9-qisim
Palatada tinchlik hukm surardi. Y/N hanuz hushsiz yotardi. Yoongi esa uning yonida harakatsiz o‘tirib, qo‘lini mahkam ushlab olgan edi.
Shu payt eshik shiddat bilan ochildi.
– Y/N!!! – Lina yig‘lagancha ichkariga yugurib kirdi.
Jimin esa ortidan yurak hovuchlab keldi.
– Yoongi, bu nima degani?! – u o‘zini bosishga harakat qildi, lekin ovozi g‘azabdan titrar edi.
Lina Y/N ning yotganini ko‘rib, hushidan ketay dedi. Do‘stini shunday ahvolda ko‘rishni hech qachon xohlamagan edi.
– Kim qildi buni?! – Jimin Yoongiga tikildi.
Yoongi hech narsa demadi. U shunchaki Y/N ning qo‘lini mahkam ushlagancha o‘tirardi.
– Yoongi!!! – Jimin unga yaqin kelib, yoqasidan oldi. – Sen uni himoya qilish o‘rniga, uni yo‘q qilmoqchimisan?!
Lina esa Y/N ning qo‘lini ushlab, sekin pichirladi:
– Dugonajon… Men seni bunday ahvolda ko‘rishni istamagandim…
Yoongi esa chuqur nafas oldi va past ovozda:
– Men… Men uni yo‘qotishim mumkin edi.
Bu so‘zlar Jiminni hayratga soldi. Yoongi birinchi marta bunday tarzda gapirayotgandi.
Jimin asta-sekin uning yoqasini qo‘yib yubordi va chuqur nafas oldi.
– Endi nima qilmoqchisan, Yoongi?
Yoongi Y/N ga qaradi. Uning ko‘zlarida aniq qaror bor edi.
– Unga hech kim va hech narsa zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymayman.
Lina esa shubha bilan unga qaradi.
Xonadagi havo og‘ir edi. Shifoxona xonasining sokinligi faqat tibbiy uskuna ovozlari bilan buzilardi. Yoongi joyidan qimirlamasdi, Y/N esa nihoyat harakatlana boshladi.
U asta-sekin ko‘zlarini ochdi.
Dastlab, xonaning oq shiftiga tikildi, keyin sekin yoniga o‘girildi. Yoongi… U shu yerda edi.
Lina va Jimin hayajon bilan unga yaqinlashdi.
– Y/N, sen uyg‘onding! – Lina uning qo‘lini mahkam ushladi.
Lekin Y/N hech narsa demadi. Uning ko‘zlaridan yosh oqib chiqdi.
Yoongi yana xuddi avvalgidek sovuq va jiddiy ko‘rinardi, lekin ko‘zlaridagi g‘amginlikni yashira olmasdi.
Y/N qaltirab so‘zladi:
– Nega meni qutqarding? Meni shunchaki qo‘yib yuborsang bo‘lmasmidi?!
Yoongi birdan qotib qoldi. Buni kutmagandi.
Jimin va Lina hayrat bilan Y/N ga qarashdi.
– Y/N… – Lina pichirladi.
Lekin Y/N yig‘idan to‘xtamasdi.
– Sen meni qanchalar qiynaganingni bilasanmi, Yoongi?! Men bu hayotdan charchadim! Qochib ketmoqchi bo‘lsam ham, baribir o‘zingnikiga qaytarasan. Endi-chi? Men o‘lishga yaqin edim, balki bu men uchun yaxshiroq bo‘lardi!
Yoongi bir necha soniya jim qoldi. So‘ng asta-sekin oldinga engashib, past ovozda dedi:
– Sen hech qachon meni tashlab keta olmaysan.
Y/N yana titrab ketdi.
– Sen… Sen nega bunday qilyapsan?
Yoongi uning qo‘lidan ushladi.
– Chunki men sendan voz kecholmayman.
Xonada og‘ir sukunat cho‘kdi. Jimin esa yon tomonga qarab, qattiq mushtini tugib oldi. Lina esa nima deyishni bilmasdi…
Y/N ning yuragi qattiq g‘ash edi. U Yoongiga tikilib turib, ko‘z yoshlarini tiyolmasdi. Nafrat, og‘riq va charchoq uni ich-ichidan ezib tashlayotgandi.
U asabiy ohangda baqirib yubordi:
– Meni qo‘yib yubor, Yoongi! Endi bu hayotga bardosh bera olmayman!
U qaltiragan qo‘llari bilan ko‘kragini mahkam siqdi. Birdaniga yonboshidagi jarohat joyi zo‘r og‘riq bilan sanchib ketdi.
– Ahh…! – deb bakrib yubordi u va qo‘li bilan og‘riq bo‘lgan joyini ushladi.
– Y/N! – Lina yugurib bordi. – Hammasi joyidami?!
Lekin Y/N ning rangi oqarib, nafasi og‘irlashgan edi. Og‘riq kuchaygani sayin uning boshi aylanib, ko‘z oldi qorong‘ilasha boshladi.
– Y/N, qara menga! – Jimin ham unga yaqinlashib, qo‘llarini ushladi.
Lekin Y/N na Jiminning, na Linaning ovozini aniq eshita olardi. Tanasi bo‘shashib, ko‘rpa ustiga yiqildi.
– Y/N! – deb baqirdi Lina.
Yoongi birdan joyidan sakrab turdi.
U hushidan ketayotgan Y/N ning yuziga qo‘llarini tekkizdi, lekin u allaqachon o‘zidan ketayotgan edi.
– Shifokorni chaqiring! – Yoongi qo‘pol ohangda baqirdi.
Jimin va Lina yugurib chiqib ketishdi.
Yoongi Y/N ning sovuqlashayotgan qo‘llarini qo‘liga olib, sekin gapirdi:
– Iltimos… Men hali senga hammasini tushuntirishim kerak. Sen ketib qolma…
U birinchi marta ich-ichidan qattiq qo‘rqdi.
9 -qisim tugadii💕