Vanilla
- Menga qo'lingdagi matoh kerak deb o'ylaysanmi ? - iloji boricha o'zimni tutib turishga urinib unga jiddiylik bilan yuzlandim. Jungkook lablarini ohista yalagancha yuzida g'alati tabassum bilan qaradi.
- Menga ishon, buni ichida hayolingga ham keltirib ko'rmagan narsang bor.
Uning so'zlari meni o'ylashga majbur qildi. Ikkilanib qoldim. Nega u buni beryapti yoki maqsadi nima ? Meni qiziqtirgan shu ikki savol tufayli qiziqish bilan Jungkookning ko'zlariga qaradim.
- Biz bunday holatda turishimizga kim sababchi ekanini bilasan to'g'rimi ? Nega endi menga fleshkani ko'rsatging kelib qoldi ?
- Bunga ikkimiz ham aybdormiz. - doimgidek mag'rurlikni qo'ymaydigan do'stimning gaplari meni yana achiqlantirdi. Qachon tan olishni o'rganadi o'zi ? Ko'zlarimni asabiy qisgancha chuqur havo chiqardim.
- Men hoxlaydigan yagona narsa hammangizni o'ldirgim kelyapti !! Shunchalik asabimni o'ynayapsizlarki qo'limga qurol olib hammangizni qirib tashlashni hoxlayman.
- Aera... - uning yumshoq ovozini eshitishim bilan yuzimni burdim. - Men chindan afsustaman. - Jungkookning yuz tuzilishi jiddiylashdi va kechirim so'ragandek tikilib qaradi. Istamasam ham ichimdagi nimadir erib ketganini anniq his qildim. Be behosdan bo'ldi. Asabiylashib tishimni tishimga qadadim.
- Menga boshqa bunday muomalada bo'la ko'rma. Boshqa kechirmayman !!! - unga qaramay yuzimni deraza tomon burgancha past ovozda gapirar ekanman birdan qarshimga kelgan yigitning ulkan tanasidan hayratga tushdim. U mening qo'limdan tortib bag'riga bosar ekan, ko'zlarim kattarib ketgan holatini yo'qotmasdi.
- Hozir mendan baxtliroq odam yo'q. Ishon menga Aera. - Jungkookning kulgusi nafaqat yuragimni, balki xonani ham to'ldirdi. Ixtiyorsiz lablarimga nim tabassum yugurgan chog'i qo'llarim bilan uning bo'ynidan quchdim.
- Bugungi kunimni sen bilan sarflashga va'da beraman. - u meni bag'ridan yulib, o'ziga qaratdi va chiroyli tabassum bilan yana joyimga o'tqazib qo'ydi. Hursand bo'lib ketgandim. Bari onsonlikcha hal bo'lganidan.
- Eshitaman.. yo'q Labbay Kang xonim.
- Ahmoqlikni bas qil. - unga qo'shilib men ham kulib yubordim. Kang xonim.. albatta ajoyib eshitiladi, lekin Jungkookning ovozida faqat o'z ismimni eshitishni hoxlayman.
Yana biroz havotirli holatimga qaytar ekanman, bermoqchi bo'lgan savolim yodimga tushib lablarimni asabiy yaladim.
- Fleshka.. uni men olganimni bilasan to'g'rimi ? - havotirlanib savol bergancha uning yuzidan qandaydir g'azab yoki boshqa bir salbiy tuyg'uni qidira boshladim. Lekin yo'q.. u menga jahl bilan qaramadi.
- Shundoq ham ko'rishing kerak bo'lgan narsalar bor edi Aera. Shuning uchun to'sqinlik qilmadim. Taehyung bilan birga ekaningga qaraganda hali fleshkani ochib ko'rmagansan. Buni ko'r va men doim sen bilan bo'lishimni unutma.
Yigit so'nggi so'zlarini nim tabassum bilan tugatib xonadan chiqib ketdi. Men bilmagan yana qanday haqiqatlar bor tushunmayapman ?! Bu fleshkani ochib ko'radigan bo'lsam Taehyungdan ajralishim kerak ?! Lekin nega..
