
Hislarini jilovlash qo'lidan kelmayotgan qiz bir nuqtaga termulgancha taxminan 5 daqiqa shunday o'tirdi. Boshiga kirib ketgan og'riqdan, ko'zlarini mahkam yumarkan, sochlarini changallab chuqur nafas chiqardi.

Kuchli tomchilar bilan tomayotgan yomg'ir yerda kichik ko'lmaklar hosil qilardi. Bu bosimga to'lgan havo barini yanada og'ir holga keltirdi go'yo. Mashinani shunchaki tasodifiy joyda to'xtatgan Jungkook, so'nib bo'lgan ko'zlarini oynaga qaratdi. Asta barmoqlarini mashina eshigiga olib borib, la'nati aravadan tushdi.