Love or obsession FINAL
Yn mehmonxonada o‘tirib, yassi qornini silardi – u ikki oylik homilador edi va Woo juda ham xursand, chunki endi uning ukasi yoki singlisi bo‘lardi.
Jimin:
— Yn, uzoq o‘tirma, istasang yotib dam ol.
Yn kulib:
— Joyi yo‘q, Jimin, bu mening birinchi homiladorligim emas, — dedi.
Shu orada, Jeon xonim va janob Jeon Avstraliyadan qaytishdi, chunki bugun Jungkook qamoqdan chiqishi kerak edi. Jungkook esa hech qanday xursandlik ham, qayg‘u ham his qilmayotgan, ich-ichidan bo‘shliqni sezardi.
Jungkook ularning oldida turganida onasi yig‘lab yubordi, uni quchoqlab, alamini chiqarib yig‘ladi. Jungkook ham onasini quchdi va ichidagi barcha dardini, sog‘inchini yig‘i bilan chiqarib yubordi. Otasiga qaradi – u ko‘z yoshlarini artayotgan edi. Jungkook uning oldiga bordi, qo‘llarini birlashtirib dedi:
— M…en kechirasiz, dada… Men sizning orzu qilgan farzandingiz bo‘la olmadim…
Otasi uni quchoqlab yig‘ladi. Odatda erkaklar his-tuyg‘ularini ko‘rsatmasalar ham, farzandi u qadar ojiz va ezilgan holatda turganida, ular ham chidab turolmaydi.
Janob Jeon:
— Jun…gkook, o‘g‘lim… — u hamon yig‘lar edi.
— Ketdik, — dedi Jeon xonim ularni ajratib, qo‘llaridan ushlab. Jungkookning qo‘lidan otasi tutdi va yangi uylariga ketishdi. Aslida, ular Koreyadagi eski qasrlarini sotib yuborishgan, chunki u joy ularga Jungkook va og‘ir o‘tmishni eslatardi.
Shu payt do‘stlari Jungkookni ko‘rgani kelishdi, chunki uning chiqib kelganini eshitishgan edi.
Taehyung:
— Jungkook, iltimos, o‘zingni yana azoblama. Sen qilgan gunohlaring uchun jazoni olding…
Jungkook ularga qaradi. Namjoon gap boshladi:
— Ha, Jungkook, sening depressiyangni, joniga qasd qilgan urinishlaringni hammasini bilamiz.
Suga:
— Jungkook, endi yangi hayot boshlagin va uni baxt bilan to‘ldirgin.
Jin:
— Ota-onangga kerak bo‘lib qolding, Jungkook. Ularga qaragin, endi ularni asrab, quvontirish vaqti keldi.
J-Hope keldi va uni quchoqladi, lekin hech narsa demadi.
Jungkook ularning gaplarini eshitib, yuragi eriy boshladi.
Ammo yuragi faqat bitta narsani xohlardi – Ynni ko‘rishni.
Ular o‘tirib tushlik qilishmoqchi bo‘lishgandi, shu payt mehmonxonadan yana bir ovoz keldi:
— Jungkook, meni ko‘rishni xohlamaysanmi?
Hamma ovoz kelgan tomonga qaradi. Jungkook yugurib borib, Jiminni mahkam quchoqladi. Ular ikkovlari ham yig‘lashdi. Ularning shu ahvolini ko‘rib, qolganlarning ham ko‘zlari yoshga to‘ldi.
— Hyu…ng, HYUNG… — Jungkook uni mahkam quchoqlab oldi.
Jimin uning yelkasini sekin urib:
— Jungk…ook, tinchlan… Ha, men sening hyungingman. Endi yig‘lama…
Jimin:
— Hammasini bilaman, Jungkook. Sening barcha ahvolingni, tafsilotlarni eshitdim. Shu xabarni eshitib, yoningga keldim.
Jungkook uni yana quchoqladi. So‘ng sekin, biroz ikkilanib so‘radi:
Jimin:
— U yaxshi, Jungkook. Biz besh yil oldin turmush qurdik. Endi bir o‘g‘limiz bor.
Jungkookning yuragi bir lahza bo‘lsa ham xursand bo‘ldi – nihoyat, Yn munosib baxt topgan edi.
Jungkook boshqa hech narsa so‘ramadi, chunki jimin uni hukm qilib qo‘yishidan cho‘chirdi – hali ham sobiq xotiniga nisbatan hislari bor deb o‘ylashidan qo‘rqdi.
