February 19

Vanilla

- 7 -

Flashback 19 yil avval.

Janob Kang ayolida biror nima noto'g'ri ekanini chunardi. Atrof sukutga cho'mgan, lekin uning hayollari bilan o'ralashishi insonni qiziqtirmay qolmaydi. Xona ichkarisiga vajohat bilan kirib kelgan Lee Sung ( Hesuning otasi. ) ko'zlarini yuma olmas darajaga kelgan, shunchaki shock holatida, nima qilishni bilmasdi.

- Tinchlikmi, nima bo'ldi ?! - so'roqladi Sehyuk ehtiyotkorlik bilan.

- Aka, kelinoyim.. - so'zida to'xtab qolgan erkak, ko'zlarini yumib lablarini kuch bilan tishladi. Bir joyda tura olmas, uyoqdan buyoqqa yurishdan to'xtamasdi. - Kelinoyim.. men uni boshliq Jeon bilan g'alati holatda ko'rdim. - Lee Sung, bazo'r bu so'zlarni aytishga o'zida jasorat topgandi. Bu qanchalik uyatli holat ?!

Sehyuk, bir zum indamadi. Jimlikni shu darajada saqladiki, qon bosimi ko'tarilgandek ko'z atrofini qizillik egalladi.

- Bilgandim. - tasdiqladi erkak ichki hissiyotlarini. - Lekin Janob Jeon bilan ekanini hatto o'ylab ham ko'rmagandim. Bu uyda yashash boshidan xato edi. - dedi, jag' suyaklarini bir biriga mahkam botirib.

- Aka, asabiylashib keyin afsuslanadigan ish qilmang, iltimos..

- Lee.. menga ishonasanmi ? - ukasiga savolli qaragan erkak, o'zi eshitishni hoxlagan javobini eshitgach, so'zini yakunladi. - Unda odamlarimizni yig'.. Jeon aslida bizsiz hech kim emas.

~

Aslida bu buyuk monarxiyaning asl hukmdori Jeon Jungwon. Kang Sehyuk esa xavfsizlik bo'limining boshlig'i hamda Jeon ishona oladigan yagona inson edi. Hammasini shu ikki inson boshidan qurib, bu ish uchun jonlarini tikishgan. Jungwoo o'z ayoli bilan yashardi. Noqonuniy savdo ishlari har qanday holatda ham xavf ostida bo'lgani uchunmi, yoki bu katta uyda kichik oila yashagani uchunmi Jeon Sehyukni uning uyida yashashga ko'ndiradi.

Ammo, bundan yaxshilik chiqmasligini sezgan Kang qilgan ishi tufayli ancha afsuslanib yashadi. Seulgi.. Aeraning onasi va Sehyukning ayoli.. u o'z oilasiga xiyonat qilgani sabab butun bir yuksakka ko'tarila boshlagan biznes hamkorlar, do'stlar shunchaki vayronaga aylanishdi.

O'sha kun.. O'sha kuni Kang Sehyuk o'z boshlig'iga urush e'lon qildi. Huddi qadimgi Koryo qirolligiga nisbatan qilingan isyonli qo'zg'olon singari. Barcha qo'riqchi ishchilar uning odamlari bo'lgani uchun bari onson kechdi desa ham bo'ladi. Qo'rg'on atrofi uning odamlari tomonidan qurshab olindi. Barcha ayovsiz o'ldirildi. Jeon Jungwon, hatto butunlay aybsiz bo'lgan Jeon xonim ham.. bularning barchasiga o'z ko'zi bilan guvoh bo'lgan Jungkook. U unsiz yeg'lagancha stol tagida berkinib o'tirardi. Hissiz arltrofni kuzatgan Sehyuk uning piqillagan ovozi sabab tez sezib qoldi. Masofa qisqardi.

- Jungkook. - chaqirdi erkak, o'ziga yaxshi tanish bo'lgan bolakayni. Jungkook indamadi. Titragan holatida oldiga hech kim yaqinlashmasligini iltijo qilib o'tirishdan boshqa hech narsani o'ylay olmasdi.

- Kelmang !! - birdaniga u yoshbola ovozi bilan qichqirishni boshladi. - Meni o'ldirmang !! - daxshatga tushgan nigohi bilan baqirib ortga tisarilar ekan, yuziga tekkan qondan allaqachon hammasi ma'lum edi. U hozir o'zida emas..

