March 28

𝑫𝑬𝑵𝑮𝑰𝒁 𝑨𝑺𝑰𝑹𝑨𝑺𝑰 🔞

1-𝒄𝒉𝒂𝒑𝒕𝒆𝒓 // 𝑹𝒂𝒄𝒉𝒆𝒍

Dengiz — bu ikki xil qiyofali buyuk kuch. Uning sathi kumushdek tovlanib, inson ruhiga orom bersa-da, tub-tubida shafqatsiz va qorong‘u haqiqatlarni yashiradi. dengiz sirlarni oʻz ichiga olgan eng daxshatli va tinch boʻlgan maskandir
bir vaqtni oʻzida ham shafqatsiz ham sokinlik

Dengizning cheksiz ufqlari kumushrang jilo bilan tovlanib, go‘yo sokinlik va osoyishtalik timsolidek ko‘rinsa-da, uning tub-tubidagi zulmatda dahshatli sirlar yashiringan edi. To‘lqinlarning ohista shovqini kemaning po‘lat korpusiga urilib, ichkaridagi fojiani yashirishga urinayotgandek go‘yo. Ammo bu ulkan kemaning eng pastki, rutubatli va qorong‘u bo‘lmasidan chiqayotgan ayanchli faryod butun kemaga aks-sado berardi.
Bu xonaga kirish qat’iyan taqiqlangan, hatto kemaning eng jasur matroslari ham u yerdan kelayotgan tovushlarni eshitganda qonlari muzlab, yo‘llarini tezlatib o‘tardilar. U yerda, temir devorlar orasida, 17 yoshli qizning hayoti va insonligi poymol qilinayotgan edi.

— Bas qiling, o‘tinib so‘rayman ( qizning ovozi titrab, bo‘g‘zidan zaxarli bir og‘riq bilan otilib chiqdi. ( Yetar... ortiq kuchim qolmadi. Istamayman maxluq bo‘lishni! Iltimos, menga rahmingiz kelsin, axir men ham odamman...

Xona kichik bo‘lsa-da, u yerda insoniyatga begona bo‘lgan sovuq bir muhit hukmron edi. O‘rtadagi tajriba stolida qo‘l-oyoqlari zanjirlangan qiz xar xil simlar va rangli suyuqliklar to‘ldirilgan moslamalarga ulangan edi. Uning oppoq terisida ko‘karishlar va tajribalardan qolgan izlar yaqqol ko‘zga tashlanardi.
Qarshisida esa oq xalatli, yuzi sovuq va hissiz, taxminan 45 yoshlardagi erkak turardi. U qo‘lidagi shpritsni yorug‘likka tutib, ichidagi binafsharang suyuqlikka sinchkovlik bilan tikildi.

— Odamman? ( dedi qizga hatto qayrilib ham qaramay. ) Yo‘q, Sen endi odam emassan. Sen tabiatning xatosini tuzatuvchi buyuk bir kashfiyotning poydevorisan. Odamlar zaif, ular kasal bo‘ladi, qariydi va o‘ladi. Ammo sen... sen boshqacha bo‘lasan.

— Men bunday bo‘lishni so‘ramadim! (deb qichqirdi qiz, zanjirlarini bor kuchi bilan silkitar ekan. ) SIZ ASLIDA MAXLUQSIZ MENI QOʻYIB YUBORING LANATI BOʻLSIN SIZGA MEN HALI HAMMASINI ULARGA AYTIB BERAMAN SIZING MANASHU INSONLAR OʻRTASIDA QILAYOTGAN TAJRIBALARIYIZNI HAM....HAMMASINI AYTAMAN

Qizni gapini eshitgan erkak qizga yaqinlashib, uning yuziga egildi. Xozir Uning ko‘zlarida zarracha rahm-shafqat nishonasi yo‘q, aksincha, ochko‘z bir qiziqish bor edi.

— Seni hech kim qidirmaydi, shunday ekan sen xech kimga ayta olmaysan buni ( dedi u past ovozda, sovuqqonlik bilan. ) Dunyodagilar uchun sen dengizda g‘oyib bo‘lgansan. Sen hozir mening mulkim va navbatdagi tajriba quyonchamsan. Bilasanmi, bu suyuqlik qoninga qo‘shilgach, hujayralaring qanday o‘zgarishini ko‘rish uchun qancha kutdim?

— SIZ VAXSHIY MAXLUQSIZ SIZ ....SIZDAN NAFRATLANAMAN YER YUTSIN SIZNI JAHANNAM OLOVIDA YONING ( deb qiz uning yuziga tupurishga harakat qildi)

erkak yuzini dastro‘moli bilan xotirjam artdi va boshqaruv pultidagi qizil tugmani bosdi. Xonada g‘uvillagan ovoz kuchayib, moslamalardagi suyuqlik qizning tomirlari bo‘ylab harakatlana boshladi.

— Ba’zi buyuk ishlar uchun qurbonliklar kerak bo‘ladi, shu uchun ham men seni qurbon qilyabman ( dedi doktor soatiga qarab. ) Hozir tanangda o‘zgarish boshlanadi. Bu biroz og‘riqli bo‘lishi mumkin, ammo natija... natija hayratlanarli bo‘ladi.

Qizning tanasi keskin titray boshladi. Uning tomirlari ko‘karib, terisidan bo‘rtib chiqa boshlagandi. U bor kuchi bilan baqirdi, ammo uning bu so‘nggi insoniy qichqirig‘i kema motorlarining g‘uvillashi va dengizning bepoyon shafqatsizligiga singib ketdi. Kema esa hech narsa bo‘lmagandek, o‘z bag‘rida bu dahshatli sirni ko‘tarib, zulmatli ufq sari suzib borardi.

