March 20

Zulmat va Nafoat

𝑭𝑨𝑵𝑭𝑰𝑪𝑺 𝑪𝑹𝑰𝑺𝑻𝑨𝑳 𝑲𝑨𝑵𝑨𝑳𝑰 𝑼𝑪𝑯𝑼𝑵 𝑴𝑨𝑿𝑼𝑺𝑼 𝒀𝑶𝒁𝑰𝑳𝑮𝑨𝑵 𝑲𝑶'𝑪𝑯𝑰𝑹𝑨 𝑲𝑶'𝑹𝑴𝑨𝑵𝑮

Seulning eng nufuzli va qo'rqinchli mafiya klani rahbari Kim Taehung uchun bu shunchaki navbatdagi ishchi uchrashuv edi. Ammo restoran burchagida pianino chalayotgan o'zbek qizi Dilfuzani ko'rganida, uning sovuq dunyosi ostun-ustun bo'lib ketdi.
Dilfuza bu yerda bor-yo'g'i talaba edi, u o'zining nafis barmoqlari bilan musiqani emas, balki qotilning muzlagan qalbini chertayotganini bilmasdi.
Taehung yonidagi tansoqchisiga qaramay, past ovozda buyruq berdi

— Uni ismini bilib kel. Hoziroq.

Oradan o'n daqiqa o'tgach, Dilfuza ishini tugatib, kiyim almashtirish xonasiga yo'l olganida, yo'lakni qora kiyimdagi haybatli erkaklar to'sib turardi. Markazda esa ko'zlari o'tkir, nigohi o'lim kabi sovuq, lekin juda kelishgan Taehung turardi.Taehung Sekin qadam tashlab yaqinlashdi

Isming Dilfuza ekan-da... Isming kabi go'zal ekansan

Dilfuza Qo'rqib ketdi, lekin mag'rur turishga harakat qildi

_Siz kimsiz Yo'limni to'sib turishga nima haqqingiz bor

Taehung Dahshatli tabassum bilan

_Men bu shahar egasiman. Va hozirgina angladimki... sen ham mening mulkimga aylanishing kerak.

_Men buyum emasman! Qo'yib yuboring, uyga ketishim kerak

Taehung qizning yuziga yaqinlashdi, uning nafasi Dilfuzaning yuziga urildi.

Seni hozir qo'yib yuboraman. Ammo shuni bilib qo'y, ertadan boshlab sening dunyong faqat men bilan boshlanib, men bilan tugaydi. Agar kimdir senga qarshi chiqsa, o'sha odam uchun bu dunyo jahannamga aylanadi

Oradan bir hafta o'tdi. Taehung har kuni Dilfuzaga minglab atirgullar yuborar, uni masofadan turib himoya qilardi. Bir kuni raqib guruhlardan biri Dilfuzani Taehung nozik nuqtasi deb o'ylab, uni o'g'irlashga harakat qildi.
Taehung voqea joyiga yetib kelganida, uning ko'zlari qonga to'lgan edi. U qizning qo'lidagi kichik tirnalishni ko'rib, telbaga aylandi.

_Sizlar shunchaki xato qilmadingiz... Sizlar o'limga imzo chekdingiz. Uning bitta tomchi yoshi uchun butun Seulni qonga botirishimni bilmarmidingiz

Bu vaziyatni koʻrgan Dilfuza Yig'lab, Taehungni yengidan tutdi

_Taehung yetar! Iltimos, qon to'kmang.

Taehung Dilfuzaning yuzini silab, ovozi mayinlashdi

_Qo'rqma, gulim sen uchun men nafaqat mafiya, balki iblis bo'lishga ham tayyorman. Agar bu dunyo seni mendan ayirmoqchi bo'lsa, men u dunyoni yo'q qilib tashlayman

O'sha kecha Tehyon Dilfuzani o'zining qasriga olib ketdi. Bu qasr endi qiz uchun ham oltin qafas, ham eng xavfsiz panoh edi. Biroq bu Dilfuza uchun oltin qafas edi goʻyoki . Ammo Taehung. Toʻgʻri Taehung unga nikohgacha seni qoʻl tekkizmayman deb soʻz bergan edi va u soʻzini ustidan ham chiqardi . Ammo Dilfuza uchun ozodlik Ota -Onasi muhim boʻlgani uchun u bu oltin qafasdan qoch rejasini tuza boshladi. Dilfuzani baxtiga esa bu uzoqqa choʻzilmadi.

3 kundan keyin Taehung muhim muzokaralar uchun Yaponiyaga uchib ketgan tun Dilfuza uchun so‘nggi imkoniyat edi. U barcha tansoqchilarni chalg‘itib, soxta pasport bilan aeroportga yetib oldi. Yuragi kinoplyonkadagidek tez urar, har bir qadamida Taehung sovuq nigohini sezgandek bo‘lardi. Biroq Dilfuza buni uddaladi va Samalyot oynasdan ortda qolgan Seul manzarasiga qarab

_Meni kechir, Taehung .. Lekin men bu qafasda yashay olmayman. Sening qo‘llaringda qon bor, men esa faqat tinchlik istayman.

Samolyot havoga ko‘tarilganda, u chuqur tin oldi. Toshkent uni o‘z bag‘riga bosdi. U o‘zini xavfsiz his qildi, ammo u Kim Taehungni yetarlicha tanimas edi...

