Jimin ketganidan keyin ham Y/N o‘zini g‘alati his qilardi. Yuragi tez urayotgan bo‘lsa ham, bu faqat qo‘rquv yoki hayajondan emas edi. Ichida qandaydir og‘ir his bor edi. — Yaxshimisan? — deb so‘radi Yoongi, uning qo‘llarini ohista ushlab. Y/N boshini ha degandek kmrlatdi, lekin yuragidagi bezovtalik yo‘qolmasdi shunda yn brdaniga ozini yokotib hushudan ketdi bundan yoongi korkib ketib ynni tezlik bn shifohonaga olb ketdi buni jimin korb ularni orkasidan ketdi.
Y/Nning kasalxonada hushiga kelishi og‘ir kechdi. Uning boshi qattiq og‘rirdi, qo‘llari va oyoqlari kuchsiz edi. Xonada oppoq shiftga tikilib yotarkan, ko‘z oldida Yoongi va Jiminning xavotirli nigohlari gavdalandi. — Y/N… — past ovozda chaqirdi Aka.. Uning ovozida yumshoqlik va xavotir sezilardi. Y/N boshi og‘riqdan g‘uvillayotganiga qaramay, past ovozda javob qaytardi: — Men… qayerdaman? Jimin yoniga o‘tirib, qo‘lidan ushladi. — Sen kasalxonadasan. Hushini yo‘qotib qo‘yding. Qattiq charchagansan, — dedi Jimin, lablarini tishlab. Yoongi bir necha soniya Y/Nning yuziga tikilib qoldi, so‘ng sekin gapirdi: — Seni tekshirishdi… doktorlar natijalarni kutishmokdamz Y/N uning ovozidagi titroqni sezdi. Ichida g‘alati his paydo bo‘ldi. Boshini biroz burib, tashqariga qaradi. U hech qachon bunday holtga tushmagan edi.. Jimmin va Yoongi uni yonidan ketmasdan kuzatardi. Jimminning qo‘llari qaltirar, Yoongi esa doimgidek o‘z hislarini yashirishga harakat qilardi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, shifokor kirdi. U jiddiy ohangda gap boshladi: — Y/N, honmning natijalar chiqdi… biz sizga xabar berishimiz kerak. Yoongi va Jimin ham shifokorga qarashdi. Y/N esa yuragi tez urayotganini his qildi. U hech qachon kasal bo‘lishdan qo‘rqmagan, lekin hozir g‘alati bir tashvish yuragini eza boshladi. — unga nima boldi — dedi u titroq ovozda. Shifokor chuqur nafas oldi. — Y/N… honim szdan olingan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, szdagi simptomlar oq qon kasaliga juda o‘xshaydi. Biz yana qo‘shimcha tahlillar o‘tkazishimiz kerak, lekin ehtimol, sz… Y/Nning nafasi qisildi. Ko‘z oldi qorong‘ilashdi. “Oq qon kasali…” Yoongi va Jimin qotib qolishdi. Xonada bir zum jimlik cho‘kdi. — Bu… qanday bo‘lishi mumkin? — past ovozda so‘radi Y/N. Shifokor... — Biz aniq aytolmaymiz, lekin bu kasallik irsiy bo‘lishi mumkin. Oylanizdaham… Y/N bir zum jim koldi. Uning onasi… u ham aynan shu kasallik tufayli vafot etgan edi. Yoongi chuqur nafas olib, asta-sekin gapirdi: — Bu… bu degani, sen… — Men onamning taqdirini takrorlashim mumkinmi? — Y/N shivirladi. Ko‘zlari yoshlanib borardi. Jimin uning yoniga o‘tirdi va yuzini kaftlari orasiga oldi. — Yo‘q. Men bunga yo‘l qo‘ymayman, tushundingmi? — dedi u qat’iy ohangda. Yoongi ham o‘zini bosishga harakat qilardi, lekin yuzidagi qayg‘uni yashira olmadi. — Y/N, sen yolg‘iz emassan. Biz seni tark etmaymiz, — dedi u ham.
