August 8, 2025

Emergency wife 4-qism

To‘y marosimi uchun mo‘ljallangan katta zal oq zambaklar va oltin pardalar bilan bezatilgan, yumshoq yoritish esa butun hashamatli makonga iliqlik baxsh etardi. Fotografchilar atrofda yurib, nafis bezaklar va yig‘ilgan mehmonlarning suratlarini olayotgandi. Xonani asta-sekin suhbatlar shivirlashi to‘ldirib turgan, ba'zida esa kameraning chaqnashi eshitilardi.

Park familiyasining nomi katta obro‘ga ega bo‘lib, zalda biznes, ommaviy axborot vositalari va siyosat olamining taniqli insonlari jam bo‘lishgandi. Bu quvonchli kun bo‘lishi kerak edi, biroq havoda aytilmagan zo‘raki taranglik sezilib turardi.

Jimin qurbongoh yaqinida, oltin bezakli qora kostyumda turardi – keng yelkasi va o‘tkir jag‘ suyaklari uni go‘yo mukammallik namunasi qilgandek edi. Biroq yuzi – mutlaqo hissiz, sovuq beparvolik bilan to‘lib turgandi. Bu holat, hatto eng yaqin insonlarini ham hayratga solardi.

Yonida turgan Jin esa yoqasini tuzatib, xavotir bilan Jimin tomonga qarab-qarab qo‘yardi. U ukasining tinch yuzasi ortida bo‘ron to‘planayotganini sezardi.

Jin:
— Tayyormisan, Jimin? — sekin so‘radi.

Jimin unga qaramadi. Nigohi zaldagi katta yog‘och eshiklarga qadalgan, Arianing kirib kelishini kutardi.

— Tayyor bo‘lishim ahamiyatlimi, hyung? Tayyor bo‘lsam ham, bo‘lmasam ham, bu baribir bo‘ladi, — ovozida hayot yo‘q edi, faqat sovuqlik.

Jin yelkasiga qo‘lini qo‘yib, xotirjamlik bilan dedi:

— Esingda bo‘lsin, biz buni nima uchun qilayapmiz. Bu Appa, kompaniya uchun.

Jimin boshini ozgina qimirlatdi, ammo hech narsa demadi.


Bu orada, kelinning xonasida…

Aria oynaga qarab o‘tirardi, yuragi tez urardi. Soch turmaklovchi oxirgi silliq soch qisqichini taqib bo‘lgandi, orqasidan esa nozik dantelli duvlar pastga oqib tushardi. Jin tanlab bergan ko‘ylak ajoyib edi — oppoq, nafis naqshlar bilan bezatilgan, unga juda mos tushgan edi.

U o‘z aksiga tikilib turar, oynadagi qiyofa bilan ichidagi qizni birlashtira olmasdi. Bu — uning orzu qilgan to‘yi emasdi. U oddiy hayot, zaharli ota-onasidan uzoqda, oddiy ish, chin muhabbat va kichik baxtli oila orzu qilgandi. Endi esa, bular uzoq orzu kabi tuyulardi.

Eshikka taqillatish ovozi xayolini bo‘ldi. Javob berishga ulgurmadi, eshik sal ochilib, ichkariga muloyim chehrali, jozibador ayol kirib keldi. Uning yonida esa qo‘lidan mahkam ushlab olgan, uyatchan ko‘zlari bilan qizi ko‘rinib turardi.

— Salom, — ayol mehr bilan jilmaydi. — Men Yoona, Jinning rafiqasiman. Bu esa, — qizchaga ishora qildi, — qizimiz Ji-Yoon.

Aria o‘rnidan turdi, kutilmagan mehmonlardan biroz hayratda. — Oh, salom! Men… Ariaman, — dedi u xijolat bilan. Keyin esa Ji-Yoonga tabassum qildi. Qizcha esa ko‘ylakka qiziqib qarab turardi.

Ji-Yoonning ko‘zlari chaqnadi:
— Siz malika kabi ko‘rinyapsiz! — dedi u quvonch bilan.

Aria kulib, qizchaning balandligiga egildi.
— Sen esa peri qizchadeksan bu libosda. To‘yda yordam beryapsanmi?

Ji-Yoon boshini tez-tez qimirlatdi:
— Men gullarni tarqataman! Onam aytdi — men eng muhim yordamchimishman!

Yoona kulib, yaqinroq keldi.
— Faqat kirib, salomlashmoqchi edik. Jin siz haqingizda gapirgan edi.

