Bu rasmni ffga nima alokasi borligidan meniyam havarm yok😂👍🏻
Y/N ko‘zlarini ochmoqchi bo‘ldi, lekin boshidagi og‘riq uni o‘ziga kelishga qo‘ymadi. Butun tanasi og‘rirdi. Oyoqlari qaltirardi, u asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Qorong‘u xona. Atrof jimjit. Bir necha shamlarning zaif nuri devorlarni yoritib turardi. Havo esa biroz sovuq.
Taehyung.
U karavotning chetida o‘tirgancha unga sovuq nigohini tikib turardi. Qo‘lida esa stakan bor edi. Ichida suv.
— "ozinga keldingmi?" — uning ovozi o‘ta sokin, lekin sovuqqon edi.
Y/N og‘iz ochmoqchi bo‘ldi, lekin gaprolmadi.
Taehyungning lablariga yengil kulgi yugurdi. Bu kulgi yovuz edi.
— "Yana qochmoqchi bo‘lasanmi?"
Y/N chuqur nafas oldi. Hali ham kuchi yo‘q.
— "Meni... nega bog‘lab qo‘yding?" — deya zo‘rg‘a gapirdi u.
Taehyung stol ustiga suv solingan stakanni qo‘ydi va o‘rnidan turdi. Sekinlik bilan Y/N tomon yurdi.
— "Chunki sen haddan tashqari injiqsan."
U karavot chetiga engashib, Y/Nning qo‘liga tegdi.
Y/N o‘zini orqaga tortmoqchi bo‘ldi Taehyung esa sekinlik bilan uning bilagini ushladi
— "qanday nozik qo‘llar... lekin baribir qochishga harakat qilding."
U shunday deya, qo‘lini qattiqroq siqdi.
Y/N og‘riqni his qildi.
— "Meni qo‘yib yubor..." — Y/Nning ovozi zaif chiqdi, ammo baribir so‘zlari qat’iy edi.
Taehyung kuldi. Bu kulgi yana ham qo‘rqinchli edi.
— "Seni qo‘yib yuboraymi?" — u barmoqlari bilan Y/Nning kolini ko‘tarib, yuziga tikildi. "Nega kochmokchi bolding?"
U birdan qoshlarini chimirib, yuzini yaqinlashtirdi. Ko‘zlari g‘azab bilan yonardi.
— "Hech qachon."
Y/N yutindi. Yuragi tez urardi. Bu yerdan chiqish imkonsiz ekanligini tushundi.
Lekin Taehyung bundan qoniqmagandi. U gapirishda davom etdi.
— "Men seni o‘zimniki qilaman, Y/N. Sen endi boshqa hech qayerga keta olmaysan."
"Hech qachon."
Kunlar o‘tardi.
Y/N jim gaprmas edi.
Ovqat yemazdi. Hatto suv ham ichmasdi.
Kunlar ortidan kunlar o‘tardi, lekin u bir marotaba ham Taehyungga qarab qo‘ymadi. Faqat derazadan tashqariga tikilib o‘tirardi.
Ko‘zlarida esa hech qanday hayot nishonasi yo‘q edi.
Taehyung esa kuzatardi.
U har kuni ovqat olib kelardi, suv qo‘yardi, lekin Y/N hech narsa yemadi. Unga qiziq emas edi.
Bir necha kun o‘tdi.
Taehyung xonaga kirdi. Har doimgidek jimjitlik.
Y/N esa hamon shu joyda.
U asta-sekin unga yaqinlashdi. Y/N qo‘zg‘almadi ham.
— "Agar ovqat yemasang, o‘lab kolasan bularni eb ol." — Taehyungning ovozi sovuq eshitildi.
Y/N esa javob bermadi.
Taehyung lablarini tishladi. U Y/Nning bu ahvoli yokmasdi.
Shu payt Y/N asta o‘rnidan turdi. Lekin u Taehyungga qaramadi.
U sekin balkonga yurdi.
Taehyung boshida uni oddiygina toza havoga olgani chiqmoqchi deb o‘yladi. Ammo keyingi daqiqada...
Y/N balkonning panjarasiga chiqdi.
Taehyung ko‘zlarini katta ochdi.
— "Y/N! Tohta!" — u birdan o‘zini oldinga tashladi.
Lekin kech edi.
Y/N o‘zini tashladi.
Vaqt go‘yo to‘xtadi.
