April 16, 2025

Balli qizlar

15 aprel kuni Talabalar turar joyida Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti 2 kurs magistri Temirova Go'zal boshchiligida balli qizlar ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlov davomida ajoyib sahna chiqishlari, ko'tarinki kayfiyat ulashuvchi raqslar va aqliy bahslar har bir qizning o'ziga xosligini ochib berdi. Yakunida ishtirokchilar maxsus sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlandi. Eng asosiysi-ular barcha o'ziga xos shaxs sifatida yuksak natijalarga erishish mumkinligini ko'rsatishdi.

Balli qizlar tanlovi faqat fakultetda emas, butun universitetda esda qoladigan voqea bo'lib, nafaqat go'zallikni, balki har bir qizning o'z qadr-qimmatini ham yuksaltirdi.