Telba sevgi
Tun qorongʻu kabi qorongʻi xona biroq bu xonadagu chiroq yonmasdi. Faqat devordagi ulkan akvariumning to'q ko'k nuri qorong'ulikni yoritib turardi. Akvarium ichida esa mayda baliqlar emas, balki zaharli dengiz maxluqlari suzib yurardi. Ularni qarshisida esa Kim Namjoon shoyi xalatda, qo'lida qimmatbaho viski quyilgan qadah bilan shaxmat taxtasi qarshisida o'tirardi. U o'zi bilan o'zi shaxmat o'ynayotgandi goʻyoki biroq shu lahzada eshik chirsillab ochilgancha ichkariga Yubin kirdi. Uning ustida qora plash, qo'lida esa qon tomchilayotgan pichoq bor edi. U hozirgina eshik oldidagi uchta soqchini ovozsiz yo'q qilib kelgandi.
dedi Namjoon, taxtadagi oq shohni bir katak surib. U ortiga qayrilib ham qaramadi va uning ovozi xotirjam va juda chuqur edi. Yubin pichoqni polga tashlar ekan shu onda Pichoq metal polga urilib, jaranglagan ovoz chiqardi. U sekin qadamlar bilan Namjoonning ortiga keldi va uning keng yelkalariga qo'llarini qo'ydi. Uning barmoqlari sovuq edi.
— Sening soqchilaring juda zerikarli o'yinchoqlar ekan Namjoon ( Yubin uning qulog'iga egilib, pichirlar ekan uning ovozida nafrat va ehtiros qorishib ketgandi) Meni o'ldirishing yoki zindonga tashlashing uchun yana nechta odamingni qurbon qilishim kerak?
Namjoon uning soʻzlaridan shunchaki jilmaygancha qadahni stolga qo'ydi-da, kutilmaganda Yubinning bilagidan ushlab, uni o'zining tizzasiga tortib o'tkazdi. Yubin hatto qarshilik ko'rsatishga ham ulgurmadi. Namjoonning baquvvat qo'llari uni qisib ushlab turar ekan
_Nega seni o'ldirarkanman( Namjoon Yubinning yuziga tushgan soch tolalarini juda mayinlik bilan qulog'ining ortiga o'tkazar ekan uning barmoqlari qizning terisiga tegishi bilanoq Yubinning vujudidan titroq o'tdi.) Sen bu shahardagi yagona tirik va haqiqiy narsasan. Qolgan hamma narsa soxta. Meni yo'q qilmoqchi bo'lganing sari, o'zimni tirik his qilyapman.
Namjoon Yubinning bo'ynidagi tomir tez urayotganini ko'rdi. U engashib, qizning bo'ynidan ohista o'pdi. Bu o'pich juda issiq, ammo xavfli edi xuddi bo'g'izga tiralgan pichoqdek. Yubinning nafasi tezlashdida . U cho'ntagidan kichik, zaharli ignani chiqarib, Namjoonning bo'yniga sanchmoqchi bo'ldi. Lekin Namjoon uning qo'lini havoda ushlab qoldi. U ignani tortib olib, akvarium ichiga tashlab yubordi. Zaharli baliqlar esa birdan ignaga yopishishdi
Namjoon uning ko'zlariga qorong'ulikda tikildi. Uning ko'zlarida aqldan ozish va cheksiz ehtiros yonardi.
_Agar meni o'ldirsang, sen ham bu dunyoda yolg'iz qolasan. Biz bir-birimiz uchun yaratilganmiz. Sen qotilsan, men esa sening eng sevimli qurboningman.
Namjoon yana Yubinning lablariga yopishdi. Bu o'pish shirin emas edi unda qon ta'mi, xavf va aqldan ozdiradigan darajadagi ehtiros bor edi. Yubin uni itarib tashlashi kerak edi, lekin uning tanasi Namjoonning taftiga bo'ysunib bo'lgandi.
O'pich uzoq davom etmadi, lekin u xonadagi butun atmosferani kuydirib yuborgandek edi. Namjoon sekin orqaga chekinganda, uning pastki labida Yubinning tishlashidan qolgan mayda qon tomchisi yaltirab turardi. U barmog'i bilan qonni artdi va barmog'iga qarab, xuddi go'zal bir san'at asaridan zavqlangandek jilmaydi.Yubin esa og'ir nafas olib, uning tizzasidan turishga urinag ekan Namjoon ham uni kuch bilan ushlab turmay qo'llarini qo'yib yuborar ekan darov Yunon Namjoon ustidan turgancha o'zini chetga olib, ipakdek silliq qora plashini to'g'rilar ekan shu onda Yubini ichida ulkan bo'ron qoplagandi nafrat, mag'lubiyat hissi va tanasining har bir hujayrasini qizdirayotgan tushunarsiz ehtiros edi
.— Mendan nima xohlaysan, Namjoon?