Kayfiyatim deyarli rasvo bo'lishga ulgurdi. Allaqachon miyyam to'la har xil ahmoqona hayollar. Stol ustidagi noutbukni olib ishga tushirdim. Oldimda turgan fleshkaga qoshlarimni chimirgancha nazar solib turgan holatimda eshikdan Jaehyuk kirib keldi.
- Jaehyuk kirishdan avval eshikni taqillatish kerak !! - asabiylashgancha stol ustidagi fleshkani darhol yashirdim.
- Meni ma'zur tuting xonim. Lekin Janob Kim 2 soatdan so'ng uyga ketishimiz kerakligini buyurdilar.
- Yaxshi. Hozir hujjatlar bilan tanishib chiqmoqchiman. Istasang atrofni aylanib turishing mumkin.
So'zlarimni anglagan yigit bosh egib xonani tark etdi. Jin ursin. Nega bunchalik asabiylashyapman. Qoshlarimni chimirib bir qo'lim bilan peshonamni silagancha, ko'zlarimni yumdim. Nima bo'lsa bo'ldi.. fleshkani noutbukka tiqdim. Ekranda paydo bo'lgan fayl ichiga kirar ekanman, u yerda hech qanday hisobotlar emas, balki bir donagina video borligini ko'rib hayratda qoldim. Bu nima.. bu kamera yozuvi.
Aera tushunmagan qiyofa bilan videoni ochib ko'rishni boshladi. Oddiy eshik.. bu Janob Kangni xonasining eshigi.
Bir necha soniyadan buyon shunchaki eshik turibdi... va bir inson eshikni ochib ichkariga kirdi. Orqa tomondan ko'rinmagani bois qiz qoshlarini chimirib ekranga yanada yaqinroq turdi. Oradan 5 daqiqa o'tar o'tmas eshik keng ochildi. Bu.. bu Taehyung, qo'llarida bir qancha qog'ozlar ushlab olgan Kim Taehyung va orqada esa stolga boshini tashlagan Janob Kang.. ya'ni uning jasadi.
- Bo'lishi mumkin emas !!! - o'z o'zidan qichqirib yuborgan qiz ko'zlarini katta katta ocharkan qarshisida turgan noutbukni uloqtirib yubordi. Titrayotgan qo'llari bilan og'zini berkitgancha chuqur chuqur nafas olar ekan, hayolidagi o'ylar hoziroq yolg'on bo'lishini iltijo qildi.
Ekrandagi anniq Taehyung edi.. u eshikdan chiqdi va ortida allaqachon joni uzilgan otam yotardi.. Men muzladim. Ongim muzlab qoldi. Harakatdan qolgan mavjudotdek barmoq uchimni ham qimirlata olamay, alanglab qoldim. Bu.. bu bo'lishi mumkin emas. U bunday qilmagan bo'lardi. Yo'q, Taehyung meni asrab avaylash uchun shuncha ish qildi.. yo'q qanday qilib ?! Titrayotgan tanamni bazo'r harakatga keltirib apil tapil telefonimni olib Jungkookning raqamini terdim. U.. u aldayotgan bo'lishi mumkinmi ?!
- Eshitaman Aera ? - sokin kelgan bu ovoz meni yanada havotirga solardi.
- Jungkook.. J.Jungkook. - nafas olishim sustlashib, duduqlanib gapirishni boshladim. Ichimdan portlashni hoxlayotgan tuyg'uga qanchalik to'sqinlik qilishni hoxlasam meni shuncha harakatsizlantirardi.
- Aera.. ha bu haqiqiy video yozuv. - u huddi barini tushunib ulgurgandek, jiddiylik bilan tasdiqladi. - Taehyung fleshka menda ekanini bilib turib seni uyimga yuborgan. Buning barchasi o'yin edi va sen ikkilanib ham o'tirmay uning nog'orasiga o'ynading !!!
- YO'Q, ESHITYAPSANMI YO'Q.. - men chiday olmay bor ovozim bilan qichqirib yubordim. Qo'limdagi bu la'nati telefonni ham qaysidir burchakka uloqtirar ekanman, sochlarimni to'zg'itgancha tinmay qichqirishni boshladim.