- Senga yomonlik qilmayman. - u bosiqroq munosabatda bo'lishga harakat qilgancha, o'zi sezmagan holda qo'llari titrashini his qildi. - Jungkook, bu men Sehyuk amakingman. - huddi ismini tasdiqlasa biror nima o'zgaradigandek umidli gapirdi Kang. Bir necha soniyalik sukutdan so'ng yuzini ma'lum qilish uchun stol tagigacha cho'kkaladi va kutganidek Jungkookning yuzi butunlay o'zgarib, amakisining oldiga shoshib bordi.

- Sehyuk amaki ? - ishonmay qaragan bolakay farishtani ko'rgandek hursand bo'lib ketdi. - Amaki, oyim.. oyim qayerda ? Iltimos meni oyimning oldiga olib boring. - hursandchilik ko'zyoshlari.. Kichkina Jeon o'zi taniydigan insonini topganidan mamnun yeg'larkan onasini so'rash bilan cheklandi.

Kang Sehyuk indamadi. Bunga haddi ham sig'masdi. Qizargan ko'zlari bilan shishib ketgan go'dakka qaraganida achinish hissini tuygan on, o'z aybini bolaning oldida tan olish qo'lidan kelmasligini tushundi.

Kang Sehyuk.

- Jungkook. - erkak biroz to'xtalish bilan lablarini yetarli namladi. - Kettik o'g'lim. - majburan yaratilgan kichik tabassum.. bola buni tushunmaydi. U shunchaki o'rnidan turib, ishongan insoniga ergashdi. Bir so'z bilan ifodalaganda ko'rko'rona aldandi.

Bu qora tarix barchasini barbod qildi. Biznesni o'z zimmasiga olgan insonni barcha so'zsiz qabul qildi, go'yo Jeon Jungwon shundoq ham avvaldan kerak bo'lmagandek unutildi. Qirollik butunlay, boshdan oyoq yangilandi.

Kang Sehyuk yagona qizi Aera sabab xiyonatkor ayoliga tegmagandi. U bor e'tiborini ish va Jungkookning tarbiyasiga qaratdi. Oradan bir necha yil o'tgach ayoli va qizini Angliyaga, ko'zidan yiroqroqqa jo'natib yubordi. U mehrsiz temirga aylanib bo'lgandi. Oradan ancha vaqt o'tdi, vaqt o'tgani sayin qizi bilan orasi ancha uzoqlashib ketdi. Bari oradagi mehrsizlikdan.

Come back.

Jeon Jungkook asl "Jeon" ekanini biladi va bu qirollikning haqiqiy egasi o'zi ekanini ham tushunib bo'lgan. Shu sabab u harakat qilishni boshladi. Ya'ni barchasini yana o'z qo'llariga olish uchun kurash maydonini tuzdi. Avval barini ota onasining qasosidan boshlashni afzal ko'rgani sabab, o'limlar sonini ko'paytirishni hoxladi. Bundan bir yil avval Kang Sehyukning ukasi Lee Sung rafiqasi bilan birga avtohalokat ta'sirida vafot etdi. Bu shunchaki tasodif emasdi. Jungkook chindan Hesuning yagona oilasidan ayirdi. Yaqinda esa Kang Sehyukning o'zi vafot etdi. Uning sirli o'lim sababi hali ma'lum bo'lgani yo'q. Taehyung bu masala bo'yicha o'zi shug'ullanishni tanladi.

Yagona tushunarsiz narsa.. Jungkook Janob Kangning o'limi oldidan barcha mol mulkni o'z nomiga rasmiylashtirgan edi. Lekin bu qanday inobatga olinmadi ?! Qanday qilib barchasi Kim Taehyungning nomiga o'tib ketdi ?!

~

G'alati hislar.. men qancha ahloqsizlik qilsam ham, o'rinsiz jahlim chiqsa ham uning munosabati o'zgarishsiz doimiy bir no'tada. Zerikdim..