Yubinning ovozi qorong'u xonada biroz titrab chiqdi, lekin u buni tezda yashirishga urindi. U akvarium poyiga, yerda yotgan qonli pichoqqa qaradi. Qurol juda yaqin edi, lekin hozir uni qo'lga olish befoydaligini tushunardi.Namjoon sukut saqlagancha kreslodan tura ekan uning uzun bo'yi va keng yelkalari akvariumning ko'k nuri ostida ulkan bir soyaning shaklini yaratdi. U sekin qadamlar bilan xonaning burchagidagi qadimgi, yog'ochdan yasalgan javon tomonga yurdi. U yerdan kristal idish va ikkita kichik qadah oldi
.— Men senga imkoniyat bermoqchiman Yubin ( dedi Namjoon, idishdagi to'q qizil rangli sharobni qadahlarga quyarkan. Sharobning hidi xonaga tarqaldi u esa achchiq anor va quritilgan gullar hidini eslatardi.) Sen har safar bu yerga kelganingda, o'zing bilan o'lim olib kelasiz. Men esa senga har safar hayot taklif qilaman. Kel, bu safar o'yin qoidasini o'zgartiramiz.
U qadahlardan birini Yubinga uzatar ekan Yubin uning qo'lidagi qadahga shubha bilan tikildi
_ Qo'rqyapsanmi? ( Namjoonning ovozida pinhona piching bor edi. )Zahar berish sening uslubing, meniki emas. Jalodim Men dushmanlarimni jismonan emas, ruhan sindirishni yaxshi ko'raman. Shunday ekan ichaver bemalol yoki oʻzim uchirib qoʻyaymi lablarim bilan
Namjoon piching gapini eshitgan Yubin qadahni shartta uning qo'lidan yulqib oldida Namjoonning ko'zlariga tik qarab, sharobni bir siporishda ichib yubordi. Ichimlik tomog'ini kuydirib o'tdi, lekin kutilmaganda badani bo'shashib, tinchlanayotganini his qildi
.— Xo'sh, yangi sharting nima?( Yubin bo'sh qadahni stolga taqillatib qo'yar ekan Namjoon esa o'z qadahidan kichik ho'plam yutdi va unga yaqinlashdi. U qo'lini Yubinning iyak qismiga qo'yib, uning yuzini yuqoriga ko'tarar ekan Uning barmoqlari issiq va juda yumshoq edi, boyagi shafqatsiz mafiya rahbaridan asar ham qolmagandek.) Uch kun.....Uch kun davomida sen mening yonimda bo'lasan. Mening soyamsiz. Men qayerga borsam, ortimdan borasan. Agar shu uch kun ichida meni jinnilikka yetaklay olsang yoki yuragimga pichoq sanchishga kuching yetsa shahar seniki, mening klanim ham seniki. Lekin agar uddalay olmasang...(U Yubinning lablariga yaqin kelar ekan ularning nafasi yana bir-biriga qorishdi.) ..unda sen butunlay meniki bo'lasan. Erkinliging, tanang va o'sha qaysar yuraging ham.
Yubinning vujudi muzlab ketdi, ammo uning ichidagi qotillik instinkti uyg'onib boʻlgandi. Bu taklif o'ta xavfli, ammo juda jozibali edi. Namjoonni eng yaqin masofadan kuzatish va uning zaif nuqtasini topish uchun bundan yaxshi imkoniyat bo'lmasdi.
— Kelishdik( dedi Yubin, uning ko'zlariga nafrat va chaqnoq ehtiros bilan tikilib) Uch kundan keyin sening o'liging ustida g'alaba sharobini ichaman, Janob Kim.