Tinch okeanining moviy bag‘rida suzib borayotgan ulkan harbiy kema "Viktoriya" nafaqat po‘latdan yasalgan qal’a, balki Kapitan Jeymsning qattiqqo‘l qonunlari hukmron bo‘lgan kichik bir dunyo edi. Kema motorlarining past ovozdagi g‘uvillashi tonggi sukunatni buzar, quyosh esa ufqlardan endigina bosh ko‘tarayotgan edi.
Oshxonada soat millari 05:30 ni ko‘rsatib turibdi. Havoda yangi yopilgan non va qovurilgan kofe hidi anqirdi.
Mina stol ustidagi sabzini xuddi dushmanini jazolayotgandek shiddat bilan to‘g‘rar edi. Uning egnidagi qora sviteri va ko‘zlariga quyuq surtilgan qora qalami bu harbiy muhitga mutlaqo zid. U 18 yoshli isyon edi. Har bir pichoq zarbi taxtakachda qattiq aks-sado berardi.

— Mina, qara!( kutilmaganda Rechelning hayajonli ovozi yangradi. U 21 yoshda bo‘lishiga qaramay, xuddi kichkina qizaloqdek quvonardi. Koʻrgan inson uni 21 yoshga kirib voyaga yetgan qiz deb oʻylasa ham aslida uning ongi hali ham 5-6 yoshli qizaloq edi ) Mina dedim qara...Xamirdan quyoncha yasadim. Qulog‘ini qara, xuddi haqiqiysiga o‘xshaydi-ya?

Mina pichoqni to‘xtatib, opasiga sovuq va charchagan nigoh bilan qaradi. Rechelning ustidagi pushti gulli fartugi va uning yuzidagi beg‘ubor tabassum Minani battar g‘azablantirardi.

— Rechel, biz hozir qamoqxonadamiz, bilasanmi? ( Dedi Mina tishlari orasidan.) Dadam bizni bu temir qutiga, mana shu qorong‘u oshxonaga qamab qo‘ydi. Sen esa quyonchalar haqida o‘ylayapsan! Biz bu yerda xizmatkormiz!

Rechelning quvnoq ko‘zlari bir zumda namlandi, lablari pirpirata boshladi

— Lekin dadam aytdiki... agar ovqatni mazali qilsak, bizni tezda qirg‘oqqa qaytarar ekan. Men faqat uyga ketishni xohlayman, Mina.

— Dadam yolg‘onchi! ( Mina pichoqni taxtakachga shunday urdiki, sabzi bo‘laklari har tomonga uchib ketdi.) U bizni nazorat qilish uchun, o‘zining qo‘g‘irchog‘i bo‘lishimiz uchun bu yerga olib keldi. Bu kema — tiriklayin ko‘milgan jahannamning o‘zi!

Shu payt oshxonaning og‘ir temir eshigi gumburlab ochilgancha Bo‘sag‘ada paydo bo‘lgan qiyofa oshxonadagi haroratni bir zumda muzlatib yuborgandek bo‘ldi. Baland bo‘yli, oq ko‘ylagining yuqori tugmalari beparvolik bilan yechilgan, nigohi o‘tkir va sovuq yigit bu kema asiri yoki mehmomi emas, balki yer osti dunyosining yashirin qiroli Jeon Jungkook edi. Uning ortidan esa doimiy soyasi Jimin kirib keldi.
Jungkook bir muddat qizlarga tikilib qoldi. Uning 28 yillik xavf-xatarga to‘la hayotida ko‘p narsani ko‘rgan ko‘zlari Minaning qora kiyimi va isyonkor nigohida to‘xtadi.

Jeon Jungkook xafli mafiya toʻdasini rahbarini oʻgʻli aslida Koreyalik boʻlsada Italiya mafiyalar toʻdasini boshqaradi .

— Demak, yangi oshpazlar shularmi? (dedi Jungkook. Uning ovozi past, lekin butun xonani to‘ldiradigan darajada jarangdor edi. Uning nigohi go‘yo Minaning ich-ichini o‘qiyotgandek edi)

Jimin esa kulimsirab, xamir bilan mashg‘ul bo‘lgan Rechelga yaqinlashdi.

— Qiziq... Kapitan qizlarini kemaga o‘yinchoq qilib olib keldi deb o‘ylamagandim, ( dedi u ohista. ) Xo‘sh, mana bu mitti quyoncha kim?

Rechel unga qarab turgan Jimindan qo‘rqmadi. Aksincha, u Jiminning chiroyli yuziga bolalarcha hayrat bilan boqib, qo‘lidagi xamir quyonchani unga uzatdi

— Men Rechelman. Quyoncha yeysizmi? U juda shirin bo‘ladi.

Jimin bir lahza dovdirab qoldi. Uning qo‘llari qonga botgan bo‘lishi mumkin edi, lekin bu qizning beg‘uborligi uni qurolsizlantirdi. U sekingina quyonchani oldi.
Shu vaqtda Jungkook Minaga bir qadam yaqinlashdi. Oradagi masofa shunchalik qisqa ediki, Mina uning qimmatbaho atiri va tamaki aralashgan hidini tuydi.

