May 27, 2025

“TALABALAR ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI ‘XANADU GRANT PLYUS’ MCHJ KORXONASIDA"

"XANADU GRANT PLYUS" MChJ — O‘zbekistonning Buxoro viloyati, Kogon tumani, Tutkunda shaharchasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatdir. U 2005-yil 28-iyulda ro‘yxatdan o‘tgan va hozirda faoliyat yuritmoqda.

Kompaniya qurilish uchun beton buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, gazobeton bloklari ishlab chiqaruvchilari qatoriga kiradi. U "MIKAS" savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi va "AAC BLOKS" brendi bilan ham tanilgan. Ishlab chiqarish faoliyati O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatida muhim o‘rin tutadi. Talabalar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni real ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlab, texnologik va ishlab chiqarish sikllari bilan bevosita tanishdilar.