May 13, 2022

MANIPULYATSIYA SIRLARI

Inson ongini manipulyatsiya qilish sanʼati shunchalik keng tarqalganki, biz uning qurboniga aylanayotganimizni hayolimizga ham keltirmaymiz. Manipulyatsiya qurboni boʻlmaslik shuningdek, oʻz mahoratingizni oshirish uchun siz manipulyatsiyaning bir nechta sirlarini bilishingiz kerak.
@Psixodiagnostika

Oddiy, mehribon, altruist va fidoyilikka qodir odamlar, koʻpincha manipulyatsiyaga berilishadi. Bu shaxsiy xususiyatlar albatta yaxshi, lekin ular odamni manipulyator oldida yanada zaif qiladi.

Manipulyatorlar inson qoʻrquvlaridan muvaffaqiyatli foydalanadilar, masalan, tashlab ketilish yoki yolgʻiz qolish qoʻrquvi. Ushbu nuqtalarni bosish orqali boshqalarning harakatlarini va hatto fikrlarini nazorat qilish juda oson boʻladi.

Manipulyatorlar ovozning odatiy ortishi yoki ohangning oʻzgarishi, tembr, ijtimoiy masofa, taktil munosabatlardan oqilona foydalanib odamlarning ishonchiga osongina erishadilar. Bundan tashqari manipulyatorlar nizoli vaziyatni juda yaxshi boshqarishni ham bilishadi. Misol uchun sizni janjaldan qoʻrqishingiz yoki qochishingizni bilgan manipulyator, atayin janjal uyushtirib ham sizni boshqarishi mumkin.

Manipulyatsiya «Yoʻq» deb ayta olmaydigan odamlarga nisbatan qoʻllanilganda kuchli samara beradi. «Yoʻq» deyishni biladigan odamlar ham manipulyator qurboni boʻlishi mumkin. Bunda sizning rad etishingiz («Yoʻq» deyishingiz) manipulyator foydasiga yurishi mumkin.

Aslini olganda har qanday odamni boshqarish mumkin. Faqat uni nozik tomonini, ya’ni unga mos tushadigan usulni topsangiz kifoya.

Yana bir gap manipulyatsiya qurboni bo’lmaslikni eng yaxshi usuli bu manipulyator bo’lish.

Xullas shunaqa gaplar.

Miyangizni charxlang!

®️ Psixologiya

Bizni ushbu kanal @Psixodiagnostika orqali kuzatib boring...