Victim of a tragic fate
Muallif• Kim Serin
Chanel• Violet fanfics
Chapter 2
Oradan ikki kun oʻtdi Mira honasidan chiqmadi, U Jenniedan ham hafa edi, shu uch kun ichida faqat oʻz qobigʻiga oʻralib oldi. Toʻy kuni ham keldi. Mira oʻz honasida hammasi yaxshi boʻlishi bilan oʻzini ovutar ekan hona eshigi ochilib onasi qoʻlida oq libos bilan keldi.
—Mira, boʻldi endi ortga yoʻq yoʻq, hozir bu koʻylakni kiyib pastga tush, boʻlmasa dadangdan yana kaltak yeysan.
Onasi ohirigi jumalariga urgʻu berib gapirdi, huddi qizning miyasiga songdirmoqchidek. Mira ogʻir qadamlar bilan oʻrnidan turib ustidagi koʻylakni yechib oq koʻylakni kiydi. Koʻylak hech qanaqa hashamdorsiz oddiy bejirim lekin nafosatli koʻylak edi. Mira endi unchalik ham hafa emasdi, Enzo dugonasining akasi, huddi Jennie Kabi yaxshi inson ekanligiga ishonar edi.
Koʻylakni bezatib turgan Mira sekin qadamlar bilan honasidan chiqib pastki qavatga chiqdi, U hech qanaqa makiyaj va soch turmagi qilmagan, shunchaki uning uzun malla sochlari yelkalaridan tushib turar edi.
Mira pov:pastki qavatga tushar ekanman har qadamda yuragim tez ura boshladi, bu qoʻrquvdanmi yoki boshqa narsa bilmayman lekin hayajondan emasligi aniq. Pastki qavatga tushdim, mehmonhona oʻrtasida nikohdan oʻtkazuvchi odam, Enzo uning otasi va mening otam bor edi faqat. Ular meni koʻrib yuzlariga taassum yugurdi
Edolt(Enzoning otasi): Mira qizim hush kelding. Men tomonga kelib peshonamdan oʻpib qoʻydi, koʻzim Enzoga tushdi, aslida etibor bermasligini ham iloji yoʻq. Uning jingalak sochlari, erkaklardagidek keng yelkalar va kostyum shim ostidan bilinib turgan katta gavdasi, menga yeb qoʻygudek tikilib turgan toʻq yashil koʻzlari hammasidan ham oʻziga tortar edi.
Otamga qarashni ham istamadim. Stol atrofiga oʻtirishimiz bilan nikoh oʻqiydigan odam ishini boshlab yubordi.
—Edolt oʻgʻli Enzo qizni oʻz rafqiangiz boʻlishiga rozimisiz.
Enzo qizga bir bor qarab qoʻydi va rozilik bildirdi.
—Edvort qizi Mira Enzoni oʻz turmush oʻrtogʻingiz sifatida qabul qilasizmi.
Men nima deyishni bilmay qoldim, nima ham derdim bu mening ayanchli taqdirimning boshlanishi.
Qoʻl qoʻyish uchun menga nikoh guvohnomasini uzatdi, mendan keyin Enzo ham qoʻl qoʻydi. Ishongim kelmasdi biz endi er hotin edik, hammasi juda ham tez sodir boʻlib ketdi.
Hammasi tugagandan soʻng Edotl amafi va Enzo bizga qora Gelik mashina oldiga olib bordi, onam qoʻlimdan ushlab toʻxtatib qulogʻimga pichirladi
—aqilli qiz boʻl, oʻlsang ham qaytib kelma, endi seni uying oʻsha yer, tarbiyali qiz boʻlib har doim bosh egib tur, tushundingmi baland ovozda gapirma.
Gaplarini yakunlab mendan uzoqlashdilar, Dadam menga hissiz qarab turar edilar.
Nahotki, shunchalar yomon insonmanmi, yoki meni shunchalar yomon koʻrishadimi, nahotki shunchalik qadirsiz boʻlsam bu uyda.
Koʻzimdagi yoshlarni tiyishga urinib koʻzlarimni qattiq yumib chuqur nafas oldim. Keyin Enzoning oldiga qora Gelikga oʻtirdim. Uning ham koʻzida huddi shunday hissizlik, bu yuragimni yirtib yuborar edi goʻyo, men nima ayb qilgandimki hamma meni shunchalar yomon koʻradimi, huddi men uni majburlab turmush qurgandek qarar edi.
Oʻzimni chalgʻitish uchun chuqur Nasaf olib tashqariga qaradim, men orzu qilgandek oppoq libosda hursand sevgan insonim bilan turmush qurishni istagandim, lekin umuman kutganimdek boʻlmadi.
Uyga yetib kelishimiz bilan haydovchi eshikni ochib berdi, eshik oldida uning onasi va Jennie qarab turgandi, eshikni ochib berishdi, men tashqariga chiqdim, boshqa tomondan Enzo ham tushdi, Jennie meni oldimga kelib quchdi. Onasi ham jilmayib ichkariga kirishimizni kutdi. Enzo ensa qotirgancha meni kutmay ichkariga kirib mehmon honadagi kresloga oʻtirib oldi. Jennie meni ham yetaklab mehmonxonaga olib kirdi
Edolt:hush kelibsan Mira qizim, endi sen ham bizning oila azoyimizsan, oʻzingni erkin tutaver, bizni birinchi koʻrishing emas, yaqin dugonangning uyi.
Onasi:Mira qizim, endi sen mening ikkinchi qizimsan
Ularning mehrli gapidan nim tabassum qildim.
Keyin dasturxon atrofiga oʻtirib nonushta qila boshladik.
Rostdan ham bu odamlarni bu muhitni endi koʻrayitganim yoʻq, Jennieni oldiga kelib turar edim, lekin hozir bu uy meni boʻgʻib qoʻyardi, ovqat tomogʻimdan ham oʻtmas edi, lekin etibor tortmaslik uchun ozgina chuqquladim, tun ham kirib qoldi, buni sezib ichimga titroq uygʻotdi.
Nonushta tugagach Jennie meni honamga kuzatib qoʻydi
Jennie:Mira hafa boʻlma, akam yaxshi yigit, U senga mehribon boʻladi, qoʻrqma.
Menga koʻz qisib honadan chiqib ketdi, uning gaplari ichimga battar qoʻrquv sola boshladi, tashqaridagi chiroqlar ham oʻchdi, hamma joy qorongʻu faqat mening honandasi chiroq atrofga nur taratib turardi, hamma joy suv quygandek jim jit. Deraza oldida oʻylanib oʻtirar ekanman eshik ochilishi meni choʻchitib yubordi.
Ikkinchi qism tugadi yoqimli mutolaa, reak va fikr kutib qolaman