Uning sochlari shamolda hilpirardi. Yuzida esa hech qanday ifoda yo‘q edi.
"Shuning uchun hammasiga nuqta qo‘yaman."
Shuvvv! Tiq
Taehyung qo‘llarini oldinga cho‘zdi. U qichqirdi.
"Y/N!!!"
Lekin u faqat pastga tushib borayotgan Y/Nni ko‘rdi.
Va.........
Taehyungning yuragi yorilib ketganday bo‘ldi.
U o‘zini balkonga otdi va pastga qaradi. Y/N tanasi yerga qattiq urildi. Uning atrofida qizil kon bn belana boshladi. Taehyungning tizzalari titrab ketdi. Ko‘zlari qonga to‘ldi.
U yuragida g‘azab va qo‘rquv aralash yugurdi. Zinadan shiddat bilan pastga tushdi va Y/Nning yoniga o‘zini tashladi. Uning qo‘llari titrardi. U Y/Nning yuzini asta qo‘llari bilan ko‘tardi.
— "Ko‘zingni och... Y/N! Qara menga! Hey!" — Taehyungning ovozi titrar, ko‘zlari esa yashindan ham qorong‘u edi.
Y/N hech qanday harakat qilmadi.
Taehyungning nafas olishi tezlashdi. Yuragi og‘rirdi.
Shu payt orqadan hayratdan qotib qolgan xizmatkorlar yugurib kelishdi. Kimdir tez yordam chaqirishga shoshildi.
Xx— "Tez! Kasalxonaga olib borish kerak!"
Taehyung hech kimning gapini eshitmadi. U Y/Nning qo‘llarini mahkam ushlagancha, pichirlab gapirardi.
— "Nega? Nega bunday qilding, Y/N?! Men sening o‘lishingni xohlamayman! Men seni sevaman... seni sevaman..."
(Ha ha bratimiz ahiri tan oldi lk yoongichi u chi u nima kladi u becharayam ynni yoktrardiyu)
Oradan 12 soat o‘tdi.
Y/N ko‘zlarini ochmoqchi bo‘ldi. Butun tanasi og‘rirdi. Og‘riq uning har bir qoni tomirida aylanayotganday edi.
Hech qanday shovqin yo‘q.
Shu payt biroz uzoqroqda turgan soyani ko‘rdi.
Taehyung.
U kursida o‘tirgancha, boshini oldinga egib olgan edi.
Yuzidagi charchoqni yashira olmasdi.
Y/N og‘iz ochmoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi. Lablarini qimirlatdi, ammo Taehyung eshitmadi.
Y/N harakat qilishga urindi.
Shu payt Taehyungning ko‘zlari ochildi. U darrov o‘rnidan turdi.
— "Sen... oznga keldingmi?"
Y/N uning yuziga qaradi. Uning nigohida biror yovuzlik yoki sovuqlik yo‘q edi. Bu nigoh boshqa edi.
O‘zgargan edi.
Yn— "Sen yana meni qamab qo‘yasanmi...?" — Y/Nning ovozi juda past chiqdi.
Taehyung hech narsa demadi. U shunchaki Y/Nning qo‘llaridan ushladi.
Sevgi va afsus bilan to‘la ko‘zlarini unga tikdi.
— "Yo‘q... endi men senga boshka unday klmayman."
Y/N uning qo‘llaridan tortib olishga harakat qildi, lekin Taehyung uni qo‘yib yubormadi.
— "Sen... nima qilding?" — Y/Nning ovozi titradi.
Taehyung chuqur nafas oldi. U sekinlik bilan Y/Nning qo‘lini lablariga bosdi.
— "Men seni sevib qoldim."
Y/Nning yuragi qattiq urib ketdi. Uning nafasi ichiga tushib ketdi.
Taehyung buni his qilib, jilmaydi. Ammo bu oldingidek yovuz tabassum emasdi.
Bu yurakdan chiqqan tabassum edi.
Boshidagi og‘riq hali ham tarqamagan, lekin uning ichidagi og‘riq undan ham kuchli edi.
— "Men o‘lishni xohlardim." — ovozi titradi. "Nega meni qutqarib qolding?"
Taehyung jim qoldi. Uning yuzidagi ifoda o‘zgarib ketdi. Yana o‘sha sovuqqon Taehyung paydo bo‘lgandek edi.
Uning harakati juda sokin edi, lekin yuragida nima bo‘layotganini faqat o‘zi bilar edi.
