BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR VA AGROBIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI KIMYO VA NEFT-GAZ TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI 2.1-2.2-KIM-22 GURUH TALABALARI UCHUN 2 HAFTALIK MALAKAVIY AMALIYOT JARAYONI
Buxoro davlat universitetining 2024-2025 o'quv yili rejasiga muvofiq, 2025-yil 19-maydan boshlab Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti kimyo yo'nalishi 3 bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyot boshlandi.
Amaliyotning beshinchi kuni-2025-yil 24-may sanasida Grand Polimer Plast MChJ korxonasiga bir kunlik tanishtiruv amaliyotini o'tashdi.
Amaliyot davomida talabalar korxona tarixi, strukturasi shuningdek, polimer plastik massa mahsulotlar ishlab chiqatish texnologiyasi, mahsulotning sifat va miqdor tarkibini aniqlash, marketing va rivojlanish istiqbollari bilan tanishish, asosiy va yordamchi sexlaridagi texnologik jaryonlar bilan yaqindan tanishishdilar. Shuningdek talabalarga laboratoriyada xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish muhimligi bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar talabalarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirib, ularni kelajakdagi faoliyatga tayyorlashda muhim bosqich bo'lib xizmat qiladi.