May 28, 2025

KIMYO VA NEFT-GAZ TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI 2.1-2.2-KIM-22 GURUH TALABALARINING MALAKAVIY AMALIYOT JARAYONI

2025-yil 28-may kuni 2.1-2.2-KIM-22 guruh talabalari o‘quv rejasiga muvofiq “BAHOR EKO LUKS” MChJ qo‘shma korxonasida malakaviy amaliyotni o‘tash uchun tashrif buyurdilar.

Amaliyot davomida talabalar korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilmasi, mehnat va sanoat xavfsizligi texnika qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. Korxona tashkil topish tarixi, ishlab chiqarish strukturasi, asosiy va yordamchi sexlarning texnologik jarayonlari bo‘yicha zaruriy nazariy va amaliy ma’lumotlar olindi.  Bundan tashqari, korxonada soda va unga asoslangan kir yuvish vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va miqdoriy tarkibi, laboratoriya sharoitida amalga oshiriladigan analiz usullari batafsil o‘rganildi. Talabalar laboratoriya va texnologik bo‘limlarda mahsulot sifatini aniqlash, zamonaviy tahlil va nazorat usullaridan amaliy foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, “Bahor Eko Luks” MChJning marketing strategiyasi va rivojlanish istiqbollari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bozor talabiga mos ravishda sifatini oshirish va monitoring qilish jarayonlari bilan ham bevosita tanishildi. Malakaviy amaliyot jarayonida talabalar kimyo va neft-gaz texnologiyalari sohasidagi nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlash, zamonaviy texnologik yechimlar va laboratoriya tahlil metodlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.