Yana bir necha soniya shu holatda shiftga qaragancha yotdim.. Jin ursin, men deyarli 3 kundan buyon instagramsiz qanday yashayapman ?! Hayolimga kelgan keskin fikr o'rnimdan turishim uchun turtki bo'ldi. Telefonimni qo'limga olishim bilan vibratsiyani his qildim. Xabar kelgan.. Uni yoqar ekanman, "Jungkook" ismini ko'rishim bilan ilinishni boshlagan ko'zlarim katta katta ochilib ketib, sezmagan holimda telefonni qo'limdan tushirib yubordim. La'nati, mast bo'lmasligim kerak edi. Biroz ko'p ichib yubordim shekilli.

Ochishim kerakmi yoki yo'q ?! U menga ko'rishish uchun xabar yozishi haqida aytgandi, yaramas bola. Demak bizda ko'rishish imkoni bor ekan, buni o'tkazib yuborish katta xato bo'ladi.. ikkilanmay telefonni changallab xabarni ochdim.

Jungkook: Hayrli oqshom. Uyda emasligingni bilaman. Ko'rishib olsak bo'ladimi ?

U qachondan bunchalik rasmiyatchilikni yoqtirib qoldi ? Nima men uning biznes hamkorimidim ? Ahmoq, o'zini olib qochyapti.. Demak ko'rishish. Jin ursin, Taehyung meni tashlab qo'yarmikan ? Bu haqida o'ylashim bilan, yuzim burishib ketdi. U chindan rozi bo'lmaydi. Menimcha, Jungkookga joylashuv xaritasini tashlasam o'zi olib ketadi. Qo'pol to'nkaga yalinishim shart emas !!

Aera: Jungkook, sen ahmoqsan !! Men bilan avvalgidek gaplashishing kerak yaramas !! Agar meni shunchalik sog'ingan bo'lsang ertaga olib ket. Hozir esa uxlashni hoxlayman. Meni tinch qo'y !!

Aera xabarni yubordi. Bir shisha burbonning ta'siri allaqachon sezilgan. Qiz tabassum bilan telefoniga tikilarkan, yumilib ketayotgan ko'zlariga biroz dam berdi.

Time skip.

Erta tong.. Halovatsiz bo'riga aylangan Jungkook mijja qoqmagan. Ko'zlari hech ham yumilmagan, hayollarida faqat unga hursandchilik beradigan Hesu tinmay gavdalanardi. Bu tom ma'noda afsuslanishni uyg'otishi mumkin bo'ladi.

U istamaygina telefonini qo'liga oldi. Soat, endigina tong otishga tayyor ekanini anglatardi. (6:12) O'ziga kelgan xabarni ilg'agach, uni shunchaki ochib o'qishni boshladi.

Aera: Jungkook, sen ahmoqsan !! Men bilan avvalgidek gaplashishing kerak yaramas !! Agar meni shunchalik sog'ingan bo'lsang ertaga olib ket. Hozir esa uxlashni hoxlayman. Meni tinch qo'y !!

Bilinar bilinmas tabassum qildi Jeon.

U bu yerda nimadir noto'g'ri ekanini sezib turardi. Xabarga ko'zi tushgan sari lablari bukilib, tabassumi kengayishni boshladi.

- Sen mastsan. - yana kulib qo'ydi u, shunchaki "Aera" deb saqlab qo'yilgan raqam bilan gaplashgandek. - Oddiy holatda bunday gapirmagan bo'larding.. Demak yana Burbon ichgansan. - u o'zi biladigan faktlarga tayangan holda taxmin qildi. Chuqur nafas olib o'rnidan turarkan, yana hayoli o'sha so'zlar haqida o'ylagani sari jiddiylikni saqlay olmasdi.. "Umid qilamanki vaqtliroq uyg'onadi." o'yladi u chuqurlik bilan.

Jungkook: Seni soat 11:00 da olib ketaman. - shunchaki oddiy xabar jo'natildi va Jungkook manzilini o'zgartirib, yuvinish xonasiga kirib ketdi.

Time skip.

- Aera. - xona eshigi taqillab, chaqiruv eshitildi. Bu qandaydir qorong'u ovoz. Yoqimli ham emas, yoqimsiz ham. Shunchaki o'rta me'yor. Qiz buni ilg'ashga ulgurmasidan eshik ochildi. U endigina ko'zlarini ochishga urinayotgan edi. Taehyung negadir tortinmasdi. O'sha o'sha sovuqqonlik. - Uyg'ondingmi ? - savol berdi u past ovozda.

