
Tun qorongʻu kabi qorongʻi xona biroq bu xonadagu chiroq yonmasdi. Faqat devordagi ulkan akvariumning to'q ko'k nuri qorong'ulikni yoritib turardi. Akvarium ichida esa mayda baliqlar emas, balki zaharli dengiz maxluqlari suzib yurardi. Ularni qarshisida esa Kim Namjoon shoyi xalatda, qo'lida qimmatbaho viski quyilgan qadah bilan shaxmat taxtasi qarshisida o'tirardi. U o'zi bilan o'zi shaxmat o'ynayotgandi goʻyoki biroq shu lahzada eshik chirsillab ochilgancha ichkariga Yubin kirdi. Uning ustida qora plash, qo'lida esa qon tomchilayotgan pichoq bor edi. U hozirgina eshik oldidagi uchta soqchini ovozsiz yo'q qilib kelgandi.

Taxt uchun kurashda inson oʻz xavfsizligini, yaqinlarini va oʻz umrini boy beradi. U erishgan "taxt" aslida uning baxtsizligi poydevoriga qurilgan boʻladi. Bunday insonlar "dunyoga egalik qilaman" deb oʻylashadi, biroq aslida oʻz nafsining quliga aylanib boʻlgan boʻlishadi. Ular tashqi tomondan yaltiroq, ammo ichki tomondan vayrona hayot kechiradilar. Rizolat botqogʻida topilgan toj hech qachon boshga sharaf keltirmaydi, aksincha, u ogʻir bir laʼnat kabi insonni tubga tortadi