Aria qiziqib boshini egdi.
— Rostmi?

— Hammasi yaxshi so‘zlar, — dedi Yoona ishonch bilan. — U sizning matonatingizni qadrlaydi.

Arianing tabassumi ozgina pasaydi, Yoona esa buni payqadi.

— Ko‘p o‘ylamang, — dedi u yumshoq ohangda. — Jimin yaxshi inson. U bilan siz albatta yaxshi bo‘lasiz. Ikkalangiz ham kutilmagan holatlardan o‘tdingiz. Balki sizlar bir-biringizning taqdiringizdirlar.

Bu so‘zlar Arianing yuragini siqib yubordi. Taqdir? U kulimsiradi. Bu faqat shartnoma asosidagi nikoh-ku, boshqa hech narsa emas. Ammo buni aytolmasdi — bu sir edi, faqat Jimin, Jin va u bilardi.

Bu paytda Ji-Yoon onasining yelkasini tortdi va shirali ovozda dedi:
— Onajon, men biroz bu unnie bilan o‘ynasam bo‘ladimi? — dedi u Ariani ko‘rsatib.

Yoona jilmaydi:
— Qizalog‘im, biz uni ko‘p ushlab qolmaylik. To‘y hozir boshlanadi. — So‘ngra Ariaga qaradi. — Ammo keyinroq yana gaplashamiz degan umiddaman.

Aria bosh irg‘ab, kutilmagan iliqlikni his etdi.
— Juda xursand bo‘lardim.

— Nikoh? U endi Jimin tog‘aning malikasi bo‘ladimi? — deb so‘radi Ji-Yoon bexabar tarzda, bu esa Arianing yuragini yana tezlashtirdi.

Yoona:
— Ha, mening kichkintoyim. Keling, ketdik.


Zalda esa…

Odamlar orasidagi shivir-shivir to‘xtadi, katta eshiklar ochildi. Eshikda esa Aria paydo bo‘ldi. Uning borligi hammani o‘ziga qaratdi. Mehmonlar orasida hayratli “uhh” degan ovozlar yangradi — go‘zalligi sehrli edi.

Jimin unga qaradi, sovuq ifodasi bir lahzaga yorildi. U Arianing bu qadar go‘zal bo‘lishini kutmagandi. Ammo o‘zini tezda qo‘lga oldi, yuzida yana sovuqqonlik paydo bo‘ldi.


Aria xavotir bilan atrofga qaradi, so‘ng ko‘zlari Jiminga tushdi. Uning hech narsani bildirmaydigan nigohi Arianing yuragiga sovuq olib keldi, lekin u boshini baland ko‘tarib, yonida Jin bilan yo‘lakdan yurib bordi.

Qurbongohga yetib kelishgach, Jin Arianing qo‘lini Jiminga tutdi. Bir lahzaga qo‘llari tegdi, va Aria uning kaftidagi sovuqlikni his etdi. Jimin unga deyarli qarab ham qo‘ymadi, faqat qo‘lidan ushlab yoniga olib bordi.

Marosim boshlanib, ofitsiantning chuqur ovozi zalda aks sado berdi:
— Siz, Park Jimin, Shin Ariani qonuniy rafiqangiz sifatida qabul qilasizmi? Kasallikda ham, sog‘likda ham, bu shartnoma muddati davomida, yonida bo‘lishga tayyormisiz?

Jimin bir lahzaga sukut saqladi, jag‘i qattiq qisildi. So‘ng qat’iy ohangda javob berdi:
— Qabul qilaman.

Ofitsiant Ariaga yuzlandi:
— Siz, Shin Aria, Park Jiminni qonuniy eringiz sifatida qabul qilasizmi? Kasallikda ham, sog‘likda ham, bu shartnoma muddati davomida, yonida bo‘lishga tayyormisiz?

Arianing tomog‘i qurib qolgan, ovozi titrardi:
— M-men… qabul qilaman.

Ofitsiant jilmaydi:
— Menga berilgan huquq asosida, sizlarni er-xotin deb e’lon qilaman. Kuyov, kelinni o‘pa olasiz.

Zalda sukunat cho‘kdi. Jimin Ariaga yuzlandi. Uning ko‘zida ikkilanayotganlik yaqqol ko‘rinar edi, lekin u baribir yaqinlashdi. U yuzini unga yaqinlashtirdi, lekin haqiqiy o‘pishning o‘rniga bosh barmog‘ini Arianing lablariga qo‘ydi. Bu bo‘sh, sovuq harakat Arianing yuragini sanchib yubordi.