Namjoon birdan baland ovozda kulib yubordi. Bu kulgi xonadagi barcha sovuqlikni haydab yuborgandek bo'ldi. U Yubinning qo'lidan ushlab, uni eshik tomonga boshladi
.— Unday bo'lsa, o'yin boshlandi. Birinchi manzilimiz tunda ochiladigan yashirin kimyoviy laboratoriya. U yerda dushmanlarimiz bizga tuzoq qo'yishganini bilaman. Menga yaxshi himoyachi kerak, soyam
Namajoonning qora tanli, zirhlangan limuzini Seulning nam ko'chalari bo'ylab suzib borardi. Yomg'ir tinmagan, aksincha, quyib berayotgan edi. Deraza oynasidan oqib tushayotgan yomg'ir tomchilari tashqaridagi neon chiroqlarining qizil va ko'k nurlarini sindirib, mashina salonida g'alati, harakatlanuvchi soyalarni chizardi.Salon ichida esa o'ta og'ir jimjitlik hukmron edi. Yubin o'rindiqning burchagiga qisilib, nigohini derazadan uzmasdi. Uning o'ng qo'li kiyimining yashirin cho'ntagida har doim yonida olib yuradigan zaxira pichog'ining dastasida edi. U pichoqning sovuq metalini barmoqlari bilan his qilib, o'zini tinchlantirishga urinardi. Biroq, yonida o'tirgan erkakning tafti barcha rejalarini chalkashtirib yuborayotgandi.Namjoon xotirjam edi. U tizzasiga qalin charm muqovali planshetni qo'yib, klan tushumlari va yuk tashish sxemalarini ko'zdan kechirardi. Uning yuzida na xavotir, na charchoq bor edi. Mashina keskin burilganda, Namjoonning yelkasi Yubinning yelkasiga tegib ketdi. Qiz xuddi tok urilgandek sekin chetga surildi. Namjoon esa planshetdan ko'z uzmay, pichirladi
— Mendan bunchalik qochishing shart emas, Yubin. Agar seni hozir yo'q qilmoqchi bo'lsam, buni mashina ichida emas, butunlay boshqacha usulda qilgan bo'lardim.
— Senga ishonmayman, (dedi Yubin ovozini imkon qadar sovuq va qat'iy chiqarishga harakat qilib.) Biz shartlashdik, lekin bu men sening o'yinchog'ingga aylandim degani emas. Fursat kelishi bilan sening tomog'ingni uzaman.
Namjoon planshetni o'chirdida uni chetga olib qo'ydi. Keyin U sekin tanasini Yubin tomonga burdi. Uning uzun barmoqlari qizning plashi yoqasiga tegdi va uni ohista to'g'rilab qo'ydi. Bu harakat shunchalik yaqin va kutilmagan ediki, Yubin nafas olishni ham unutib qo'ydi. Namjoonning ko'zlarida o'sha o'tkir, aqlli va yashirin joziba porlardi
— Menga aynan mana shu xislating yoqadi ( dedi u, ovozi past va bo'g'iq ohangda.) Bo'g'izga tiralgan pichoq kabi xavflisan. Ammo unutma, men o'lim bilan har kuni shaxmat o'ynayman. Shunday ekan meniga oʻlim bilan taxdid qilishni bas qil jalodim
Namjoon yana qoʻlida planshetini olib jimm ketadi buni koʻrgan Yubin ham yana deraza oynasi yomon yuzini burib ichida bu shafqatsiz mafiya sardoriga boʻlgan endi uygʻonayotgan hisslari haqida oʻylay boshlaydi...
Mashina shahar chetidagi tashlab ketilgan, ulkan kema ta'mirlash zavodi hududiga kirib to'xtar ekan . Bu yerda faqat zanglagan temir karkaslar va ko'lmaklarda aks etayotgan xira chiroqlar bor edi. Haydovchi eshikni ochishi bilan . Namjoon birinchi bo'lib tushdi va soyabonni ochib, Yubinning boshi uzra tutdi. U mafiya yetakchisi bo'lsa-da, har bir harakatida aristokratik madaniyat sezilib turardi.Ular zavodning qorong'u, yer osti omboriga yetaklovchi liftiga tushishdi. Pastga tushgan sari havo sovitib, o'tkir dori va kimyoviy moddalar hidi anqiydi. Bu yer Namjoon klanining eng maxfiy laboratoriyasi edi . bu yerda yangi turdagi dori-darmonlar va yashirin kimyoviy birikmalar sinovdan o'tkazilardi. Eshik ochilganda, ichkarida faqat bitta oq xalat kiygan olim kompyuter qarshisida o'tirardi. Ammo Yubinning professional instinkti birdan signal berdi. Laboratoriya burchaklaridagi soyalar haddan tashqari quyuq va g'alati edi. Havo juda og'ir, xuddi portlash oldidan bo'ladigan sukunat kabi edi.
