Oʻzbekcha psixologik paradoks yoki nosogʻlom hissiyot
Oʻzbek xalqida irratsional (hissiyot bilan fikrlash) fikrlash boshqa xalqlarga qaraganda yuqori. Lekin normal holatda hissiyotlarni, emotsiyalarni koʻrsatishga kuchli kompleks (qoʻrquv) bor. Qachon hissiyotlarimizni koʻrsatamiz? Qachonki, bizni oʻta jahlimiz chiqsa, chidolmasak shundagina oʻz hissiyotlarimizga erkinlik beramiz.
Har doim ichimizga yutib yurgan “musrlar” (yomon hissiyotlar) bir kun toʻplanib yuzaga chiqadi va kimlardir shuni natijasida qotillik qiladi, yaqin insonlarini hayotiga nuqta qoʻyadi, zarar yetkazadi yoki oʻziga nimadir qiladi. Shuning uchun ham qotilliklar kundan kunga koʻpayib bormoqda.
Nimagadir fikrlashda juda hissiyotlimizda lekin kundalik hayotda hissiyotlarimizni umuman yuzaga chiqarmaymiz. Bolalikdan yigʻlama, kulma, tegma, gapirma deb katta boʻlgan individdan yana nimani kutish mumkin. Biz koʻpchiligimiz tanlagan ranglar ham bir xil. Yaʼni qora, oq, toʻq koʻk, kulrang boshqacha ranglarni ham tanlagimiz keladi, lekin ichimizda qandaydir qoʻrquv bor. Aslida bizga qizil yoki sariq rang yoqsa ham, ayni rangli kiyim yoki nimadir xarid qilishga ichki toʻsqinlik bor.
TVda qanaqadir koʻrik tanlov koʻrsang ham hakamlarni kayfiyatidan, jiddiyligidan hayron qolasan. Yosh bolalar koʻrik tanlovi boʻlayotgan boʻlsa ham hakamlarni oʻta jiddiy munosabatidan tanlov ishtirokchisi boʻlgan yosh bolani qiziqishlari sinib, motivatsiyasi nolga teng boʻlib qoladi.
Aytmoqchi boʻlganim hissiyotni oʻz vaqtida yaʼni kelgan vaqtda koʻrsatish bu sogʻlom hissiyot hisoblanadi. Ichingizga yutib yuraversangiz bir kun toʻplanib tashqariga chiqishi, norozilikka olib keladi. Norozilik kayfiyati bilan koʻrsatilgan, ginali hissiyot esa nosogʻlom hissiyot hisoblanadi.
Hissiyotni o'z vaqtida ko'rsating!