Keyingi olqishlar juda baland yangradi, lekin ularning hech biri buni eshitmadi.

(Aria “ha” degan zahoti Jin yangi taklifnomalarni tayyorlab, ularni uzr so‘rash xati bilan onlayn yubordi. Ayrimlar bu haqiqiy xato deb o‘ylashdi, boshqalar esa shubha bilan qaradi.)


O‘sha oqshom…

Qabul marosimi quvonchli tabriklar va sun’iy tabassumlar bilan o‘tdi, lekin na Jimin, na Aria chin yurakdan hozir bo‘lishgandi. Vaqt o‘tib borar ekan...

Yoona qizi bilan qo‘lidan ushlagancha Jimin va Aria tomon yurdi. Ji-Yoonning yuzi porladi, tog‘asini ko‘rib:
— Jimin tog‘a! — deb baqirdi u, yugurib uning bag‘riga otildi.

Jimin tiz cho‘kdi va uni quchoqlab oldi. Uning sovuq chehrasida ilk bora muloyim tabassum paydo bo‘ldi:
— Ji-Yoon, men seni sog‘indim. Nihoyat keldingmi, a?

Yoona tabassum bilan yaqinlashdi:
— Sen juda kuchli odamsan, Jimin. Umid qilamanki, tez orada shifo topasan.

Aria chekkadan ularni kuzatdi. Bu versiyadagi Jimin butunlay boshqacha edi — yumshoq, mehrga to‘la inson.

Ji-Yoon:
— Tog‘a, siz bugun shahzodaga o‘xshaysiz! — dedi, bu esa Jiminni kuldirib yubordi.

Jimin:
— Rostdanmi? — dedi u sokin ohangda.

Ji-Yoon endi Ariaga qarab dedi:
— U endi sizning shahzodangizmi? — deb savol berdi, Ariani ko‘rsatib.

Jiminning tabassumi biroz pasaydi. U Ariaga qaradi, lekin javob bermadi. Yoona yelkasiga qo‘l qo‘ydi:
— Emmaga bo‘lgan g‘azabingni bu yangi munosabatga to‘siq qilma. Vaqtingni ol, lekin unga imkon ber.

Ji-Yoon uni yana o‘yinga tortib ketar ekan, Aria Yoonaning qarashiga duch keldi. Yoona unga yengil bosh irg‘ab, go‘yoki “Xush kelibsan oilamizga” degandek ishora qildi.

Bir lahzalik bo‘lsa ham, Aria yuragida ishonch uchqunini his etdi. Ammo Jiminning nigohi yana unga qaytganda, u avvalgidek sovuq edi.


Keyinroq…

Park janoblari yangi er-xotin tomon yaqinlashdi. U Arianing yelkasiga yumshoq, ammo qat’iy qo‘lini qo‘ydi:
— Aria, sen juda chiroyli kelin bo‘lding. Xush kelibsan oilamizga.

Aria:
— Rahmat, janob, — dedi u, yengil bosh egib.

— Endi “janob” deb chaqirma. Menga “Appa” de. Sen endi oila a’zosisan, — dedi u mayin jilmayib, so‘ng Jiminga qaradi. — Uni ehtiyot qil. — deb yelkasiga qo‘l qoqdi.

Jimin jiddiy chehra bilan bosh irg‘adi.


Oqshom yakunlanar, va yangi uyga yo‘l olishga tayyorlanar ekan, Aria Jimindagi o‘zgarishni payqadi. U yanada sokinlashgan, odobli muomalasi esa tobora sovuqroq tus ola boshlagandi. Ilgari ko‘ringan, hatto bir zumlik iliqlik ham endi yo‘q edi…

Aria yuragida og‘irlik bilan orqaga qarab o‘tirardi. Mashina harakatlanar, Jiminning sukuti xonani bosib turgandek edi. To‘y go‘zallik bilan o‘tgan bo‘lsa-da, ichida bir g‘ashlik hissi g‘imirlab turardi — bu ularning murakkab sayohatining endigina boshlanishi edi.

Ular nihoyat yangi uylariga kelishdi — bu ulkan saroydek hashamatli, ammo Aria uchun sovuq va begonadek tuyulardi.

Jimin mehmonxonada turib, galstukini bo‘shatar, Aria esa eshik oldida turib, nima deyishni bilmay ikkilandi.

Jimin:
— Sening xonang ikkinchi qavatda, o‘ng tarafdan to‘rtinchi. Mening xonam yonida. — dedi u, unga qaramay.