Taehung qaytib kelganida qasr bo‘sh edi. Uning g‘azabi shunchalik dahshatli ediki, o‘sha kecha Seulning butun mafiya olami titrab ketdi. U Dilfuzaning o‘tirgan kursisiga qarab, qo‘lidagi konyak qadahini devorga urib sindirdi.va Vahshiyona kulib

_Mendan qochmoqchimisan, gulim biroq Yerning tagiga kirsang ham, seni topaman. Va o‘shanda... seni hech qachon qo‘yib yubormaslik uchun zanjirlab qo‘yaman.

U o‘zining maxsus bo‘linmasini chaqirdi:

_Barcha shaxsiy samolyotlarni tayyorlang Biz O‘zbekistonga ketamiz. Agar u yashirinayotgan shahar menga uni bermasa, o‘sha shaharni yer bilan bitta qilaman

Dilfuza Toshkentning eski ko‘chalaridan birida yurib borarkan, birdan ko‘cha bo‘shab qoldi. Qora rangdagi o‘nlab jip avtomashinalari yo‘lni to‘sdi. Mashinadan qora plashda, nigohi muzdek Taehung tushib keldi. O‘zbekistonning issiq quyoshi ham uning qiyofasidagi sovuqlikni erita olmasdi. Buni koʻrgan Dilfuza fahshatdan qotib qoldi

_S-sen... bu yerda nima qilyapsan Qanday topding

Taehung Sekin yaqinlashib, uning sochlarini qulog‘ining ortiga o‘tkazdi

_Senga aytgandim-ku, sen mening mulkimga aylanding deb. Sening hidingni dunyoning narigi chekkasidan ham topa olaman

_Meni tinch qo‘y Bu mening vatanim, bu yerda sening qonunlaring o‘tmaydi

Taehung Pichirlab, lekin qat’iy

_Mening qonunim sen. Seni qaytarib berishlari uchun bu mamlakatning butun iqtisodiyotini sotib olishim yoki yarmini yo‘q qilishim kerak bo‘lsa ham, buni qilaman. Tanla Yo hozir o‘z ixtiyoring bilan samolyotga chiqasan, yoki men hozir shu ko‘chani urush maydoniga aylantiraman

Dilfuza uning ko‘zlariga qaradi. U yerda yolg‘on yo‘q edi. Taehung haqiqatan ham u uchun dunyoni yoqib yuborishga tayyor edi

Biroq Dilfuza chekinmadi. U Tehyonning muzdek ko‘zlariga tik qarab, barmog‘ini unga o'qtaldi.

_ Yo‘q Taehung Sen butun dunyoni sotib olishing mumkindir, lekin meni emas. Agar meni majburlab olib ketsang, faqat jasadimni olib ketasan. Men sening qo‘rqinchli dunyongda, qon va qurol soyasida yashashni istamayman

Taehung hayotida birinchi marta rad javobini eshitdi. Uning qo‘llari titrab ketdi, g‘azabdan emas, balki Dilfuzani butunlay yo‘qotish qo‘rquvidan. U tushundi kuch ishlatish bilan qizning tanasini egallashi mumkin, lekin qalbi abadiy yopiladi.

_Seni sog‘inishdan aqldan ozaman deb o‘ylamadingmi Sensiz bu dunyo men uchun shunchaki kulrang qabriston

_Unday bo‘lsa, o‘zgar, Taehung. Qonli qo‘llaringni yuva olmasang ham, hech bo‘lmaganda tinch hayotga qadam qo‘y. Men mafiya rahbarini emas, Kim Taehung kutaman

Dilfuza ortiga qayrildi va ketdi. Taehung uni to‘xtatmadi. U birinchi marta o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Oradan bir yil o‘tdi. Dilfuza Toshkentdagi konservatoriyada dars berar, hayoti tinch va osuda edi. Ammo har kuni u ich-ichidan o‘sha o‘tkir nigohlarni sog‘inardi.
Bir kuni bahor oqshomida, u ishdan chiqib kelayotganida, yo‘l chetida tanish qora jip emas, balki oddiygina oq rangli avtomobil turganini ko‘rdi. Mashinadan nafis kostyum kiygan, qo‘lida bir dona oq atirgul tutgan Taehung tushdi. Uning atrofida tansoqchilar yo‘q, ko‘zlarida esa avvalgi vahshiylikdan asar ham qolmagandi. Taehung Yaqinlashib, muloyim tabassum bilan

_Men hammasini tugatdim, Dilfuza. Klan boshqaruvini topshirdim. Endi men shunchaki sening musiqangni tinglashni istagan oddiy insonman. Meni qabul qilasanmi

Dilfuzaning ko‘zlariga yosh keldi. U Targʻib o‘zi uchun naqadar katta qurbonlik qilganini taxtidan, kuchidan va xavfli o‘tmishidan voz kechganini tushundi.

_Sen haqiqatan ham kelding..

_Sen uchun butun dunyoni yo‘q qilishim mumkin edi, lekin sen uchun o‘zimni o‘zgartirish qiyinroq bo‘ldi. Ammo men uddaladim

Ular Seulga emas, balki tog‘lar bag‘ridagi kichik va shinam uyga ko‘chib o‘tishdi. Endi Taehung qo‘llarida qurol emas, Dilfuza uchun tayyorlangan nonushta va sevimli kitoblari bo‘lardi.
Taehung haqiqatan ham u uchun dunyoni yo‘q qila olardi, lekin u undanda qiyinroq ishni qildi u Dilfuza uchun yangi va tinch dunyo qurib berdi. Ular endi mafiya va uning qurboni emas, shunchaki bir-birini jondan ortiq sevuvchi ikki qalb edi.