August 6, 2025

Love or obsession 17-qism

SEVGI YOKI OBSESSIYA
17-QISM: AFSUS

Jimin YNni quchog‘iga oldi, Namjoon uni ergashtirdi. Jungkook esa hayratdan qotib qolgan holda yolg‘iz turardi.

Jimin: "YN... iltimos, ko‘zlaringni yummagin."
YN uning gaplarini eshityapti, lekin javob bera olmayapti.

Ular kasalxonaga yetib borishdi. YNni ichkariga olib kirishdi va shifokorlar darhol ishga tushishdi.
Jimin yig‘lab turardi: "H-hyung… u… u…"
Namjoon: "Jimin, tinchlan. U yaxshi bo‘ladi."
Namjoon uni quchoqlab, yelkalarini qoqdi. Shu payt telefon jiringladi. Jin ularga Joonni ham kasalxonaga olib kelayotganini aytdi. Namjoon uni shu kasalxonaga olib kelishlarini buyurdi.

Birozdan keyin Jin Joonni bag‘rida ko‘tarib keldi. Shifokorlar uni ham ichkariga olib kirishdi.
Jin: "YN qanday? U yaxshi emasmi? Jungkook unga nimadir qildimi?"
Jimin Jin'ni quchdi va yig‘ladi. Jin biror yomon narsa bo‘lganini tushundi va uni tinchlantirdi.

Keyin Joonning xonasidan hamshira chiqdi:
Hamshira: "Janoblar, biz Joonni bugun operatsiya qilishimiz kerak. Ertaga kutib bo‘lmaydi."
Hammalari rozi bo‘lishdi va eng yaxshisini umid qilishdi.

Hali ham YN ichkarida edi. Shu payt kimdir tiz cho‘kkancha, qo‘llarini birlashtirib turganini ko‘rishdi.
Jungkook: "Hy…ung…"
Ular ortga qarashdi. Jimin darhol Jungkookga tashlandi, uning ko‘kragiga minib olib urishni boshladi. Jungkook esa qarshilik ko‘rsatmay, faqat afsusda yig‘lardi.

Kasalxona xodimlari Jiminni tortib olishdi, Jungkook esa qonay boshlagan edi.
Jimin: "SEN PASTKASH! KO‘ZIMGA KO‘RINMA VA YNGA YAQINLASHMA, AKS HOLDA SENI O‘LDIRISHDAN TORTINMAYMAN!"

Jungkook yerga qarab turardi. YNning xonasidan shifokor chiqdi:
Shifokor: "U hozircha hushsiz, lekin tirik. Uning tanasi juda zaif. Shaxsiy joylari shafqatsizlarcha zo‘rlangandek. Tanasida qamchilangan izlar, tizzasi va qo‘llari jarohatlangan. Tanada jarohatlanmagan joy qolmagan. Tuzalishiga vaqt kerak."

Hammalari hayratdan qotib qolishdi. Jungkook yerga yiqilib, yig‘ladi. Jimin yana unga tashlandi va urdi.
Shifokor Jungkookni tekshirarkan: "U stressdan hushini yo‘qotgan."

Jungkook hech qayerga ketmadi. U Namjoonning oldiga bordi:
Jungkook (zo‘rg‘a gapirib): "Hyung… iltimos…"
Uning tomog‘i og‘rigani uchun gapira olmayapti. Namjoon g‘azab bilan uning qo‘lidan ushlab, kasalxona orqasiga olib bordi. Unga musht tushirdi:
Namjoon: "Jungkook, endi yana nima xohlaysan?!"

Jungkook esa faqat yig‘lardi.

"Hyu…ng, kech…iring meni… iltimos…"
"HECH QACHON!" – Jiminning ovozi yangradi. U yugurib keldi va qichqirdi:
"BIZ SENI HECH QACHON KECHIRMAYMIZ, JUNGKOOK!"

Jungkook: "Hyu…ng… bu faqat… xato edi…"
"Xato deysanmi? Seningcha bu oddiy xatomi? Yo‘q, Jungkook! Sen bir begunoh qalbni sindirding. Agar sen uning o‘rnida bo‘lganingda, allaqachon o‘lib ketarding."

"Nima…?"
"Ha, Jeon Jungkook, bu haqiqat! U jim bo‘lib yurgani faqat ukasi uchun edi."

"U…kasi?"
"Ha, uning kichik ukasi bor. U saraton kasalligiga chalingan. U hamma narsani shuning uchun qilardi. Kunduzi bar, kechasi kafe, keyin esa mening uyimda ishlardi."

