STALKER
Sizlarga oʻzimni tanishtirsam ismim Calia men esimni taniganimdan buyon New Zelandiya yetim xonasida yashardim 5 yoshga toʻlganimda bir qari ayol boqib oldi taxminan 60 yoshlarda. U ayol asli Koreyalik Zelandiylik bir erkakni sevib u bilan shu yerda yashaydi, eri oqqon kasalligidan vafot etgandan soʻng juda yolizlanib qolgan qari boʻlgani uchun unga qarab turadigan odam kerak edi. Shuning uchun u meni boqib olgan.menga koreyscha Minsoo deb ism qoʻygan. Menga bu ism unchalik yoqmadi lekin rad etishga huquqim yoʻq. Uning ismi Sera. Men uni Sera buvi deb chaqiraman u juda ham oqkoʻngil mehribon unson. Lekin u soligʻida muammo sezgadan keyin Koreyaga qaytishni istadi. Meni ham olib ketar ekan.
Men honamga kirib chamadonlarni yilishtirdim, men har doim boshq davlatga borishni orzu qilardim lekin endi negadir qprqayapman koreys tilida salomlashishdan boshqa hech narsani bilmayman. Meni maxsus maktabga qoʻyaman dedi balki tez oʻrganib ketarman.
Sera buvim bilan mashinaga oʻtirib aeroportga bordik. Sera buvim qari boʻlgani sabab yurishga qiyanalardi keyin men unga menga suyanib ketishini taklif qilib ikkita chamadonni ham oʻzim oldim.
Samolyotga oʻtirdik. Samalyot teppaga kptarila boshladi. Men bunday narsalardan qoʻrqmayman meni faqat begona davlatda qanday yashash qiziqtiradi buvim ham ancha qari. men oyna oldida oʻtirib bulutlarga termulib ketardim.
Yana 12 soat 30 daqiqadan soʻng biz Seul ustidan uchib aeroportga qoʻndik.
Yonimda uxlab yotgan Sera buvimni sekin uygʻotdim
Buvim uygʻonib oynadan tashqariga qaradilar.
Biz narsalarimizni olib aeraportdan chiqib taksiga oʻtirdik. Sera buvim koreyschada nimadir dedi.
Biz qandaydir joyga kelib toʻxtadik buvim haydovchiga pul uzatdi. Mashinadan tushib atrofga sinchiklab qaradim. Men orzu qilgan dorammalarda koʻrgan ertaknoma shahar.
Buvimni orqasidan binoga kirib 16 qavatga chiqdik.
Uy shinamgina bir oz kichkina ekan. Men hovlida bogʻga aylanishni yoqtiraman bu yerda esa honalari ham kichkina.
Men oʻzim uchun hona tanlab narsalarni joyladim. Buvim bilan changlarni artib honani tozalab hamma joyini toʻgʻriladik.
Tun ham tushib qoldi buvim kim bilandir telefonga gaplashdi
Minsoo ertadan yangi maktabga borasan. Men ularga tushuntirdim ustozing ham sinfdoshlaring ham senga koreys tilida yordam berar ekan
Men qisqa jilmayib boshimni koʻrpa bilan yopib olib yotdim. Telefonimni yoqib ozgina titkilab zerikib uxlab qoldim.
Ertalab buvim uygʻotdi ikkimizga ramyon tayyorlagan ekan
Senga ham hayrli qizalogʻim hozircha ramyon tayyorladim tezroq ye keyin seni maktabinga olib borib hamma bilan tanishtiraman.
Men ustimga oq kofta va shim kiyib sochimni yoydim. Sochim uchun shuning uchun yoyib yurishni yoqtiraman
Maktab uydan ancha uzoqqa emas edi maktabga kirganimda hamma menga qaradi bu tabiiy hol men ulardan farqli ravishda ajralib turardim. Makyajsiz tabiy yuzim katta oʻtkir malla koʻzlarim va kiyinish stilim bilan ulardan ajlarib turardim
Anyonghaseyo... Men qizimni shu maktabga qoʻyish uchun kelgandim. Kecha siz bilan gaplashdim.
Ha yaxshi Jung Minsoo... Oʻylashimcha sizlar New Zelandiyadan kelgansiz
Mayli bu Minsooning yangi maktab yorligʻi
Buvim yorligʻni menga uzatdi. ~ Jung Minsoo 17 yosh katta sinf talabasi~
Minsoo direktorga tazim qilib Kamsahamnida deb deb ayt
Mening talafuzimga direktor kulib yoshroq oʻqituvchini yoniga chaqirdi
Bu oʻquvchi endi sizning sinfingizda oʻqiydi. U inglizcha gapiradi koreys tilini bilmaydi, unga yordam bering.
Oʻqituvchi meni orqasidan yurishimni ishora qildi. Orqasidan borib bir honaga kirdik. Oʻquvchilar meni koʻrib sinf jim boʻlib qoldi. Men jilmayib tazim qildim
Anyonghaseyo... Iʼm Jung Minsoo...
deraza yonidagi yigitni oldiga borib oʻtir... Dedi inglizchada.
Men borib oʻtirdim birinchi dars boʻlgani uchun men shunchaki oʻtirdim.
Oradan bir oy oʻtdi men koreys tilini ancha oʻrganib qoldim. Suhbatlarni eshitib oʻrganib oldim.
Buvimning sogʻligʻi yomonlashib yotib qoldi. Men kechasi bilan Ollohdan yolvorib yigʻlardim chunki bu shaharda men buvimsiz yashay olmayman. Maktabdagi bezori bolalar meni nishonga olishgan.
Dorilari tugab borar edi. Men uyimiz pastida bir qahva honani koʻrgan edim oʻsha yerga ishlash haqida oʻylar edim.
Buvimga aytmay maktabdan soʻng ish boshqaruvchi bilan gaplashib maktabdan keyin oʻsha yerga ishlay boshladim. Men Jimin ismli bir yigit bilan tanishib oldim. Juda oqkoʻngil inson ekan
Kunida 5000 ming von berardi kunlik ovqatimiz faqat ramyon edi
Bugun ham maktabdan chiqib qahva honaga keldim. Kiymimni almashtirib stollarni artdim. Chekkada bir mijoz meni chaqirdi
Menga bitta americano bering..
U qora kiyingan bosh kiyim kiygani uchun yuzi koʻrinmas edi
Oʻtiribti deb tasavvur qililar
Uning koʻzlari mendan ayrilmas edi. Bamrenga borib americano olib unga olib kelib berdim.
Yarim tun ham boʻlib qoldi. Ishdan chiqib uyga keta boshladim gʻalati hissiyot bor edi huddi kimdir orqamdan kuzatib kelardi orqaga qaraganimda hech kim yoʻq edi.
Qorqqanimdan tanam muzlab qolardi.
Tez qadamlar bilan binoga kiriib lift tugmasini bosdim. Lift ochilishini kutib liftga kirdim. Lift eshiklari yopilib 16 qavatga chiqib kalit bilan eshikni ochib uyga kirdim
Buvi buvijon... Nonushta qilamizmi
Sekin qadamlar bilan buvimni honasiga kirdim. Buvim shiftga qarab koʻzi ochiq holatda yotardi
Buvijon nimalarni oʻylayabsiz.
Divan chetiga oʻtirib qoʻllarini ushladim qoʻllari muzlab qolgan edi.