March 26, 2019

Viloyatimizning umidli sportchilari munosib taqdirlanishmoqda

Joriy yilning 15-mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Dilshod Yo‘ldoshev 66 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 25 mart kuni viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida O‘zbekiston chempioni Dilshod Yo‘ldoshevni taqdirlash marosimi bo'lib o'di. Tadbirda so‘z olganlar, barchani bayram bilan muborakbod etib, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan sportga qaratilayotgan e’tibor, xususan, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun muhayyo etilgan sharoitlar haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, yosh sportchiga xalqaro arenalarda ona Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishiga ishonch bildirishdi.