Vanilla
- Bilaman bu qabul qilish uchun og'ir bo'lishi mumkin. - Janob Choi so'z boshlar ekan, ichidagi titroqni berkita olmasdi va u so'zida davom etdi. - Ammo Janob Kang butun mol-mulk, shuningdek shaxsiy biznes va ko'chmas yer mulklarini aynan Kim Taehyungga qoldirgan..
Tamom !! Barchasi to'xtab qolgandek hayrat botqog'iga botib ketgan insonlar.. bu kutilmagan burilish edi.
- Nima ?! - advokatning so'zini eshitgan Aera ichidan sekin kelayotgan yashinni to'laqonlikcha ushlab turardi. - Bo'lishi mumkin emas.. - shivirladi qiz, huddi ko'zlarini qayta yuma olmasligini sezgandek.
- Janob Choi, menimcha bu yerda qandaydir xatolik ketgan. - Jeon vaziyatdan hayratga tushganini berkitish uchun hotirjamlikni saqladi. - Merosxo'r Aera bo'lishi kerak. U Kang Sehyukning nikohli farzandi. - dedi, so'nggi gapiga o'zgacha urg'u berib. Qarshi tomonga kinoya bilan qaradi va " shunday emasmi ?! " degandek chap qoshini yuqorilatdi.
Advokat Jungkookning savoli ta'sirida bir muddat sukut saqlashni hoxladi. Balki bu atrofdagilar tinchlanib olishi uchundir.
Hesu shunchaki vaziyatni oddiylik bilan kuzatib turdi. Unga taaluqli hech bir narsa yo'q. Ammo tomosha qilish qiziqarli. U bilan yonma yon o'tirgan Aera esa qarshisidagi Taehyungga tund qiyofasini oshkor qilib o'tiradi.
- Rozi emasman !! - qiz ko'zlarini yigitdan uzmagan holda o'rnidan turdi. - Fikringiz ahamiyatsiz !! Bu savdoyi Kang oilasining barcha mulklarini qo'lga kiritadi, biz esa shunchaki ko'chada qolamizmi ?!! Kechirasiz, lekin men bunga yo'l qo'ymayman.
- Albatta. - Janob Choi asabiylashgan mijozi tomon jiddiy qaradi. - Bunga haqqingiz bor. Siz bu qog'ozlarni qayta ko'rib chiqishlari uchun topshira olasiz.
- Lekin foydasiz.. - dedi Jungkook bir nuqtaga tikilgancha erkakning so'zlarini bo'lib. - Bu otang tomonidan tasdiqlangan Aera. Nima qilsang ham foydasi bo'lmaydi. - hotirjam va past ovozda gapirgan yigit o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi.
- Qandaydir yo'li bo'lishi kerak !! - asabiy o'dag'ayladi qiz.
- Urinib ko'rishingiz mumkin Kang xonim. Ammo Sud ekspetizasi sizga hujjat haqiqiy yoki soxta ekanini aniqlashda yordam bera oladi holos.
- Suhbatingiz meni zeriktirdi. - oraga qo'shilgan Taehyung qaddini rostladi. - Advokat Choi, menga tezroq hujjatlani topshirsangiz.. imzolayman va ketaman.
- Albatta. - advokat barmoqlari orasidagi bir qancha qog'ozlarni Kim tomon uzatdi. - Yana bir narsa.. - dedi cho'ntagini kovlash barobarida. - Mana bu qog'oz sizga qoldirilgan Janob.
- Bu otamdan. - qog'ozni ko'rib ensasini qotirgan qiz, o'z hissiyotlarini yashirishga ham urinmasdi. - O'z qiziga hech qanday xat qoldirmagan inson.. - u to'xtadi. Ortiq gapirmadi va xonani tark etdi.
Ikkinchi mehmonxona. Faqat bunisi unchalik ham hashamatli emas. Yagona o'zgacha narsa bu - hovliga qaragan ulkan shaffof oyna. O'sha yerdan tashqariga tikilib turgan yigit bir nimalarni o'ylash bilan band edi.
- Jungkook.. - dedi, xonaga kirib kelgan qiz.