Atrof charxpalakdek aylanardi. Quloq ostimda turgan chiyyillagan ovoz sabab ko'zlarimni qattiq yumib ochdim. Lekin to'xtamadi. Nafas olishim tartibsizlashib ko'ksim qisila boshladi. Menga.. menga yordam kerak !!!
- Otamning qotili bilan shuncha vaqt o'tkazdimmi ? Unga ishonib, aytganlarini bajardimmi ? Taehyung unday inson emas.. u unday emasdiku ~ - ko'zlarimdan tomayotgan yoshlarim kuchayib ko'ksimni ikki qo'lim bilan siqilmlagancha baqirib yeg'lay boshladim. Bu og'riq meni harob qilardi. Chiday olmasdim. Mening ishonchim, o'yin qilingan tuyg'ularim
Bu safar.. bu safar endi bari o'zgaradi. Men uni o'ldiraman !!!
Vajohat bilan fleshkani qo'liga olgancha xonadan otilib chiqqan qiz lift tugmasini sabrsizlik bilan qayta qayta bosardi. Ko'zining tagi bo'yoq sabab qoraygan, ust boshi to'zg'igan holatda. Ichidagi yovvoyi g'azab tufayli hech narsaga e'tibor qilmay 1-qavatdagi mashina oldida turgan Jaehyukning oldiga bordi.
Jaehyuk: Xonim sizga nima bo'ldi ?
Aera: Gapirma Jaehyuk, bir og'iz ham gapirma !!!! Uyga hayda.
Tishlari orasida vishillagan Aera bir kafti bilan yuzini artgancha yigitni kutmay mashinaga joylashdi. Jaehyuk hech narsaga tushunmadi, buyruqga bo'ysundi holos.
Uy deyarli jim jit. Hozirgina o'z ishlaridan qaytgan Taehyung o'sha o'zining sevimli qahva mashinasi oldida telefonidagi "yong'in" yozib olingan videoni tomosha qilgancha qahva simirib o'tirardi.
Eshik ochildi. Uning nigohlari shu zahoti eshikdan bir ahvolda kirib kelgan qizga tushdi.
Tahyung: Hayrli kun sevgilim.
Aera: Bu la'nati tiling bilan meni sevgilim deya ko'rma !!!
- Nimadir bo'ldimi ? - bu safar qizning g'azabidan hayratlangan yigit yuz ifodasini o'zgartirib telefonini oshxona mebeli ustiga qo'ygancha qiz tomon yaqinlashdi.
- YAQIN KELMA !!! - birdan qichqirib ortga tisarildi u.
Taehyung: Aera nima bo'lyapti ?!
Aera: Nima bo'lyapti shundaymi ? Shuncha vaqt qaysi yuz bilan menga qarading ?! Qaysi yuzing bilan meni bu uyda yashashga majburlading ?! Qaysi yuzing bilan meni barcha so'zingga ishontirding gapir ?!
Qizning g'alayon ko'tarayotganini ko'rgan yigit bir qadam bilan unga yaqinlashib qo'llari bilan uning yelkasini qisdi.
Taehyung: Menga qara !!
Aera: Tort qo'lingni !!!
- Nima bo'layotganini tushuntir deyapman !!! - asabiy o'dag'aylagan yigit Aerani yanada mahkam ushlab siltadi. Lekin vajohati tobora ko'payib borayotgan qiz bundan battar siquvga tushgandek his qila boshladi o'zini.
- Taehyung senga mendan uzoqroq tur dedim !!! Sendan jirkanyapman, o'zimdan jirkanyapman !!! QANCHALIK AHMOQMANA ?! - u bir urinishda o'zini siquvga solgan changallardan qutildi va bir necha qadam ortga yurdi.
- Mendan nima bo'lganini so'rayapsanmi ?! Chindanmi ?! Bu nima ?! JAVOB BER, BU NIMA ?! - Aera qo'lidagi fleshkaga ishora qilib uni yuqoriroq ko'tardi. Joyida turgancha vaziyatni to'liq tushunib ulgurmagan Kim fleshkani ko'rishi bilanoq gap nima haqida ekanini tushundi. Uning qiyofasi yanada qorong'ulashib, qizga yaqinlashdi.
