Ratsional fikrlash nima?
Ratsional fikrlashni aql va mantiqqa asoslangan fikrlash jarayoni deb taʼriflash mumkin. Ratsional fikrlaydigan odam faktik asosga eʼtibor beradi. U harakat qilishdan oldin vaziyatning ehtimoliy natijalarini tahlil qiladi. Hatto qiyin vaziyatda ham, ratsional fikrlaydigan odam, ayni paytdagi his-tuygʻulariga berilmay fikrlay oladi. U his-tuygʻularining quliga aylanmaydi. Ratsional fikrlashda, shaxs oʻzi uchun mavjud boʻlgan barcha maʼlumotlardan foydalanadi. Bu uning oʻtgan tajribalari, bilimlari va mavjud boʻlgan har qanday maʼlumot boʻlishi mumkin. Natijada eng yaxshi variantni tanlash, yoki muammoni yechimini topish imkoni paydo boʻladi.
Ratsional fikrlaydigan odam boshqalarga nisbatan koʻproq yashaydi, qarish jarayoni sekin kechadi. Sababi ular asab buzilishi sog'lik uchun xavfli ekanligini bilishadi. Shuning uchun ham ular har qanday vaziyatda aqlga tayanadilar.
Eng rivojlangan davlatlarda ratsional fikrlash muhim madaniyat sifatida qabul qilingan. Jamiyatning rivojlanganlik darajasini ham odamlarning fikrlashiga qarab bilish mumkin.
UK fuqarosi: “Farzandim rassomchilikka qiziqadi agar u shu yo’nalishni tanlasa buyuk rassom boʻlishi mumkin. Nima boʻlganda ham tanlov uni qoʻlida”.
UZB fuqarosi: “Bu bola gʻirt xayolparast boʻldi-da, yana rasm chizishga qiziqadi. Ertaga bu hunari bilan oila boqolarmidi. Yaxshisi farzandimni vrachlikka beraman”.
Savol: Ratsional fikrlash uchun nima qilish kerak?
Javob: Ratsional fikrlash kerak!