- Aera.. - huddi o'zidek javoban ismini takrorladi yigit.
- Ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi.
- Haqsan. - ohista, derazadan ko'zini uzmay tasdiqladi Jeon.
- Sen bilan gaplashib olishim kerak bo'lgan narsalar bor. Bular biroz murakkab bo'lishi mumkin, balki vaqti emasdir.. lekin Koreya meni lol qoldirishdan boshqa hech narsa qilmayapti..
- Hey, o'zingni qo'lga ol. - qizning tinmay nimalarnidir valdirashini eshitgan yigit, nim tabassum bilan ortiga o'girildi.
- Uzur so'rayman. - u chuqur nafas olib, ko'zlarini mahkam yumdi. - Nima deyishni ham bilmayman. Aslida ertaga ketishni rejalashtirgandim. Menimcha, rejam buzildi.
- Endi qo'limizdan hech narsa kelmaydi, bilasan to'g'rimi ?
- Ha. - lablarini tishlagan qiz boshini chayqatdi. - Asosiy mavzuga o'tsak. Bu Kim Taehyung kim o'zi ?! Nega otam unga bunchalik ko'p ishongan ?!
- U shunchaki hamkor edi. - yuzini burishtirgan Jungkook gapirish barobarida divanga joylashdi. - Janob Kang noqonuniy ishlar bilan shug'ullanganini bilmagansan, lekin bu seni hayratga solmaydi. Kim shunchaki giyohvand moddalarni tashib beruvchi vosita edi holos. Nega ular bunchalik yaqin bo'lib ketishganini bilmayman.
Ayni vaqt nimani his qilishim kerakligini anglay olmay qoldim. Albatta bu ishlarni otamdan kutish mumkin edi, ammo buni bir vaqtning o'zida eshitish meni esankiratib qo'ydi. Qoshlarimni ko'targancha bir zum sukut saqladim. Miyyam kelayotgan ma'lumotlarni qabul qilmasdi. Taehyung otamning hamkori va u Jungkookdan ham ishonchli bo'lgan ?! Buni qabul qilish yuz foiz tushunarsiz. Axir dadam Jungkookni yoshligidan o'ziga mos ravishda tarbiyalab kelgan. Nega u bunday qilgan bo'lishi mumkin ?!
- Men.. men hayronman. - og'zimdan boshqa hech qanday so'z chiqmadi. Harakat qilsam ham buni eplay olmasdim. Jungkook meni zimdan kuzatayotganini his qilib turardim. Oramizda paydo bo'lgan sukut tobora meni yanada noqulay holatga tushirib borardi. Nima qilishni bilmay, men ham uning qarshisidagi divanga o'zimni tashladim.
- Ancha ulg'ayibsan. - dedi u menga yana tabassum qilib. Aslida yoshligimiz birga o'tganini inobatga olsak u o'zini mendan kiborliroq tutishga odatlangan.
- To'g'risini aytsam, avval ancha yoqimtoy eding. - biroz o'yin qilgandek deyarli u tomon tosh otishga urinib, bunga munosabatini bilishga qiziqdim. U o'zini maksimal darajada jiddiy tutishga urinar ekan, men bilan hech qachon bunday bo'la olmasligini aniq bilardim. Doimgidek u gaplarimga kuldi.
- Yoshligimiz deyarli birga o'tdi. Bizda ancha go'zal xotiralar bor. Ular uchun senga raxmat ayta olmadim va endi bunga imkonim bor. - uning qandaydir g'alati tabassumini ko'rdim. Ta'kidlaganimdek bu g'alati darajada yaxshi edi. U past ovozda horg'inlik bilan gapiradi. Jungkook ancha ruhiy toliqganini sezish qiyin emasdi.
- O'zingni bunchalik yaxshi ko'rsatma. Bilaman, sen hali ham o'sha to'porisan. - yigit yana yuzini berkitib kulishni boshladi. Uning yoqimli kulgusini eshitish kayfiyat berardi. - Kulishni bas qil !! - dedim biroz, sohta jahl qilgandek.
