Firibgarlar psixologiyasi
Oʻtgan 2023-yil davomida jami 18492 ta firibgarlik jinoyatlari roʻyxatga olingan boʻlib, respublika boʻyicha sodir etilgan jami (104096) jinoyatlarning 17,76% tashkil qiladi.
Hozirda har qadamda firibgarlikni oʻziga kasb qilgan shaxslarni uchratish mumkin va ularni bir koʻrishda tanib olishning iloji yoʻq. Odatda firibgarlar ham xuddi siz va men kabi oddiy odamlar ya'ni tashqi tomondan oddiy odamlardan farqlanuvchi belgilar mavjud emas. Lekin ularning psixikasidagi ogʻishishlar, jinoiy harakatlarga turtki boʻlishi aniq.
Demak, firibgarlarning shaxsiyatidan bizga nimalar maʼlum? Shular haqida fikrlashamiz.
- Narsissizm: Firibgarlar koʻpincha narsissistik xususiyatlarga ega boʻlishadi. Ular oʻzlarini boshqalardan ustun koʻrishadi va foydalanishadi.
- Makiavellizm (Machiavellianizm): Ushbu shaxsiyat xususiyati manipulyatsiya, xiyonat va egoistik maqsadlar uchun boshqalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Ya'ni firibgarlar boshqalarning ishonchiga kirib, ulardan foydalanadi.
- Psixopatiya: Psixopatiya yuqori darajadagi firibgarlik va manipulyatsiya bilan bogʻliq. Psixopatik shaxslar hissiy empatiyadan mahrum boʻlib, boshqalarga zarar yetkazishdan pushaymon boʻlishmaydi.
- Moliyaviy manfaat: Koʻpchilik firibgarlar moliyaviy foyda olish uchun jinoyat qiladilar. Ular pul yoki mulkni qonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritish qiyin boʻlganda firibgarlikni tanlaydilar.
- Kuch va nazorat: Firibgarlar koʻpincha boshqalarni nazorat qilish va oʻzlarining kuchini namoyish etish uchun jinoiy harakatni amalga oshiradilar.
- Status va obroʻ: Baʼzi firibgarlar ijtimoiy statusni oshirish yoki boshqalarning hurmatini qozonish uchun ham jinoyatga qoʻl uradilar.
3. Firibgarlikning psixologik mexanizmlari
- Oʻz-oʻzini oqlash: Firibgarlar oʻz harakatlarini oqlash uchun shaxsiy himoya mexanizmlarini ishlatadilar. Ular oʻz harakatlarini zarur yoki muhim deb baholaydilar va boshqalarning zarariga eʼtibor bermaydilar.
- Empatiyaning yetishmasligi: Firibgarlar odatda boshqalarning hissiy holatiga kirishish va ularni tushunish qobiliyatidan mahrum boʻlishadi. Bu ularga boshqalarga zarar yetkazishdan hech qanday aybdorlik hissini sezmasdan jinoyat qilish imkonini beradi.
- Manipulyatsiya qobiliyati: Firibgarlar odatda yuqori manipulyatsiya qobiliyatiga ega boʻlib, boshqalarning his-tuygʻulari va xulq-atvorini boshqarish orqali oʻz maqsadlariga erishadilar.
Afsuski bizning jamiyatda baʼzi ota-onalarimiz firibgarlik yoki korrupsiya harakatlarini uddaburonlik deb bolalarga singdirib qoʻyishadi. Misol uchun, “Qoʻliga oʻsha uch-toʻrt soʻm pulini berganingda, ishingni hal qilib berardi”, “Toʻxta tanishim bor, oʻshanga telefon qilsam navbatsiz kirib ketasan, kutib oʻtirmaysan”, “Biror ishonchli bahona qilsang kirgizvorardi…” kabi gaplarni hozir ham eshitib turamiz yoki, balki oʻzimiz ham shu gaplarni ishlatarmiz.
Eng qizigʻi koʻplab firibgarlar ushlanishdan va javobgarlikdan qoʻrqmaydilar yoki jazodan qochish uchun turli strategiyalarni ishlatadilar. Ular odatda jazodan qochish imkoniyatlarini baholaydilar va firibgarlikni davom ettiradilar.
Xullas shunaqa gaplar.
Firibgarlardan ehtiyot boʻling!