— Isming nima, mitti isyonchi?(so‘radi Jungkook Minaning ko‘zlariga tik qarab. Uning nigohida ham hayrat, ham xavfli bir qiziqish bor edi)

Mina Jungkookni yaqin boʻlganini koʻrib orqaga chekinmadi. Aksincha U Jungkookni koʻziga huddi U kabi tik qarab qo‘lidagi pichoqni mahkam qisgancha, jag‘ini baland ko‘tardi

— Ismimning senga zarracha aloqasi yo‘q, janob Men bu yerdagi Hamma narsani hal qiladigan osaman va Bu yer harbiy kema, sening tungi klubing emas. Bu yerda hamma senga ta’zim qilishi mumkin, lekin men emas.

Minani gapini eshitgan Jungkookning lablarida yashirin, ammo o‘tkir bir tabassum paydo bo‘ldi.

— Qiziqarli... (u Jimin tomonga qisqa nazar tashladi. ) Jimin, shekilli bu kemada zerikmaymiz. Bunday o‘tkir tilli oshpazlar har kuni ham uchrayvermaydi.

Park Jimin 29 yosh Jungkook yordamchisi soyasi desa ham boʻladi . Aqili va ayor

Jimin Rachel bergan quyonchadan bir tishlam tishlab, bosh silkidi

— Rostdan ham, Jungkook. Bu yerda ham shirinliklar, ham zaharli gullar bor ekan. Ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

To‘satdan koridordan Kapitanning og‘ir va vahimali qadam tovushlari eshitildi.

— Qizlar! Nonushta tayyormi?! (Jeymsning ovozi momoqaldiroqdek aks-sado berdi)

Shunda Jungkook Minaga yaqinroq egilar ekan uning issiq nafasi Minaning qulog‘iga tegib o‘tdi

— Ehtiyot bo‘l, mitti qizaloq. Bu kemada bo‘ronlar faqat dengizda bo‘lmaydi. Men bilan o‘ynashish esa, bo‘ronda suzishdan ham xavfliroqdir.

_ sen kim boʻlibsanki sendan qoʻrqasam

Mina hali oʻsha oʻzini sovuqlikini saqlashga harakat qilgancha javob berdi bu esa Jungkookni kelgusiga sababchi boʻldi .

_ tez orada meni aslida kim ekanligimni va mendan nega qoʻrqishing kerak ekanligini ham bilib olasan qizloqa endi esa koʻrishguncha....Jimin kettik

Jungkook Minaga koʻz qisqacha chiqish eshigi tomon yurar ekan . Buni koʻrgan Jimin Rachelga ayor tabbasum qilgancha uni ortidan ergashib chiqib ketishgach, oshxonaga yana sukunat cho‘kdi. Faqat Rechelning hayron bo‘lib turishi bu jimjitlikni buzdi.

— Mina, u nega senga shunaqa g‘alati qaradi? Uning ko‘zlari juda katta va qop-qorong‘u ekan-a?

Jungkook va Jimin ketganiga ishonch hosil qilgan Mina oʻzini boʻsh qoʻygancha chuqur nafas olda boshladi . Uning yuragi negadir odatdagidan tezroq urardi ehtimol g‘azabdandir, ehtimol... qo‘rquvdan

— Ular xavfli, Rechel. Ulardan iloji boricha uzoqroq yurishimiz kerak. Ayniqsa, mana bu qora kiyimidagi Jungkookdan. U oddiy odam emas...

_ Nega menga anavi sariq sochli amaki yoqib qoldi ..koʻrdingmi menga kulib qaradi odatda xech kim menga kulib qaramaydi ular yomon chunki ....bu amaki emas juda yaxshi

Rachel Jimin haqida huddi yosh qizaloqalar qiziqarli oʻyin yopib olgancha xursand boʻlgancha kulib aytar ekan , xozir Minaga bularni xech biri qiziq emasdi xozir uning hayolida faqat Jungkook va undan tezroq qutulish edi .
Ammo kema allaqachon qirg‘oqdan uzoqlashgan, atrofda faqat cheksiz va shafqatsiz Tinch okeani edi. Bu kemadan qochishning imkoni yo‘q edi, endi barcha sirlar va xavf-xatarlar mana shu po‘lat devorlar ichida to‘qnashishi muqarrar.

Kema motorlarining bo‘g‘iq gursillashi go‘yo ulkan maxluqning yurak urishidek butun polni titratardi. Mina pichoqni chetga surib, qaltirayotgan qo‘llarini sviterining cho‘ntaklariga yashirdi. U Jungkookning nigohidagi o‘sha sovuq asoratni hali ham terisida his qilayotgan edi.

— Rechel, senga necha marta aytganman, notanishlarga ishonma deb! (dedi Mina ovozini pastlatib, lekin qat’iy ohangda. ) Bu kema oddiy kema emas. Dadam bizni bu yerga bekorga olib kelmagan. Anavi "sariq sochli amaking" va uning sherigi... ular bu yerda mehmon emas, tushunyapsanmi?

Rechel labini tishlab, boshini egdi

— Lekin u quyonchamni oldi-ku... Dadam aytardi-ku, ovqat ulashgan odamlar do‘st bo‘ladi deb.

— Dadam ko‘p narsani aytadi, Rechel. Masalan, bizni xavfsiz joyga olib ketyapman degani kabi, (Mina zaharxanda bilan kuldi)

Shu payt oshxona eshigi yana shiddat bilan ochilib, kema oshpazlarining boshlig‘i, yuzi chandiqlar bilan qoplangan qariya paydo bo‘ldi.

— Bo‘ldi, yetar shuncha gap sotganlaring ( baqirdi u.) Kapitan va uning "maxsus mehmonlari" nonushta kutishmoqda. Mina, 12-kabutaga ikkita kofe va qovurilgan go‘shtni olib bor. Tezlash!

Mina yalt etib oshpazga qaradi

— Nega men? Rechel qolsinmi?

— Rechel shu yerda idishlarni artadi. 12-kabuta bu Jungkook va Jiminning xonasi. Tez Bor, gapingni kamaytir! ( oshpaz qo‘liga og‘ir patnisni tutqazdi)

Mina patnisni olarkan, yuragi yana gupurlab ura boshladi. U 12-kabuta tomon yo‘lak bo‘ylab borar ekan, kema devorlaridan kelayotgan o‘sha g‘alati, ingichka tovushni yana eshitdi. Bu xuddi shamol uvillashi emas, balki pastki qavatdan kelayotgan bo‘g‘iq faryodga o‘xshardi. “Pastda nima bor?” deb o‘yladi u, lekin biroq bu shunchaki oddiy dengiz shamol deb oʻylagancha yoʻlini davom etib Jungkookning xonasi oldiga kelganda hayollari bo‘lindi.
U eshikni taqillatmasdan, shunchaki turtib ochdi. Ichkarida tutun hidi anqir, qandaydir klassik musiqa past ovozda yangrayotgan edi. Jungkook deraza yonida turib, cheksiz okeanga tikilib turardi. Jimin esa divanda o‘tirgancha, qo‘lidagi kumushrang pichoqni havoda o‘ynatib, nimadir haqida o‘ylardi.

— Xizmatingizga tayyorman, "janoblar", (dedi Mina ovoziga maksimal darajada nafrat yuklab)

Jungkook sekin ortiga o‘girildi. Uning ustidagi ko‘ylagi endi butunlay yechilgan, yelkasidagi g‘alati tatirovkalar qandaydir dengiz maxluqlari va tikanli simlar tasviri ko‘zga tashlanardi.

— Tez kelding, mitti isyonchi, ( Jungkook unga yaqinlasha boshladi. Har bir qadami yirtqich hayvonning harakatiga o‘xshardi. ( Sen judayam jasursan yoki judayam ahmoqsan. Mening xonamga ruxsatsiz kirish... bu xavfli o‘yin

Mina patnisni stolga shatirlatib qo‘ydi

— Men bu yerga o‘yin o‘ynagani kelganim yo‘q. Mana kofeingiz. Iching-u, mening oshxonamga boshqa qadamingizni bosmang.

Jungkook kulib yubordi. Bu kulgi quvnoq emas, balki sovuq va qaltis edi. U Minaning qarshisida to‘xtab, barmog‘i bilan qizning iiyagini ko‘tardi

— "Sening" oshxonang? Sen hali ham bu kemada nima bo‘layotganini tushunmayapsanmi? Kapitan Jeyms seni va opangni bu yerga nima uchun olib kelganini bilmaysanmi?

Mina darov Jungkookni qo‘lini siltab tashladi

— Dadam bizni himoya qilish uchun olib kelgan!

Bu gapni eshitgan Jimin divandan turib, kulimsiragancha Minaga yaqinlashdi

— Himoya? ( u pichog‘ini patnisdagi go‘shtga sanchdi. ) Bu kema "Viktoriya" deb ataladi, lekin uning tubida yashiringan narsa "o‘lim" deb ataladi, go‘zalim. Opang Rechel... u judayam beg‘ubor. Bu yerda beg‘uborlik uzoq yashamaydi.

Mina Rachel haqida eshitish bilan titrab ketdi

— Nima demoqchisizlar? Pastki qavatda nima bor? Men u yerdan ovozlarni eshityapman! Nima sizlar ham eshitdiyizmi ....xoʻsh u yerda nima bor tezroq ayting

Minaning bu gapga qoʻrquvini emas qiziquvchanligini koʻrgan Jungkook kulgancha Minaning qulog‘iga egilib, shivirladi

— Pastda insoniyatning kelajagi yoki uning yakuni yozilmoqda. Agar omon qolishni istasang, mitti qizaloq, ko‘rganingni ko‘rdim dema, eshitganingni eshitdim dema. Va eng muhimi... dadangga ishonma.

Mina darov Jungkookni oʻzidan itargancha eshik oldiga bordi

— Sen yolg‘onchisan

Deb aytganchs Mina xonadan otilib chiqib koridor bo‘ylab yugurib ketar ekan, ortidan Jungkookning galdagi gapi aks-sado berib qoldi

— Bo‘ron yaqinlashmoqda, Mina! Va bu bo‘ron seni ham, opangni ham yutib yuboradi!

Mina yugur oshxonaga yetib kelganda, Rechel yerda o‘tirgancha, o‘sha xamirdan yasalgan quyonchalardan yana birini yasayotgan edi. Lekin bu safar quyonchaning ko‘zlari yo‘q, u g‘alati va qo‘rqinchli ko‘rinardi.

— Mina...( Rechel sekingina pichirladi. ) Anavi pastdagi qiz yana yig‘layapti. U judayam og‘riyapti deyapti... Sen ham eshityapsanmi?

Rachelni gapini eshitgan Minaning qonlari muzlab qoldi. Rechelning ongi 6 yoshli bolanikidek bo‘lsa-da, u doim boshqalar sezmagan narsalarni his qilardi.

— Qanaqa qiz, Rechel? ( Mina opasining yoniga o‘tirdi)

— Suv ostidagi malika... ( Rechel bo‘shliqqa tikilib qoldi) Uning tomirlarida binafsharang olov oqyapti. U bizni chaqiryapti, Mina. Biz qochishimiz kerak...

Shu lahzada kemaning og‘ir trevogasi butun okean uzra yangradi. Kema kuchli silkindi, go‘yo suv ostidan kimdir unga zarba bergandek edi. Biroq Rachelni binafsha rang deganini eshitgan Mina sochlarini orqaga olgancha asabiy oʻrnimdan turdi

_ Rachel yana yoʻq narsalar haqida gapirishni boshladingmi .. qachongacha buni davom etasan koʻrgan inson sen yosh bola emas voyaga yetgan qiz deydi biroq sen ...hali ham binafsha rangnu jinnisi boʻlgan 5 yoshli qizaloqsan

_ unday emas men rostini aytdim senda ( Rachel huddi yosh boladay xafa boʻlgancha lablarini ishirib oldi

_ ha toʻgʻri.... doimgiday sen haq men nohaqman ...mayli qani endi yur idishlarni yuvish kerak binafsharang xonim

Mina oʻrindan turib idishlar yigʻar ekan uning ortidan qarab qolgan Rachel burnini tortgancha pichirlab nimadir ayta boshladi unga qarab

_ Yalmogʻiz....jodugar ....bitliq ...qorning ogʻrib qolsin iloyim

_Men eshityabman seni Rachel ( Mina orqasida qaramasdan sovuq ohangda javob berdi

_ eshitaver seni eshitishing uchun aytdim aslida ham YALMOGʻIZ

Rachel Minaga qarab tilini chiqargancha quyoncha yashashda davom etar ekan . Mina ham ortiq Rachel bilan baxishlashishni istamay ishida davom etdi . Mina idishlarni shiddat bilan yuvarkan, xayoli 12-kabutada qolgan edi. Jungkookning yelkasidagi o‘sha g‘alati tatirovkalar va Jiminning go‘shtga pichoq sanchishi... Bular shunchaki tasodif emasdi

Mina 18 yosh sovuqon dark qiz

Kema Tinch okeanining tubsiz bag‘rida suzib borar, quyosh ufqqa botib, osmonni qon rangiga bo‘yayotgan edi. Oshxonadagi kechki ovqat tayyorgarligi tugadi, biroq qizlar uchun haqiqiy sinov endi boshlanayotgan edi.
Kapitan Jeyms oʻz xonasida yuklarni hisoblash bilan band . Jimin va Jungkookka esa kema boʻylab aylanib yurar edi . Bu kemadagi boshlar uchun ular oddiy yo‘lovchilar edi biroq ularning asir sirini faqat Kapitan Jeyms bilardi .
Oshxonadagi ishlarini qilib boʻlgan Rachel kemaning yuqori palubasida o‘tirib, qo‘lidagi rangli qalamlar bilan dengiz rasmini chizishga urinardi. Biroq uning 21 yoshda ekanligiga ishonish qiyin edi pushti ko‘ylagi va sochidagi kapalaksimon taqinchog‘i bilan u go‘yo ertaklar olamidan adashib qolgandek edi. Shu vaqt uning yonida kemada aylanib yurgan Jimin paydo boʻlgancha sekin uning yoniga cho‘kdi. Uning qo‘lidagi qora charm jildda dunyodagi eng dahshatli qurollarning maxfiy chizmalari bor edi, ammo Rechel buni tushunmasdi.

Rachel 21 yosh biroq aqli 5-6 boladay unga nima boʻlganligini sir otasi uni Minaga avtomobil falokat sabab shunday boʻlib qolgan deb aytgan

_Rasm chizishni yaxshi ko‘rasanmi, kichkintoy? ( so‘radi Jimin. Uning ovozi xuddi asalddek shirin edi, lekin bu shirinlik ortida o‘tkir pichoq yashiringanini faqat tajribali odam sezishi mumkin edi)

Jimini koʻrgan Rechel unga qarab beg‘ubor jilmaydi

— Ha! Qarang, mana bu kema, mana bu esa siz. Sizning yuzingiz juda chiroyli, xuddi qo‘g‘irchoqqa o‘xshaysiz! ( U barmog‘i bilan Jiminning yuziga ishora qildi(

Jimin kutilmagan bu gapdan kulib yubordi. "Qora tulki" deb ataluvchi, necha-necha odamning yostig‘ini quritgan qotilga hali hech kim "qo‘g‘irchoq" demagan edi.

— Qo‘g‘irchoq? ( Jimin qoshlarini chimirdi, lekin ko‘zlarida iliqlik paydo bo‘ldi. ) Ehtiyot bo‘l, Rechel. Qo‘g‘irchoqlar ba’zan tishlashi ham mumkin. Ayniqsa, tunda.

— Voy, nega? Siz yomon emassiz-ku, to‘g‘rimi? ( Rechel katta, hayrat to‘la ko‘zlari bilan unga tikildi. )Menga o‘sha qora papkangizdagi rasmlarni ko‘rsating, ular ham shunaqa chiroylimi?

Rachel Jimini qoʻlidagi qora papkaga qoʻlini uzatar ekan buni koʻrgan jimini Birdan yuzidagi tabassum bir zumda muzlagancha . U papkani beixtiyor ortiga yashirdi. Bu qog‘ozlardagi har bir chiziq o‘limni anglatardi.

— Yo‘q... bular kattalar uchun o‘yinchoqlar chizmasi. Sen buni tushunmaysan, kichkintoy. Yaxshisi, menga ayt-chi, dadang seni nega kemaga olib keldi?

Rechel xafa bo‘lib labini burishtirdi, xuddi hozir yig‘lab yuboradigandek.

— Men uyimizdagi hamma baliqlarni daryoga qo‘yib yubordim. Ular qafasda zerikishmasin degandim, lekin dadam juda qattiq baqirdi. Meni jazolash uchun bu yerga olib keldi.

Jimin bu qizning beg‘uborligi va dunyoni qanday ko‘rishi oldida o‘zini g‘alati his qildi. Uning qo‘llari qonga botgan bo‘lsa, Rechelning qo‘llari faqat rangli qalamlarga belangan edi. U beixtiyor qizning sochidagi kapalak taqinchog‘ini to‘g‘rilab qo‘ydi.

— Senga bir sirni aytaymi, Rechel? (Jimin pichirladi.) Bu kemada faqat baliqlar emas, balki och bo‘rilar ham bor. Va men o‘sha bo‘rilarning eng ayyoriman.

Rechel Jiminning gaplariga tushunmay unga hayrat bilan boqib turganida pastki palubada kutilmagan shovqin ko‘tarildi Temir eshiklarning gumburlashi va Minaning achchiq ovozi butun kemaga aks-sado berdi.

Mina ochiq palubaga chiqarkan, okeanning sho‘r va sovuq shamoli uning yuziga urildi. U dadasining qilmishlaridan, bu kema ichidagi bo‘g‘iq muhitdan qochmoqchi edi. Ammo qorong‘u burchakda, kemaning temir to‘siqlariga suyangancha turgan qiyofa uning yo‘lini to‘sdi. Jungkookning qo‘lidagi sigaret uchi zulmatda kichik bir qizil ko‘zdek yonib-o‘chardi.

— Qoch yo‘limdan, (dedi Mina tishlari orasidan. Uning ovozi shamolda qat’iy jarangladi)

Jungkook sekingina qaddini rostladi. Uning qora ko‘ylagi tugmalari yarmigacha ochiq, bo‘ynidagi tatirovkalari oy nurida xira yaltirardi. U bir qadam yaqinlashdi, qimmatbaho tamaki va sovuq dengiz havosi hidi Minaning burniga urildi.

— Bu kema juda kichik, mitti isyonchi, (dedi Jungkook, ovozi past va bo‘g‘iq, lekin tahdidli edi. ) Bu yerda qochadigan joyning o‘zi yo‘q. Sening dadang bu kemaning "egasi" bo‘lishi mumkin, lekin hozir "Viktoriya" mening qoidalarim bilan suzyapti.

Mina qo‘rqmadi. Aksincha, u Jungkookning ko‘kragiga qo‘lini tirab, uni surib o‘tmoqchi bo‘ldi. Uning barmoqlari yigitning qattiq mushaklarini va ko‘ylagi ostidagi issiqlikni his qildi.

— Sening qoidalaring qamoqxonada yoki ko‘cha to‘dalarida ish berar balki, ( Mina uning ko‘zlariga tik qaradi. ) Men uchun sen shunchaki dadamning navbatdagi muammoli "yuki"san. Arzon va xavfli yuk.

Jungkook kutilmaganda Minaning bilagidan tutib, uni o‘ziga keskin yaqin tortdi. Oradagi masofa shunchalik qisqardiki, Mina uning tez va kuchli urayotgan yurak urishini, hatto kipriklari titrashini ham ko‘ra olardi.

— Yuk? (Jungkook pichirladi, uning issiq nafasi Minaning lablariga tegib o‘tdi. ) Men bu kemadagi eng qimmatli va eng xavfli buyumman. Agar istasam, bu kemani bir soniyada okean tubiga jo‘natishim mumkin. Lekin seni ko‘rib fikrim o‘zgardi... Sen bilan bu "jahannam"da o‘ynashish ancha qiziqroq tuyulyapti.

Mina bilagini qattiq siltab tortib oldi, uning nafrat to‘la nigohi Jungkookning yuzini tilib yuborgudek edi.

— Men sening o‘yinchog‘ing emasman, Jungkook!

— Bilaman, +Jungkook labining chetida zaharxanda tabassum bilan sigaretini dengizga otib yubordi. ) Sen zaharli gulsan, Mina. Chiroyli, tikanli va o‘limga olib keluvchi. Va bilib qo‘y... men hayotim davomida zahardan qo‘rqmagan yagona odamman.

_ senga meni qoʻyib yubor dedim aks holda ovozim boricha baqirib , hatto kemadagi kamushlarni ham shu yerga yigʻaman Jeon

_yaxshi isyonchi

Jungkook Minani qoʻlini qoʻyib yuborib palubadan uzoqlashar ekan, uning qadam tovushlari kemaning temir polida og'ir aks-sado berardi. U to'xtab, Minaga so'nggi bor qaradi. Uning ko'zlari zulmatda xuddi yirtqich hayvonnikidek chaqnardi.

— Opangga ayt, (dedi u ovozini pasaytirib, ( Bu kemada hech kimga ishonmasin. Ayniqsa Jiminnga... U bo'rilarning eng ayyori. Sen esa... sen o'zingni ehtiyot qil. Chunki men senga ko'z tikdim.

Mina uning bu kutilmagan gapidan bir lahza sarosimaga tushdi, lekin darrov o'zini qo'lga oldi.

— Bu bilan nima demoqchisan? U opamga nima qila olishi mumkin? ( so'radi u, ovozidagi xavotirni yashirishga urinib)

Jungkook shunchaki ko'z qisib qo'ydi, labida esa o'sha sirli, sovuq tabassum paydo bo'ldi.

— Hech nima... men shunchaki seni ogohlantirdim.

Jungkookni orqasidan qarab qolgan Mina . U ketgach uning so'zlarini miyasida qayta-qayta aylantira boshladi. Rechel... beg'ubor Rechel hozir aynan o'sha "ayyor bo'ri" bilan birga edi. Mina shoshilib yuqori paluba tomon yurdi.
Yuqorida esa Rechel Jiminga nimanidir qizg'in tushuntirib kular, Jimin esa hayratlanarli darajada xotirjamlik bilan uni tinglayotgandek ko'rinardi. Ammo Mina yaqinlashishi bilan Jiminning nigohi o'zgardi — u go'yo o'ljasini kutayotgan yirtqichdek bir lahzada jiddiylashdi.
Mina Rechelning qo'lidan mahkam tutib, uni o'z ortiga o'tkazdi. Keyin esa Jiminga nafrat to'la nigoh bilan boqdi.

— Qani, bu yerdan tezda yo'qol! Egangni oldiga bor! Seni boshqa opamning yonida ko'rmay, aks holda yomon bo'ladi! ( dedi Mina, ovozi tahdidli ohangda jaranglab.
Jimin o'rnidan turdi . Uning harakatlari nafis, lekin qat'iy edi. U kulimsiradi, biroq bu kulgi ko'zlariga yetib bormadi.
) Qizaloq, tahdid qilishdan oldin biroz o'ylab ol... sen tahdid qilayotgan inson aslida kim ekanligini bilasanmi?

— Men aynan qarshimda tulkidek dumini likillatib turgan sariq tulkiga nisbatan aytdim. Va bu sensan! ( Mina orqaga chekinmadi )

Jimin kulgancha bir harakat bilan Minaning bilagidan ushlab, uni o'ziga keskin tortdi. Uning kuchi Minani bir lahza dovdiratib qo'ydi. Jimin qizning qulog'i tagiga kelib, muzdek sovuq ovozda shivirlar edi .

— O'sha tulkining ostida og'riqdan nola qilgan vaqtingda ko'ramiz... kim aslida tulki ekanligini.

U Minani qo'yib yubordi-da, hech nima bo'lmagandek, ohista qadamlar bilan u yerdan ketar ekan . Buni koʻrgan Mina g'azabdan qaltirar, bilagida esa Jiminning barmoqlari qoldirgan issiqlik hamon sezilib turardi.

— Axmoq tulki dumli sariq mushuk! Hali seni dumingni kesib, shu paluba tepasida osib qo'yaman! ( deb baqirib qoldi u uning ortidan)

Buni koʻrgan Rechel esa qo'rqib ketib Minaning sviteridan ushlab oldi.

— Mina, u amaki nega senga shunaqa dedi? Uning ko'zlari birdaniga qorong'u bo'lib qoldi...

— Ketdik, Rechel. Bu yerdan ketishimiz kerak, ( dedi Mina opasini bag'riga bosib.)

_ qayerda boramiz....yana oʻsha sassiq oshxonagami ...Mina men idish yuvishdan charchadim qoʻllarim ogʻrib ketdi axir

Rachel qoʻllarini Minaga koʻrsatib injiqlik qilar ekan . Mina oshxonada kechgi ovqatlardan qolgan yuvilmagan idishlarni eslagancha uh tortib . Rachelni injiqlikiga qaramasdan uni oshxona tomon tortib keta boshladi.

Mina g‘azabdan titragancha oshxonaga kirdi. U yerda Rechel hamma narsadan bexabar, polga o‘tirib olgancha Jimin Mina bilan chalgʻigan vaqtda uning chizmalar ichidan olib qoʻygan o‘sha qurol chizmalarining ustiga pushti qalam bilan gullar va kapalaklar chizib o‘tirardi. Bu manzara Minaning sabr kosasini toshirdi.

— Rechel! Senga necha marta aytdim, o‘sha sariq itdan narsa olma deb! ( Mina opasining qo‘lidagi qog‘ozni yulib oldi. —
) Bular oddiy rasmlar emas, bular o‘lim qurollari! Ular inson emas, Rechel, ular maxluqlar!

Rechel kutilmagan qo‘pollikdan sapchip turib Minaga qara ekan Mina uning yuzida darrov bolalarcha injiqlik va alam paydo bo‘lganini koʻrdi va shunda Rachel oyoqlarini yerga urib, o‘zini polga tashlagancha navbatdagi injiqlikini qila boshladi

— Yo‘q! Sen yomonsan, Mina!( Reychelning ko‘zlaridan duv-duv yosh oqdi.) U amaki menga chiroyli rasmlar berdi, uning yuzi qo‘g‘irchoqdek shirin! Sen esa menga faqat baqirasan! Men sen bilan uxlab qolmayman, borib o‘sha amaki bilan o‘ynayman!

— O‘chir ovozingni! ( Mina baqirib yubordi, uning ko‘zlari nafratdan yonardi. ) U seni o‘ldirishi mumkin, tushunyapsanmi? U sening holatingni bilmaydi, u seni shunchaki 21 yoshli bokira qiz deb o‘ylaydi va seni o‘ziga qo‘g‘irchoq qilmoqchi!

— Voy, rosttanmi? ( Rechel birdan yig‘idan to‘xtab, ko‘zlari quvonchdan porladi. ) UREEEE! Men qo‘g‘irchoq bo‘laman! Mina, unga ayt, menga pushti quyonchalar ham olib kelsin

Mina peshonasiga urdi. Opasining bu beg‘uborligi hozir eng katta dushmani edi

— Jin ursin! Lanati hammasini... o‘sha qari tulkini ham, dadamni ham yer yutsin!

