June 1, 2022

PORAXO'RLAR tiplari

Ekstremal korrupsionerlar – bu tipdagi korrupsionerlar xavfli vaziyatlarni ongsiz ravishda yaxshi koʻradilar. Yaʼni korrupsionerda pora olish vaqtidagi yuzaga keladigan xavfga (masalan, ichki xavotir, tavakkalchilikka moyillik, qoʻrquvga) nisbatan tobe axloq shakllanib qolgan. Bunday korrupsionerlar vaqti-vaqti bilan pora olib turmasalar va oʻzlaridagi xavfli vaziyatni his qilmasalar, tez zerikib qoladilar. Bu tipdagi korrupsionerlar juda tashkilotchi, ochiq koʻngil, kirishuvchan boʻladilar.

@Psixodiagnostika

Vaziyatli korrupsioner – bunda korrupsioner haqiqatdan moddiy manfaatga muhtoj boʻladi. Yaʼni pul juda kerakligi uchun ham jinoyatga qoʻl uradi. Afsuski bunday tipdagilarda har doim pul taqchilligi mavjud boʻladi. Ular jamoaviy ishlashni va jinoiy sherikchilikni yoqtirmaydilar, har doim yolgʻiz oʻzi ishlaydi.

Tashabbuskor korrupsioner – ushbu turda oʻz lavozimidan qatʼiy nazar pora uchun kerakli vaziyatni yaratishga harakat qiladi. Yaʼni korrupsioner yaratgan maxsus vaziyat sababli, fuqaro unga pora berib ishini bitirishga majbur boʻladi. Bunday tipdagilar har doim korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan lavozimga intilib yashaydilar.

Konformal korrupsioner – bu tip vaziyatga, jamoaga moslashadi, rad etilishidan qoʻrqadi. Ushbu shaxsda gʻayriijtimoiy xulq-atvor boʻlmasa ham, u oʻzaro korrupsion munosabatlarga qarshi boʻlsa ham, atrof-muhitning bosimi ostida vaziyatga rozi boʻladi va jinoyat sodir etadi, pora oladi.

Formal korrupsioner – bu tip fuqarolarni huquqiy bilimni yetishmasligidan foydalanishga urinadi. Yaʼni fuqaroni qandaydir bojlar, toʻlovlar, yigʻimlar mavjudligiga ishontiradi va shu toʻlovni amalga oshirsa ishi yanada tezroq bitishi mumkinligi aytadi. Bunday tipdagilar huquqiy bilimi past insonlarni yaxshi tanishadi.

®️ Psixologiya

Bizni ushbu kanal @Psixodiagnostika orqali kuzatib boring...