— "Sen meniga yokib kokgansan."
Y/N uning so‘zlariga hayron bo‘ldi. Taehyung boshini ko‘tardi va uning ko‘zlariga tikildi.
— "Men seni saqlab qolishni xohlardim. Chunki..."
U gapni cho‘zdi. Yuzida hech qanday tabassum yo‘q edi.
— "Men sensiz yasholmayman."
Y/N yuragi bir zumga to‘xtaganday bo‘ldi.
— "Meni qiynama, Taehyung." — ovozi titradi. "Meni shunchaki qo‘yib yubor."
Taehyung uni sekin qo‘llaridan ushladi.
— "Qo‘yib yuborishimni istaysanmi?"
Y/N bosh bn ishora klb "Ha."
Taehyung jilmaydi. Ammo bu kulgi alamli edi. Uning ko‘zlarida yovuzlik ham, g‘azab ham yo‘q edi.
U asta-sekin Y/Nning yuziga yaqinlashdi. Nafasi iliq edi.
— "Meni yaxshilab eshit, Y/N.
— "Agar sen bu dunyoda bo‘lmasang, men ham bo‘lmayman."
— "Sen faqat men tomonga yurolasan."
Y/N muzlab koldi.
Shu payt shifoxona eshigi ochildi. Hamshira xonaga kirib, tabassum bilan gapirdi:
— "Siz hushga keldingiz! O‘zingizni qanday his qilyapsiz?"
Y/N jim qoldi. U javob bermadi. Hamshira unga shirin so‘zlar bilan ovqat yeyish kerakligini tushuntirdi, lekin Y/N hamon sukut saqlardi. Uning yuragida boshqa narsa bor edi.
U bu yerdan ketishi kerak.
Shifoxonadan chiqqan kuni Y/N hech kimga hech narsa demasdan o‘z uyiga ko‘chib ketdi. U hech qanday xabar qoldirmadi. Hech kimga qayerdaligini aytmadi.
Hatto Taehyungga ham.
Lekin Taehyung buni bilib koldi.
U Y/N ning qochib ketganini eshitganida shunchaki jilmaydi. Lekin bu kulgi ichida yovvoyi o‘t bo‘lib yonayotgan odamning kulgisi edi.
U xonasida uyokdan buyokka yurardi. Ko‘zlari yonardi, yuzida sabrsizlik bilan kutayotgan odamning ifodasi bor edi.
U qoshlarini chimirib, mushtini qattiq tugdi.
— "Men seni topaman, Y/N."
— "Sen mendan qochib qutula olmaysan."
O‘sha kechasi Y/N o‘z xonasida o‘tirganida eshik oldida nimadir g‘ir etib ochildi. U butunlay qorong‘ulik ichida edi, yuragi gupillab urardi.
Shunda u past ovozni eshitdi:
— "Men seni topdim."yn
Y/N ortiga o‘girildi. Yuragi tez urub ketdi. Eshik orqasida uzun qora soya ko‘rindi. Yuragi qattiq urardi.
— "Bu uyga qanday kirding?" — Y/N ovozi titrab chiqdi.
Soyalar asta-sekin harakatlana boshladi. Xona qorong‘i bo‘lsa ham, bu kim ekanini darrov tushundi.
Taehyung.
U sekin qadam tashlab ichkariga kirdi. Ko‘zlari o‘tkir edi, xuddi o‘lja ustidan nazorat qilayotgan yirtqichga o‘xshardi.
— "Seni topish unchalik qiyin bo‘lmadi."yn — u sokin ovozda gapirdi.
Y/N orqaga yutardi keyn devorga suyanib qoldi.
— "Ket!" — u bakrvordi.
Lekin Taehyung joyidan qimirlamadi. Aksincha, yanada yaqinlashdi.
— "Sen mendan qochib qutulaman deb o‘yladingmi?"
— "Men senga tegishli emasman!" — Y/N uni itarishga harakat qildi, lekin Taehyung tez harakat qilib, uning bilagini mahkam ushladi.
— "Balki hozir emas... lekin men seni o‘zimniki qilaman."
— "Seni o‘zimga qaytarib olaman, qanday bo‘lsa ham."
Y/N dahshat bilan unga tikildi. U bu nigohni avval ham ko‘rgan edi—bu g‘azab va orzu bilan yonayotgan odamning nigohi edi.