- Buni senga Jungkook berdimi ?! - jag' suyaklarini qisib savol berdi Taehyung.
- Nima farqi bor ?! Buni nima farqi bor ?! Sen.. sen qanday qilib bunday qilishing mumkin ?! Qanday qilib menga bunday qila olasan !!! Qanday men bilan o'ynashishga vijdoning yo'l qo'ydi ?! Men chiday olmayotgan yagona narsa hech qanday e'tirozlarsiz senga ishonganim !!! Jin ursin, boshidanoq bari xato boshlangan !!!
- O'zingni bos va menga qara !!! - Taehyungning ovozi ham munosabati ham bir zumda tundlashdi. U hissiz yuzi bilan Aeraga termulib turar ekan, o'zini qo'yarga joy topa olmayotgan qiz tinchigan bo'lib bor qahrini nafasiga to'pladi.
- Ko'zlarimga qara. Sen chindan ham Jungkookga ishonasanmi ?!
- GAP AYNAN SHU HAQIDA !! - yigit qizning so'zlarini ayovsiz ikkiga bo'lib ko'zlarini yumgancha baland ovozi bilan xonani to'ldirdi. - Javob ber !!!
- Agar gap shu haqida bo'lsa HA !! Men unga ishonaman !! Men ko'rganlarimga ishonaman Taehyung !!! Bu videoda hammasi ravshan bo'lib turibdi !!! YANA QANDAY E'TIROZ BILDIRA OLASAN ?!!!
- Hech qanday. - Tae hissiz ovoz chiqarib, eshitgan javobiga kulib qo'ydi. U keyingi harakatida qo'lini kostyumining yon tomoniga olib borarkan, to'pponcha chiqarib uni qizning oldiga uloqtirib yubordi.
Temirning jaranglagan ovozi xonani qopladi. Aera sustlashib borayotgan ko'zlarini to'pponchaga qaratdi. Asabiylashib lablarini bor kuchi bilan tishlagan qiz sekin egilib titrashni boshlagan barmoqlariga to'pponchani oldi.
- Agar ko'rganlaringga ishonsang otangning qotili menman !! Mening o'yinimda qonga qon o'ynaladi. Bu sen ko'rmagam iblisning tug'ilishi Aera. - ko'zlaridan o't chaqnayotgan Taehyung hotirjamlik bilan gapirar ekan, yuzidagi qo'rqinchli jiddiylik vaziyatga yanada xavf solardi.
- Faqat bir marta, faqat bir martagina imkon beraman. Yoki hozir meni o'ldir, yoki umringning so'nggi nafasigacha afsus bilan yasha !!! Qo'rqinchli tushingga aylangan kunim mendan qochib qutulolmaysan !!!
Kim qorong'ulik oralagan, qorayishga ulgurgan ko'zlarini mendan uzmasdi. Hayajonim ortib, butun tanam qizib keta boshladi. Ichimdagi g'azab qanchalik kuchli bo'lmasin, bu safar ekilgan qo'rquv urug'lari ham shu darajada edi.
Men ikkilanmay qurolni ko'tarib qarshimda turgan ablah tomon o'qtardim. Uning yuzida kulgu paydo bo'lar ekan, asab tolalarim tortishib, o'zimni bir zum yo'qotib qo'ydim.
- Jin ursin seni, o'lib ket !! - shu zahoti atrofni o'qning yoqimsiz ovozi to'ldirdi.
— Seni yoqimtoy qizlarga qiziqasan deb o'ylamagandim ?! - hisob so'rayotgandek termuldi qiz.
— Aslida u men qiziqa oladigan ayollardan ancha past o'rinda. Havotirga hojat yo'q.
— Men senga xonangga yo'qol deyapman !!! - Jungkookning qahr bilan aytgan so'zlari Reinani qo'rqitib yubordi.
— Janob Kim.. Janob Kim.. Taehyung senga nima bo'ldi, Kim Taehyung ?! - havotir bilan hushsiz yigitning tanasini tekshirayotgan Jaehyuk qo'lidagi qonni payqashi bilan qotib qoldi.