—Janob Kim kelishingizni kutayotgandik) dedi olim o'rnidan turib, ta'zim qilarkan. Lekin uning qo'llari biroz titrayotganini Yubin darhol payqadi.)
so'radi Namjoon, bir necha qadam oldinga yurib.Yubin uning ortidan borarkan, devordagi metall panelda yotgan begona to'pponchaning g'ilofini ko'rib qoldi. Bu klan odamlarining quroli emas edi. Tuzoq
Yubin bor ovozi bilan baqirgancha Namjoonni o'ziga qarab tortar ekan .Shu soniyaning o'zida qorong'u burchaklardan avtomat o'qlari yomg'irdek yog'ila boshladi. Olim yiqildi, laboratoriyaning shisha idishlari chil-chil bo'lib, ichidagi kimyoviy suyuqliklar polga toshdi. Yubin tezkorlik bilan Namjoonni ulkan temir stol ortiga tortdi. Ular yerga yiqilishdi.Hozir ular bir-biriga juda yaqin, deyarli jips bo'lib yotishardi.
Namjoon Yubinning ustiga egilib, uni o'z tanasi bilan o'qlardan to'sib turardi. Atrofda portlashlar, o'q ovozlari va zaharli gaz hidi ko'tarila boshladi.Yubin cho'ntagidan pichog'ini chiqardi. Hozir ayni muddao edi Namjoon uning ostida, himoyasiz yotardi. Pichoqni uning bo'yniga sanchish uchun bitta harakat kifoya edi. U pichoqni ko'tardi, uchi Namjoonning tomog'iga tegdi.Namjoon o'qlardan qochishga urinmadi ham. U shunchaki Yubinning ko'zlariga tikildi. Uning nigohida qo'rquv yo'q edi. Faqatgina qiziqish va g'alati bir xotirjamlik bor edi U ( buni qil Yubin) deb pichirladi Namjoon, o'q ovozlari ostida uning ovozi arang eshitildi.
— Meni hozir o'ldir va bu dushmanlar seni ham shu yerda parchalab tashlashiga yo'l qo'y. Yoki men bilan birga bu jahannamdan tirik chiq.
Yubinning qo'li havoda qotib qoldi. Uning yuragi gursillab urar, Namjoonning issiq nafasi uning yuzini kuydirardi. U dushmanining o'limini xohlardi, lekin shartga ko'ra, u g'olib bo'lishi kerak edi, bu yerda arzon qurbon emas.Qiz tishlarini qisirlatib, pichoqni tushirdi. U Namjoonning belidagi to'pponchani yulqib oldi-da, stol ortidan chiqib, dushmanlar tomonga qarata o'q uza boshladi.
O'q ovozlari quloqlarimni qitirlatib yuborar Shisha idishlar chil-chil bo'lib polga tosharkan, qorong'u burchaklardan chiqqan olov uchqunlari xonani yoritib turardi. Ammo mening butun e'tiborim, butun ongim va borlig'im ostimda yotgan qizga qaratilgan edi.Yubin. Mening kichik, zaharli va go'zal qotilim.U qo'lidagi sovuq pichoq uchini tomog'imga tirab turardi. Uning qop-qora ko'zlarida cheksiz nafrat, qo'rquv va ayni paytda meni yo'q qilishga bo'lgan ulkan ishtiyoq yonib turardi. Uning yuragi xuddi qafasga tushgan qushdek ko'kragimga urilardi. Men o'limga juda yaqin edim, lekin hayotimda biror marta o'zimni hozirgidek tirik his qilmagandim.Men bu dunyodagi hamma narsadan zerikkandim. Boylik, hokimiyat, soxta odamlar... Hamma narsa shaxmat taxtasidagi jonsiz donalardek edi. Faqat Yubin bundan mustasno. U mening hayotimga qonli pichoq bilan kirib kelgan kundan boshlab, mening dunyom rang oldi. Men uni qachon va qanday qilib sevib qolganimni bilmayman. Balki, u birinchi marta menga pichoq o'qtalganida, uning ko'zlaridagi yashirin yolg'izlikni ko'rgandandir. Chunki biz bir xil edik ikkalamiz ham zulmat bolalari edik( Meni hozir o'ldir va bu dushmanlar seni ham shu yerda parchalab tashlashiga yo'l qo'y. Yoki men bilan birga bu jahannamdan tirik chiq) dedim unga qarab. Mening ovozim xotirjam edi, chunki agar u meni hozir o'ldirishni tanlasa ham, men uning qo'lida o'lishdan mamnun edim.Yubin bir soniya ikkilandi. Uning barmoqlari titradi. Va u pichoqni pastga tushirdi. U mening o'limimni emas, hayotimni tanladi. U belimdagi to'pponchani yulqib olib, stol ortidan dushmanlarga qarata oq uza boshlaganida, uning bu jasorati