March 13, 2025

Baht

3 qisim

Mashinaning ichida sukunat hukmron edi. Y/N nigohini derazaga tikkancha, hech narsani tushunolmayotgandek edi. Yoongi ham, Jungkook ham bir-biriga hech narsa demas, jim haydab ketardi.
Y/N og‘ir nafas olib, jimlikni buzdi:
— Agar meni bilgan bo‘lsalaring, nega shu paytgacha mendan yashirib keldinglar?
Yoongi bir lahza indamay qoldi, so‘ng yumshoq ovozda gapirdi:
— Chunki bu sen uchun xavfli edi.
Y/N g‘azab bilan unga qaradi:
— Xavfli? Meni bolaligimdan ajratib qo‘yish xavfdan ko‘ra yaxshiroq edimi?
Jungkook yelkasini qisib, tabassum qildi.
— Yoshi kattalar ba’zida haddan tashqari haddidan oshib ketishadi. Sen o‘sha paytda juda kichkina eding.
. Ynyuragi tez urar, biron narsani tushunishga harakat qilardi. Ammo bu savollar ichida bir narsa uni tinch qo‘ymasdi.
Otam bularning barini bilganmi?
Yoongi va Jungkook bir-biriga tezda qarashdi. Y/N ularning nigohida nimadir yashirilayotganini sezdi.
— Bilgan, — dedi nihoyat Yoongi.
Y/N nima otam blganmi. Demak, ataylab mendan hamma narsani yashirgan…
— Men… — Y/N ovozi titradi,  — Menga hammasini aytib bering.
Yoongi chuqur nafas oldi, lekin shunda mashina sekinlashdi.
— Keyinroq, — dedi u.
Mashina to‘xtadi. Y/N uyi oldida emasdi.
— Bu qayer? — dedi Y/N shubha bilan.
Jungkook jilmaydi.
— Hamma narsani bilishni xohlaysan, to‘g‘rimi? Unda eshikdan chiq.
Y/N shubhali nigoh tashlab, mashinadan tushdi. Yoongi va Jungkook ham unga ergashdi.
Bu joy tashlandiq imoratga o‘xshardi. Ichkariga kirishlari bilan, Y/N qaltiradi. Havo sovug  edi Ammo eng yomon tomoni shundaki… devorda eski suratlar osig‘liq edi.
Va ulardan birida…
Bu menman!
Y/N devordagi eski rasmlarga qarab, nafasi ichiga tushib ketdi. Suratda u va Jimin bor edi.
Jimin uni mahkam bag‘riga bosgancha, kameraga kulib qaragan edi.
— aka?..
Yoongi ohista gapirdi:
— Bu joy senga tanish emasmi?
Y/N hayajon bilan atrofiga qaradi. Uning yuragi tez urar, hatto bir lahzaga nafas ololmay qolgandek edi. Akam?
Jungkook orqaga suyanib, xotirjam gapirdi:
— Endi sen uchun hamma narsa boshqacha bo‘ladi, kichkintoy.
Chunki haqiqat endi oshkor bo‘ladi.
Shu paytda Lingning uyida…
Ling uzoq sukut saqladi. Jimin esa sovuq nigohini otasidan uzmay, uning javobini kutardi.
— Men seni uzoq kutdim, — dedi Ling jiminga.
Jimin jilmaymadi. Uning nigohi o‘zgarmas edi.
— Y/N qayerda?
Ling og‘ir nafas oldi.
— U hali hech narsani bilmaydi…
Jimin chuqur nafas oldi, ko‘zlari xavf bilan tovlanib ketdi.
— Tez orada biladi.
Shu payt tashqarida mashina ovozi eshitildi. Ling va Jimin bir-biriga qarashdi.
Y/N qaytib kelgandi.
Ammo u yolg‘iz emasdi.
U bilan Yoongi va Jungkook ham bor edi.
Jimin sekin jilmaydi. Uning yuragi shiddat bilan urayotgan bo‘lsa-da, u xotirjam gapirdi:
— Nihoyat… singlim keldi..

mashina to‘xtashi bilan Y/N yuragi tezlik bilan ura boshladi. U mashinadan tushib, uyi tomon yurdi, lekin qadamlarini og‘ir tashlardi. Ichida qandaydir g‘alati his bor edi.
Yoongi va Jungkook ham uning ortidan sekin ergashdi. Ularning nigohlari jiddiy, og‘izlari  berk edi.
Y/N eshik oldida to‘xtab, chuqur nafas oldi va eshikni ochdi.
Ichkariga kirishi bilan…
U hayratda koldi
Qorong‘i mehmonxonaning o‘rtasida bir odam turardi.
Uning uzun qora sochlari, sovuq nigohi  karab turardi.
— aka..? — Y/N ovozi shunchalik past chiqdi, go‘yo o‘z ovozini ham eshitmagandek edi.
Jimin sekin unga qaradi va jilmaydi. Bu kulgu sovuq va tushunarsiz edi.
— Nihoyat, qaytding, singlim.
Y/N nafasi ichiga tushib ketdi.
— Y/N shokka tushgan holda so‘radi.
Jimin qadam tashlab oldinga yurdi. Uning nigohi shunchalik chuqur ediki, Y/N yuragi ajoyn duk duk duk db urardi
— Sen meni eslaysan  to‘g‘rimi? — dedi u ohangini pasaytirib. —
— Y/Nning ovozi titradi.
Jimin sekin kulib qo‘ydi. Uning nigohi tobora qorong‘ilashardi.
Y/N qaltirab ketdi.
Jimin men seni yahshi eslolmayapman.
Jimin boshini sarak-sarak qildi.
— Chunki sening xotiralaring o‘chirib tashlangan.
Y/Nning ko‘zlari kattalashdi.
Nima?!
Shu payt Yoongi yonida turib, sokin ohangda gapra boshladi.
— Jimin to‘g‘ri aytyapti, Y/N.
Y/N Yoongiga o‘girilib karadi  Bu qanday hazil?
Bu nimani anglatadi?
Jungkook chuqur nafas oldi:
— Otang seni bizdan
uzoqlashtirish uchun xotirangni o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.
— Yo‘q… yo‘q, bu mumkin emas…
Y/N ishonolmasdi.
Shu payt Jimin sekin unga yaqinlashib, yuzini egdi.
Y/N titrab, orqaga tisarildi. Boshida shunday ko‘p savollar aylanar, yuragi esa o‘rnidan chiqib ketgudek urardi.
Lekin, eng yomoni…
Uning xotiralari orasidan qandaydir yorqin sahnalar paydo bo‘la boshladi.
Yo‘q… — Y/N qo‘llari bilan boshini ushlab oldi. — Bu rost bo‘lishi mumkin emas…
Jimin oldinga bir qadam tashladi. Uning lablari past ohangda shivirladi:
O‘tgan narsalar qaytib kelmoqda, Y/N.
To‘xtanglar… iltimos… dedi yn....

Mana 3 qisimham tugadi szlarga yokadi degan ummidaman reaksiyalar bosamz👀💗