August 19, 2025

Love or obsession 21-qism

Hamma nonushta qilayotgan edi, YN esa Jimin bilan Joonning orasida o‘tirardi. Hamma ovqatdan rohat olayotgan edi, keyin buvijon gap boshladi:
— Jimin bolam, Jungkook qachon keladi?

Hamma ovqat yeyishni to‘xtatib qoldi, YNning esa ichida yomon hislar uyg‘ondi: Agar Jungkook shu yerga kelsa-chi? U yana nimadir yomon ish qilsa-chi?

Jimin dedi:
— A…aslida buvijon, u kecha menga telefon qilgan edi. Ishlari tugamabdi, bu safar kela olmasligi mumkin.

Buvijon xo‘rsinib dedi:
— Uning ishlari ham… Qachon kelsa, qulog‘idan tortaman!

Jimin buvijonga soxta jilmayib qo‘ydi va ovqatini davom ettirdi.

Ular ovqatlanayotgan edi, buvijon Jiminni YN tomon ishora qilib chaqirdi. Jiminning ko‘zlari katta ochilib ketdi, boshini chayqadi. Buvijon yana imo qilganidan keyin Jimin gap boshladi:
— Bo…bolalar, men to‘ydim, bir daqiqa chiqib kelaman…

Boshqalar bunga ahamiyat bermay, nonushtani davom ettirishdi.

Vaqt o‘tdi — tushdan keyin Jimin buvijonining xonasida, ularning sog‘lig‘i haqida so‘rab, gaplashish uchun kelgan edi.

Buvijon dedi:
— Jim bolam, nega unga aytmayapsan? Agar sevayotgan bo‘lsang…

Jimin:
— Bu…vijon…

Buvijon jilmayib dedi:
— Men sening otangning onasiman. Sochim issiqlikdan oqargan deb o‘ylaysanmi?

Jimin xijolat bo‘lib qoldi. Keyin buvijon uning qo‘lidan ushlab dedi:
— Bilaman, nimalarni o‘ylayotganingni. Xavotir olma, u yaxshi qiz, seni rad etmaydi. Kecha kechqurun yoningda bo‘lganda uning ko‘zida qanday taskin borligini ko‘rdim. Ikkingiz birga uxlaganing ham mening rejam edi.

Jimin hayratdan unga qaradi:
— Ha, bu reja men va boshqalar tomonidan tuzilgan edi, biroz vaqt birga bo‘lishlaring uchun. Lekin bilaman, mening ahmoq nevaram cho‘chqadek uxlagandir.

Jimin boladek erkalandi:
— Buuuvijoooon…

Buvijon kulib dedi:
— Bilaman, asabiy bo‘layapsan, lekin hech bo‘lmasa his-tuyg‘ularingni unga ayt. Ishonchim komil, u qabul qiladi.

Jimin buvijonini quchoqlab dedi:
— Ay…aman, buvijon…

Bu orada, Joon YNga kechagi oqshom bobosi va buvisi unga ertak aytib berganini gapirib berayotgan edi. Ammo YNning e’tibori unda emasdi. U ham kechagi oqshomni o‘ylayotgan edi, lekin Joonni emas. Balki Jiminni… Uning yonida qanday dalda berganini, uni doimo birinchi o‘ringa qo‘yganini eslab, yuzida tabassum paydo bo‘ldi.

Joon e’tiroz bildirib dedi:
— Noooonaaa, nega kulayapsiz? Nima deganimni eshitmayapsiz-ku!

YN uni quchoqlab dedi:
— Bolam, hammasini eshitdim.

Joon jig‘ibiyron bo‘lib dedi:
— Unda aytingchi, nima deyotgandim?

YN qotilib qoldi:
— Se…sen… sen…

Joon qoshlarini chimirib dedi:
— Noona, sizga ranjidim! Buni Jimin HYUNGga aytaman!

Shunday deb u xonadan yugurib chiqib ketdi. YN esa jiminning nomini eshitib qizarib ketdi: Nega uning ismini eshitib, yuragim tez ura boshlaydi? Go‘yo u mening erimdek…

YNning ichki monologi:
Yo‘q, YN, o‘zingni bos. U shunchaki senga yordam berdi, senga do‘st sifatida mehribon bo‘ldi, xolos. Bizning do‘stligimizni shunday o‘y-fikrlar bilan buzmang!