yuragimni butunlay zabt etdi.Lekin o'yin hali tugamagan edi.Men ham o'rnimdan turib, zaxira qurolimni chiqardim. Biz birgalikda orqama-orqa turib, o'qlarga javob qaytara boshladik. U professional edi, har bir harakati aniq va chiroyli edi. Ammo kutilmaganda, laboratoriyaning yuqori qismidagi temir platformadan kimdir Yubinning to'g'risiga chiqdi. Uning avtomati to'g'ri Yubinning ko'kragiga yo'naltirilgandi.Vaqt go'yoki sekinlashgandek bo'ldi. Yubin buni payqashga ulgura olmasdi, u chap tomondagi dushman bilan band edi.Mening miyam o'ylashni to'xtatdi. Strategiya, rejalar, shaxmat qoidalari hammasi yo'qoldi. Faqat bitta instinkt qoldi U yashashi kerak. Agar u o'lsa, mening dunyom yana qorong'ulikka g'arq bo'ladi.Men hech qanday ikkilanishsiz o'zimni uning to'g'risiga otdim. Yubinni butun tanam bilan quchoqlab, polga yiqitdim.Gurs... Gurs... Gurs...Uchta og'ir o'q ovozi. Va ularning hammasi mening orqamga, o'ng yelkam va bel qismimga kelib urilar ekan shu lahzada Tanamban misli ko'rilmagan qaynoq olov o'tib ketdi. O'q kuchi shunchalik kuchli ediki, og'zimdan issiq qon sizib chiqdi va biz polga yiqildik. Men bor kuchimni yig'ib, uning ustiga yiqilmaslikka harakat qildim, chunki og'irligim bilan uni jarohatlashni xohlamasdim. Qo'llarim titrab, uning ikki yoniga tiraldi. Mening qonim uning oppoq yuziga, plashiga tomchilay boshladi.
Yubinning ovozini birinchi marta bunday daxshat va xavotir ichida eshitishim edi. Uning ko'zlari katta-katta ochilib ketgan, qo'llari mening qonayotgan yelkamga tegdi.
—Nega... Nega bunday qilding Sen aqldan ozdingmi
Mening ko'z oldim xiralasha boshladi, lekin men uning yuziga tikilib, labimning cheti bilan jilmayishga urindim. Tanamdagi og'riq chidab bo'lmas darajada edi, ammo uning daxshatga tushgan, men uchun qayg'urayotgan yuzini ko'rish bu og'riqni aritgandek bo'ldi.
ovozim o'pkamdagi qon tufayli bo'g'ilib chiqdi. Men uning yuziga qo'limni uzatdim, barmoqlarimdagi qon uning yonog'iga surkildi.
— Sen... mening yagona tirik narsasan... Agar sen o'lsang, men kim bilan o'ynayman...
shu onda ko'zlarim yumilib borardi. Quvvatim meni tark etayotganini his qildim va boshim uning bo'yniga, ipakdek yumshoq sochlari orasiga eshilib tushdi.
Men hushimni yo'qotayotgan edim, lekin so'nggi eshitgan narsam Yubinning mening ismimni aytib, telbalarcha baqirishi va mening klanim yordamga kelganining ovozlari bo'ldi.Men uni qutqardim. Endi navbat uniki...?
_Namjoon Ko'zingni och!
Yo'q yo'q yo'q... Senga o'lishga ruxsat bermayman seni hali oʻzim oʻldiraman shu sababli koʻzing och iltimos
Mening baqirgan ovozim qorong'u, vayron bo'lgan laboratoriya devorlariga urilib, aks sado bera Quloqlarim ostida esa dushmanlarning qochayotgan qadam tovushlari va Namjoonning odamlari kelayotganining shovqini eshitilardi. Ammo men hech narsani ko'rmasdim, his qilmasdim. Bor dunyom shu topda qisqarib, faqat mening ustimda jonsizdek yotgan mana shu erkakka aylanib qolgandi.Uning og'irligi meni yerga bosib turardi. Ammo bu og'irlik emas, balki uning tana harorati sekin pasayib borayotgani meni dahshatga solayotgandi. Uning issiq, quyuq qoni plashimdan o'tib, ko'kragimga tegar, terimni kuydirayotgandek tuyulardi.Mening qo'llarim... Har doim sovuqqonlik bilan qurol tutgan, odam o'ldirishda zarracha titramagan qo'llarim hozir telbalarcha qaltirar edi. Men uning yuzini kaftlarim orasiga oldim. Uning o'sha har doim mag'rur, hamma narsani oldindan biladigandek g'olibona bo'lib turadigan ko'zlari hozir mahkam yumilgan edi. Labining chetidagi qon sizib chiqishda davom etardi.
yig'i tomog'imga tiqilib, nafasimni qaytarardi.