- Nima hoxlaysan ?! - qiz Kim uning xonasiga kirib kelganini hushlamay, zarda bilan so'roqli qarash qildi.

- Seni boqish uchun ishlashim kerak. - dedi, Taehyung qizning asabi bilan o'ynashishni hoxlab. - Men ketyapman.

- Shuni aytgani keldingmi ?! - hafsala bilan nafas chiqargan qiz, huddi uni arzimagan narsa uchun bezovta qilishgandek yuzini yon tomonga burib ensasini qotirdi.

- Nima qilish uchun kirishimni istaganding, vanilla ? - ancha yumshoqlashgan ovoz xonani o'zgacha to'ldirdi.. Extirosli, notalarni o'zida jamlagan yigit ichkariga kirish bilan birga ochib turgan eshigini ohista yopdi.

- Kimningdir bugun kayfiyati chog'. - dedi Aera.

- Kimdir bugun chap tomoni bilan turganga o'xshaydi. - huddi tashqi tomondek kinoya qilgan Taehyung, qoshlarini yuqorilatib, kulib qo'ydi.

- Uyqumni batamom buzding tabriklayman !! - dedi qiz, ancha tetiklikni his qilib. - Endi chiq, tayyorlanguningcha yuvinishga ulguraman. Birga nonushta qilamiz "sevgilim." - so'nggi so'ziga urg'u bergan qiz pastki labini atayin tishlab qo'ydi. Buni jimlikda kuzatgan Kim ko'zini qizdan uzmay kuldi.

- Vanilla, o'ylaganingdan ko'ra standartlarim ancha yuqori. - kibr bilan gapirgan yigit, qizning javobini eshitishni istamay, bir so'z bilan aytganda e'tiborsiz chiqib ketdi.

- Ahmoq.. erta tongdan asabimni buzishga odatlanibdi shekilli. - jiddiylashgan Aera o'zini o'nglab, hammomga kirish uchun tayyorlandi. O'rnini tartibga solarkan miyyasiga urilgan g'ira shira xotiradan shunchaki bir joyda qotib qoldi.

- Kecha nima qildim. ?! - o'yladi u xiralikni yo'qotish uchun. - Jungkook.. - ko'zlari kattalashib ketgan qiz, pichirlab telefonini qo'liga oldi. Yangi xabar bor. Unda qiz soat 11 da olib ketilishi yozilgan. Lekin u bunga qiziq bo'lgan narsa emasdi. Ko'zlari kecha mast holida yozgan so'zlariga tushdi. "Jin ursin !" haqoratli o'yladi ichida. Chindan uyalish hissini his qilgan qiz ko'zlarini qisib, chuqur uf tortdi.

Nonushta stoli.

O'zgacha interiyer o'zligini saqlab qolgan. "Minimalizm, go'zal san'at." O'yladi Taehyung oynadan atrofni kuzatib o'tirarkan. Taomlanish uchun narsalar allaqachon tayyor, faqat Aerani kutish qolgandi.

So'nggi soniyada zinadan tushgan qiz, ko'zlarini olib qochib, qadamini sekinlashtirdi.

- Tezroq qimirla. - buyruq berdi Kim, undan ko'zini uzmay. Aera itoatkorlik bilan tezlashib, yigitga qarama qarshi turgan stulga joylashdi. Ikkisi ham taomlanishni boshlasharkan, atrof sukutga cho'mgandi. Hech kim hech bir so'z demaydi. Chuqurlikka ega bo'lgan g'alati holat.. bundan Taehyung bezovtalandi.

- Kayfiyating yo'qmi ? - savol berdi u qiziqish bilan. Sanqichi orqali ovqatini kovlab o'tirgan qiz esa unga so'ngan nigoh bilan qaradi.

- Kecha ichmasligim kerak edi. Sharmanda bo'lganim aniq. - hafsala bilan ovoz chiqardi qiz, go'yo o'zini yomon ko'rib ketgandek. - Kecha mast ahvolimda Jungkookga ahmoqona xabar jo'natdim.. - yana past ovozda pichirlash bilan tushuntirish.. Yigitning tabassumi o'chib jiddiylashdi. U shubhali nigoh bilan qizni bir necha soniya kuzatdi.