Bu orada, Jungkook o‘z xonasida edi. Faqat nonushtaga chiqib, yana qaytib kirgan. Endi esa YNni o‘ylayotgan edi.

Jungkook o‘z-o‘ziga dedi:
— Hozir ular nima qilyapti ekan? Hech kim meni birga bo‘lishga chaqirmadi…

U kulib qo‘ydi va davom etdi:
— Nega chaqirishsin? Men yaramasman. Ularning kayfiyatini buzish uchun meni chaqirishmaydi. Haqiqat shu… Ammo men… men YNni yaxshi ko‘raman. U faqat meniki. Ular kelishganda, yana kechirim so‘rayman. Ha, yana so‘rayman. U meni kechirmaguncha ortga chekinmayman…

Vaqt o‘tdi — kechqurun hamma uyni bezatish bilan band edi. Taehyungning buvijoni ham kelgan, u yolg‘iz yashardi. Avval Taehyung, YN va Namjoon Taehyungning uyini bezatib bo‘lishdi, endi esa Jiminning buvijonining uyini bezashmoqda edi.

YN va Joon ochiladigan kartochkalar tayyorlashayotgandi. Shu payt J-Hope va Taehyung sekin gapirib kelishdi:
— YN, Joon, biz sizga sovg‘a olishga boryapmiz. Birga borasizmi?

Joon xursand bo‘lib ketdi, u do‘konlardagi narsalarga qiziqar edi:
— Noona, boraylik, boraylik, iiiiiltimooooos!

YN kulib bosh irg‘adi.

Endi ular qishloqdagi kichkina do‘kondalar, chunki bu yerda faqat bir nechta do‘kon bor xolos. Ular deyarli xaridni tugatishgan edi, shunda YN chiroyli juftlik kulonini ko‘rib qoldi. Ular qorong‘ida ham yarqirab turardi.

YN dedi:
— Sizlar oldin boringlar, men hozir boraman.

Taehyung kulib qo‘ydi, chunki u ham nimaga YN shunday deganini tushungan edi — u ham kulonni ko‘rgan.

YN kulonni sotib oldi va uyga qaytishdi.

Uyi chiroqlar va sun’iy bezaklar bilan bezatilgan edi, kichkina uy bo‘lgani uchun juda chiroyli ko‘rinar, YNning yuzida tabassum paydo bo‘ldi va ular ichkariga kirdi.

Hamma bir joydan ikkinchi joyga yugurib yurardi, faqat Jimin eshik oldida turardi. Ular kirishi bilan Jimin oldilariga chiqib dedi:
— Qayerda edinglar? Nega meni olib ketmadinglar?

YN uning bolalarcha xulqiga kulib qo‘ydi. Taehyung esa Jiminni itarib dedi:
— Seni nima qilamiz? Agar seni olib ketsak, biz kelganimizda kim xizmat qiladi?

Jimin labini osiltirib, ranjigan ko‘zlar bilan YNga qaradi. YN biroz noqulay kulib dedi:
— A…y, uzr… Keyingi safar birga boramiz.

Shunda buvijon kelib dedi:
— Voy, o‘g‘illarim, qizim, ichkariga kiringlar, bo‘lmasa bu kichkina sichqoncham savollari bilan nafas oldirmaydi.

Jimin jahli chiqqan ko‘rinib labini burishtirib ketib qoldi.

Buvijon kulib dedi:
— U shunchaki rolda, tashvishlanmanglar.

Hamma kulib yubordi.

Rojdestvo yaqinlashib qolgandi, hamma soatga qarab turardi va nihoyat vaqt yetdi.

Ular bir-birini quchoqlab, bayram bilan tabriklashdi. Bu YN va Joon hayotlarida ilk bor edi — ular o‘zlarini haqiqiy oiladek his qilishdi.

Hamma YNni ham quchoqladi, hech kim o‘zini noqulay sezmadi. Jimin ham Joonni quchoqlab tabrikladi. Keyin Jimin YNga qaradi, lekin uni quchoqlashga yuragi dov bermadi. Axir ular ilgari ham quchoqlashgan, lekin kimnidir chin dildan sevganingda va atrofdagi barcha bundan xabardor bo‘lsa, faqat o‘sha odam bilmasa, vaziyat juda noqulay bo‘lib ketadi.

Shunchaki uni tabrikladi va YN yonida turmoqchi bo‘ldi. Shunda buvijon dedi:
— YN, qara, u faqat sendan ranjigani uchun seni quchoqlamadi.

YN unga qaradi. Jimin esa YNning yig‘lab yuboradigandek bo‘lib turgan xavotirli yuzini ko‘rib, bir lahza ham ortga chekinmay uni quchoqladi.

Hamma kulib yubordi. YN ham jilmaydi, Jimin quchoqida o‘zini mehr va iliqlikda his qildi.

Ular sovg‘alarni almashishib, bayramni nishonlashdi.

Keyin hamma o‘z xonalariga ketdi. YNning qo‘lida hali ham o‘sha kulon bor edi. U uni Jiminning o‘ziga berishni istardi, lekin juda hayajonlanardi — axir bu juftlik kuloni, qabul qilarmikan?

Jimin chiroqni o‘chirayotgan edi, shunda YN asta chaqirdi:
— Ji…min…

Jimin unga qarab dedi:
— Ha, YN, nimadir demoqchimisan?

YN boshini qimirlatib, qo‘lidagi qutichani ko‘rsatdi.

Jimin uni ochib ko‘rdi va ich-ichidan butun dunyoni qo‘lga kiritgandek quvondi.

YN xijolat bo‘lib dedi:
— Bil…aman, bu arz…on… lekin…

Uning ovozi titrab ketdi. Shunda Jimin unga yaqinlashib, peshonasidan o‘pdi va dedi:
— Menga juda yoqdi, sevgilim.
(Endi hayojondandan aytib yubordi nima ham derdik😁)
YNning yuragi qattiq ura boshladi, unga hayrat bilan qaradi.

Jimin ham o‘zi aytgan so‘zlardan shokka tushdi. Lekin shu payt orqaga chekinmaslikka qaror qildi va dedi:

— YN, men.....
Men seni SEVAMAN…

YNning yuragi shu qadar tez ura boshladi — go‘yo u eshitmasligi kerak bo‘lgan gapni eshitdi.

— Ha, YN… Bilaman, sen meni faqat do‘st sifatida ko‘rasan, lekin men… men seni boshidan beri sevaman… Iltimos, xato o‘ylama. Agar meni qabul qilmasang ham, bu bizning do‘stligimizga ta’sir qilmaydi… — dedi Jimin ko‘zida yosh bilan.

YN uning ko‘zlariga qaradi — oy nurida yosh bilan yaltirayotgan ko‘zlar, u yig‘layotgan edi. YNning yuragi siqilib ketdi: Qanday qilib bu qalb kimnidir shunchalik seva oladi?

U Jiminga yaqinlashib, ko‘z yoshlarini artdi va qo‘lidan ushlab dedi:
— Jimi…n, sen bilasan mening o‘tmishim qanday bo‘lganini… Men juda ko‘p og‘riq ko‘rganman… Men senga munosib bo‘la olaman deb o‘ylamayman… Senga kerakli sevgini bera olmayman… — dedi u ko‘z yoshlarini artib.

— Menga hech narsa kerak emas, YN… Faqat yonimda bo‘lgin… Men senga hurmat va juda ko‘p muhabbat beraman… shunda sen o‘tmishingni unutasan… Iltimos, YN… Men Yoon uchun hammasini qilishga tayyorman… unga aka mehrini, ota mehrini beraman…

YN uning so‘zlarini eshitib nimanidir his qildi.

— Menda senga hech narsa yo‘q… men… endi pok emasman… — dedi u yig‘lab, Jimin esa darhol uni quchoqladi.

Jimin uning so‘zlari nimani anglatishini tushundi.

— YN… Menga farqi yo‘q… va sen bunday o‘ylama… Sen hali ham poksan… qalbing pok… sening yuraging juda go‘zal… Men uchun shu yetarli… seni oxirgi nafasimgacha sevishim uchun… Seni hech qachon majbur qilmayman, hech narsa talab qilmayman… va’da beraman…

YN yig‘lardi — u nimanidir iltijo qilib, yig‘layotgan Jiminni ko‘rib, o‘zini yaroqsiz his qilardi. Axir u doimo hech kim uni o‘z hayotiga qabul qilmaydi deb o‘ylardi.