Aria labini tishlab, bosh irg‘adi:
— Rahmat... Jimins-

Uning ismini aytish og‘ir edi, yutib yuborgan so‘zdek tuyuldi. Bu so‘z Jiminni biroz ta’sirlantirgandek, u qotib qoldi.

Jimin:
— Agar nimadir kerak bo‘lsa, Ah-Young xonimdan so‘raysan. U ertalab keladi.

Aria:
— Mayli… — dedi past ovozda.

Yana bir og‘iz so‘zsiz, Jimin zinadan yuqoriga chiqib ketdi, Aria esa ulkan, sukunatga to‘la uyning o‘rtasida yolg‘iz qoldi.

Aria divanga o‘tirdi. Qo‘llari titrarkan, libosining chetidan mahkam ushladi. Ko‘zlariga yosh qalqdi, lekin u ularni oqizmaslikka harakat qildi.

— “Bu endi mening hayotim… Men buni o‘zim tanlaganman… Unda nega bu qadar og‘riydi?.. Yolg‘iz kurasha olamanmi?.. Bittasidan qochib boshqasiga tushganman-ku…” — dedi u asta, begona devorlarga tikilib.


His-tuyg‘ularini yig‘ib olgancha, Aria zinapoyadan yuqoriga ko‘tarildi. Har bir qadami og‘ir edi — bugungi kunning og‘irligi yelkasiga yopishib olgandi.

Eshikni ochgach, u ko‘rgan manzaradan hayratga tushdi. Xona nihoyatda go‘zal edi — pastel rangdagi yumshoq devorlar, nozik naqshlar bilan bezatilgan mebellar, ipak ko‘rpa-to‘shakli yotoq va porlab turgan lyustra... deraza yonidagi yumshoq o‘rindiqlar esa o‘zini ertakdagi qirolicadek his qiladigan darajada edi.

Lekin xonaning go‘zalligi uning yuragidagi bo‘shliqni to‘ldira olmadi. Yolg‘izlik yana yuragini qisdi.

— Qancha chiroyli bo‘lmasin, qafas — baribir qafas, — deb o‘ylandi u achchiq istehzo bilan. Endi u faqat boshqa bir turdagi hibsda edi.

U charchagan tanasini yotoqqa tashladi, yumshoq yostiqqa boshini qo‘yarkan, kunning barcha og‘irligi ustiga tushdi. Lekin uxlolmadi.

Aria:
— Nega mening hayotim shunaqa? — dedi u, ovozi titrab. Shiftga tikilgancha, nihoyat ushlab turgan ko‘z yoshlari yonoqlariga sizib chiqdi.
— Men yangi hayot boshlamoqchi edim, eski qafasdan chiqib… Lekin yana, yana qamalganman…

U titrayotgan qo‘li bilan yonoqlaridagi yolg‘iz yoshni artdi.

Aria:
— Ona... Dada... agar sizlar hali shu yerda bo‘lganlaringizda… men juda baxtli bo‘lardim… avvalgidek.
Bir xotira qaytib, yodgorlikka qaytgan edi.
Flashback
Besh yoshli Aria kichkina xonasida tantrum tashlab yotardi. Uning yonoqlari g‘azabdan to‘lib, oyoqlari qattiq urib turgandi.
— Yo‘q, onajon! Men buni kiyishni istamayman. Bu libosni yoqtirmayman! Bugun do‘konda ko‘rgan qora libosni kiyaman! — dedi u isyoni bilan. Ko‘zlarida yoshlar to‘lib turardi.
Onasi, uning oldida turgan holatda, libosni qo‘lida ushlab, charchagan, ammo sabrli yuzini ko‘rsatardi.
— Qizim, iltimos, tushunishga harakat qil, — dedi onasi, yoshlarini artib. — Ertaga Appaga aytib, sen uchun uni olib berishini so‘rayman, yaxshi? Ammo biz allaqachon bayramga kechikdik. Iltimos, bu libosni kiy, jonim.
Aria, doimo qat’iy, qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, burilib ketdi.
— Yo‘q, yo‘q, yo‘q! Men faqat o‘sha libosni kiyaman!
Onasi nafasini ichiga olib, mag‘lubiyat bilan yotgan karavotga o‘tirib qoldi.
Ammo yana bir bor urinishga ulgurmadi, eshik shivirlab ochildi, va Arianing otasi do‘kondan olib kelgan paket bilan kirib keldi.
— Aria, qizing, ko‘r, men sen uchun nima olib keldim! — dedi u keng tabassum bilan.
Arianing ko‘zlari libosni ko‘rib, o‘zining do‘konda sevgan libosini ko‘rgach, yuzi yaltirab ketdi. U quvonch bilan qichqirgan holda otasining yoniga yugurib keldi.