- Jungkook bilan xabarlashdingmi ? - yana shubha qamroviga cho'kkan tovush.. Qiz biroz o'ylanib turdi. U Kimning munosabatidan ancha bezovtalandi.

- Biror muammo bormi ? - ehtiyotkorlik bilan so'ragan qiz bir qoshini yuqorilatib, jiddiy javob kutdi.

- Yo'q. - inkor etdi yigit ishonch bilan. - Nima haqida gaplashdingiz ? - yana qiziquvchanlik bilan berilgan tergov savoli.

- Taehyung !! - Aera yigitning ismini to'liq va asabiy holda talaffuz qildi. - Shaxsiy ishlarim bilan qiziqishing qoidaga kirmaydi !!

- Qoidani bu yerda men tuzaman. Ularni hurmat qilasan va bo'ysunasan Aera !! - huddi yoshbolaga gapirishni o'rgatayotgandek gapirgan Taehyung nigohlarini qorong'ulashtirdi. U butunlay yovuz qiyofaga kirdi. Hatto bir soniya ichida ham buni uddalaydi.

- Senga tushunmadim !! - asabiy kulgan qiz so'zini ochiqladi. - Erkinligimni cheklamoqchimisan ?! - biroz ovozini ko'tardi u.

- Kerak bo'lsa, ha !! - dedi, Kim ichidagi kuchli g'o'ldirash bilan. Aslida bu doimiy tempdagi ovoz emas. O'zgarish bor. Balki oradagi farq ancha kattadir.

- Kel, bunchalik chuqurlashmaymiz !! - vaziyatni qo'lga olishga uringan
qiz to'xtashni hoxladi. - Bo'lmasa aniq kelisholmay qolamiz. - takidladi u, e'tiborli bo'lib.

- Buni aynan hozir gaplashish kerak !! Aytmoqchimanki, meni so'zimga ikkilanishsiz, e'tirozlarsiz amal qilishingni istayman. Chunki bu foydali. Endi esa marhamat qilib savolimga javob ber. - to'xtashsiz o'z fikrini oldinga surishga uringan yigit, hotirjamlikni saqlashga harakat qilardi. Qo'pol munosabat bildirishni hoxlamay, atrofga o'zi yoqtirgan manzaraga qaragandek qaradi.

- Yaxshi !! Biz bugun u bilan uchrashishni reja qildik. Endi nima ?! - zarda qildi Aera, ko'zlarini shift bilan tutashtirib. U chindan bular sabab qattiq o'ylandi va asabiylashdi.

- Vanilla, men qo'pol bo'lmaslikka urindim. Lekin.. - so'zida to'xtagan erkak, ko'zini yumib nafas oldi.. so'ng chiqardi. - Lekin sen o'ylab ko'r. Nega bu yerdasan ?!

- Bilaman, Taehyung bilaman. Lekin himoya saqlashing kerak bo'lgan inson Jungkook emas !! U mening do'stim. - qizning so'zlariga agressiya bildirgan yigit ortiq biror nima deyishni hoxlamadi. Bular shundoq ham uning hoxishi bilan bo'lmayotgani ayon edi.

- Ajoyib. Istaganingni qil va bu yerdan ket !! - dedi, u baridan voz kechgan holda. Qiz yigitning ko'zlariga tik ravishda tushunmay qararkan, hozir o'zi eshitgan yengil so'zlarni tahlil qilishni boshladi.

- Aqldan ozgan. - alamli kulgan qiz, ko'zlarini bir necha bor ketma ket pirpiratdi. - Jahannamga ravona bo'l !! - u zarb bilan sanchiqini stolga joyladi. Jahl ko'zini ko'r qilgan Aera o'rnidan ko'tarilib tepa qavatga chiqib ketdi. Hayolidagi yagona o'y "bu yerni tezroq tark etish" edi.

<< >>

Shadows bu qism kam bo'b qoldi. Keyingi qismda anniq qarzimni uzaman. So'ragan reaksiyam to'lmaganini inobatga olsak bu norma holat desa ham bo'ladi. Yoqimli mutolaa. Fikr va reaksiyani ayamang.

<< >>

Davomi bor...
Author: Reina Kim.
Gold fanfics.