Jungkook hayratda unga qaradi.

"To‘g‘ri eshitding. U mening uyimda xizmatkor bo‘lib ishlardi. Sen esa unga 'fahsha' tamg‘asini yopishtirish bilan band eding. Kafedagi xo‘jayini uni haqorat qildi, men ham u videodan keyin uni uyimdan haydadim. Lekin u faqat ukasi uchun yashashga urinardi, chunki u o‘la olmasdi. O‘sha pokiza qiz hech qachon o‘ziga yangi kiyim olmay, pulini ukasining davolanishi uchun yig‘ardi. U eski kiyimlarimizni tashqaridagi savatdan olib, ukasiga kiygizardi. Ukasi esa shuncha quvongan…

Jungkook, sen hech qachon uni tushunishga harakat ham qilmading. O‘sha kuni Niya va uning do‘stlari YNni do‘pposlashdi, uning qovurgalari sindi. U va ukasi ko‘chada qolishdi. Hatto bir tomchi suv beradigan ham yo‘q edi. Ukasi uni ko‘tarib yurar, suv so‘rardi, u esa ko‘chada jonizsiz yotar edi. Agar men o‘sha payt bormaganimda, balki u bugun tirik bo‘lmasdi.

Lekin sen uni jonli o‘lik qilding. U pokiza edi. Lekin SEN UNI ZO‘RLADING. HA, JEON JUNGKOOK BEGUNOH QIZNI ZO‘RLADI, U QIZ ALLAQACHON TURLI AZOBLARDAN O‘TIB YURGAN EDI!"

Jungkook hammasini eshitib qotib qoldi.

Jungkook: "Men… men juda… afsusdaman… O‘zimni to‘xtata olmadim… O‘sha suratlarini ko‘rganimda… Men uni… SEVAR EDIM, HYUNG."

Jimin uni mushtladi va so‘radi:
"QAERDA EDI BU SEVGI? SEN UNI BUTUN MAKTAB OLDIDA URGANINGDA QAERDA EDI BU SEVGI? U SENGA YALINIB, SEN KAMAR BILAN URGANINGDA QAERDA EDI BU SEVGI? UNI O‘RMON UYINGDA MAJBURLAMOQCHI BO‘LGANINGDA QAERDA EDI BU SEVGI?"

Jungkook hayrat bilan unga qaradi:
"Qanday qilib bilasan…?"

Jimin gapirdi:
"JUNGKOOK, HAYRON BO‘LMA. HAMMASINI BILAMAN. SEN ENG ISHONGAN ODAMING MENGA HAMMASINI AYTDI. QANDAY QILIB UNI KAMAR BILAN URGANINGNI, QANDAY QILIB U YALANG‘OCH HOLDA YOTGANDA UNI MAJBURLAGANINGNI."

Jungkook uyatidan yerga qaradi. Namjoon gap boshladi:
"Men seni allaqachon ogohlantirgandim, Jungkook. Lekin sen yovvoyidek ish tutding. Eslaysanmi, u sening oyog‘ingdan ushlab, uni urmaslikka, kamsitmaslikka yolvorgan edi? Sen va Niya juda yomon ish qildinglar. Men seni hech qachon kechirmayman."

Jimin va Namjoon ketishdi. Jungkook esa yolg‘iz qolib, yig‘lardi. So‘ng telefonini olib:
"UNI… O‘SHA NIYA HAROMINI PODVALIMGA OLIB KELING." – dedi.

Jungkook qilgan barcha yomon ishlarini eslab, yana qattiqroq yig‘ladi. YNning yig‘isi, yalvorishi ko‘z oldiga kelaverardi.

Orada Joonning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi, u endi dam olayotgan edi…

YN ham hushiga keldi. Jimin eshikni ochdi va YN unga qaradi-da, yig‘lab yubordi. Uning butun tanasi simlarga ulangan, shaxsiy a’zolari katta oq quti bilan yopilgan, oyoqlari ikki tomonga yoyilgan edi.

Jimin yoniga bordi, lekin YN boshini qattiq chayqab, og‘ir nafas ola boshladi. Jimin tezda shifokorni chaqirdi.

Shifokor: "Iltimos, tashqariga chiqing. Hamshira, tinchlantiruvchi ukol keltiring, u vahima xurujiga uchradi."

Jimin yig‘lab tashqariga chiqdi va hammasini boshqalarga aytib berdi. Taehyung va Yoongi ham keldi.