— Appa! Men seni juda sevaman! — deb baqirdi u, qo‘llarini qarsillatib.
Arianing otasi uni ko‘tarib, aylanib chiqdi.
— Har qanday narsa uchun, mening go‘zal qizim, — dedi u, peshonasiga o‘pish qo‘yib.
Onasi boshini chayqab, jilmayib qaradi.
— Jagiya, uni yupatib yuborishding, — dedi u hazil qilib. — Agar biz bo‘lmasak, kim uni bu qadar sevardi?
Arianing otasi:
— Nega biz bo‘lmasak, men har doim qizimning yonida bo‘laman.
Aria yelkasidan otasini quchoqlab, hayotidagi eng baxtli qiz edi. Sevgi va iliqlik bilan o‘ralgan.
(Bu xotiralar uning ota-onasi tomonidan qabul qilib olingan ekan.)
End of Flashback
Aria haqiqatga qaytdi…
— Men sizlarni juda sog‘indim, — deb yupqa ovozda aytdi. — Eomma, siz haqsiz edingiz, hech kim meni sizlarchalik sevgan emas. Sizlarning qattiq qizim endi sokin bo‘lib qoldi, hayot nima bersa, qabul qilib, hech qanday kutishsiz yashayapman. Sizlar doimo yodimda bo‘lasizlar… qalbimda. — Ko‘zlaridan yoshlar erkin oqib ketdi. U tezda ularni artdi, o‘rnidan turib.
Xona avvalgidan ham sovuqroq bo‘lib tuyuldi, va Aria diqqatini chalg‘itish uchun biror ish topishga qaror qildi. U shkaf tomon yurdi, yangi kiyim izlab. Uni ochganida, ichida hech narsa yo‘q edi.
U nafas olib, karavotga qaytib o‘tirib, qattiq o‘ylanib qoldi.
— Endi nima qilishim kerak? — dedi u qo‘rquv bilan labini tishlab. — Jimin-shiidan yordam so‘rashim kerakmi?
Jimindan yordam so‘rash g‘oyasi uni qo‘rqitardi, lekin boshqa ilojisi yo‘q edi.


Jiminning xonasida…
Jimin karavotining chetida o‘tirardi, xonada esa ko‘plab xotiralar mavjud edi. U va Emmaning rasmlari devorlarda osilgan, ularning tabassumlari vaqtni muzlatib qo‘ygan edi. Bu hashamatli uy ular uchun qurilgan edi — ular nikohdan so‘ng yangi hayot boshlashlari kerak edi. U har bir detallarga o‘zining yuragini qo‘ygan edi, dizayn va Emmaning eng sevimli brendining kiyimlari shkafda tartib bilan osilgan edi.


Jimin o‘rnidan turdi va tun stolchasi ustidagi surat romkasi tomon yurdi. Ularning ilk uchrashuvidan olingan surat edi bu. Unda Emma unga sovg‘a qilgan qizil ko‘ylakni kiygan, jilmayishi porlab turgan, ko‘zlarida esa va’dalar yashnardi — endi esa u bu va’dalarning yolg‘on bo‘lganini bilar edi.

U barmoqlari bilan surat chetlarini siladi.
— O‘sha kuni juda go‘zal eding, — dedi past ovozda. — Qanday qilib bunchalik mukammal yolg‘on gapira olding, Emma? — dedi u achchiqlik bilan. — Agar meni sevmagan bo‘lsang, nega shunchaki aytmading? Aytsang bo‘lmasmidi? Men qarshilik qilmasdim… Seni qo‘yib yuborardim… Lekin yo‘q, sen yuragimni parcha-parcha qilishni tanlading.

Uning ovozi titrardi, ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi.
— Aynan sen sevgiga ishonishimga sabab bo‘lganding… faqat uni yomon ko‘rishga majbur qilish uchun. Men seni yomon ko‘rishni istayman… har bir xotirani o‘chirishni… lekin bu tentak yuragim bo‘ysunmayapti. U hali ham sen uchun uryapti. Qanday qilib seni sevishni to‘xtataman, axir men faqat seni orzu qilgandim?

