March 17, 2025

Qora qismat

3-qisim

Y/N bu uydagi har bir devor, har bir eshik qanchalik qalin va mustahkam ekaniligini blardi. Qochishning iloji yo‘q.
Unga ajratilgan xona chiroyli, hatto hashamatli edi, lekin baribir qamoq edi. Har safar chiqishga urinsa, eshik oldida turgan qo‘riqchilar yo‘lini to‘sardi.
Biroq, uning xayollari allaqachon boshqa joyda edi.
Yoongi...
U haqida o‘ylagan sayin yuragi tezroq urardi. U u bilan birga edi, keyin esa hammasi birdaniga o‘zgardi. Endi esa Yoongi qayerda ekanini ham bilmaydi. U tirikmi?
“Nega men shunchalik tashvishlanyapman?”
Ammo yuragi javobni allaqachon bilardi. U Yoongini qumsay boshlagan edi.
— "Yoongi..."
Shu payt eshik ortidan ikki qo‘riqchining gaplashayotgani eshitildi.
— "Taehyung  Yoongining oldiga tushdi."
Xx— "Hali ham u yerdami?"
X— "Ha, u hali ham yer osti kamerasida."
Y/N nafasi ichiga tushib ketdi. Yoongi shu yerda!
U tirik!
Tana titrab ketdi.Yoongini topishi kerak!
U asta o‘rnidan turdi va eshik tomon yurdi. Orqaga qaramay, shundoq oldida turgan kichik stolni oldi va bor kuchi bilan eshik oynasiga urdi. SHARAQQ!
X— "Nima ovoz bu?!"
Qo‘riqchilar yugurib kelishdi va eshikni ochishlari bilan, Y/N stolning siniq bo‘lagini oldi-da, ulardan biriga tashlandi.
— "Kechirasizlar!"
Uning qo‘lidagi o'tkir shisha bo‘lagi yigitning qo‘liga botdi va u og‘riqdan qichqirdi. Shu fursatdan foydalanib, Y/N yo‘lakka otilib chiqdi va yugura boshladi.
Hali ham u o‘zi qayerga ketayotganini bilmasdi. Faqatgina Yoongi shu yerda ekanini bilardi. Va u bilan yana ko‘rishishi kerak!
Yo‘lak bo‘ylab shoshilgancha bir necha eshiklarni ochdi. Nihoyat, qorong‘i bir zinapoyani ko‘rib qoldi. Yerto‘la!
U shoshilib pastga tushdi. Hamma narsa qop-qorong‘i va sovuq edi. Korluvdan yuragi chikib metay derdi Agar bu tuzoq bo‘lsa-chi?
Lekin Yoongini o‘ylash uni oldinga borishga majbur qilardi.
Nihoyat eshik!
U asta eshikni ochdi va ichkariga kirdi. U yerda Yoongi bor edi.
Uning qo‘llari zanjirlangan, lekin hushyor edi. Ko‘zlari Y/N ga tushishi bilan, hayrat va taskin aralash ohangda shivirlagancha dedi:
— "Y/N... Sen bu yerda....?"
Y/N hech narsa demay, unga yugurib bordi va kuch bilan quchoqladi. Hali hech qachon ozini bunday his qilmagan edi.
— "Men... men seni qidirib topdim," — dedi Y/N qaltiragan ovozda.
Yoongi bir lahzaga jim qoldi, keyin esa ohista shivirladi:
— "Mendan uzoq yurishing kerak"
Y/N shunchaki boshini  kimirlatdi.
Lekin shu payt...
"Demak, meni aldab, Yoongini topishga kelgan ekansan?"
Bu Taehyungning ovozi edi.
Y/Nning yuragi shuv etib ketdi. Orqasiga burilganida, Taehyung allaqachon ularning qarshisida turardi.
Qo‘lida esa qurol bor edi.