Jimin Taehyungni ko‘rib, uni mushtladi va qichqirdi:
"SEN EDIING YNni O‘G‘IRLAB JUNGKOOKKA BERGAN! SEN EDIING U QICHQIRIB YALINAYOTGANDA, TASHQARIDA TIK TURIB TOMOSHA QILGAN!"


Jimin uni ura boshladi, keyin qolganlar ularni ajratishdi. Yoongi ham shu yerda edi. U Taehyungga qaradi, Taehyung esa yerga tikildi. Yoongi Taehyungning yoqasidan ushlab, so‘radi:
"BU HAQIQATMI?"
Taehyung: "H…hyu…ng…"
Yoongi: "SENDA QO‘RQMA, MEN SO‘RAYAPMAN, BU HAQIQATMI, SEN UNI O‘G‘IRLADINGMI?"**
"H…ha…"

Yoongi qattiq musht tushirdi va Taehyung yiqilib tushdi. Keyin Yoongi qichqirdi:
"Men ham Jungkookning tarafida edim, lekin hech qachon hech qaysi qizni tahqirlab qo‘ymaganman. SEN BO‘LSANG UNI O‘G‘IRLADING, SHUNING UCHUN JUNGKOOK UNI MAJBURLASIN DEB!"

Taehyung butun kasalxona oldida Yoongining oyog‘iga tiz cho‘kdi:
"M…en… jud…a af…susdaman… YNdan ham… kechirim so‘rayman… iltimos, kechiring meni… iltimos…"

Taehyung chindan ham rosa yig‘lardi. Shu payt shifokor chiqdi:
"Aslida, u jismonan yaxshi, lekin ruhiy holati og‘ir. Uni nimadir qiynayapti. Bir necha daqiqa oldin vahima xurujiga uchradi. Ko‘rinib turibdi, kimdir uni majbur qilgan. U erkaklar tegishidan qo‘rqadi. Ruhiy sog‘ligi jismoniy jarohatlaridan ham yomon. U ovqatini ham to‘g‘ri yemagan, depressiyaga tushgan."

Shu gapni aytib, shifokor ketdi.

Jimin birdan baqirdi:
"ESHDINGLARMI U NIMA DEDI?!"

Ikki kun bo‘libdi, YN kasalxonada yotganiga. Bugun Joon kasalxonadan chiqadi, u opasini so‘rayverdi. Jimin uni biroz tinchlantirdi.

Hozir hamshira YNning kiyimlarini almashtirardi, Jimin qahva olish uchun chiqib ketdi. Shu payt kimdir eshikni ochib, ichkariga kirdi.
Hamshira: "Janob, siz kimsiz, tashqarida kuting!"

Ammo u odam (Jungkook) hamshirani e’tiborsiz qildi va yurishda davom etdi. U YNning to‘shagi oldida to‘xtadi. YNning ko‘zlari yumuq edi. Jungkook bilardi, uni hech kim ichkariga kiritmaydi. Shuning uchun hamshiraga qurolini ko‘rsatdi va u ham tushundi – u shu yerda qolmoqchi. Lekin YNni qo‘rqitmaslik uchun Jungkook pardalar ortiga yashirindi.

Hamshira YNning ustki kiyimlarini yechdi, YN og‘riqdan irg‘ib qo‘ydi. Jungkook uning yuzidagi ifodalarni kuzatdi. U YNning yalang‘och ustki badanini ko‘rib qotib qoldi: ko‘kraklari, bo‘yni va butun badani eski-yangi yaralar bilan to‘la, qizarib ketgan edi. Jungkookning ko‘zlaridan yosh chiqib, pichirladi:
"Men… jud…a af…susdaman…"

Hamshira unga malham surib, keyin pastki qismga tushdi. Hamshira uni pastdan davolay boshlaganda, YN yig‘lab yubordi. Shu payt xotirasiga hammasi qaytib keldi va qichqirib yubordi:
"Janob… iltimos… qilmang… Janob… o‘sha suratlardagi men emasdim… iltimos… qo‘yib yuboring…"

Jungkook ko‘z yoshini to‘xtata olmadi, YNning undan qanchalik qo‘rqayotganini ko‘rib. Hamshira uni tinchlantirdi va davolashni davom ettirdi.

Jungkook YN uni ko‘rmasidan oldin chiqib ketdi. U orqasini o‘girayotgan edi, shu payt kimdir yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Jungkook orqasiga qarab, hayratdan qotib qoldi – Jimin edi.

"BU YERDA NIMA QILAYAPSAN?"