Taehyung asta barmoqlari bilan Y/N ning blagini ushladi va yuzini o‘ziga qaratdi.
— "Seni sevib qoldim, Y/N. Shuning uchun seni hech kimga bermayman."
Shu eriga muzika tikvoramz (ting tririring tin tiding lay lallay ov lay nananay😂)
Kunlar otardi.YN Taehyungga bog‘lanib borardi. Lekin u hali bu hislarini tan olmoqchi emasdi. Taehyung esa shunchaki kutardi.
Bir kuni kechqurun, Taehyung uyga biroz kech qaytdi. Y/N odatdagidek mehmonxonada o‘tirib, kitob o‘qiyotgan edi. Shu payt eshik ochildi va xonaga notanish bir qiz kirib keldi. U juda chiroyli, nozik qomatli, ishonchli qadamlar bilan yuradigan qiz edi.
(Endi bu kz uchun rasm istashim keregidi nu men erikdim indame okuvrlar)
Y/N uni ilgari hech qachon ko‘rmagan edi.
— "Taehyung qani?" — qiz shunday deb atrofga qaradi.
Y/N unga sovuq nigoh bilan tikildi.
— "Tae hozir..."
Lekin Y/N gapini tugatishga ulgurmay, Taehyung eshikdan kirdi.
— "Hyojin?" — uning yuzi hayratdan o‘zgarib ketdi.
Hyojin? Demak, bu qizning ismi shunday edi.
— "Tae!" — qiz shirin tabassum bilan yugurib borib, Taehyungning bo‘yniga osildi. U qo‘llarini Taehyungning yelkasiga qo‘yib, sekin silay boshladi. "Meni sog‘indingmi?"
Y/N beixtiyor duduqlanib qoldi. Uning yuragi tez ura boshladi. "Bu kim?! Nega Taehyungga bunchalik yaqin?.."
Taehyung esa birdan qotib qoldi. U qizni ozida surmoqchi bo‘ldi, lekin Hyojin yanada yaqinroq kelib, qo‘llari bilan Taehyungning yuziga tegdi.
— "Tae, men seni juda sog‘indim. Nega mendan uzoqlashib ketding?" — u erkalangandek ovoz chiqardi.
Y/N ning nafasi tezlashdi. U nimanidir his qilayotgandi... Rashkmi?!
U tishlarini tishlab, kitobini stolga tashladi va o‘rnidan turdi.
— "Men yuqoriga chiqaman." — shunday deya orqasiga ham qaramay zinapoyaga yo‘l oldi.
Lekin Taehyung darhol qizning qo‘llaridan qutulib, Y/N ortidan yugurdi.
— "Y/N!"
Y/N unga qaramadi. Nega yuragi bunchalik tez urayapti?! Axir u Taehyungni yoqtirmaydi-ku, to‘g‘rimi?..
Yn eshikni qattiq yopdi. Yuragi hali ham tez urardi. Ko‘zlarida esa tushunarsiz g‘azab va alam bor edi.
"Bu nima?! Nima uchun bu holat meni asabiylashtiryapti?!"(endi bz kodan blaylik yn toba)
U karavotga o‘tirib, peshonasini qo‘llari bilan ushladi. Nega Taehyungni boshqa qiz bilan ko‘rish unga shunchalik og‘ir botdi? Axir u hech qachon Taehyungga nisbatan mehr yoki sevgi his qilmagan-ku..
U lablarini tishlab, ko‘zlarini yumdi. Yuragi shunday tez urardiki, hatto bu ovozni eshitib turgandek edi. Asabiyligini bosish uchun chuqur nafas oldi.
"Menga nima bo‘lyapti?.. Yo‘q, men uni yoqtirmayman..." — Y/N o‘zini ishontirmoqchi bo‘ldi, lekin ichida bir narsa "yo‘q, bu rost emas" deb turardi.
U divanga yotib, ko‘zlarini yumdi. Ichidagi bu chalkash hislarni yo‘qotish uchun uxlamoqchi bo‘ldi.
Lekin miyasi tinchlanmadi.
Ko‘z oldida Taehyung va u qizning tasviri yana paydo bo‘ldi. Taehyungning qo‘llari, uning qizga bo‘lgan nigohi...
Bu o‘ylar uni ich-ichidan g‘azablantirdi.
Y/N bu g‘alati tuyg‘ular bilan, asabiy holda asta-sekin uyquga ketdi.