Y/Nning yuragi qo‘rquvdan gursillab urar, lekin u joyidan qimirlay olmadi. Taehyung oldinga yurib, sovuq nigohi bilan ularga tikildi.
— "Y/N, sen ham xuddi Yoongi kabi mendan qochmoqchimisan?" — dedi u past, ammo kopol ohangda.
Y/N shoshilinch bosh chayqadi.
— "Yo‘q, men faqat..."
— "Sen faqat uni topmoqchi bo‘lding," — Taehyung uning gapini bo‘ldi. "Men senga necha marta aytdim? (Km aytadi nechimarta aytdi😀)Hech qayerga ketolmaysan!"
U qo‘lidagi qurolni stolga  qo‘ydi va ortidagi qo‘riqchilarga ishora qildi.
— "Uni ham bog‘lang."
— "Yo‘q! Taehyung, iltimos!"
Y/N jon holatda unga iltijo qildi, ammo Taehyung buni eshitishni ham xohlamadi.
Qo‘riqchilar kelib, uni tortib ketishdi. Y/N tipirchilab, o‘zini bo‘shatishga harakat qildi.
— "Taehyung, meni shunday qoldirma! Men xato qildim, lekin... iltimos, menga bunday qilma!"
Ammo Taehyungning yuzi o‘zgarishsiz qoldi.
— "Menga endi senga ishonmiman.
Qo‘riqchilar uni Yoongining qarshisidagi temir ustunga bog‘lashdi. Y/Nning qo‘llari orqaga tortildi va kuchli zanjirlar bilan mahkamlandi.
— "Yo‘q... Iltimos..."
Uning ko‘zlaridan yosh quyilib ketdi. Shunchaki qo‘rquvdan emas. Bu qanchalik haqoratli va alamli ekanini his qilib yig‘lay boshladi.
Yoongi ham lablarini tishlab, og‘riq bilan Y/Nga tikildi.
Taehyung jim qaradi. Keyin sekin Y/Nning oldiga keldi va boshini egib, uning qizargan yuziga qaradi.
— "Endi bilasan, Y/N."
U sekin Y/Nning yuzini siladi. ammo bu mehr emas, balki sovuq  edi.
— "Men senga hech qachon hech kim bilan ketishga ruxsat bermayman."
U Y/Nning yuziga engashdi, ammo Y/N qaltirab, yuzini burdi. Taehyung yengil kulib yubordi.
— "Seni qiynashni istamagandim, lekin sen o‘zingni shunga majbur qilding."
U orqaga bir qadam tashladi va qo‘riqchilarga qaradi.
— "Yoongini qiynoqqa solishni boshlang. Y/N esa hammasini ko‘rib turadi."
Y/Nning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
— "Yo‘q! Taehyung, iltimos! Yoongi bilan hech qanday aloqam yo‘q!"
Lekin Taehyung uni eshitmadi.
Qo‘riqchilar Yoongining qo‘llarini yanada mahkam bog‘lashdi. Ularning biri kamaridan pichoq chiqarib, uning oldiga bordi.
— "Yoqimli tomosha bo‘lsin, Y/N honim"
Pichoq Yoongining bilagiga botdi.
— "YO‘Q!!!"
Y/Nning qichqirig‘i butun yerto‘la bo‘ylab aks-sado berdi.

Qorong‘u yerto‘la. Shiftdan osilgan yagona chiroq xira nur taratardi. Havo nam edi. Y/Nning qo‘llari qattiq zanjirlar bilan bog‘langan, bilaklari og‘riqdan uvishgan. Uning ko‘z yoshlari yonoqlarini ho‘l qilardi, lekin Taehyungga iltimos qilishdan foyda yo‘q edi.
Yoongi esa ro‘parasida, boshqa bir ustunga zanjirband qilingan. Yuzidagi jarohatlar uning allaqachon qiynoqqa solinganini bildirardi. U og‘riq ichida chuqur nafas olar, ammo shunchalik sovuqqon ediki, go‘yo bu unga ta’sir qilmayotganday tuyulardi.
Taehyung sekin qadam tashlab, Yoongiga yaqinlashdi.
— "Bilasizmi, Yoongi-ssiz?" — dedi u yengil jilmayib. — "Siz har doim o‘zingizni dono deb o‘ylagansiz. O‘yinlaringizni doim oldindan rejalashtirgan holda yuritganingizni bilaman... Lekin men ham shunchaki tomoshabin emasman."
U sekin cho‘ntagidan o‘tkir pichoq chiqardi va unga zavq bilan qaradi. Y/Nning yuragi g‘ash bo‘lib ketdi.
— "Iltimos, Taehyung…" — Y/Nning ovozi titrardi. — "Yoongiga tegma… Men hamma narsani tushundim. faqat uni azoblama, iltimos…"
Taehyung unga bir lahza tikilib turdi. So‘ng kulimsiradi.
— "Qiziq… Sen hali ham meni aldash mumkin deb o‘ylaysanmi?"
U yana Yoongiga o‘girildi. Qo‘riqchilar allaqachon Yoongining yelkasini siqib, harakat qilishiga imkon bermay turishardi.
— "Bu odam meniki bo‘lmagan narsaga egalik qilishni yaxshi ko‘radi," — dedi Taehyung pichoq bilan Yoongining bo‘ynidan pastga tushirarkan. "Lekin men senga ko‘rsataman, Yoongi. Sen yutqazganingni his qilishing kerak."
U to‘satdan pichoqni Yoongining yelkasiga botirdi.
— "Yo‘q!!!" — Y/N qichqirdi.
Yoongi lablarini mahkam tishladi, og‘riqni bildirmaslikka harakat qildi, lekin ko‘zlarida g‘azab chaqnadi.
— "Sen haliyam o‘sha aqldan ozgan bolasan, Taehyung," — dedi u past ovozda. — "Faqat endi yanada telbalashgansan."
Taehyung kuldi. U shunchalik beparvo ediki, bu Y/Nni yanada qo‘rqitardi.
— "Bu telba senga dars berishga qaror qildi, Yoongi. Seni umring oxirigacha pushaymon qilishga majbur qilaman."
U yana pichoqni ko‘tardi, lekin shu payt…
Tashqaridan kuchli oq ovozi eshitildi.
Barcha birdaniga diqqatini tashqariga qaratdi. Qo‘riqchilar qurollarini tayyorlashdi.
Taehyung qoshlarini chimirib, orqaga bir qadam tashladi.
"Bu nima?"
"Hamma joyni tekshiring!" — deb baqirdi u. Qo‘riqchilar yugurib chiqishdi.
Y/N nafasi ichiga tushib ketdi.
Kim kelgan?
Yoongi esa buni oldindan bilgandek jilmayib qo‘ydi.
— "O‘ylagandim ham. Bu shunchaki boshlanishi."
Oradan bir necha soniya o‘tib, yerto‘laning temir eshigi zarb bilan ochildi.
Va ichkariga… Jeon Jungkook kirib keldi.

