#hamkorlik #сотрудничество #cooperation
Aziza Xodjayeva Yevropa Ittifoqi yozgi maktabida ishtirok etdi
Ozarbayjon Respublikasining Diplomatik akademiyasi (ADA)da Yevropa Ittifoqi yozgi maktabi tashkil etildi. Sakkizinchi marotaba tashkil etilgan yozgi maktabning o‘quv kurslarida Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti Aziza Xodjayeva ham ishtirok etdi.
“Yevropa Ittifoqi huquqi va bugungi kundagi global miqyosda yangi chaqiruvlar” (“The European Union and the challenges of the new global context”) mavzusidagi yozgi maktab doirasida Yevropa Ittifoqining tashkil topishi va Yevropa davlatlarining integratsiyalashuvi, Yevropa Ittifoqining huquqiy manbalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
ADA professor-o‘qituvchilari, Italiya, AQSH va Germaniya elchixonalari vakillari ishtirokidagi amaliy mashg‘ulotlarda “Rim shartnomasi”, “Nitsa shartnomasi”, “Afina shartnomasi”, “Amsterdam shartnomasi”, “Maastrixt shartnomasi”, shuningdek, bugungi kunda amada bo‘lgan “Lissabon shartnomasi” haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘quv kursi davomida ishtirokchilar Ozarbayjon Respublikasi parlamentiga (Milliy Majlis) tashrif buyurdi. Tashrif davomida parlament vakili tomonidan parlamentning faoliyat yo‘nalishlari, tarixi va bugungi kundagi dolzarb masalalar xususida ma’lumot berildi.
Yakunda yozgi maktab ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
Азиза Ходжаева приняла участие в летней школе Европейского Союза
Летняя школа Европейского Союза была организована в Дипломатической академии Азербайджанской Республики. В учебных курсах летней школы, организованной в восьмой раз, также приняла участие базовый докторант Ташкентского государственного юридического университета Азиза Ходжаева.
В рамках летней школы на тему «The European Union and the challenges of the new global context» проведен тренинг по созданию Европейского Союза и интеграции европейских стран, правовым источникам Европейского Союза.
Предоставлена подробная информация о Римском договоре, Ниццком договоре, Афинском договоре, Амстердамском договоре, Маастрихтском договоре, а также действующем сегодня Лиссабонском договоре.
В ходе учебного курса участники посетили Парламент Азербайджанской Республики (Национальное Собрание). В ходе визита представитель парламента предоставил информацию о деятельности парламента, его истории и текущих проблемах.
В завершение участникам летней школы были вручены сертификаты.
Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram