IRRATSIONAL FIKRLASH NIMA?
Irratsional fikrlash ratsional fikrlashdan tubdan farq qiladi. Bunda odam his-tuygʻular taʼsirida mantiqiy fikrlarni butunlay eʼtiborsiz qoldiradi. Yaʼni vaziyatning emotsional zoʻriqishi odamga kuchli taʼsir qiladi, bu esa odamga faktlar va mantiqqa eʼtibor berishiga yoʻl qoʻymaydi.
Mantiqsiz fikrlash voqelikni buzishi, shaxs va uning muvaffaqiyati oʻrtasida toʻsiq boʻlishi mumkin. Bu odamni mantiqiy asosga ega boʻlmagan va faqat zarar keltiradigan qarorlar chiqarishga majbur qiladi.
Irratsional fikrlash asosan miyaning oʻng yarim shari faollashishi bilan yuz beradi. Alam, gina, qasos, norozilik, xafalik yoki aksincha xursandchilik kayfiyati fonida notoʻgʻri qaror qabul qilinishi mumkin. Irratsional fikrlashning ijobiy tomonlari ham bor masalan empatiya yoki hamdardlik. Hamdardlik natijasida kimningdir koʻnglini koʻtarishimiz yoki ogʻirini yengil qilishimiz mumkin.
Irratsional fikrlashning eng salbiy jihati bu affekt holatining chegarasida yurishidir. Yaʼni irratsional fikrlovchi odamlar ratsional fikrlovchilarga qaraganda affekt (affekt – bu ongsizlikning bir koʻrinishi) holatiga tushish ehtimoli yuqori.
“Qalbinga quloq sol, qalbing seni aldamaydi…” ushbu jumla ham irratsional fikrlash degani. Birinchidan insonda qalb degan aʼzo mavjud emas. Ikkinchidan qalb deganda koʻpchilik oʻz hissiyotlarini nazarda tutayotganini bilmaydi. Faylasuflarni bir gapi bor edi “Jahling chiqib turgan vaqtda qaror qabul qilma, xursandchilik vaqtingda birovga vaʼda berma”…