin... tayyor bo‘lishi kerak edi.
Shirin yigitning og‘ir xo‘rsinganini eshitdi. U ham og‘ir ahvolda edi, lekin aldashdan naf yo‘q.
Miron boshini ko‘tarib, kulimsirashga harakat qildi.
— Hechqisi yo‘q, Shirin. Men seni tushunaman.
Lekin yuragidagi g‘alati og‘riq bu gaplarning rost emasligini aytib turardi…

Nima bo‘lsa ham, sendan kechmayman.Men seni osonlikcha qo‘yib yubormayman, Shirin. Rad etishing meni ortga qaytara olmaydi. Sen yo‘q deyishing mumkin, lekin yuraging buni aytmayapti. Ko‘zlaringni ko‘rdim. Sen ikkilanayotganingni his qildim. Bu shunchaki rad javobi bilan tugaydigan narsa emas.Sen mendan qochyapsan. Mendan emas, aslida o‘zingdan. Yuragingga quloq solishni istamayapsan. Balki qo‘rqyapsan, balki o‘zingni shunday o‘ylashga majburlayapsan. Lekin men bilaman, Shirin. Bilaman... sen ham mendan qochishni xohlamaysan.Sen meni rad etganing bilan, men sendan kechmayman. Bu shunchaki o‘tib ketadigan, unutiladigan tuyg‘u emas. Men seni sevaman. Buni rad qilishga harakat qilishing mumkin, lekin bu haqiqatni o‘zgartirmaydi.Nima bo‘lsa ham, qanday bo‘lsa ham... yo‘limdan qaytmayman. Chunki sen meniki bo‘lishningni tanladim, Shirin. Sen buni qachon tushunasan? Sen qachon o‘zingni aldashni to‘xtatasan?Bilamadim.Bilganim shuki sen qoʻrqyapsan.Qochishing mumkin, o‘zingdan ham, mendan ham. Lekin men seni qo‘yib yubormayman. Sendan kechmayman.

Shirin ketdi. U shunchaki ortiga qaramay ketdi. Miron esa turib qoldi. Uning yuragi shunchaki og‘rimadi – ich-ichidan ezildi, siqildi, nimadir uzilgandek bo‘ldi. Lekin bu hammasi tugadi, degani emas edi.Kunlar, haftalar, oylar o‘tdi. Shirin o‘z hayotini davom ettirdi, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek. Ammo Miron uchun hammasi avvalgidek edi.
U ketishiga yo‘l qo‘ydi, lekin uni unutishga emas.
—Men seni qo‘yib yubormadim, Shirin. Shunchaki seni tanlash imkoniyatini senga qoldirdim. Sen ketishni istading – mayli. Lekin bu men sendan kechdim, degani emas.
Miron uni har doim kuzatardi. Balki Shirin sezmasdi, yoki sezib, e’tibor bermaslikka harakat qilardi. U qaerda bo‘lsa, Miron uni bir-ikki daqiqaga bo‘lsa ham uzoqdan kuzatardi.
—Baxtlisanmi, Shirin? Rostini ayt. Men ko‘rib turibman, bu soxta tabassumlarni. Yuragingda hech nima qolmagan deya olasanmi? Meni butunlay unutganingga o‘zingni ishontira olasanmi?
Shirin boshqa odamlar bilan gaplashar, kulardi, yashashda davom etardi. Ammo Miron bilardi – u hamon yuragining tubida nimanidir yashirar edi.
—Men seni kuzatyapman, Shirin. Senga yaqinlashmayapman, lekin sendan uzoqlashmayapman ham. Qachondir bu nigohlarimni his qilasan. Qachondir ortingga qaraysan. Va o‘shanda tushunasan… Men hali ham shu yerdaman.
Va shu tariqa, Miron jim kuzatishda davom etdi. O‘tib ketgan vaqt ham uni to‘xtata olmadi. Hech narsa to‘xtata olmasdi.