Ular birga kechki ovqat qilib, suhbatlashishdi. Jungkook uzoq vaqtdan beri ilk marta o‘zini baxtli his qilardi.
Hamma ketishga tayyorlanayotgan edi, shu payt Jimin gap boshladi:
— Jungkook, sen mening o‘g‘limni va Ynni ko‘rishni xohlaysanmi?
Jungkook ko‘zlari yoshga to‘lib, unga qaradi va bir necha marta boshini qimirlatib, tasdiqladi. Hamma Jimin bilan faxrlanib ketdi.
Ular hammasi Parklar qarorgohiga yetib kelishdi. Kiraverishda turishgandi, shu payt avval Ynning ovozi eshitildi — Jungkookning yuragi shu zahoti tushib ketdi.
— YAAH, JOON WOO, BU YERGA KEL! AKS HOLDA SENING OTANGGA SHIKOYAT QILAMAN!
Jungkookning yuragi shiddat bilan ura boshladi, u ko‘z yoshlarini artdi. Keyin yana kichkina bir ovoz eshitildi:
— Y…o‘q… siz… Woo’ni ur…ishasiz…
Jungkook qaradi — ularning o‘g‘lini ko‘rdi va hali ham yig‘lardi.
— Yn… — dedi Jimin unga qarab.
Yn orqasiga o‘girilmadi, faqat gapirdi:
— Jimin, oldin bolangni tut, u… u…
Ynning so‘zlari tomog‘ida tiqilib qoldi, chunki u hammani ko‘rdi. Va JUNGKOOK… U uning oldida turardi. Yonida Jeon xonim va janob Jeon ham bor edi.
Jungkook charchagan, rangi oqarib, sog‘lom ko‘rinmayotgan edi.
Jimin Ynning qo‘lidan ushladi, ular hammalari yuzma-yuz turishdi.
Ynning qo‘llari soviy boshladi, u Jiminning qo‘lini mahkam siqdi. Jimin unga kulib qarab dedi:
— Jungkook, ona, ota, bolalar — iltimos, ichkariga kiringlar.
Xonadondagi xizmatkor (ahjumma) Woo’ni olib ketdi.
Yn asta-sekin orqaga chekindi — Jungkookni ko‘rganida qo‘rqib ketgan edi. Jimin uni mahkam quchdi, u qo‘rqishdan qochishini istamasdi.
— Yoo…nn… y…nn… — so‘zlar Jungkookning labidan chiqdi. Yn hushidan ketay dedi, lekin Jimin uni qo‘yib yubormadi.
— Yoo…nn… y…nn… — Jungkook yana takrorladi, ammo Yn i:
— Bu Park Yn! — dedi u Jiminning qo‘lidan chiqib ketib.
Jungkook unga yaqinlashib, birdan oyoqlariga yiqildi.
— Yn… men kechirasan deb umid qilaman… iltimos, meni kechir… Men yomon ishlar qildim… Bilaman, u narsalar kechirilmaydi, unutib ham bo‘lmaydi… Lekin iltimos, meni kechir… Men endi hech qachon hech kimga zarar bermayman… Hech qachon seni bezovta qilmayman… — Jungkook shunday deb, boshini uning oyoqlariga qo‘ydi. Uning ko‘z yoshlari Ynning oyoqlariga tomardi.
— Yn… iltimos, bu mahluqni kechir… Agar xohlasang, yana qamoqqa boraman… Lekin iltimos, kechir meni…
Yn janob Jeon va Jeon xonimga qaradi — ular ham yig‘lashardi.
Jungkook yana nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Yn uning yelkasiga qo‘l qo‘yib, uni asta turdi:
Yn:
— Jun…gkook… Men seni kechir…dim…
Jungkook unga ko‘zlari yoshga to‘lib qaradi va so‘radi:
Yn:
— Ha, Jungkook, to‘g‘ri eshitding. Men seni kechirdim. O‘zimni yig‘dim… Erim, o‘g‘lim, onam, otam va barchasi menga yordam berdi… Seni kechirishimga yordam berishdi. Jungkook, bilaman, sen u yerda (qamoqda) qanday ahvolga tushding…
Hamma unga hayrat bilan qaradi.
Yn:
— Ha… bir kuni Jimin seni otam bilan gaplashayotganini eshitib qoldim…
Yn:
— Bil…aman, sen qilmishing uchun allaqachon jazo olding… Endi men ham o‘zimni ozod qilishni istayman, Jungkook…
MEN SENI KECHIRDIM. SEN ENDI TINCH HAYOT KECHIRSANG BO‘LADI.