— seni men o'ldirishim kerak edi-ku Sen mening qurbonim bo'lishing kerak edi Nega o'zingni o'qqa tutding, ahmoq?
men bor kuchim bilan sochlaringizni changalladim. Ichimdagi og'riq, chidab bo'lmas daxshat tashqariga otilib chiqar edi . Ko'z yoshlarim esa nazoratsiz ravishda yuzimdan oqib tushar, Namjoonning qonli yuziga borib tomardi. Men yig'layotgan edim. Professional qotil o'zining nishoni uchun bolalardek o'ksib-o'ksib yig'layotgandi.Shu soniyada men o'zimga iqror bo'ldim. Men bu o'yinda yutqazib bo'lgandim. Uni jinnilikka yetaklamoqchi edim, lekin o'zim uning ishqida aqldan ozib bo'lgan ekanman. U o'zining sovuq niqobi ortiga yashiringan cheksiz sevgisi bilan, mening yuragimni allaqachon parchalab tashlagan ekan. U o'z hayotini men uchun tikdi. Men nafratlanadigan, dunyodagi eng shafqatsiz deb bilgan mafiya boshlig'i, meni qutqarish uchun o'z ko'kragini o'qqa tutib berdi.
— Xonim Janob Kimni zudlik bilan olib ketishimiz kerak
Namjoonning sodiq yordamchilari yetib kelib, uni mening ustimdan ehtiyotkorlik bilan ko'tarishdi.Men polga o'tirgancha qoldim. Qo'llarim, kiyimlarim hamma yog'im uning qoniga belangandi. Men o'rnimdan turdim. Ko'z yoshlarimni shartta artib, yerda yotgan to'pponchani qo'limga oldim. Ko'zlarimdagi qo'rquv o'rnini dahshatli va shafqatsiz qasos o'ti egalladi
dedim men sovuq, buyruq ohangida. Namjoonning odamlari menga hayrat bilan qarashdi. Men hozir uning klanini boshqaradigan haqiqiy xonimga aylangandim.
_Bunga buyruq bergan raqib klan boshlig'ini esa o'zim topaman. Va uni Namjoonning har bir qon tomchisi uchun tiriklayin azoblayman
Men mashina ortidan yugurdim. Men uni yo'qotib qo'yishdan daxshatli darajada qo'rqardim, lekin hozir yig'laydigan vaqt emasligini bilardim. U yashashi kerak, chunki bizning o'yinimiz hali tugamadi
To‘rt kun.To‘rt kecha.
Bu vaqt ichida men uxlash nimaligini unutdim. Ko‘zlarimga uyqu kelmasdi, chunki har safar kipriklarim jipslashganda, qulog‘im ostida o‘sha dahshatli uchta o‘q ovozi va Namjoonning og‘zidan sizib chiqqan issiq qon rasmi qayta jonlanardi.
Men va'damning ustidan chiqdim. Namjoonga hujum qilishga jur'at etgan o‘sha raqib klanni bor-yo‘g‘i qirq sakkiz soat ichida butunlay yo‘q qildim. Ularning boshlig‘i tizzalab mendan shafqat so‘raganida, ko‘zlarimga faqat Namjoonning shifoxonadagi oq choyshabga burkangan jonsiz qiyofasi keldi. Men zarracha ikkilanmay uning boshiga o‘q uzdim. Shahardagi barcha dushmanlar yo‘q qilingan, uning taxti endi xavfsiz edi.
Lakin bularning hech biri meni xursand qilmasdi. Chunki o‘sha taxtning haqiqiy egasi hamon reanimatsiya xonasida, oq quvurlar va yurak urishini ko‘rsatuvchi sovuq monitorga bog‘langancha jonsizdek yotardi. U hali ham ko‘zlarini ochmagandi.
Men uning karavoti yonidagi stulda o‘tirardim. Palatada faqat apparatning bir maromdagi zerikarli biyb... biyb... degan ovozi eshitilardi. Men uning o‘ng qo‘lini ikki kaftim orasiga olib, lablarimga bosdim. Uning barmoqlari har doimgidek issiq emas, sovuq edi. Uning yuziga qarab o‘tirarkanman, xayolim uzoq o‘tmishga, bizning bu qonli dushmanligimiz aslida qayerdan boshlanganiga qaytib ketdi.
Bularning hammasi bundan besh yil oldin, yomg‘irli oktyabr kechasida boshlangandi.
