June 13, 2025

To'garak faoliyati. Neft-gaz kimyosi asoslari

13-iyun kuni Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasida 2.1-Kim-23 guruh talabalari bilan kafedra o'qituvchisi Sattorova S.Z. "Neft-gaz kimyosi asoslari" to'garagini o'tkazdi. To'garak a'zolari mashg'ulot davomida qiziqarli tajribalar bajarib, neft-gaz mahsulotlari va ularning ishlatilishi, neft-gaz kimyosi haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.