Jungkook qo‘llarini birlashtirib, yig‘lay boshladi.
Jeon xonim va janob Jeon ham o‘g‘illari nomidan kechirim so‘rashdi:
— Iltimos… siz ulug‘ kishi… — dedi ular.
Yn ularni quchoqladi va vaziyatni yumshatish uchun Jimin gap boshladi.
— Jungkook, kel, o‘tir, men o‘g‘limni chaqiraman.
— Woo! — deb chaqirdi Jimin, va Woo yugurib chiqdi.
Jimin uni ko‘tarib dedi:
— Woo, bolam, u ham mening akam, xuddi oldingi ammalaring kabi.
Woo so‘radi:
— U… ham… me…ning amakimmi?
— Ha, bolam, bor, uning oldiga bor.
Jungkook uni bag‘riga bosdi, go‘yo otasi bo‘lgandek, uning yuzidan o‘pib, kichkina qo‘llarini ushlab dedi:
Jungkook kulib uni quchoqladi.
Yn kofe tayyorladi va ular xursandchilik bilan ichishdi.
Yn dedi:
— Jungkook, sen bilan gaplashmoqchiman, lekin bu yerda emas.
U boshini qimirlatib tasdiqladi, va Yn uni bog‘ga olib chiqdi.
U unga diqqat bilan qarab turardi.
Yn:
— Jungkook, men seni kechirdim va o‘tmishdagi barcha xotiralarni unutmoqchiman. Shuning uchun mendan uyalib yurishingning hojati yo‘q.
Sen… mening do‘stim bo‘lishni istaysanmi?
— Ha, Jungkook, do‘stim bo‘lasanmi?
Jungkook bir necha marta boshini qimirlatib:
— Men seni hech qachon ranjitmayman, Yn. Men eng yaxshi do‘sting bo‘laman va seni qo‘llab-quvvatlayman, har doim himoya qilaman… — dedi.
U Ynni quchoqladi, lekin darhol orqaga chekindi:
Yn:
— Biz do‘stmiz, Jungkook, hech narsa bo‘lmadi. Umid qilamanki, bu safar sen hech qachon yomon ish qilmaysan. Va, Jungkook… janob va xonim Jeon seni juda yaxshi ko‘rishadi. Ularga qaragin — endi ularni asrab-avaylash, g‘amxo‘rlik qilish sening zimmaingda. Iltimos, yaxshi odam bo‘l va o‘tmishni ortda qoldir.
Ular bir-birlarini quchoqlashdi va yana mehmonxonaga qaytishdi.
Jimin:
— Aslida, onam bilan otam ish yuzasidan chet elga ketishgan… — dedi Jeon xonimga qarab.
Jungkook ularning orasida turib:
— Ona, ota… Men yaxshi farzand bo‘lishni, sizlarga g‘amxo‘rlik qilishni xohlayman. Yn menga ko‘p narsani tushuntirib berdi — men hali ko‘p ishlashim, mas’uliyatli inson bo‘lishim kerakligini angladim. Va’da beraman, bu safar sizlarni sharmanda qilmayman. Menga o‘zimni isbotlash imkoniyatini berasizmi? — dedi.
Janob va xonim Jeon uni quchoqlab, duo qilishdi.
Olti oy o‘tdi. Endi Yn sakkiz oylik homilador edi. Jungkook esa muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lib, haqiqatan ham yaxshi inson bo‘ldi. U tez-tez Ynning uyiga borib, Woo uchun va tug‘ilajak qizcha uchun ko‘plab o‘yinchoqlar olib kelardi. Ha, Yn qiz kutayotgandi.
Ba’zida Jimin chet elga chiqib ketganida, Jungkook Ynning holidan xabar olar, unga yordam berar, shifokorga ham birga borardi
Yana bir oy o‘tdi. Yn qizaloqni dunyoga keltirdi. Hammasi shifoxonada edi. Jimin yig‘lardi — uning oilasi to‘liq bo‘lgandi.
Jungkook qizchani bag‘riga oldi. Jimin dedi:
— Jungkook, qizimizga sen ism qo‘y.
Jungkook ularga qaradi, Yn ham boshini qimirlatdi.
— Men uni “Park Sovin” deb atayman.
Shu payt Jo kelib, kichkintoyni ko‘rgani kirdi.
Hammalari kulishdi va shu lahzani yashashdi.
Yn balkonga chiqib turardi, Jimin orqasidan borib uni quchoqladi.