- Oradan 10 yil o'tdi. - u yana huddi katta yoshli erkakka o'xshab o'tmishini eslagandek chuqur nafas oldi. - Men bu yillar mobaynida Sehyuk amakimga qanchalik bog'lanib qolganimni tasavvur qilish qiyin. - so'zi ohirida qoshlarini chimirib, nigohini pastga qadadi.
- Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. - dedim, yuzimga achchiqlik bilan tabassum yugurtirib. - Sababi menga bermagan mehrini sizlarga ortig'i bilan bergan.
- Darhaqiqat, uni o'z otamdan ko'ra ko'proq qadrladim va senga buni ko'z ko'z qilish niyatim yo'q. Shunchaki uni yo'qotish haqiqatdan meni qiyin ahvolga solganini tushunishingni istayman. - uni tinglar ekanman, ichimdagi g'alati narsa bu hasad edimi yoki shunchaki asabiylashish, farqiga borolmadim. Lekin men uni shundoqgina ko'ksimda his qilib turardim. Bag'rimning markazida.
- Bilasanmi, men o'sha 10 yilni undan nafratlanish bilan o'tkazdim. - dedim nigohimni bir burchakdan uza olmay. Balki buning vaqti emasdir, lekin ayni dam men butunlay aqldan ozishim uchun qulaydek tuyilardi.
- Bilaman. - Jungkookning afsus to'la ohangini tez seza oldim. Mana endi xo'rligim keladi. Achinish.. menga nisbatan ko'pincha his qilinadigan tuyg'u. O'z onamdan shu sabab qochishni afzal ko'rdim. Menga har qaraganida afsus-nadomat, achinishni his qilishidan to'yib ketgandim.. tushunishim bo'yicha endi hech qachon bundan qutila olmasam kerak.
- Yillar mobaynida otam nega menga bunchalik nohaq bo'lgani haqida tinmay o'yladim. - sust ohangda ovoz chiqarishni boshlaganimda ichimda tanamni larzaga keltiradigan titroq turdi. E'tbibor bermaslikka urinib so'zimda davom etdim. - Bunga arzirli bir sabab yo'q edi.. eng achinarlisi haligacha men undan nimadir kutaman..
- Tsh, bo'ldi tinchlan. - dedi Jungkook meni yupatishga uringancha. U chindan meni yaxshi bilardi. Ta'sirchanligimni ortga surish uchun hissiyotlarimni cheklayman. Lekin ko'pincha bu teskari tomonga ishlardi. - Yaxshi hayotga loyiqsan.. begunohsan, nisbatan poksan..
- Afsuski o'ylaganingdek emas. - uning so'zlari quloqlarim ostida bong urib takrorlanishi ta'sirida lablarimga o'ynoqi tabassum yugurdi. - Angliya meni o'zgartirib yubordi. - yuzimni yovuz qiyofa qopladi va men suhbatni yakunlashni istab o'rnimdan turdim.
- Sen bilan gaplashish yengillik beradi.
- Hursandman. - Jeonning yuzida o'zimga nisbatan ancha o'zgarish his qildim. Shunga qaramay yoqimli tabassumi o'zgarmagan. U ham men qatori o'rnidan qo'zg'alib xonani tark etmoqchi bo'ldi va men.. va men yana nimadir deyishni unutdim.
- Jungkook. - dedim o'zimni biroz hotirjam tutishgan urinib. U ham ortiga o'girildi, meni eshitish uchun to'xtadi. - Sen bilan yana ko'rishishni hoxlardim. - ichimdagi hayajonlangan bu yurakni his etishim, Jeonning yana bir lablarini tishlagancha qilgan kinoyali tabassumi sabab kuchaydi.
- Sog'inibsan. - kuldi u. - Senga xabar jo'nataman. - ortiga o'girilib xonani tark etdi.
Xudoyim, ichim shu darajada yondiki, men buni umuman kutmagandim. " Sog'inibsan. " , ha sog'indim. So'nggi 10 yillik meni qiynadi. Uni unutib yuboraman deb o'yladim, shunday ham bo'ldi. Lekin ko'zlar bir biri bilan tutashganida hayolimdagi barcha o'tmish sahifalari yangilandi va muzlagan qalbim biroz eridi, menimcha.
Qo'rg'onning haybatli darvozasidan chiqgan yigit yuzidagi nim tabassumni yo'qota olmasdi. U qora rang bilan qoplangan mashinasi oldiga bordi va ortiga o'girilib oynadan uni kuzatishni boshlagan Aeraga qaradi. So'nggi soniyada o'zini bu holatdan olib qochishga urinib mashina eshigini ochdi.
- Salom. - kutilmagan tovush va Jungkook bundan yetarli darajada ajablandi.
- Hesu ?! - hayratlanarli ohang. U mashina atrofini zimdan kuzatdi. Keyingi harakati o'z o'rindig'iga joylashish bo'ldi. - Hech kim ko'rmadimi ? - havotir bilan so'radi Jeon.
- Jin ursin !! - qahrli ovoz bilan qiyofasini birlashtirgan yigit allaqachon o'zgarishga ulgurdi. Soniyalar avvalgi kulgu, yoqimlilik bir zumda yo'qoldi.
- Bor, qo'riqchini o'ldirib yubor. - u allaqachon yigitining qo'pol muomalasini anglab, mashinadan tushmoqchi bo'ldi.
- Jim o'tir. - dedi Jungkook buyruq bergancha. - Ketamiz. Sen bilan nima ro'y berayotgani haqida gaplashamiz. - qoshlarini chimirib, pedalni asabiylik bilan bosdi.
- Sekinroq hayda !! - oldindan hayiqganini bildirdi qiz.
- Menga endi nima qilishimni o'rgatmaysan !! - bo'ysunmas, tund ovoz mashinani qoplagani sari tezlik oshadi. Hesuga ularning sayohati hali oldindadek tuyildi.
- Jungkook, bunday qilma dedim. - sekin va titroqli tempda, seskanish bilan ko'zlarini mahkam yumib oldi. - Qo'rqshimni bilasan.. - dedi u qo'shimcha qilib.
- Bunga loyiqsan !! - Jeon yo'g'onlik bilan so'z ocharkan, hech qanday ikkilanishsiz, yana bir harakat orqali gazni qattiqroq bosdi.
- Nima shunchalik mendan uyalasanmi ?! - bu safargi savol yigitni yanada asabiylashishiga sabab bo'lishi anniq edi. Jungkook o'qraygan ko'zlarini yo'ldan olib Hesuga yo'naltirganida qiz unga qarashga botina olmay yon tomonga o'girilib olgancha o'zini e'tiborsizdek tutishni ma'qul ko'rdi.
- Sen yaxshi emassan ?! - bosiq ovoz bilan dedi Jungkook.
- Bilaman, senga erkaliklarim ortiqcha. Lekin buni erkalik deb bo'lmaydi. Aeraga qanday qaraganingni ko'rdim. U senga yoqadi, buni yashirma.
- Jin ursin Hesu ?! Sen chindan shunday o'ylaysanmi ?! - u bu safar haqiqatdan ham quyishqondan chiqib ketgancha rulga bor kuchi bilan zarba berdi. Oyog'i tezlikni oshirsa, qo'llari rulni mushtlardi. Yigit o'zi sezmayotgan bo'lsa ham qizni qattiq cho'chitardi. Odatda Hesu uning bu ishlaridan qo'rqadi va bas qilishini tinmay so'raydi. Lekin bu safar holat boshqacha. O'zini e'tiborsiz tutishga harakat qilgan qiz, gohida buni eplash uchun hali ham kech emas degan o'y bilan ko'zlarini qo'rquvli pirpiratib qo'yardi.
- Kel buni tugatamiz.. - og'ir nafas chiqargan ko'yi qo'shimcha qildi, Hesu. - Kel shunchaki barini yakunlaymiz. Ortiq sendan qo'rqib yashashni istamayman. Shunchaki yo'l chetida mashinani to'xtat, men tushaman.