Jimin uning ko‘z yoshlarini artdi va peshonasidan o‘pib dedi:
— Hammasi yaxshi… Men seni majburlamayman… qaroringga hurmat qilaman…

Jimin turmoqchi bo‘ldi, lekin YN uning qo‘lidan ushlab qoldi va titrab gapirdi:
— Ne…ga sen meni xohlaysan… Men… keraksizman…

— Yo‘q, YN… Sen qadrli odamsan… hech kim sening o‘rningni bosa olmaydi… Men sening halolligingni, qalbingni, butun borlig‘ingni sevaman…

YN ko‘z yoshlarini artib so‘radi:
— Se…n mening Joonimni ham qabul qilasanmi?

Jimin hech ikkilanmasdan boshini qimirlatdi. YN unga yaqinlashib dedi:
— Mening hayotimda faqat Joon bor edi… bugundan boshlab seni ham unga qo‘shmoqchiman… Iltimos… ishonchimni oqlagin… — dedi yig‘lab.

Jimin uni quchoqlab dedi:
— Men o‘lishga ham tayyorman, lekin yuragingni sindirishni hech qachon o‘ylamayman…

Ular bir-birining yurak urishini eshitardi. Jimin uning boshini silab, peshonasidan yana o‘pdi. YN kulib yubordi.

Jimin dedi:
— Bu eng yaxshi Rojdestvo sovg‘asi… Xudoga ming bor rahmat…

YN ham ko‘zlarini yumib, kelajagi va sevikli odamlari uchun niyat qildi.

Ular uxlashdi. Jimin hali ham biroz masofa qoldirib yotar edi — YN noqulay bo‘lib qolmasligi uchun.

Tong otdi va ular qaytishga tayyorlanishdi. Hamma oshxonada yig‘ilgan edi. Jimin juda baxtli edi, YNning yuzida boshqa bir nur bor edi. Ular nonushta qilishayotganda Jimin gap boshladi:

— Buvijon, bobojon, men sizlar bilan bir narsani bo‘lishmoqchiman…

Hamma unga qaradi. Jimin YNning qo‘lini ushlab dedi:

— Aslida… men va YN turmush qurmoqchimiz…

Hamma hayratdan qotib qoldi va ming xil savol bera boshladi.

Buvijon kulib dedi:
— Nihoyat, mening kalta aql nevaram to‘g‘ri qaror qabul qilibdi!

YN kuldi va buvijon ularga duo berdi.

Taehyung kulib dedi:
— Jin HYUNG, sezdingmi, kimdir juftlik kuloni taqib olgan!

YN qizarib ketdi. Jimin esa uning qo‘lini asta siqdi.

Yoon ham juda baxtli edi. YN unga oldindan aytgan va u buni eshitib xursand bo‘lgandi.


Ketish vaqti keldi, buvijon YNni quchoqlab dedi:
— YN qizim, agar bu cho‘chqacha seni bezovta qilsa, menga kel, uning qulog‘idan tortib qo‘yaman!

Hamma kulib yubordi, Jimin esa labini osiltirdi. Ular uydan chiqishdi.

Bu orada Jungkook sabrsizlik bilan ularni kutayotgan edi — u YNni ko‘rishni xohlardi, lekin bilmasdi — ularning kelishi uni butkul sindiradi.

Vaqt o‘tdi — ular yetib kelishdi va Jimin YN bilan Joonni o‘zining saroy uyiga olib bordi. Park xonim buni eshitib juda xursand bo‘ldi, chunki u doimo YNni yetuk va mehribon qiz sifatida ko‘rgan.

YN bu yerga kelishga tayyor emasdi, lekin Jimin uni ko‘ndirdi.

Ertasi kuni tong — Jimin va YN kollejga ketishdi, chunki ularning yakuniy imtihonlari boshlanayotgan edi. Jimin o‘zi Joonni maktabga tushirib qo‘ydi va kollejga bordi.

Jimin YNning yonida yurar, uni kuldirishga urinardi. Ular deyarli sinfga kirishayotgan edi, shunda Jungkook kutilmaganda chiqib qoldi:

— YN, sen bilan gaplashishim kerak…

Jimin gapirmoqchi bo‘ldi, lekin YN unga qarab dedi:

— Ma…yli, yuring…

Jiminning yuragi ezilib ketdi — YN undan uzoqlashayotgandek tuyuldi. Ko‘zlari namlandi, lekin u buni YNga bildirmadi.