Jungkook asabiylashdi:
"H…hyung, men faqat…"

"Qara, Jungkook, men seni gapingga vaqt sarflamayman. Sen istagan narsangga erishding…"

Jungkook tushunmay qaradi.

"Ha, Jungkook, sen istaganing shu edi – faqat u bilan… yotish… SEN UNI ZO‘RLADING!"

Jungkook Jiminning gaplarini eshitib, yana ko‘proq yig‘ladi. Hech nima demadi va chiqib ketdi.

Shundan keyin Jungkook podvaliga bordi. U yerda Niya stulga bog‘langan edi. Jungkook uning boshiga bir chelak sovuq suv to‘kib yubordi va qichqirdi:
"NEGA BU ISHLARNI QILDING, HAROMI?! NEGA?!"

Niya beparvo kuldi va shunday dedi:
"CHUNKI SEN FAQAT MENINGSAN! O‘SHA BECHORA ARZIMAGAN QIZ SENI MENDAN O‘G‘IRLAMOQCHI BO‘LDI, SHUNING UCHUN UNI YO‘LDAN OLISHGA QAROR QILDIM."

Niya bu so‘zlarni aytgan zahoti, Jungkook qarsillatib stolni ag‘darib yubordi. Ko‘zlari qon qotganidek qizargan, yuragi urayotgani eshitilib turgandek edi. U asta, lekin dahshatli sokinlik bilan kamarini yechdi. Bu sokinlik – bo‘ron oldidan turgan sukunat edi.

— SEN… — dedi u xirillagan, ammo portlashga tayyor tovushda, — SEN ONUQATDAY QIZGA QO‘L KO‘TARDINGMI?..

Niya hech nima demadi. Faqat o‘zini oqlashga harakat qildi:

— Men faqat seni o‘zimga saqlamoqchi edim…

Biroq bu so‘zlar Jungkookning qahrini kuchaytirdi. U qichqirib, kamar bilan Niyani shunday kuchli urdiki, ayol devorga urilib ketdi. Sochidan tortib, yerga sudradi. Har bir urish – go‘yo YNning ko‘z yoshlari edi. Har bir zarba – o‘sha video, o‘sha sukunat, o‘sha qiynoqlar.

— BU SENING ISHQINGMI?! — deb baqirdi u. — SENI YO‘Q QILAMAN! BUGUN YAXSHILIKNI QANDAY BUZISH MUMKINLIGINI DUNYOGA KO‘RSATDING!

U to‘xtamasdan kamarni Niyaning yuziga, yelkasiga, qorniga, hatto beliga otardi. Niya endi na baqirishga, na harakat qilishga qodir edi – u faqat chinqirib, bir joyga yig‘ilib qolgan edi. Ammo Jungkook hali to‘xtamagan edi. U kamarni chetga uloqtirib, endi ustiga minib, musht bilan yuziga zarbalar bera boshladi.

— U O‘ZINI FAHSHGA AYLANTIRMAGAN! U SENGA ROZI HAM BO‘LMAGAN! U FAQAT UKASI UCHUN YASHAGAN!

Niya hushini yo‘qotishga yaqin edi. Ammo shu payt — Namjoon yugurib kirdi. Yana bir urishga harakat qildi. Nihoyat, Namjoon unga qichqirdi: Shu payt Namjoon kelib, uning qo‘lidagi kamarni ushlab to‘xtatdi:
"SEN UNI GUNOHI UCHUN O‘LDIRMOQCHISANMI? XO‘P, SENING GUNOHINGCHI? SEN HAM GUNOHKORSAN! SENING JAZOING NIMA BO‘LADI?"

Jungkook kamarni tushirib yubordi. Namjoon unga tikildi. Jungkook gapira boshladi:
"Hy…ung… men ham jazoga rozi bo‘laman, qanday bo‘lishidan qat’i nazar… YN bergan jazoni qabul qilaman… lekin oldin bu HAROMINI tinch qo‘ymayman."

Niya og‘ir nafas olib gapirdi:
"Sen mening hamma gunohlarimni bilasanmi? Bilmasang, sirni ochay. O‘sha videoda YN kimning oldida… og‘ziga olgan bo‘lsa, u ham mening odamim edi. Men uni majburladim, faqat ukasi uchun. Sen bilasanmi, u nimani desam qilardi. O‘sha suratlarmi – hammasi fotoshop edi! Lekin u bir og‘iz ham gapirmadi, chunki qo‘limda edi. Men uni shafqatsizlarcha urganman… lekin o‘sha bechora hali ham tirik."

