Qora qismat
Y/N ning qo‘llari titrar, nafas olish qiyinlashardi. Taehyungning sovuqqon nigohlari uning yuragini ezib yuborganday edi. Men nima qilyapman? Agar men u bn ketsam. Yoongini tashlab ketgan bo‘laman. Lekin agar qoladigan bo‘lsam......
Y/N asta-sekin Taehyungning qo‘liga qaradi. Uning barmoqlari yengil siqilgan, xuddi o‘z yo‘liga undayotganday. Uzoq o‘ylashga vaqt yo‘q edi. Ichkaridan Yoongining og‘ir nafas olishi eshitildi. U juda kuchli qon yo‘qotgan.
— "Agar men senga ergashsam, Yoongini tirik qoldirasanmi?" — Taehyungning lablari sekin burildi, u mayin jilmaydi.
— "Men va’dalar beradigan odam emasman, lekin... sen men bilan ketsang, Yoongi hech bo‘lmasa bugun o‘lmaydi."
Y/N Bugun.
Yoongi baribir halok bo‘lishi mumkin. Balki Taehyung shunchaki aytkan bolsachi. Ammo hozir menga boshqa tanlov yo‘q.
Y/N asta-sekin qo‘lini uzatdi. Taehyung esa uning bilagini qattiq ushladi. U shunchalik sovuq ediki, qiz bir lahzaga titrab ketdi.
— "To‘g‘ri tanlov qilding," — dedi Taehyung past ovozda. Keyin orqasiga burilib, o‘zining odamlari tomon ishora qildi.
— "Uni mashinaga olib boring."
— "Yo‘q!" — Y/N birdan harakat qildi. — "Men o‘zim yuraman."
Taehyung unga bir lahzaga tikildi. Bu nigoh ichida bir narsa bor edi – U biror so‘z demasdan, bo‘sh qo‘li bilan mashina tomon ishora qildi.
Th- "Unda yur."
Y/N bir marta Yoongiga qaradi. U endi og‘riqdan shovqin ham qilmasdi. Yuragi g‘ash bo‘ldi. Lekin hozir muhimrog‘i – yashash. Agar men yashasam, keyinchalik unga yordam bera olaman. Balki.......
Y/N Taehyung bilan birga mashinaga o‘tirdi. Mashina eshigi yopilishi bilan Yoongini yana ko‘rdi – u harakatsiz yotardi.
Mashina yurib ketdi.
Mashina shiddat bilan shaharning qorong‘u ko‘chalaridan o‘tib borardi. Mashina ichda esa jimlik hukmron edi. Y/N oynadan tashqariga tikilgancha, ozini bosishga harakat qilardi. Men nima qilyapman?db oziga savol berardi.
Taehyung esa hech narsa demas, shunchaki oldinga qarab ketardi. Uning yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi, xuddi hissiyotsz odamga o‘xshardi. Bir oz vaqt o‘tib, u Y/N tomon bir qarab qo‘ydi.
— "Qo‘rqyapsanmi?" — dedi ovozi past.
Y/N darhol nigohini undan olib qochdi.
— "Nega bunday deb o‘ylading?"
Taehyung bir lahzaga jilmaydi.
— "Ko‘zlaringda dahshat ko‘rinib turibdi."
— "Sen esa ko‘zlarimni kuzatyapsan."
Taehyung yengil kulib qo‘ydi.
— "Hamma narsa ko‘zlardan bilinadi, Y/N. Sen o‘zingni qanday yashirishga harakat qilma, men buni sezaman."
Y/N indamadi. U hali ham ishona olmayotgan edi – bu odam uni olib ketayapti, lekin nega?
— "Mendan nima istaysan?" — oxiri so‘radi yn.
Taehyung jilmayib, unga karab,
— "Hammasini vaqt ko‘rsatadi."
Mashina uzoq yo‘l bosib, nihoyat qalin devorlar bilan o‘ralgan ulkan hashamatli uyga yetib keldi.
Bu oddiy uy emas edi – u mafiya dunyosining eng xavfli odamlaridan biriga tegishli bo‘lishi aniq edi. Darvoza ochildi, mashina ichkariga kirdi.
— "Tush." — Taehyung eshikni ochib, Y/Nga ishora qildi.
U og‘ir nafas olib, mashinadan tushdi. Atrof shunchalik jim edi, hatto qushlarning ovozi ham eshitilmasdi. Qorong‘u osmon ostida bu joy Y/Nga xuddi qamoqxona bo‘lib ko‘rindi.
— "Sen endi shu yerda yashaysan." — dedi Taehyung, unga burilib.
— "Men haliyam kim ekanligingni bilmayman."
