PSIXOLOGIYA emblemasi haqida
Psixologiya ham ko’p sohalar qatorida o’z emblemasi, logotipiga ega fan hisoblanadi. Ko’pchilik insonlar ushbu logotipni ko’rganda albatta bu psixologiyaga aloqador ekanligini tushunadilar. Lekin uning ma’nosi, qayerdan paydo bo’lganligi haqida esa ma’lumotga ega emaslar.
Ushbu maqolamda sizlarga psixologiya emblemasi haqida bilganlarimni bo’lishmoqchiman
Psixologiya emblemasi qayerdan paydo bo’lganligi bo’yicha yagona taxmin mavjud. Taxminga ko’ra emblema Yunon alifbosining 23 harfi ψ “Psi”dan olingan
ψ "Psi" harfi qayerda va qachon paydo bo'lgan?
Miloddan avvalgi 9-asrdan Yunonlar Finikiya alifbosini o'rgandilar. Yunonlar orasida bu alifbo tez tarqaladi va rasmiy alifbo sifatida qabul qiladilar. Shuni ta'kidlash kerakki, Finikiya alifbosida unlilar yo'q edi, yunonlar Finikiya alifbosiga unli harflarni kiritdilar va shu bilan birinchi haqiqiy alifboni yaratdilar.
ψ “Psi” harfining ko'rinishi nimani anglatadi?
Taxminlarga ko'ra, Psi harfining paydo bo'lishi o'sha paytda Qadimgi Yunonistonda dengiz xudosi deb tan olingan Poseydonning uch shoxli nayzasini bilan bog’liq.
Xo'sh, psixologiya va ψ "Psi" harfi o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
Bu haqda qiziq afsona bor. Afroditaning (Afrodita – qadimgi yunon sevgi va goʻzallik ma’budasi) o'g'li Eros juda go'zal yosh ayolni (odam), “Psyche”ni sevib qoldi. Afsuski, Afrodita ma’bud va odam o’rtasidagi sevgiga juda qarshi edi.
Afrodita o’g’lini sevgisiga qarshi chiqib Psyche va Erosni ajratishga urinadi va Psycheni boshiga ko’plab sinovlarni soladi. Ammo Psychening sevgisi shunchalik kuchli ediki, uning Eros bilan birga bo’lish istagi oshib boraveradi va bu holat Afroditada chuqur taassurot qoldiradi. Oxir oqibat Afrodita ham Psycheni muhabbatiga tan beradi. O'z navbatida, Eros o’z sevgilisi Psycheni ma'budaga aylantirishga va uni umrboqiy (o'lmas) qilishga Zevsni (yunonlarning oliy xudosi)ko’ndiradi. Shunday qilib, sevishganlar abadiy birga bo’lishadi.
Yunonlar uchun bu afsona chinakam muhabbatning klassik namunasi va inson ruhining eng yuksak ko’rinishi deb bilishadi. Shu sababli, abadiy hayotga erishgan inson Psyche o'z idealini izlayotgan ruhning ramziga aylandi. Psyche so’zi esa qadimgi yunon tilidan tarjimasi esa ruh, jon deb tarjima qilinadi
Psixologiya atamasi esa “Psyche” ruh, jon, “Logos” – fan, ta’limot "Ruh, jon haqidagi fan" deb tarjima qilinadi.
Psixologiya emblemasini zamonaviy fanga kirib kelishi
Psixologiya alohida fanga aylangandan so'ng, "psixologiya" so'zi ko'proq qo'llanila boshlandi. Bir versiyaga ko'ra, 18 asr o’rtalarida "psixologiya" atamasini belgilash uchun yunoncha ψ harfidan foydalanish birinchi marta falsafa fanlari universitetining talabalari tomonidan psixologiya bo'yicha ma'ruzalarni yozishni tezlashtirish uchun ishlatilgan. Shundan keyingina ψ "Psi", psixologiya logotipi sifatida qabul qilingan.