Bog‘da

Jungkook:
— Y…N, bilaman, seni juda ranjitdim… lekin i…ltimos, men buni atay qilmaganman… Niya bilan Wang meni bunga majbur qilishdi… Men seni sevaman… Seni boshqa odam bilan ko‘rish menga oson bo‘lmadi… Qanchalik o‘zimni tiyishga harakat qilganimni tushuntirib bera olmayman… Lekin har kuni hammasi teskarisiga ketdi… Ayt-chi, sen mening o‘rnimda bo‘lsang, nima qilarding?

YN unga qaradi va javob berdi:

— Agar men sening o‘rningda bo‘lganimda, sevgimga ishongan bo‘lardim… Hech qachon kimgadir haqorat qilmagan, xo‘rlamagan, qashshoqligini yuziga solmagan va uni zo‘rlamagan bo‘lardim. Sen “men seni sevaman” deding… Umuman tushunasanmi, sevgi nima? Sevgi — poklik, halollik, hurmat va sadoqatga asoslanadi. Aytsang-chi, shu narsalarning birortasi sendami? Yo‘q. Senda ularning ma’nosi ham yo‘q.

— Men seni ko‘rganimda tanam titrar edi… Chunki bilardim, istalgan daqiqada Jeon Jungkook meni yana buzishi, urishi, tepishi, xo‘rlashi mumkin. Sen hech qachon och qolib uxlab ko‘rganmisan? Oilang bir bo‘lak non uchun qanday qiyinchilik qilganini ko‘rganmisan? Men va ukam buni boshdan kechirdik…

YN buni gaplar ekan, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyardi.

— Sen o‘ylaysanmi, birgina kechiriming bilan hammasi iziga tushadi? O‘sha kuni meni zo‘rlaganingda ahvolimni ko‘rdingmi? Qichqirganimni, yalinib-yig‘laganimni eslaysanmi? Yuraging siqmadi, sen faqat zavqlanayotgan eding. Meni hammasidan ko‘ra battar xo‘rlading — meni yarmigacha yechintirib, urding, tahdid qilding. Sen tufayli hayotim barbod bo‘ldi. Menda pul, obro‘, mashhurlik yo‘q edi, lekin o‘z qadrim, or-nomusim bor edi. SEN ESA UNI HAM TORTIB OLDING. Bu hammasi SENING, JEON JUNGKOOK, AYBING!

YN qichqirib yubordi. Jungkook ko‘z yosh to‘kib, yuragi siqilib, tizzasidagi kuchi ketib, uning oyoqlariga yiqildi va peshonasini oyog‘iga qo‘ydi.

YN sovuqqina dedi:
— Yig‘lama, Jeon Jungkook. Men ham seni oyoqlaringga yopishib, rahm qilishingni so‘raganman. Lekin sen hech qachon rahm qilmagansan.

— Y…N, iltimos… bo‘ldi… boshqa gapirma… eshita olmayman… — dedi Jungkook titrab.

YN kulimsirab bir qadam ortga chekindi va dedi:
— Xavotir olma. Sening gunohlaring bir kunda tugaydigan darajada kam emas…

Jungkook o‘zini yerga urgancha, sharmandali holatda qoldi.

YN orqasiga o‘girilib dedi:
— Meni boshqa bezovta qilma. Men o‘zim uchun boshqa odamni tanladim — u meni sevadigan va eng asosiysi, HURMAT qiladigan inson.

Shunday deb YN ketdi. Jungkook esa hali ham o‘sha holatda qotib qoldi.

Ular parkda ikki kishi emas edi.

Yana kimdir bor edi — u ham g‘amgin, ham xursand. Nima qilishni bilmasdi. BU — JIMIN edi. Ularni ortidan kuzatib borgan, agar Jungkook YNga zarar qilmoqchi bo‘lsa, hech narsani xavf ostiga qo‘ymoqchi emasdi.

U xursand edi, chunki YN uni tanladi. Shu bilan birga, YNning yaralari yana ochilganidan yuragi og‘rirdi.

21-qism tugadi

Translated by Aria