— "Bilish shart emas." — dedi Taehyung yengil kulib "Muhimi, men seni bilaman."
Uning bu gapi Y/Nning yuragini larzaga soldi. Bu nimani anglatadi?
— "Men Yoongini tark etib, shu yerga keldim. Lekin bilib qo‘y, men bir kuni baribir ketaman."
Taehyung bir lahzaga sukut saqladi, keyin sekin unga yaqinlashdi.
— "Hali ham tushunmadingmi, Y/N?" — dedi u past ovozda. — "Sening qayerda bo‘lishingni Yoongi belgilamaydi. Endi bu tanlov faqat meniki."
Y/N og‘ir nafas oldi.
— "Men senga tegishli emasman."
Taehyung jilmaydi.
— "Buni keyin ko‘ramiz."
Uning sovuqqon so‘zlari Y/Nning yuragiga g‘alati bir qo‘rquv paydi kldi.
Song ynni br honaga kamab koydi.
Yoongi hushiga kelganida, o‘zini qorong‘u va notanish xonada topdi.
Boshining orqa qismi qattiq og‘riyotgan, lablari esa hali ham qon tomchilari bilan namlangan edi. Ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Qayerdaman?
Shu payt, eshik ochildi. Yoongi asta yon tomon o‘girildi. Kim Taehyung kirdi. Uning nigohlari har doimgidek sovuq, harakati esa bosiq edi.
— "Nihoyat, hushiga keldingmi?" — dedi Taehyung, jilmayib. U Yoongining qarshisiga keldi va stulga otrdi.
Yoongi og‘riqdan labini tishladi. U atrofga qaradi notansh joy.
— "Meni qayerga olib kelding?" — deya, Yoongi ovozini pastlatib gapirdi.
Taehyung stolga tirsaklarini qo‘yib, ohista boshini qimirlatdi.
Tae— "Bu savolni berishga ancha kechikding, Yoongi."
Y — "Nima maqsading bor, Taehyung?"
Taehyung jilmaydi, lekin bu jilmayishdan hech qanday mano yok edi.
Tae: Sen har doim o‘zingni kuchli deb o‘ylaysan, to‘g‘rimi? Har doim hammani boshqarishga harakat qilasan. Ammo bu safar..."
U shartta yon tomon burilib, Yoongining qarshisiga egilib, pichirladi:
— "Bu safar sen yutqazding."
Yoongi qattiq katti asabilashti. Bu safar yutqazdimmi? Yo‘q, bu hali tugamadi.
— "Y/N qayerda?"
Taehyung jilmayib, stulga suyanib oldi.
— "Y/N? O‘sha qiz sen uchun shunchalik muhimmi?"
— "Javob ber, Taehyung!"
Taehyung biroz kuldi, keyin jiddiylashib:
— "Tashvishlanma. Hali tirik. Lekin agar men istasam, u ham yo‘q bo‘lishi mumkin."
Yoongi yuragining tez urayotganini his qildi. Y/N xavf ostida.
— "Nima istayapsan?" — dedi u past ovozda.
Taehyung bir oz sukut saqladi. So‘ng:
— "Men uchun ishlaysan. Mening odamim bo‘lasan."
Yoongi kulib yubordi. Ammo bu kulgi g‘azab bilan to‘la edi.
— "Sen men bilan hazillashyapsanmi?"
— "Hazil emas, Yoongi." — Taehyung jiddiy qiyofada davom etdi. — "Menga senga o‘xshagan odam kerak. Menga sodiq, aqlli, kuchli odam. Agar rozi bo‘lsang, Y/N hech qachon zarar ko‘rmaydi."
Yoongi tishlarini g‘ijirlatdi. Y/N hayotini saqlab qolib, dushmaniga xizmat qiladi, yo unga qarshilik ko‘rsatib, hammasini yo‘qotadi.
— "Men seni eshitib ko‘rishga tayyorman," — dedi nihoyat.
Taehyungning lablarida galati ifodasi paydo bo‘ldi.
— "Ajoyib. Demak, kelishdik."
U o‘rnidan turib, eshik tomon yurdi.
— "Ammo unutma, Yoongi. Agar xiyonat qilsang..."
U eshik oldida to‘xtab, orqasiga qaradi.
— "Men Y/Nni birinchi bo‘lib yo‘q qilaman."
Yoongining Yuragi qattiq urayotgan bo‘lsa-da, tashqaridan sovuqqon ko‘rinardi. Bu o‘yinda hammasini to‘g‘ri yuritish kerak. Chunki u faqat o‘zini emas, Y/Nni ham himoya qilishi kerak.
"Bu hali boshlanishi," — deb o‘yladi Yoongi. "Men barchasini o‘zgartiraman."