O'shanda men hali yollanma qotillar tayyorlaydigan maxfiy tashkilotning eng yosh va iqtidorli talabasi edim. Mening birinchi jiddiy topshirig‘im Kim klanining o‘sha paytdagi yosh, ammo tez ko‘tarilib borayotgan strateg rahbari, Kim Namjoonni yo‘q qilish edi. Men uning shahar chetidagi qadimiy kutubxonasiga yashirincha kirib olgandim.
U o‘shanda ham xuddi hozirgidek shaxmat taxtasi qarshisida o'tirgan, atrofda klassik musiqa sadosi yangrardi. Men uning ortidan mushukdek ovozsiz kelib, pichoqni bo‘g‘ziga tiragandim. Bu mening ilk haqiqiy qotilligim bo‘lishi kerak edi. (Kechikding ) degandi u o‘shanda ham, xuddi o‘yinning oxirini oldindan bilgandek.
U qandaydir sehrli tezlik bilan mening bilagimdan tutgan va pichoqni qo‘limdan uchirib yuborib, meni polga yiqitgandi. Men qarshilik ko'rsatishga urindim, lekin u meni o‘z tanasi bilan bosib, harakatlanishga yo‘l qo‘ymagan. O‘shanda ilk bor uning o‘tkir, aqlli va tubsiz ko‘zlariga duch kelgandim. U meni o‘ldirishi, odamlariga topshirishi mumkin edi. Ammo u butunlay boshqa ishni qildi.
U mening yuzimga yaqinlashib, lablarimning chetiga pichoq uchi bilan sekin chizgandi-da, shunday degan edi
"Sening ko‘zlaringda qotilning emas, adashgan qushning nigohi bor. Seni o‘ldirish men uchun juda oson va zerikarli bo‘ladi, kichkintoy. Kel, undan ko‘ra uzoq o‘yin o‘ynaymiz. Sen meni o‘ldirishga harakat qilaverasan, men esa senga bu dunyoning haqiqiy qonunlarini o‘rgataman.
O'sha kechada u meni qo‘yib yuborgandi. Va o‘sha kundan boshlab bizning yashirin shaxmat o‘yinimiz boshlangan edi. U har safar mening tuzoqlarimdan osonlikcha qutulib qolar, go‘yo meni atayin o‘ziga yaqinroq tortardi. Men uni eng ashaddiy dushmanim deb bildim, unga nafrat ko‘zi bilan qaradim. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu nafrat ich-ichimdan ehtirosga, bog‘lanib qolishga va eng dahshatlisi sevgiga aylanib borayotganini sezmay qolgan ekanman. U meni o‘ziga shunchalik o‘rgatib qo‘ygandiki, endi usiz mening hayotim ma'nosiz edi.
Hozirgi zamonga qaytib, uning sovuq qo‘llarini ko'z yoshlarim bilan yuvdim.
— Eshitayapsanmi, Namjoon?...( pichirladim unig qulog‘iga, ovozim yig‘idan bo‘g‘ilib.) O'yinimiz hali tugamadi. Sen menga dunyoni o‘rgatmoqchi eding-ku. Men hamma dushmanlaringni yo‘q qildim, seni taxtingni saqlab qoldim... Endi ko‘zingni och. Agar sen o‘lsang... men ham bu dunyoda qolmayman. Biz birga jahannamga ketamiz.
Shu soniyada, kutilmaganda, mening kaftlarim orasida turgan uning uzun barmoqlari biroz qimirlagandek bo‘ldi. Monitorning urishi birdan tezlashdi ha birdan
biyb... biyb... degan ovozi ham birdan tezlashdi. Men daxshat ichida boshimni ko'tardim. Namjoonning mahkam yumilgan kipriklari sekin titradi va u og'ir nafas olib, ko'zlarini ochdi. Uning tubsiz, qora ko'zlari biroz xira edi, lekin u xonadagi chiroq nurlariga ko'nikish uchun bir necha bor ko'zlarini qisdi.Nigohi sekin aylanib, nihoyat mening yuzimda to'xtadi. Ko'z yoshlardan namlangan yuzimga, tartibsiz sochlarimga va to'rt kundan beri kiyib yurgan qonli kiyimlarimga qaradi. Uning lablari quruq va oppoq edi, lekin u jilmayishga urindi. O'sha o'ziga ishongan, g'olibona jilmshish.
— Yig'layapsanmi kichkintoy?...( uning ovozi juda past, bo'g'iq va xirillab chiqdi. Tomog'i qurib ketgan bo'lsa-da, ohangida o'sha tanish mayinlik bor edi.