"Lekin qancha vaqtgacha? Bilasanmi, Jungkook? Men uning yoniga borganimda, ko‘rdim: u qizning oddiy uyi ham yo‘q. Uch-to‘rt joyda ishlaydi, nafas oladi, faqat ukasi uchun. Agar men undan haqiqatdan ham 'fahsha' bo‘lishini so‘raganimda, bilaman – u rozilik bergan bo‘lardi…"

Jungkook buni eshitib chiday olmadi va uning o‘ng oyog‘iga o‘q uzdi. Niya qichqirib yubordi. Jungkook yana o‘sha joyga o‘q uzdi va u hushidan ketdi.

Namjoon hammasini eshitdi va qattiq nafrat bilan dedi:
"JUNGKOOK, U GUNOHKOR BO‘LSA HAM, SEN HAM GUNOHKOR VA YIRTQICHSAN."

Jungkook unga qaradi:
"Hy…ung… men… vada beraman, hammasini to‘g‘rilayman va YNni asrayman. Hech kim uni endi urmaydi."

"SENING YNingmi? Jeon Jungkook, sen haqiqatan ham o‘ylaysanmi, u seni qabul qiladi? UNUTMA – SEN UNI HATTO ERKAKLARDAN QO‘RQADIGAN QILDING!"

Shu gapni aytib, Namjoon chiqib ketdi. Jungkook yerga cho‘kib tushdi va telefonini olib, odamlarga buyurdi:
"YNning uy manzilini toping."


Kech tushgan edi. Jimin eshikning ortidan oynadan YNni kuzatardi. YN sekin sho‘rva ichardi, lablari ham yorilgan edi.
Hamshira chiqib ketgach, Jimin ichkariga kirdi. YN uni ko‘rib, yerga qaradi. Jimin sekin gap boshladi:
"YN… Joonning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi u saraton bemori emas."

Jiminning gaplari YNni ko‘zlariga qarashga majbur qildi va ko‘zlaridan yosh sizib tushdi. Jimin yaxshi bilardi: YN ukasini hammasidan ko‘proq sevardi. Shuning uchun uni gapirtirishning yo‘lini shu tarzda topdi.

"Ha, YN… Sening mehnatingning samarasidir bu hammasi."

YN yig‘lashga tushdi. Jimin ehtiyotkorlik bilan uning yoniga bordi. U qo‘rqayotgan edi, shuning uchun Jimin uni quchoqlash o‘rniga faqat boshini siladi. Bu mehr unga ozgina tinchlik berdi. Keyin Jimin o‘tirib so‘radi:
"Uni ko‘rishni xohlaysanmi?"

YN unga qarab bosh irg‘adi.
"Xo‘p, ertalab olib kelaman. Endi uxlashga harakat qil. Yaxshi tun. Va xavotir olma, u mutlaqo sog‘lom."

Shu payt Jungkook ularning gaplarini eshitib, ko‘z yoshlarini artib ketdi.


Ertalab bo‘ldi. Jimin Joonni olib, YNning oldiga bordi. YN ham hushyor edi, chunki ukasini ko‘rishni juda istardi. Jungkook ularning gapini eshitib, devor ortida yashiringan edi.
Joon YNning oldiga bordi va uni quchoqlab oldi. Ikkalasi ham yig‘lab yubordi.

Jungkook va Jimin ko‘rib turishardi: YN ukasini qanday mehr bilan quchoqlaganini. Erkaklarga bo‘lgan qo‘rquviga qaramay, ukasini mehr bilan o‘z bag‘riga oldi, xuddi ona bolasini quchoqlagandek.
YN ukasining peshonasidan o‘pdi va sekin so‘radi:
"S…en q…anday? Q…alay…san?"

Joon uni quchoqlashni qo‘ymay javob berdi:
"Men yaxshiman, noona. Hyung aytdi – endi men mutlaqo sog‘lomman. Endi biz baxtli yashaymiz. Men ham ishlayman, shunda sen ko‘chada ovqat uchun qiynalmaysan.":

Uchovlon yig‘lashardi – Joon, YN va Jimin. Ular bilmas ediki, yana bir kishi ham chetda yig‘layotgan va o‘z joniga qasd qilishni o‘ylayotgan edi. Ha, bu – Jungkook. Joonning gaplari uning yuragini teshib o‘tdi. U ularning qanchalik qiynalganini endi anglay boshlagan edi.

Shu payt Jin chiqib, telefonda gapirdi:
"O‘sha videodagi erkakni topdinglarmi?"

17-qism tugadi

Translated by Aria

Xato kamchiliklar bòlsa uzr