- Yo'q, men chindan tushunolmadim. Sen haqiqatdan ham aqldan ozganmisan, Lee Hesu ?! Menga bunday gapirishga qayerdan jasorat olyapsan hayronman, lekin bugungi kunimni haqiqiy la'natga aylantirganing uchun bor alamimni sendan olmagunimcha hech qayerga ketmaysan !!
Uyni tark etishga hozirlik ko'rgan advokat Choi va Kim Taehyung eshik oldiga kelishdi. Ularni kuzatish uchun chiqgan Aera va bir qancha hizmatkorlar huddi biror nimani kutgandek jim jitlikda o'zaro nigohlar bilan gaplashishardi. Bu g'alati. Chunki bo'lib o'tgan tushunarsiz hodisalarga aynan uy ishchilari ham guvoh bo'lishgan.
- Janob Kim. - chaqirdi Aera past ovozda. - Gaplashib olsak bo'ladimi ?! - so'radi, o'zligini qanday tutish kerakligini bilmay, tanlovsiragan holda.
- Advokat Choi, kelganingiz uchun minnatdormiz. - yigit qarshisidagi erkakka qo'lini cho'zib hayrlashdi. U suxbatni tugatdi va barcha so'zni qabul qilgan erkak uyni tark etdi.
Aera Taehyungni bir necha daqiqalar avval Jungkook bilan birga o'tirgan o'sha mehmonxonaga olib kirdi. Ular uzun joylashgan divanga o'tirishar ekan, qizning qilayotgan harakatlari Kim uchun o'ta kulguli tuyilsa ham u sukutni ajoyib tarzda saqlab turardi.
Qiz o'zini noqulay his qilib turibdi va buni Kim ham juda yaxshi sezadi.
- Aera.. aslida mening ham aytadigan gapim bor. - o'ychanlik bilan so'z boshlagan Taehyung, qaroriga amin holda chinakkam jiddiylikni o'zida mujassamlashtirdi.
- Qulog'im sizda. - bor diqqatini qaratib, o'zini ancha bosib olgan qiz, bosiqlik bilan og'iz ochdi. Negadir u endi jaxl qilmadi. O'zini ajablanarli tarzda odobli qizdek tutishni boshladi.
- Biz birga ketishimiz kerak. Batafsil tushuntira olmayman, lekin chindan sen bu yerda xavfsiz emassan. - quloqlarimga ishonishni istamasdim. Kim Taehyungdan bu gapni umuman kutmaganim uchun bir soniyalik hayrat meni churg'ab oldi.
- Bu bilan nima demoqchisiz ?! - qoshlarimni chimirib aniqlik kiritishga urundim. - O'ylaganingizdan ancha kuchliman. Himoyalanish qo'limdan keladi. - dedim, taranglik bilan.
- Yo, xudo. Gap bunda emas !! Bariga o'zim ishonch hosil qilmay turib senga bilganlarimni aytolmayman. - u g'alati ahvolda menga yuzlandi. Yuzidan qandaydir havotir hissi ufirib turgan sari ichimdagi o'sha qiziquvchanlik ortishdan to'xtamasdi.
- Yaxshi. Ertaga eshigingiz tagida bo'laman. - ikkilanishsiz rozilik bildirdim. Men shunchaki bu yerdan ketaman. Bu telba uyimdan qorasini o'chirishi bilanoq hech qanday meros talvasasiga e'tibor qaratmay Angliyaga qaytib ketaman.
- Bo'lmaydi !! - u qoshlarini chimirib ancha baland ovozda gapirdi. - Men ishonch hosil qilishim kerak dedim. Ishimni zo'rlik bilan qildirishni hoxlamayman. Shunchaki men bilan xavfsiz ekaningga ishonishing kerak.
- Lekin men ham rozi bo'ldim. Qarshilik bildirmadim. - Taehyung ko'zimga shu darajada telbadek ko'rindiki, buni tasvirlash ancha murakkab. O'z so'zimda qat'iy turishimni aytganimda uning ko'rinishi o'zgardi. Hafsala to'lgan nigoh.. chimirilgan qoshlari oddiy holga keldi va u o'rnidan turdi. Hotirjamigini tiklaganiga ishonch hosil qildim va men ham u bilan birga o'rnimdan turdim.