Yerto‘la ichi tarang sukunatga to‘ldi.
Jungkookning kirishi hammani hayratga soldi. Qo‘llarida qurol bor, yuzi esa jiddiy va sovuq. Qo‘riqchilar ham hayratda, ammo Taehyung bir zumda o‘zini qo‘lga oldi.
— "Ko‘rishganimizga hursandman Junkook." — dedi u bemalol, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.
Jungkook hech narsa demadi. Uning ko‘zlari bir zumga Y/Nga tushdi – qizning zanjirband, yonoqlari yosh bilan ho‘l bo‘lganini ko‘rib, jag‘ini qisib oldi. Keyin nigohi Yoongiga o‘tdi. Yoongi yaralangan, ammo baribir kuchli ko‘rinardi.
— "Buni tugatamiz, Taehyung."
Taehyung jilmaydi.
— "Men ham shunday o‘ylayapman."
Shu lahza otishma boshlandi.
Qo‘riqchilar Jungkookka o‘q uzishga urindi, lekin u juda tez harakat qildi. Zarba ustiga zarba berdi. Qo‘riqchilardan biri qulab tushdi. Ikkinchisi ham o‘zini yo‘qotdi. Yoongi bundan foydalanib, jangga qo‘shildi. U zanjirdan qutulib ulgurgan edi.
Y/N esa faqatgina kurashni kuzatardi. Uning juda korkar edi.Bu yerto‘lada endi hech kim xavfsiz emas edi.
Va birdan…
Taehyung Yoongini orqadan zarb bilan yiqitdi.
Jungkook Yoongini himoya qilish uchun yurib kelayotgandi, lekin Taehyung oldinroq harakat qilgan edi.
— "Endi yo‘qol, Yoongi!"
Taehyung Yoongining qo‘liga pichoq sanchdi.
Yoongi o‘zini ushlab oldi, lekin ancha qon yo‘qotdi.
Jungkook hammasini ko‘rib turib, Yoongini sudrab olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi. U hozir jangni davom ettira olmasdi.
Y/N og‘zini ochib baqirmoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi.
— "Yoongi!"
Lekin Yoongi endi bu yerda yo‘q edi. U ketkandi.
Jungkook ham uni olib ketdi.
Endi bu joyda faqat Y/N va Taehyung qoldi.
Taehyung sekin yurib, Y/Nning oldiga keldi.
— "Qarang, hozir bu yerda faqat biz bormiz," — dedi u past ovozda. Ko‘zlari xavfli chaqnardi.
Y/N dahshat bilan uni kuzatdi.
— "Endi hech kim seni qutqara olmaydi, Y/N."
Yn br nima demokchi bolb ogzini kimirlatdi lk ulgurmay hushudan ketdi.

YOkgan bosa ozilar blaszlar😂💙