— Rahmat, Jimin… rahmat senga… Hayotimni o‘zgartirding, menga yordam berding. Hammaning ham senga o‘xshagan eri va do‘sti bo‘lmaydi. Sen qilgan ishlarni hech kim boshqa hech kim uchun qilmaydi. Rahmat senga, Jimin… Men seni sevaman.
— Men seni undan ham ko‘proq sevaman, Yn. Va bizning kichkintoylarimizni ham.
Bir yil vaqt o‘tdi. Endi hamma o‘z hayotini davom ettirar, Park Sovin ham ulg‘ayib borar edi. Jungkook esa ish bilan band bo‘lsa ham, tez-tez Jimin va Ynning uyiga borib turardi. U hali ham oilani ko‘rib, ichida issiq bir sog‘inch va bo‘shliq sezardi. Ammo endi bu bo‘shliq uni og‘ritmas, shunchaki o‘zining baxtli bo‘lishga ham haqli ekanini eslatardi.
Bir kuni Jungkook ishdan qaytayotganda, do‘kon oldida kitoblarni tartiblayotgan qizga ko‘zi tushdi. Qiz uning qarashidan uyalmay, samimiy jilmaydi.
— Assalomu alaykum, yordam bera olaymi? — dedi qiz, kitoblarni ko‘rsatib.
Jungkook uning ko‘zlariga qaradi: unda qandaydir sokinlik va beg‘ubor mehr bor edi. Bir lahza o‘zini g‘alati his qildi. Yuragi tez ura boshladi.
— Ha… men… shunchaki qarab turgandim… — dedi Jungkook biroz taraddud bilan.
— Men Sunhee. Shu do‘konda ishlayman. Istasangiz, biror kitob tavsiya qilaman.
Jungkook sekin qo‘lini uzatdi:
— Men… Jungkook. Yaxshi bo‘lardi… — dedi va uning qo‘lini siqdi. Shu oddiy tanishuv ichida nimadir o‘zgacha yaqinlik bor edi.
Ular bir necha daqiqa gaplashib turishdi. Sunhee juda samimiy va oqko‘ngil qiz edi. Jungkook ilk bor ko‘rgan odamga shunchalik isinishidan hayron qoldi. Ketayotib, orqasiga qaytib qaradi — Sunhee hali ham unga qarab jilmayib turardi.
U kechasi uyga qaytgach, o‘zidan so‘radi: “Nahotki, men yana kimnidir qalbimga yaqin qo‘ya olsam?”
Oradan haftalar o‘tdi. Jungkook va Sunhee tez-tez ko‘rishib, suhbat qurishardi. Bir kun Sunhee unga shunday dedi:
— Bilasizmi, Jungkook, inson qanchalik og‘ir dard ko‘rmasin, yana baxtli bo‘lishga loyiq. Siz ham…
Jungkook o‘sha payt yuragidagi eski alamlar qayergadir yo‘qolib ketayotganini his qildi. Shu so‘zlardan keyin u bilardi: endi uning hayotida ham yangi sahifa ochilmoqda.
Va nihoyat, Jungkook ham baxtli bo‘lishga jur’at topdi. U Sunhee bilan ko‘proq vaqt o‘tkaza boshladi, va bir kuni unga sekin dedi:
— Sunhee… men seni ko‘rganimdan beri hayotim o‘zgardi. Men… seni sevib qoldim.
Shu paytdan boshlab Jungkook ham nihoyat chinakam baxtli bo‘lishni boshladi. U faqat o‘zining emas, Sunhee bilan bo‘lishadigan kelajakni ham ko‘rardi. Va bu safar u yaxshi inson bo‘lishni va sevgini qadrlashni bilardi.
Mana bu ffni ham tugatib oldik. Menda juda ko‘p gaplar bor edi lekin hozir 90 foizi esimdan chiqib ketdi.
Balki sizlar kutgandingiz Jungkook bilan bo‘lishini lekin Yn Jiminga mos edi. Jungkook shuncha qilgan ishlarini bir deganda unutib bo‘lmas edi. Va Yn ham uni kechirishiga ancha vaqt ketdi lekin kechirdi. Va ular do‘st bo‘lib qolishdi. Yn Jimin bilan juda baxtli. Jungkook ham o‘ziga mos qizni uchratdi.
Va yana shuni aytishim mumkinki bu fanfikni men umuman o‘zgartirmadim.
Ayniqsa yakunini. Qanday boplsa shunday tarjima qildim.
Yn Jimin bilan bo‘lishini bu ffni avtori xoxlagan va shunaqa qilgan. Bu qilgan ishidan men ham juda xursandman.
Shu bilan bizning fanfik yakuniga yetdi.