Shu lahzada birdan oshxonaning og‘ir temir eshigi gumburlab ochilgancha . Bo‘sag‘ada Jungkook turardi. Uning ho‘l paltosidan suv tomchilab turar, nigohi esa okean tubidagi muzliklardanda sovuqroq edi. Uning ortidan Jimin kirdi kiyimlari tartibli, ammo ko‘zlaridagi o‘sha yovuz quvlik va hayvoniy ehtiros o‘chmagan edi.

— Sening baqirig‘ing hattoki kapitan xonasigacha eshitilyapti, mitti isyonchi, ( dedi Jungkook xonaga qadam qo‘yarkan. U kursiga o‘tirib, stol ustidagi oshpaz pichog‘ini oldi va barmog‘i bilan uning o‘tkirligini tekshira boshladi. ) Opang sendan ancha aqlli ekan. Har holda u bu kemada shovqin solish yomon oqibatlarga olib kelishini yaxshi biladi.

Mina stolga qo‘llarini tirab, Jungkookning ko‘zlariga tik boqdi.

— Menga qara, Jeon! Sizlar bu kemada shunchaki yuksizlar. Men sizlarning kimligingizni bilaman va sizlardan zarracha qo‘rqmayman! ( Mina keyin nigohini Jiminga qaratdi. ) Yordamchingga ayt, agar yana bir marta opamga yaqinlashsa, uning o‘sha sariq sochlarini bittalab yulib, dengizga otaman!

Bundan Jimin qah-qah urib kulib yuborgancha Minaga shunchalik yaqin keldiki, oralarida atigi bir necha santimetr qoldi.

— Oh, qanchalar qo‘rqinchli... ( Dedi Jimin kinoya bilan Minaning yuziga issiq nafasini ururgancha ) Bilasanmi, mitti mushukcha, sening bu isyoning meni faqat hayajonga solyapti. Sening o‘sha o‘tkir tilingni kesib tashlashni yoki uni boshqacha yo‘l bilan "band" qilishni xohlayman... Qaysi birini tanlaysan?

— Iflos! Meni kim deb o‘ylayapsan, lanati yugurdak? ( Mina Jimin urmoqchi bolib qo‘lini ko‘tardi, lekin Jimin chaqqonlik bilan uning qo‘lini ushlab, tezda orqasiga qayirdi)
Qizaloq, menga qo‘l ko‘tarishdan oldin o‘ylab ko‘r,

Jimin Bu safar Minaning qulog‘iga shivirlar boshlar ekan uning nigohi Minaning qaddi-qomatida sayr qilardi

_ Yana shu qo‘llaring tunda boshqa joylarimda sayr qilmasin... masalan, bu yerda.

Jimin nigohini oʻzini a*zosi tomon qaratgancha ayor tabbasum qilar ekan . Bunda javoban Mina ham huddi Jimin singari ayor tabassum bilan javob berdi

— Ehtiyot bo‘l, qari tulki... yana kelajaksiz qolib ketma.

— Ashsh, lanati qiz! Sen boshqacha chiqib qolding-ku? Balki o‘sha kelajakni bugun oyoqlaring orasida his qilib ko‘rarsan? —(Jiminning ovozi ehtiros va tahdidga to‘la edi)

Jimin va Mina oʻzlarining qizgʻin baxsli munozarasini davom etar ekan Negadir bu suhbatni chetdan kuzatib turgan Jungkookning bu suhbatdan jahli chiqa boshladi. Va Uning sovuq ovozi xonani muzlatib yubordi.

— Qo‘yib yubor uni, Jimin! Uning jazolari hali oldinda. Hozir esa bizga qahva tayyorla, Mina. Va unga zahar qo‘shma, chunki agar men o‘lsam, bu kema ham, dadang ham, manavi go‘dak opang ham dengiz tubiga ketadi.

Jungkookni gapidan keyin Jimin Minani bilaklarini boʻshatgancha qo‘yib yuborishi bilan, Mina bor kuchi bilan uning yuziga tarsaki tushirdi . Bundan esa Xonaga qabr sukunati cho‘kdi. Jimin sekin barmog‘i bilan tarsaki izini siladi va qonli tabassum qilgancha Minaga qaradi . Uning ko‘zlarida endi hazil yo‘q, haqiqiy vahshiy hayvon uyg‘ongan edi

— Shunaqa degin... (Jimin pichirladi. Ammo uning bu pishirilgan ovozi biroz oldingidan ham vahimali edi ) Men bu tarsaki uchun sendan shunday to‘lov olamanki, ertaga tongda o‘z ismingni ham eslay olmay qolasan!

Jimin shiddat bilan Minaga tashlanmoqchi boʻlganida lJungkook uning ko‘kragiga qo‘lini qo‘yib to‘xtatib qolgancha.

— Men senga uni qo‘yib yubor dedim, Jimin. Uning jazosini faqat men belgilayman. Sen esa... +Jungkook nigohini yerda hayrat bilan qarab turgan Rechelga qaratdi. ) Sen xoziroq Anavi "qo‘g‘irchoq"ni olib ket. Uning injiqliklari mening asablarimni charchatyapti.

𝑭𝒂𝒏𝒇𝒊𝒄 𝑪𝒓𝒊𝒔𝒕𝒂𝒍 _𝒇𝒂𝒏𝒇𝒊𝒄 𝒌𝒂𝒏𝒂𝒍𝒊 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒎𝒂𝒙𝒔𝒖𝒔 𝒚𝒐𝒛𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒏𝒖𝒔𝒙𝒂 𝒐𝒍𝒊𝒔𝒉 𝒌𝒐𝒑 𝒒𝒊𝒍𝒊𝒔𝒉 𝒎𝒖𝒎𝒌𝒊𝒏 𝒆𝒎𝒂𝒔