Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi e’lon qilindi.
Ural federal universitetida “Yozgi universitet — 2023” xalqaro loyihasi tashkil etildi. Bir vaqtning o‘zida Qozon federal universiteti va Sibir federal universitetida boshlangan xalqaro loyihada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Serbiya, Braziliya, Hindiston, Vetnam, Xitoy, Kolumbiya, Yaman, Misr va Turkmaniston kabi 25 ta mamlakatdan 1200 nafardan ortiq talaba qatnashdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti “Street Law” loyihasi koordinatori, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Botirjon Qosimov Qirgʻiziston Respublikasida tashkil etilgan “Yuristning ijtimoiy oriyentatsiyasi — huquqiy davlat barpo etishning asosiy elementi” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01 raqamli Ilmiy kengashning 5-avgust 14:00 dagi majlisida O’zbekiston Respublikаsi Prezidenti huzuridаgi Dаvlаt boshqаruvi аkаdemiyasi mustaqil izlanuvchisi Hаmroyev Eldor Otаmurodovichning 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikаsi poytаxtining huquqiy mаqomini tаkomillаshtirish mаsаlаlаri” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02 raqamli Ilmiy kengashning 5-avgust 10:00 dagi majlisida Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Narimanov Bekzod Abduvaliyevichning 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent davlat yuridik universitetida “TDYU bitiruvchisi — 2023” bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tashkil etildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan universitetning 1- va 2-talabalar turar joyi binolarida 400 kVt hamda 3-talabalar turar joyi binosida 300 kVt quvvatga ega boʻlgan avtomatlashtirilgan koʻmirli isitish tizimlarini xarid qilish uchun tanlov e’lon qilindi.
2023/2024-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish bo‘yicha og‘zaki imtihon yuzasidan maslahat 25-iyul 10:00 da, imtihon esa 27-iyul 09:00 da universitetning 3-bino 221-auditoriyasida o‘tkaziladi.
TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov Buyuk Britaniyaning Oksford Universiteti Islom tadqiqotlari markaziga tashrif buyurib, ushbu nufuzli tashkilotning direktori bilan uchrashdi
Toshkent davlat yuridik universitetida universitet huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida 2023-yilning yanvar-iyul oylari davomida tashkil etilgan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 98 nafar bitiruvchiga diplomlarni topshirish marosimi o‘tkazildi.