Kechki payt. Ling o‘z ofisida stolda o‘tirgancha, chuqur o‘yga cho‘mgan edi. Oldida ochiq turgan fayl ichida Y/Nning tibbiy natijalari bor edi. Uning barmoqlari sekin titray boshladi. — Yo‘q… bu bo‘lishi mumkin emas… — deb pichirladi u. Uning ko‘zlari oldida xotiralar jonlandi. Ayoli — Y/Nning onasi ham aynan shu kasallik tufayli undan ketgan edi. Endi esa qizi… Ling tahlil qog‘ozlarini qo‘liga oldi va bir necha soniya davomida unga tikilib qoldi. Keyin esa qog‘ozlarni stolga tashlab, qo‘llari bilan yuzini yopdi. U butun hayoti davomida oilasini asrash uchun harakat qilgan edi. Lekin taqdir unga shafqat qilmayotgandek edi. Shu payt eshik ochildi va ichkariga qora kostyum kiygan erkak kirdi. Uning yuzi jiddiy edi. — Janob Ling, siz bilan gaplashishim kerak. — Hozir emas, — dedi Ling charchagan ovozda. — Bu Y/N haqida. Ling boshini ko‘tardi va erkakka tikildi. — Nima gap? — U hozir kasalxonada. Uning yonida Min Yoongi va Park Jimin bor. Ling ko‘zlarini qisdi. — Yoongi?.. — Ha. U juda bezovta bo‘lib yuribdi. Qizining yonidan ketmayapti. Ling asta stuldan turdi va oynadan tashqariga qaradi. Yuragida turli xil tuyg‘ular girdobi aylanardi. — Men o‘zim borishim kerak… — dedi u past ovozda. Kasalxona Y/N o‘zini juda holdan toygan his qilardi. Tana harorati ko‘tarilib, qaltirayotgandi. Jimin esa uning qo‘lini mahkam ushlab o‘tirardi. — O‘zingni qanday his qilyapsan? — deb so‘radi u past ovozda. — Bilmayman… Charchagandekman… — Y/N yilt etib kulib qo‘ydi. — aka, men o‘lamanmi? — Bunday gaplarni aytma, — dedi jimin jiddiy ohangda. — Men senga bror narsa bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman. Y/N nigohini unga qaratdi. Jimining ko‘zlarida g‘am va qayg‘u aks etgan edi. Y/N uning qo‘lini mahkam ushladi. Shu payt eshik ochilib, ichkariga Ling kirdi. — Y/N! — deya yugurib keldi u va qizining yoniga tiz cho‘kdi. Y/N hayron bo‘lib unga qaradi. Otasi ancha vaqt oldin sovuqqon bo‘lib qolgan edi. U hech qachon his-tuyg‘ularini ochiq namoyon qilmasdi. Lekin hozir uning ko‘zlari yoshga to‘lib turardi. — Dada👀💔 — shivirladi Y/N. Ling qizining qo‘lini mahkam ushladi. — Meni kechir… Men seni asray olmadim… Y/N otasining qo‘lini mahkam ushladi. — Bu mening taqdirim ekan, dada… Ling boshini kotarib. — Yo‘q! Men seni bu holda korb chidolmayman! Qanchalik qiyin bo‘lmasin, seni davolataman! Yoongi va Jimin bir-biriga qarashdi. Lingning bunday holatda bo‘lishini hech qaysisi kutmagandi. — Men hech narsadan qaytmayman, — dedi Ling qat’iy ohangda. — Y/N, sendan faqat bir narsani so‘rayman… Kurash! Hayot uchun kurash! Y/N otasiga termuldi. Uning bu gaplari yuragiga umid solgandek bo‘ldi. — Mayli, dada… Kurashaman…