GAZLAYTING yoki IJTIMOIY PARAZITLIK
Gazlayting atamasi yaqinda paydo boʻlgan boʻlsa ham, bu harakat insoniyat yoshi bilan barobar.
Gazlayting bu psixologik zoʻravonlik boʻlib unda jabrlanuvchi (psixologik zoʻravonlik qurboni) psixologik bosim ostida qoladi, oʻzining adekvat harakatlariga shubha bilan qarashni boshlaydi va zoʻravonning manipulyatsiyasini osonlik bilan qabul qiladi.
Oiladagi gazlayting (psixologik zoʻravonlik).
Oʻzbek oilasida gazlayting asosan er va xotin, ota-ona va farzand, qaynona va kelin oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda kuzatiladi. Er oʻz xotinini shubha ostida ekanligini aytadi. Xotin esa erining bu gaplaridan oʻzini olib qochish hamda erining ishonchini qozonish uchun ham barcha zoʻravonliklarga qarshilik bildirmaydi. Ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi gazlaytingda boshqacharoq ssenariyni koʻrishimiz mumkin. Bunda ota-ona bolasini qoʻrquv ostida ushlab unga psixologik bosim oʻtkazishga harakat qiladi. Bola esa “kaltak” yemaslik uchun ham ota-onasidan qoʻrqib ularni gapidan tashqariga chiqmaydi. Bu bir tarbiya metodi sifatida koʻrinsa ham, yosh bolaga kelajakda (katta boʻlganida) juda salbiy taʼsir qiladi. Qaynona va kelin oʻrtasidagi gazlayting koʻpincha qaynonaning kutuvlari qondirilmasligi yoki farzand rashki yuzasidan paydo boʻladi.
Rahbar va xodim oʻrtasidagi (Ish faoliyatidagi) gazlayting.
Ushbu ssenariy boʻyicha rahbar xodimni masʼuliyatsizlik, oʻz ishini eplolmaslikda ayblab unga bosim oʻtkazadi. Lekin xodimni ishdan boʻshatmaydi. Xodim esa oʻz navbatida rahbarga nisbatan nafrat bilan qarasa-da oʻziga boʻlgan ishonchi pasayadi. Xodim oʻzi bilmagan holatda rahbarga yaxshiroq natija koʻrsatish uchun koʻproq ishlashga, dam olish vaqtida ham ishlashga majbur boʻladi. Dam olish kunlari ham ish bilan shugʻullanishga oʻzini majburlab keladi.
Ishxonadagi gazlayting eng stressli hisoblanadi. Sababi siz ishxonadagi bosimni uyingizga ham olib borasiz, dam olgancha boʻlmaysiz. Ertalab uyingizdan chiqmasingizdan oldin ish haqida oʻylab siqilishni boshlaysiz.
Gazlayting qurboni boʻlmaslikni eng oson yoʻli kimdan nima kutishni bilishingiz kerak. Sizga bosim oʻtkazuvchi insonlarni xarakterini bilishingiz zarur va eng asosiysi psixologik bosimni sizga nisbatan qilinayotgan bir manipulyatsiya sifatida qabul qilsangiz, oʻzingizni stressdan saqlagan boʻlasiz.
Gazlayting harakatini nega ijtimoiy parazitlik deyiladi? Sababi sizga bosim oʻtkazgan odam bundan oʻziga yetarlicha qoniqish, qoʻpol qilib aytganda “lazzat” oladi.
Oʻzingizni ijtimoiy parazitlardan asrang.