Y/N tongda bosh og‘rig‘i bilan uyg‘ondi. Ko‘zguga qarasa, ko‘z ostlari biroz shishib ketgandi. Kecha juda ham ko‘p o‘yladi, bu esa uni charchatdi.
Nega men Taehyungni o‘ylab uxlolmadim?"
U , yuzini sovuq suv bilan yuvdi. Lekin yuragidagi g‘alati tuyg‘ular hech ham yo‘qolmasdi.
Shu payt eshik taqilladi.
— "Y/N, eshikni och," — Taehyungning sokin ovozi eshitildi.
Y/N chuqur nafas oldi. Yuragi tez ura boshladi. Lekin u bu tuyg‘ularni tan olgisi kelmadi.
— "Nega kelding?" — dedi u eshikni ochmay turib.
— "Senga gapim bor," — dedi Taehyung qisqa.
Y/N asta-sekin eshikni ochdi. Taehyung eshik oldida turgancha unga tikilib turardi. Nigohlari o‘tkir, lekin ichida nimadir bor edi.
— "Nima kerak?" — Y/N nigohini teskari burdi.
— "Kecha nega?"
— "Nima?"
— "Men anavi qiz bilan gaplashayotganimda sen juda g‘alati eding," — Taehyung sekin oldinga yurdi.
Y/N ortga bir qadam tashladi.
— "Bu menga qiziq emas," — dedi u past ovozda.
Taehyung yengil kuldi. U qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, Y/Nga tikilib turardi.
— "Sen rashk qildingmi?"
Y/Nning yuragi yana urib ketdi.(yuragam yuragakanta yoongichi pes kizakansan yn ) Lekin u o‘zini nazorat qildi.
— "Yo‘q," — dedi u keskin.
Taehyung unga yana yaqinlashdi. Y/N yana orqaga yurmoqchi bo‘ldi, lekin devorga tiralib qoldi. Endi orqaga qochishning iloji yo‘q edi.
Taehyung yuzini biroz egib, Y/Nning qulog‘iga shivirladi:
— "Unda nega qizarib ketding?"
Y/N beixtiyor lablarini tishladi.
— "Men... men faqat..."
— Taehyung sekin boshini ko‘tarib, uning yuziga qaradi.
Ularning nigohlari to‘qnashdi. Y/N bir lahza nafas ololmay qoldi.
Taehyung kulimsiradi.
— "Ko‘ramiz, qachongacha o‘zingga yolg‘on gapirasan, Y/N."
U sekin orqaga yurib, xonadan chiqib ketdi.
Y/N esa hali ham devorga suyanib turardi. Yuragi tinchlanmasdi. Uning ichida nimadir o‘zgarganini his qilardi.
Ammo u hali bu tuyg‘ularni tan olishga tayyor emasdi...
Br tarafta esa yoongi
Yoongi jimjit xonada derazadan tashqariga qarab turardi. Qo‘llarini orqaga qilib bog‘lagan, ko‘zlarida esa o‘ychanlik bor edi. U Taehyungning harakatlaridan xabar topgan edi va bu unga yoqmasdi.
Uning ichida g‘azab bor edi. Lekin bundan ham battari – u Y/N haqida o‘ylardi.
— "Qayerdasan, Y/N?"
Uning ko‘zlarida g‘alati o‘t chaqnadi. Yana bir marta derazadan tashqariga qaradi. Shahar yorug‘liklarga to‘lib ketgan, lekin Yoongi uchun u qorong‘u ko‘rinar edi. Chunki u Y/Nsiz edi.
"Taehyung seni asray oladimi? Yo‘q. U seni faqat .... Lekin men..."
Yoongi qo‘lidagi sigaretni kuldonga bosdi. Keyin esa telefoniga qo‘l uzatdi va tezkorlik bilan bir raqamni terdi.
— "Uni toping. Qaerda bo‘lsa ham, menga olib keling," — uning ovozi qattiq va buyrug‘u edi.
Telefonni o‘chirib, kursiga o‘tirdi. Lekin sabrsizlik bilan barmoqlarini stolga urardi. Yuragi ichkarida bo‘g‘ilardi.
"Men juda kech qoldimmi, Y/N?"
Uning ko‘zlari yiltillab ketdi. Chunki u buni juda kech anglab yetayotgandi.
Y/N unga kerak edi. Faqatgina unga.