- Tushunganingizdan hursandman. - dedim, uni kuzatish uchun ortidan yurib. Yigit indamadi, ortiga ham qaramadi. Hech narsa deyishni istamagandir balki. Xonadan chiqdik.
Taehyung ortiga o'girilganida nima qilishni bilmay tabassum qilib vaziyatdan qochishga urindim. U eshik tutqichini ochdi va men ketishini kutib kuzatib turdim, lekin u ochiq eshik oldida turib qoldi. G'alati, yovuz qiyofa bilan tabassum qilarkan, bu safar u haqiqatdan ham aqldan ozganiga shubha qilmay qo'ydim.
- Seni tushundim deb kim aytdi, xavfli qo'g'irchoq ?! - men tushunmay uning yuziga ahmoqqa qaragandek qarashda davom etar ekanman, u vaziyatdan foydalanib bilagimdan tortdi. - Men bilan ketasan, dedim. - qulog'im tagida shivirlab, meni mahkam ushlagan holda uydan olib chiqmoqchi bo'ldi.
- Nima qilyapsan ? - bor ovozim bilan baqirar ekanman, afsuski ongim nima bo'layotganini tushunolmay qolgandi. Miyyam butunlay menga teskari ishlashi ta'sirida barchasi tez bo'lib ketgani uchun gangib qolgandim. Undan qutulishga harakat qilib bor kuchim bilan tipirchiladim. Lekin u yanada mahkam quchoqlab mashinasi tomon sudrashda davom etdi. Kim meni haddan tashqari qattiq siqqanidan nafas olishimda ham nuqson seza boshladim.
- Qo'riqchilar !! - eshik tagida yeg'ilgan qo'riqchilardan umid qilib, ishora qilar ekanman, hech biri hatto qimir etmay Kimning menga qilayotgan harakatini indamay kuzatib turishardi.
Ichimdagi qo'rquv hissi yanada ortarkan, hayolimga kelgan o'ylardan battar cho'chirdim. Men titrayapman.. ha men uning kaftlari orasida titrardim. U menga nima qiladi ?! Nima uchun bunday qilyapti, nima istaydi la'nati.
- Seni o'ldiraman !! - uning yuziga qarab bor ovozim bilan, g'azabli o'kirdim. Afsuski u hech narsaga e'tibor bermasdi. Jiddiy qiyofasi o'zgarmas, faqat to'g'riga qarab yuraverdi. O'sha mashina oldida to'xtadik. Bu uning mashinasi edi.
- Qochishga urinma, foydasiz. - dedi Taehyung menga o'lim nigohi bilan qarab. U jiddiy bo'lganida chindan aytkanini qilishga majburlaydigan qobilyati bormi bilmadim, lekin mashina eshigini ochguniga qadar haqiqatdan qocholmadim.
- O'tir. - dedi ochiq eshikka ishora qilgancha. Qaysarligim g'ururimni boshqaradi. Men buni qilishni istamadim. Uning ablahona yuziga nafrat bilan qaradim.
- Jahannamga ravona bo'l !! - bu so'nggi so'zlarim edi. Kim menga shunchaki labi chetida kulib, zarb bilan mashina ichiga irg'itib yubordi. Mashina shiftiga boshimni urib olganim sabab yuzim burisharkan, u ablaxni bo'g'izlash hissi yanada jo'shqinlashib ketdi. Shu zahoti chiqishga harakat qilidim, lekin u allaqachon eshiklarni avtomatik ravishda kalit bilan qulflashga ulgurdi.
- Jin ursin, seni !! - asabiylik meni tamom qilgandi. Aqldan ozgandek baqirib tipirchilar ekanman, to'zg'igan sochlarim butun yuzimni egallab ulgurdi.
- Qo'g'irchoq, yalmog'izga aylandi. - dedi, mashinaga o'tirgan yigit kulimsirab. U old oynadan Aeraga qarab mamnun tabassum qilar ekan, qizning qattiq hansirab, g'azabini qanday sochishni bilmay qiynalgan ahvolini ko'rib zavqni his qildi.