KOʻP XOTINLIK (POLIGAMIYA) YOKI JINSIY MAYLLAR HAQIDA.
Qisqa qilib aytganda hozirgi kunda ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi xotinga harakat qilayotgan har 10 erkakni 10 nafari oʻzining jinsiy mayllari (nafs) taʼsirida, intim fantaziyalarini shu tariqa amalga oshiradilar. Bunaqalar meni koʻzimga xuddi jinoyatchidek koʻrinadi. Dinni bahona qilib jinsiy ehtiyojlarini qondirish payida boʻladi. Bu ayni haqiqat. Davr talabidan kelib chiqib aytganda, koʻp xotinlikdan manfaatli maʼno yoʻq. Toʻgʻri jinsiy mayl bu oʻz nomi bilan ehtiyoj, instinkt lekin biz yovvoyi hayvon emasmiz. Ongli mavjudotga xos boʻlgan eng yaxshisi bu monogam nikoh (bir nikohlilik).
Koʻp xotinlikni psixologik sabablari erta bolalik davriga borib taqaladi. Kichkina oʻgʻil onaning mehr-muhabbati, gʻamxoʻrligi va eʼtiboriga hech qachon toʻymaydi. U har doim koʻproq narsani xohlaydi. Oʻgʻil bola ulgʻaygach, uning mehribon ona haqidagi fantaziyalari boshqa ayollardan iloji boricha koʻproq mehr va gʻamxoʻrlik olish istagiga aylanadi. Yana bir qiziq jihat shundaki, koʻp xotinli erkaklar aksari onasi bilan birga buvisi tomonidan tarbiyalangan. Oʻzbek oilasida buvining roli haqida, umuman olganda, siz bir nechta kitob yozishingiz mumkin. Koʻpincha 2 ta xotini bor erkaklarning ayollari onasi va buvisiga oʻxshash boʻladi.
Koʻp xotinlikni fiziologik sabablari. Ikki yoki undan koʻp ayollar bilan jinsiy munosabatlarning fiziologik tomoni oʼrganilganda ajoyib natija yuzaga chiqqan. Maʼlum boʻlishicha, jinsiy aloqa paytida ayol tanasi biologik faol moddalarni — tabiiy erektsiya stimulyatorlarini (ESE) chiqaradi, ular shilliq qavat orqali toʻgʻridan-toʻgʻri erkak jinsiy aʼzosiga kirib, unda qon oqimini oshiradi. Ayolning qoʻzgʻalish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, bu moddalarning chiqarilish darajasi shunchalik koʻp boʻladi. Ular bir yarim-ikki daqiqa davomida mavjud boʻlib, bu vaqt ichida erkakka oʻzini jinsiy gigant kabi his qilish imkoniyatini beradi. Vaqt oʻtishi bilan, 2-3 yildan soʻng, erkakning tanasi sherigi tomonidan chiqarilgan tabiiy erektsiya stimulyatorlariga oʻrganib qoladi va ularning taʼsiri kamayadi. Natijada erkak yangi jinsiy partnyorni (ikkinchi xotinni) xohlab qoladi. Agar erkak bir ayoldan emas, balki ikkita ayoldan ESE qabul qilsa, bu kuchli ekstaziyaga olib keladi. Erkak oʻzini jinsiy jihatdan ham kuchli his qiladi, ikki ayolni qoniqtiradi va psixologik jihatdan bolalikdagi sevgi etishmasligini toʻldiradi. Kuchli ekstaziya narkotik singari odamni oʻziga oʻrgatib qoʻyadi. Keyinchalik erkakda uchinchi, toʻrtinchi ayol bilan ham muntazam aloqa qilish istagini yuzaga chiqaradi.
Bizni jamiyatda kundan-kunga koʻp xotinlilik istagi trendga chiqib bormoqda. Meni fikrimcha bu vaziyatga nafaqat ota-onalar balki diniy qatlam vakillarini ham aybi katta. Xullas bir oy oldin bir 43 yoshli “dindor” akaxon 19 yoshli qizni uchinchi nikohiga oldi. 5 kun oldin esa oʻsha 19 yoshli qizni dafn qilishdi. Qizni yaqinlariga emas oʻsha qizni orzulariga achindim. 43 yoshli chalamullaga oʻxshab, dinga koʻr-koʻrona amal qilib kelayotgan, koʻcha tili bilan aytganda “nimadir xoʻr” lar (bunaqalarni psixologiyada jinsiy deviantlar deyishadi) juda koʻp.
Odamlarga ham hayronsan, qorini oldiga borib nikohni oʻqitib olishadi-da keyin xohlaganlarini qilishadi, joniga tekkandan keyin esa bir ogʻiz gap (uch taloq) bilan orani ochiq qilib ketadi. Oʻzi boshidan ham shu maqsad maʼlum edi-ku, “toʻygunimcha birga boʻlaman, agar yoqmasa yoki toʻysam taloq qoʻyaman”. Jinsiy ehtiyojni bu tariqa qondirish zino aslida.
Dindan bong urib gapirayotgan dindoshlarimga tavsiya, koʻp nikohlilikdan koʻzlangan “ezgu” maqsadingizni jamiyatdan yashirsangiz ham, yaratgan barchasini koʻrib turibdi.
Qisqagina qilib maqola yozmoqchi edim, qarasam aytiladigan gaplar koʻp ekan ))
Nima boʻlganda ham bitta boʻlsin, zoʻr boʻlsin…