— Gapirma Shifokorlarni chaqiraman
men shu onda o'rnimdan turmoqchi bo'ldim, lekin Namjoon kutilmaganda sovuq qo'llari bilan mening bilagimdan tutin oldi ammo u hali juda zaif edi lekin uning tutqichida meni qo'yib yubormaslikka bo'lgan qat'iy iroda bor edi.
dedi u nafasini rostlab. U qo'limni sekin o'zining baquvvat ko'ksiga, yuragi urib turgan joyga qo'ydi. Uning yuragi xuddi otishmadagi kabi tez va kuchli urayotgan edi.
— Men seni ko'rish uchun shu jahannamdan qaytib keldim. Sen esa ketaman deysan Menga shifokorlar kerak emas, menga sen keraksan
Uni soʻzlarini eshitib men karavoti chetiga qayta o'tirishga majbur bo'ldim. Yuzimdan oqayotgan ko'z yoshlarimni to'xtata olmasdim. Namjoon qo'lini sekin ko'tardi va barmoqlari bilan mening yonog'imdagi yoshlarni artdi. Uning issiq tafti terimga tekkanda, ichimdagi to'rt kunlik og'riq erib ketgandek bo'ldi.
dedi u ko'zlarimga chuqur tikilib. Uning nigohida endi hech qanday mafiya niqobi yo'q edi. Unda faqat cheksiz, toza va ehtirosli sevgi yonardi.
— Sening so'nggi so'zlaringni eshitdim, Yubin. Agar men o'lsam, ortimdan kelmoqchi bo'ldingmi? Nega o'zingni bunchalik qiynading?
Men tishlarimni qisirlatib, yuzimni uning kaftiga bosdim.
— Chunki sen ahmoqsan, Kim Namjoon Meni qutqarish uchun o'zingni o'qqa tutib berding Biz dushman edik-ku...
Namjoon sekin pichirladi va ovozida g'alati bir ehtiros uyg'ondi. U bilagimdan tortib, yuzimni o'zining yuziga yaqinlashtirar ekan Oralarimizda atigi bir necha santimetr qolgandi shunday Uning ko'zlarida men ilgari ko'rmagan juda issiq, olovli bir tuyg'u bor edi.
— Men seni birinchi marta o'sha qorong'u kutubxonada, bo'g'zimga pichoq tiraganingda sevib qolgandim, Yubin. O'shanda men o'limni emas, mening hayotimga aylanadigan yagona ayolni ko'rgandim.
U og'riqqa chidab, tanasini biroz yuqoriga ko'tardi va qo'llarini mening sochlarim orasiga
o'tkazdi. Uning nafasi lablarimni kuydirayotgan edi
.— Besh yil davomida men bu tuyg'uni yashirdim. Sen meni o'ldirmoqchi bo'lganing sari, men senga yanada ko'proq bog'lanib qolaverdim. O'sha laboratoriyada, o'qlar senga yo'naltirilganda... Men miyam bilan o'ylamadim. Mening yuragim baqirdi. Sening o'liming mening butunlay yo'q bo'lishim edi. Men seni o'z hayotimdan ham, bu dunyodagi barcha hokimiyatimdan ham ko'proq sevaman, Yubin. Agar sen yashasang, men har kuni o'q eyishga ham tayyorman.
Uning bu so'zlari mening yuragimga sanchilgan eng go'zal pichoq bo'ldi. Men boshqa qarshilik ko'rsata olmadim. Men engashib, uning quruq va issiq lablariga yopishdim.Bu o'pich avvalgilaridek shafqatsiz yoki xavfli emas edi. Unda besh yillik sog'inch, o'limdan qutulib qolganlik baxti va bir-birimizga bo'lgan cheksiz ehtiros bor edi. Namjoon qo'llari bilan mening bo'ynimdan mahkam quchoqlab, o'pishni yanada chuqurlashtirdi. U meni o'ziga shunchalik tortardiki, go'yo o'z tanasining bir qismiga aylantirib olmoqchidek edi. Bizning ko'z yoshlarimiz lablarimizda qorishib ketdi achchiq, ammo dunyodagi eng shirin sevgi ta'mi edi.U nihoyat lablarimdan ayrilganda, peshonasini peshonamga tirab, chuqur nafas oldi
.— Endi... sen butunlay menikisan, soyam. Va men seni hech qachon qo'yib yubormayman.
Men jilmshib, uning burnidan sekin chimdib qo'ydim:
— Avval tuzalib ol, Janob Kim. Keyin meniki bo'lish haqida gaplashamiz