To‘satdan eshik taqilladi. Bu uning o‘ylarini bo‘ldi. U suratni ehtiyotkorlik bilan qo‘yib, yuzini artdi va eshikni ochdi.

Eshikni ochgach, u yerda Ariani ko‘rdi. U qo‘llarini oldida tutib, xavotir bilan turardi. Uning katta, ayg‘oq ko‘zlarida qo‘rquv sezilar, ko‘ylak etagini nerv bilan cho‘zib turardi.

Jimin:
— Nima bo‘ldi? — dedi, ohangi biroz sovuq, ammo qiziqish bilan.

Aria ikkilanib, jur’atini yig‘di.
— Jimin- men… menda kiyim yo‘q, — dedi u past, deyarli eshitilmas ovozda. — Siz… menga yordam bera olasizmi?

So‘zlari havoda osilib qoldi. Jimin unga qarab turdi. Uning beg‘ubor ko‘zlaridagi aybsizlik sovuq nigohini biroz eritdi, ammo u tezda yana o‘zining befarq qiyofasini qaytardi.

Aria uning qizarib ketgan ko‘zlarini sezdi va yuragida: "U yig‘layotganmidi?" — degan fikr paydo bo‘ldi. Bu unga yomon ta’sir qildi, ammo buni so‘rashga haqqi yo‘q edi.

Jimin sukutni buzb:
— Bu yerda kut, — dedi qattiq ohangda va orqaga qaytib xonasiga kirdi.

U yurib borib, katta shkafga kirdi. Ichkarida Emmaning ko‘ylaklari to‘la edi. U barmoqlarini ular ustida aylantirdi, yuragida og‘riq sanchdi. Ko‘ylaklar tartib bilan osilib turgan — ular uning Emmasining edi. Bir muddat u ulardan birini berish kerakmi yo‘qmi, deb o‘yladi.

Ammo so‘ngra jag‘ini tishlab, o‘ziga dedi:
— U endi yo‘q. Bu shunchaki kiyimlar. Endi hech qanday ma’nosi yo‘q.

Nihoyat, u oddiy tungi ko‘ylak va shaftolirang gulli ko‘ylakni oldi va eshik tomon yurdi.

Aria hali ham o‘sha joyda turardi, ikkilanish bilan.
— Mana, — dedi u kiyimlarni berib. — Bugungi tun uchun shu yetadi. Ertaga senga o‘zingga tegishli kiyimlar olib kelaman.

Aria hayratda qoldi. Nega uning xonasida ayollar kiyimlari bor? deb o‘yladi. Oh… bu ularning unashtirilgan qizi bo‘lsa kerak. Ammo… nega u menga beryapti?

Jimin tomog‘ini tozaladi va bu uni xayollaridan chiqardi.

Jimin:
— Menga qarab turishni to‘xtatasanmi? — dedi, qoshini ko‘tarib.

Arianing yuzi qip-qizil bo‘lib ketdi.
— M-men… kechirasiz! Men qarab turmadim… yani, qaradim, lekin bexosdan! — so‘zlari chalkashdi. — Men ketaman. Rahmat bu uchun, — dedi u, bosh egib, kiyimlarni oldi va shoshib chiqib ketdi. Yuzi g‘alati issiq edi.

Jimin bir lahzaga uning ortidan qarab turdi. Yuzida yengil tabassum paydo bo‘ldi, lekin bu tezda yo‘q bo‘ldi. Eshikni yopdi, va Emma bilan bo‘lgan xotiralar yana yuragini sovuq quchog‘iga oldi.


Arianing xonasida…
U eshikni yopib yubordi va orqasiga suyandi. Qo‘lidagi kiyimlarni mahkam ushlagancha turardi.

Aria:
— Aahh! Men unga juda uzoq qarab qoldimmi? Men shunchaki o‘ylayapgandim-ku! Bu juda uyatli! — deb yuzini qizartirib oh urdi. — U meni ahmoq deb o‘ylayotgandir?

Kiyimlarni karavotga uloqtirdi va xonada yurib yurdi.
— Hmm… lekin u chindan ham chiroyli… — deb pichirladi, keyin boshini chayqadi. — Nima deyapman men? Diqqatni jamla, Aria!

Chuqqur nafas olib, u tungi ko‘ylakni olib hammomga yo‘l oldi. Umidi shuki, issiq suv faqat kunning charchog‘ini emas, balki yuragidagi tushunarsiz tuyg‘ularni ham yuvib ketadi…

4-qism tugadi

Translated by Aria